
Niyatga bog'liq
Kayfiyat beradi:
@haqiqatgayaqin
Shaxsiy blog.
To'g'ri fikrlayman, muammo sizning noto'g'ri fikrlashingizda.
Astronomlikka nomzod, iqtisodchi, siyosat va sa'nat haqida shaxsiy qarashlari bor, matematik, tarix fani a'lochisi, komputerchi.
©
@niyatlive
Online va offline dars o'tish bo'yicha qo'llanma kitob sotuvga
chiqaribdi
Marhabo. Tabriklayman.
Mandan kitobni oxiriga nimadir yozib berishimni aytgandi. Kitobni oxirida dunyoning eng katta sirini aytganman. Bemalol sotib olib o'qisangiz bo'ladi.
@uktamovadmin
dam olsangiz bo'ladi
@niyatgabogliq
Messini erishgan buyukligi haqida....
@niyatgabogliq
1.Tg. Premium, Mohinabonu, Toshkent.
✅
2. Эмили Бронте «Бўронли довон” китоби. Альбина. Тошкент ш.
✅
3. Киндер Гарри Поттерни игрушкалари чикадиган. Жиззах, Сатурн
✅
4. apple watch s10 Javoxir Toshkent.
5. Kapital . Marks Yoki iqtisodiyotga oid random kitob. Toshkent, Shohjahon
6. Мягкий игрушка каттаро.
Милыйсидан.Тошкент Эзоза.
✅
7. Gul va holva. Азиза, тошкент.
8.Britannika ensiklopediya. Murodjon Jizzax
9.
Oğuz Atay "Tutunamayanlar
" Xorazm. Sojida.
✅
10. Nitsshening har qanday kitobi, eski bölsayam mayli, manzil Toshkent Sevara.
11. Remark kitoblari to‘plami, yoki " Tafsiri hilol" , yoki "Hadis va hayot" ni 11-juzdan keyingi juzlari. Yoki Centella mini nabor.. Navoiy shahar Mohigul
12. Naushnik. Buxoro. Jasmina
✅
13. ME6S mikrafoni. Habibulloh
14. Mehmet Olaqoshning "Jumali" yoki "Peshonamdagi nur" kitobi. Komronbek | Samarqand
15. "Faust" kitobi. Buxoro shahri. Nozima
✅
16. Kitob. Samarqand
✅
17. knopkali telefon Navoiy Navbahor (onamga sovg'a).
✅
18. Kitob. Dostoyevskiy. Xurshida.
✅
19. “Saodag asri” kitobi. Ro’zixol.Jizzax
20. Cs2 Prime. Fayzulla.
21.Dostayevskiyning va Jek London kitoblar to'plami Toshkent Ra'no.
22. Robert Green asarlari to'plami inglizchada, Sabohat, Qoraqalog'iston
✅
Wish-list
❓
Savol - U qanday o’yin?
O’yindan maqsad
➖
Kimnidir shunchaki quvontirish.
Endi shartlarga kelsak. Bu o'yinda 2 ta pozitsiya bor:
1️⃣
@... ga (cho'ntak ko'taradigan narxdagi) Sizni xursand qilishi mumkin bo'lgan, anchadan buyon xohlab yurgan narsangizni, ismingizni va yashash hududingizni yozasiz; (
masalan: oʻtgan kunlar kitobi, Fargʻona, Marhabo shaklida)
2️⃣
Auditoriya ichidan har qanday inson, agar xohlasa, o'shа istakni ro’yobga chiqaradi.
😉
Ikki pozitsiyani ham egallay olasiz, albatta)
Yozgan istagingiz ushalishiga kafolat berilmaydi.
Biz shunchaki sizlarning yozganlaringizni ommaga ko'rsatamiz va ommadagilardan kim istasa (masalan, shaxsiyga "Mana shuni yozgan odamga men beraman" deb yozsa) beruvchi bilan oluvchini tanishtirib qo’yamiz. Qolganini o’zingiz hal qilib olasiz.
➖
Kelishdikmi?
🫶
wishlist oʻyini bugun kechki soat 23:00da
@niyatgabogliq
kanalida boʻladi
Zerikdim. Man ham uktamovadan ko'chirgan holda wishlist qilmoqchiman. Soat 23:00da boshlaymiz.
23:01da yozish to'xtatiladi. Ortoglariz taklif qip turila, maybe kopayarmiz ancha.
U darajada qiyinlashtirib yubormanglar. Man misol uchun hojatxonada Gumball yoki South Park ni bitta seriyasini tugatib qo'yaman. Bo'lmasa vaqtim yo'q.
@niyatgabogliq
Sauron
Ancha vaqtdan beri uyga juda kam energiya bilan kiryapman, bir necha soatdan keyin esa charchoqdan ezilib qolaman. O'sha qisqa vaqt ichida ko'zlarim tanish narsalarga qarasin deb, “LOTR” va “Hobbit” seriyasini qayta tomosha qildim. Olti filmni tugatishim taxminan bir hafta davom etdi, lekin bir vaqtning o'zida yaxshi bo'ldi va ko'p narsani tushundim:
Sauronning haqiqiy, O'rta yerni boshqarishi kerak bo'lgan rahbar ekanligini angladim.
