Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Niyatga bog'liq

niyatgabogliq
Kayfiyat beradi: @haqiqatgayaqin Shaxsiy blog. To'g'ri fikrlayman, muammo sizning noto'g'ri fikrlashingizda. Astronomlikka nomzod, iqtisodchi, siyosat va sa'nat haqida shaxsiy qarashlari bor, matematik, tarix fani a'lochisi, komputerchi. ©
Subscribers
1 990
24 hours
30 days
-10
Post views
715
ER
37,54%
Posts (30d)
20
Characters in post
1 035
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
March 02, 07:24

Eron Siyosiy islomning davlatni boshqarishiga ruxsat berish nimalarga qodir ekanini eng jiddiy tarzda ko‘rsatib bergan mamlakat.
Keling, birgalikda Eron siyosiy islomi nima qildi, bir ko‘rib chiqaylik.
Avvalo, boshqacha fikrlarni yo‘q qiladi, jurnalistlar va muxoliflarni ovozini o'chiradi. So‘ngra armiyani va huquqni muhofaza qiluvchi kuchlarni qo‘lga oladi. Keyin esa davlat organlarining barcha vakolatlarini suiiste’mol qilib, cho‘ntagini to‘ldiradi. Shundan so‘ng o‘z ommasini qashshoqlikka mahkum qilib, iqtisodiyotini ataylab va ongli ravishda buzadi. Buzadiki, xalq qashshoqlik sababli fikrlay olmaydigan holga tushsin. Bu ham yetmagandek, ta’lim tizimini izdan chiqaradi. Kelajak avlodning ham kambag‘allashishini kafolatlaydi. “Stalinning tovug‘i” yaratiladi.
Doimiy qurollanish yo‘liga kiradi va tashqi davlatlar bilan aloqalarni imkon qadar buzib, o‘zini yakkalab qo‘yadi. Shunda xalq doim “tashqi kuchlar” haqidagi gaplarga ishonib, qashshoqlik va savodsizlik tufayli berilgan arzimas narsalarga ko‘nib, qiyinchilikda yashashga majbur bo‘ladi. Oxir-oqibat xalq isyon ko‘taradi. Bu esa eng qattiq usulda bostiriladi — odamlar qamoqqa olinadi, hatto so‘nggi bosqichda o‘ldirishgacha borilishi mumkin.
Keyinchalik esa hokimiyatning yo‘qotadigan narsasi juda ko‘p bo‘lib qoladi. Eng kichik xatosida xalq qo‘zg‘olon ko‘tarishini va tashqi kuchlar ta’sir o‘tkazishini bilgan holda, ular bilan yashirin kelishuvlar qiladi. Avval “men urdim, sen urding” degan ko‘rinishdagi siyosiy teatrni imkon qadar davom ettiradi. So‘ngra esa atrofini bosimlar qurshab oladi va “endi seni tushiramiz” degan bosqich keladi. Teatr tugaydi, haqiqat oshkor bo‘ladi.
Burchakka siqilgan mushuk kabi, oxir-oqibat halok bo‘lishini bilgan holda, so‘nggi chora sifatida atrofga tashlana boshlaydi. Natijada esa eng katta zararni o‘sha yerning xalqi ko‘radi. Afsuski, yillar davomida bosim ostida ezilib, holdan toygan xalq “bular ketsa, kim kelsa ham mayli” degan darajaga yetadi. Hatto o‘z taqdirini belgilashga ham madori qolmaydi. Mana shunday qilib bir mamlakatning barcha tizimlari qulaydi. Afsus, chindan ham juda achinarli.
Istanbulda bir eronlik bilan tanishgan edim. Namozini o‘qiydigan, dindor inson edi. U meni turk deb o'ylab: “Otaturkning qadriga yetinglar, biz juda kech qoldik”, degan edi.
@niyatgabogliq

