Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

nodavlattalim

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat:
@nodavlatbot
Hamkorlik uchun:
@nodavlattalimbot
03.09.2022

Subscribers
185 000
Post views
15 772
ER
7,51%
Posts
4 369
October 12, 17:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
398 ta xususiy bogʻchada sanitariya talablari buzilgani aniqlandi
Sirdaryo viloyatida 398 ta xususiy va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan keng qamrovli sanitariya tekshiruvlari natijasida qator qoidabuzarliklar
aniqlandi
.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 11, 16:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Doktorantura uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha
qabul kvotasi
tasdiqlandi
.
Hujjatlar
5-noyabrgacha
qabul qilinadi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 11, 14:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi
(kredit-modul tizimi boʻyicha)

1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan;

1 kredit 30 soatga teng;

1 ta fanning 6 krediti 180 soat;

180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni, 18 soatni) qoldirsa,
yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi
mumkin
.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 11, 13:37
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
2024-yilda eng ko'p daromad olgan xususiy universitetlar ro'yxati
Toshkent kimyo xalqaro universiteti 2024-yilda
1,4 trln
so‘mdan ko‘proq
sof foyda olibdi
. Universitetning jami daromadlari esa
1,5 trln
so‘mdan oshgan.
Nodavlat oliy ta’lim muassasalari orasidagi rekord natija.
Central Asian University (sobiq Akfa universiteti)ning 2024-yildagi daromadlari
103,4 mlrd
so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, sof foyda olmagan, aksincha, yilni
-29 mlrd
so‘m zarar bilan yakunlagan.
❗️
Eslatma:
ko‘rsatilgan raqamlar
to‘liq daromadni anglatmaydi,
chunki foydaning ma’lum qismi biznesga reinvestitsiya qilinadi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 10, 16:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hemis mashmashasi — “Kallasini ol” desa, sallasini olamiz!
Xabaringiz bor, bir necha kun avval
hemis platformasi yopildi.
Sabab — xususiy oliygohlar qabul muddati tugaganidan so‘ng ham talaba qabul qila olmasligi uchun. Ammo bu qaror bilan
bir qator muammolar yuzaga chiqdi.
🔹
Masalan, bir xususiy oliygohga hujjat topshirgan talaba
hemis tizimiga
umuman kiritilmagan. Sababi? Uni
o‘zining roziligisiz boshqa bir xususiy universitet hemis tizimiga kiritib yuborgan
! Shaxsiy ma’lumotlari esa... maktab vakillari tomonidan “berilgan” deyishmoqda. Bu — alohida mavzu.
🔹
Yana bir holatda, talaba hemisga kiritilgan, biroq hali
guruhga biriktirilmagan
— vaqt yetmay qolgan.
🔹
Yana bir talaba esa ikkita xususiy oliygohdan shartnoma olgan, biroq hemisga kiritilgan universitetda emas, boshqasida o‘qishni istagan. Ammo
birinchisidan hemisdan chiqquncha, ikkinchisiga kira olmay qolgan
. Tizim yopilgan, talaba sarson.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday muammoli talabalar soni
bir necha yuz emas, balki minglab
ekani aytilmoqda va bu o‘nlab oliygohlarga to'g'ri keladi.
📌
Taklif: hech bo‘lmaganda,
bir necha kunga tizimni qayta ochish kerak
. Guruhga biriktirilmagan yoki ma’lumotlari to‘liq kiritilmagan talabalar uchun imkon yaratish zarur.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 10, 15:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Vazirlikni gapi o'tmaydigan kam sonli universitetlardan biri.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 09, 15:49
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda
ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani
haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Barcha oliy ta’lim muassasalarida
yuqori kurs talabalariga stipendiyalar to‘lab berilgan
. Ayrim oliygohlarda 1-bosqich talabalariga
stipendiya tayinlash bo‘yicha tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va bank plastik kartalarini ochish jarayoni kechikkani sababli
to‘lovlar amalga oshirilmasdan qolgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur buyruqlar to‘liq rasmiylashtirilmoqda va barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga
stipendiya to‘lovlari joriy hafta yakuniga qadar
amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 09, 09:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Til o‘rganmoqchi bo’lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi
Bu haqda Hukumatning tegishli qarori
(632-son, 08.10.2025-y.)
qabul qilindi.
"2+6" dasturiga ko‘ra, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar avvalgi
2
oyni
o‘z hisobidan, keyingi
6 oygachani
esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan o‘qiydi.
Subsidiya miqdori:

Toshkent shahrida — BHMning
2 baravarigacha (824 ming so’m);

Viloyat markazlarida —
1,5 baravarigacha (618 ming so’m);

Tuman (shahar)larda —
1 baravarigacha (412 ming so’m).
2025–2026-yillarda
20 ming
nafargacha yoshga, 2031-yilgacha har yili
20 ming
nafargacha subsidiya ajratiladi. Limit to‘lsa, ajratish keyingi yilga qoldiriladi.
Subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi elektron nazorat qilinuvchi o‘quv markazlariga beriladi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 09, 07:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Ustama toʻlanadigan cyertifikatlar roʻyxati yangilandi
Oʻstama toʻlanadigan
milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
.
Yangi qarorga koʻra:

Cambridge Assessment English
nomi oʻzgartirildi,
Aptis
va
TELC
qoʻshildi;

TOEFL iTP
va
MCE
roʻyxatdan chiqarildi;

Oʻqituvchilar uchun
B2 darajali sertifikat majburiy boʻladi;

Ayrim
TESOL
va
TEFL
sertifikatlari endi imtiyoz bermaydi;

Umumtaʼlim fanlari boʻyicha
xalqaro sertifikatlar roʻyxati kengaytirildi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

October 08, 14:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
2025-yil
11-oktabr (shanba)
kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
💳
11-oktabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi.
Talabgorlar binolarga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
⚠️
1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
👝
Test topshiruvchilardan imtihon binosiga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!