U uzukni yasagan va unga qudratining katta qismini uzukka qo'shgan. O‘ylagan, rejalashtirgan, ishlab chiqargan va uzukka kuch bag‘ishlagan o‘zi. Ammo bu odamni 100% Ayanch tog'ida ishlab chiqargan uzukini bir guruh odamlar ega chiqmoqda, shu bilan birga uni yo‘q qilishga harakat qilmoqda. Bu ham yetarli bo‘lmay, odamlar, gnomlar, elflar, hobbitlar, entlar, bo‘rilar, qushlar – kim bo‘lsa, barchasi shu maqsadda birlashmoqda. Hobbitlar deyapman. Yuz trillion yoshdagi daraxt entlar ham “hobbitlarni hech eshitmaganman” deyapti. Ularga dunyo shu darajada qiziq emas. Lekin Sauronni uzukini egallash va yo‘q qilish bo‘lsa, ular bir yerdan boshqa joyga borishdan qo‘rqmaydi. Chiqmagan tog'i, kirmagam g'ori qolmaydi, umri davomida uyidan chiqmagan hobbit ajdarhoning orqasida qimmatbaho tosh qidirishga boradi. Sauronga qarshi bu birlashuv holati menga yoqimsiz ko‘rina boshladi.
Sauron har doim innovatsion, oldinni ko'roladigan va yechimga yo‘naltirilgan harakat qiladi. Uning qo‘mondonlari tomonidan ishlab chiqilgan zinapoya va katapulta tizimlari zamonasidan ancha oldinda. Ba'zida bir tosh bilan katta devorlarni buzib tashlay oladi, ba'zida bir vaqtning o'zida besh yuz kishini ko'taradigan zinapoyani quradi. Qaysi trollni qayerda va qanday ishlatishni yaxshi biladi. Har bir troll har joyda bo‘lmaydi. Birisi katapultani tortadigan bo‘lsa, biri eshikni buzadi. To‘liq intizom bor. U ittifoq tuzgan Saruman ham qo‘lidagi imkoniyatlardan juda samarali foydalanmoqda. Resurslarni, ishlab chiqarish elementlarini va mehnatni to‘g‘ri birlashtirib, Uruk ishlab chiqarish markazini barpo etadi. Shuning bilan kifoyalanmay, asrlardan beri o‘tilmas deb hisoblangan Helms deepda teshik ochib yo‘l topadi. Grond bilan eshiklarni buzish yo‘lini topadi. Texnologiyadan mukammal darajada foydalanadigan Sauron armiyasi haqida gapirayapmiz. Yangiliklarga ochiq, dunyoni tushuna oladigan, raqibining zaif tomonlarini yaxshi tahlil qiladigan va ularga mos yechimlar ishlab chiqadigan bir mavjudot.
Aslida shu sababdan urushlarni Sauron yutmoqda. Ammo qandaydir hayratlanarli tarzda har safar umuman kutilmagan kimdir kelib, urushning yo'nalishini o'zgartiradi. Besh armiyaning urushida orklar elflar va gnomlarni butunlay yo‘q qilishga qilayotganda burgutlar paydo bo‘ladi. Helms deep ni qulash arafasida bo‘lsa, Gandalf va Rohirrimlar keladi. Minas Tirithda Rohirrimlarning ulug‘vor kirishidan so‘ng yana qayta yig‘ilib nazoratni qo‘lga olishga harakat qilayotganlarida bu safar o‘liklar armiyasi keladi. O‘liklar armiyasiga Sauron nima qila oladi? Unga qilich sanchasan, ichidan o‘tib ketadi. Shunday nohaqliklarga qaramay, Sauron ham kuchli, shunda ham yengilmaydi. Qora eshiklar oldidagi jangda yana g‘alaba qozonishga yaqin bo‘lganda burgutlar yana keladi, bu ham yetmagandek uning uzukini ham yo‘q qilishadi.
Natijada Sauron bundan ortig‘ini qila olmadi. To‘qqizlarini uyg‘otdi, har safar ajoyib armiyalar tuzdi, unga qo‘shilgan odamlar to‘liq ixtiyoriy qo‘shildi (Aragorn o‘liklar armiyasini pora bilan o‘z tomoniga og‘dirganini unutmang) texnologiyadan imkon qadar foydalandi, ilg‘or yangiliklar qildi, yangi qurollar va strategiyalar ishlab chiqdi, qo‘mondonlarini har doim yaxshi tanladi, 8 IQ li orklarni intizomga keltirishga muvaffaq bo‘ldi, jang taktikalari doimo natija berdi, rejalashtirilmagan noma’lum voqealar bo‘lmasa, maydonda hech qanday jangni yutqazmadi, shunga qaramay faqat o‘z uzuki bilan mag‘lub bo‘ldi.
Sauronning fikrlashini hech kim tushunmadi.
Yo‘lda yurishni bilmaydigan orklar bilan bularni qilgan odam, agar imkonini topganda, odamlar va elflar bilan nima qilgan bo'lardi...
@niyatgabogliq
Hech bir joyga oid bo‘lmaslik tuyg‘usi
.
Hayotimiz davomida doimo biror joyga tegishli bo‘lishga harakat qilamiz. Bu “joy” ba’zan haqiqiy bir joy bo‘ladi, ba’zida esa biror inson.
Yoki shunchaki shunday deb o‘ylaymiz.
Katta koinotda, nuqtadan ham kichikroq hajm egallagan holda, ba’zilarimiz aylanib yuramiz, ammo o‘zimizga nuqta kabi joy topa olmaymiz.
Keyin esa barcha bu izlanishlar bir kun yakun topadi. Aslida bunday joy yo‘qligini vaqt o‘tishi bilan anglaymiz. Katta bo'lgach.
Meningcha, hech qaysi joyga tegishli bo‘lmagan insonlar eng ko‘p Neverlandga tegishlidir. Peter Pen ertagida tilga olingan mavjud bo‘lmagan mamlakat. U yerda cheksiz bolalik, o‘limsizlik va haqiqatlardan qochish bor.
“O‘ngga qarab ikkinchi, tongga qadar to‘g‘ri” borsa bo'ladi.
Qanday to‘xtashni bilmaganimiz uchun doimo yo‘lda davom etishga majburmiz.
@niyatgabogliq