March 02, 07:03

Suniy Intellekt yordamida qilingan video. Qo'shiqni aytayotgan qiz odam emas. Manimcha yaxshi va Tyuring testidan o'ta olish qobilyatiga yetmoqda...
https://youtu.be/SNgBU6jHXEk?si=suwwpy2u6-oetTxS

February 27, 18:57

Emlashga qarshi insonlar bor.
Tib aslida ehtimollar bilimi. Masalan, isitmasi bor bolada avvalo yuqori nafas yo‘llari kasalligini o‘ylaysiz. Chunki eng yuqori ehtimol shu bo‘ladi. Agar u bo‘lmasa, boshqa ehtimollarni ham ularga tegishli ulushi bo‘yicha navbatma-navbat baholaysiz.
Vaksina men uchun juda muhim. Vaksina dunyo uchun nihoyatda muhim. Vaksina insoniyat uchun, insoniyatning mavjud bo‘lib qolishi uchun juda muhim. Men mubolag‘a qilyapmanmi? Yo‘q. O‘rta asrlarning qorong‘u davrlaridagi epidemiyalar va o‘lim ko‘rsatkichlariga qarasak, umuman ham mubolag‘a qilmayapman. O‘sha qorong‘u davrlardan qanday qutuldik? Gigiyenani o‘rgandik. Asepsiyani o‘rgandik. Va eng muhimi — emlandik. Emlangan sari kasalliklardan xalos bo‘ldik.
Rohatga erishdik.
Rohatga erishganimiz sari esa shu rohat o‘zimizga botadigan bo‘lib qoldi. Ha, ochiq va aniq holat shu. Go‘yo hikoyalarda qolib ketgan difteriya epidemiyalarini sog‘ingandekmiz. Yoki bilmadim, mamlakatda oqsoqlanib yuradigan, yura olmaydigan yoshlar yetishmayotgandir, balki. Chunki agar bugun poliomiyelit (bolalar falaji) vaksinasini to‘xtatsak, besh-o‘n yil ichida shunday holat yuz beradi.
Vaksina haqida har bir savolga jahlsiz javob berish kerak. Chunki vaksina qarshilari, qanday aytsam, ancha sinchkov odamlar. Ularning nazarida, vaksina ichida go‘yoki aholimizga qarshi qilingan hujum quroli bor. Bunday ehtimol bormi? Albatta, nazariy jihatdan bor.
Texnologik tomondan kimdir bu vaksinalar ichiga biror “qurol” yashirishi mumkin. Ammo milliardlab dollar aylanadigan bir sohada aholi sonining ko‘payishi foydalimi yoki kamayishi? Ikkinchi savol: milliard dollar ishlab topadigan yirik kompaniyalar (go‘yoki!) o‘z davlatlarining siyosatini bajaradimi yoki foydasini oshirish uchun davlat siyosatini o‘zlari belgilaydimi?
Faqat shu savolning o‘zini o‘ylash ham mavjud paranoyak holatni tushuntirishga yetadi.
Qarang, hali vaksinalar bir xil ishlab chiqarish liniyasida tayyorlanishini aytganim ham yo‘q.
Emlanmaslik, mamlakatimiz haqida gapiradigan bo‘lsak, faqat ayrim diniy jamoalar, shayxlar va ulamolarga foyda keltiradi. Qarshi bo'layotgan insonlarni ko'pi - dinni rosa "zo'r" biladiganlar. Ortidan esa, qanday bo‘layotganini bilmayman-u, “voy, bolam autistik bo‘lib qolsa-chi” degan paranoyaga tushgan oilalar keladi.
Dalil bormi? Yo‘q. Ilmiy tadqiqotlar bormi? PubMed’da juda ko‘p. Nima deydi? Ahamiyatli bog‘liqlik yo‘q, deydi. Autizm ko‘rsatkichlari oshdimi? Ha. Nega oshdi? Chunki biz bu bolalarni faol nazorat qila boshladik. Hozirda 18–36 oylik barcha bolalar skriningdan o‘tkazilmoqda. Ya’ni aslida mavjud bo‘lgan autizm darajasi oshgani yo‘q. Rasmiy raqamlar bo‘lishi kerak bo‘lgan ko‘rinishga keldi.
Agar chindan ham vaksina qarshi bo‘lib, qo‘lida jiddiy ilmiy dalili bor kishi bo‘lsa, marhamat, baham ko‘rsin. Birga ko‘rib chiqaylik. “Falon yozuvchi bunday dedi, falon aktyor unday deyapti, voy undoq, voy bundoq...” degan mantiqsiz, paranoyak ssenariylar ichida yo‘qolib, jamiyatimizga zarar yetkazmaylik.
Vaksina yaxshi. Aksi isbotlanmaguncha, vaksina jamiyatlar barqarorligi uchun zarurdir.
@niyatgabogliq

February 25, 00:50

Xurmatli insonlar. 7 yoshli Mustafo uchun hayriya tashkil qildik. Adenoid vegetatsiyasi II-III daraja: Burun-halqum murtagining kattalashishi. Surunkali tonzillit: Tanglay murtaklarining surunkali yallig'lanishi. Allergik rinit: Burun shilliq qavatining…

February 25, 00:01

Keling, Muhammad (s.a.v) Cola dan oling...
Hadis nima?
Hadis bu Payg'ambarimizning aytganlari, fe'l-atvorlari, axloqlari va turli yillarda shariatga oid aytgan so'zlari bular hadis deb nomlanadi. Ularga amal qilish esa Sunnatdir. Hozirgi kunda hadislarga amal qilishni va o'zi amal qilayotgani aytishadi, o'rgatishadi. Buning uchun siz hadislar yodlashingiz, ularni yodda tutib amal qilishingiz kerak. Biroz qiyindir sizga, lekin aslida juda oson.
Bir ishni qilishga qaror qildingiz, yoki qilayotganingizda yoningizda Allohning Rasuli borligini hayol qiling. Allohning so'nggi payg'ambari siz bilan.
"
Muhammad (s.a.v) bugun mening mehmonim bo'ladi, ertaga uyimga keladi
". Deb tasavvur qiling. (Man hayotiy emas hayoliy tushuntiryabman. Misol tariqasida, bir fikr berish uchun gapiryabman).
Deylik, Muhammad (s.a.v) ertaga kechga uyingizga keladigan bo'lsa bu oqshom bilan ertangi oqshom bir xil bo'ladimi? Bo'lmaydi. Misol uchun muzlatkichdan muzdek Colani olib:
- Ey Rasululloh, muzdek Coca Cola dan oling.
.. - deysizmi?
Demaysiz. Qilmaysiz bunday. Nega? Uyalasiz, desalarki
"- Bu kimning nimasi, ichsa bo'ladimi, nimalar bor ichida, Halolmi harommi?
" Javob berolmaysiz...
Yokida uydagi ayolingiz yoki bolalaringiz odobi, axloqi, turishi-o'tirishi, gapirishi kechagi oqshom bilan bir xil bo'ladimi? Bo'lmaydi!
Bir qo'shning ruxsatsiz kelib, so'roqsiz uyga kirib, o'tirib, gapirib, kerakli keraksiz va hattoki oila o'rtasida gaplashilmaydigan mavzulardan gaplashasizmi?
Nima bo'ldi? Nega o'zgardik? Nega o'zgaryabsiz? Nega o'zgarishga majbur bo'lyabsiz?
Chunki u vaqtda iymon bilan vijdoningiz bir-biriga to'qnash kelishni boshlaydi. Aytilganlar bilan qilinayotganlar orasida ba'zi bir "muammolar" bor. Shu sabab o'zimizga qarab boshlaymiz
.
O'zgarish uchun Rasululloh uyimizga kelishi shart emas. Shunchaki har kuni bir ishni qilishdan oldin, yoki qilayotgan vaqtda Muhammad (s.a.v) yoningizdadek hayol qilish va shunday vaziyatda siz qanday harakat qilardingiz shuni tushungan holatda harakat qilishingiz kerak.
Shunda siz hech qachon o'zgarishga hojat sezmaysiz...
@niyatgabogliq

February 23, 00:20

Har qanday rus yozuvchisining kitobida uchraydigan holat.
Majburan qor yog‘adi, erkak oynaga qaraydi va 20 sahifa davomida o‘z suratidan jirkanadi. Erkakni doim qarzi bo'ladi. Ayol qahramon chiroyli, ammo (albatta) baxtsiz bo‘ladi. Stol ustida aroq shishasi turadi — ichilmasa ham metafora hisoblanadi. Yana stol ustida bir necha rubl ham bo'ladi.
Voqealar Sankt Peterburgda yoki undan nechidir km uzoqlikda bo'ladi. Qahramon bir cherkov oldidagi eshik oldiga keladi. Eshikni kim yasagani, qaysi o'rmondan daraxt kesilgani, bu eshik bir insonning ich dunyosini ochib bergani haqida 10 bet yoziladi va qahramon u eshikni ochmasdan ketvoradi. Qaytib u eshik haqida o'qimaysiz.
800 sahifalik romanda voqealar atigi 3 kun ichida bo‘lib o‘tadi, qolgan 797 sahifa esa vijdon azobi, ichki monolog va mavjudlik inqirozidan iborat.
Doim qahramonlar ism va familya bilan gap eshitadi:
- Haddingni bil Rodion Raskolnikov!
- O'zingdan ketma Natasha Rostov!
Kitobni o‘qigan odam uni tugatgach, 3 kun davomida “hayot juda ma’nosiz” rejimiga kiradi.
Rahmat, Fyodor Dostoyevski, rahmat, Leo Tolstoy — siz tufayli ruhiy salomatligimizni yo‘qotdik.
@niyatgabogliq

February 22, 22:09

Mani shunday do'stim bor-ki, u agar yonimga kelsa, yonimga bir kishi kelgandek emas - atrofimdagi begonalar ketgan-u o'zim bilan o'zim qolgandek his qilaman.
8yil bo'ldimi yoki 9 yilmi? Eng yaqin do'stim bilan yoshligim birga o'tmagan bo'lsada, anchadan beri boshqa shaharlarda yashasak, bir yillab ko'rishmasak ham(haqiqatdan ham 2 yil bo'ladi yaqinda) bir-birimizga bo'lgan hurmat va sadoqat bilan bir-birimizni hayotimizda bor bo'lishda davom etmoqdamiz.
Shaxmatdagi raqibim, CS2 dagi jamoadoshim, bo'lajak farzandlarimni "ammasi" va boshqa ko'p mayda chuyda narsalardagi maslahatdosh va tanqidchim tug'ilgan kuningiz bilan. Borizga shukr.
Tabriklayman Marjona.
@niyatgabogliq

February 20, 01:51

Tishni yuvish Ro'zani ochadimi
deb so'rashyabdi haliyam. O'lkamizda tishini yuvadigan 13 ta odam bor, shulardan 2 tasi har yili bir xil savolni so'raydi...
@niyatgabogliq

February 19, 22:54

O'zimni ishlarim va yangi kitoblar tarjimasi bilan bo'lib xabarim ham yo'q ekan.
Nasim kutub "Oq Nilufarlar o'lkasi" deb man tarjima qilgan "Oq Nilufarlar Yurtida" asarni boshqacha tarjimasi versiyasini qilishgan ekan dekabr oyida.
Man tarjima qilgan kitobning yangi versiyasida kengaytirilgan va ikkinchi qismi ham qo'shilgan. Originali Yurtida deb nomlangan. Esingizdan chiqmasin.

February 19, 15:32

Logo va kitob dizayni uchun dizaynerlar kerak.