
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
#Xushxabar
Talabalar uchun AI akademik assistent ishga tushdi!
Endi talabalar sun’iy intellekt yordamida turli akademik vazifalarni tez va qulay bajarishlari mumkin.
📚
SlaydX akademik assistent imkoniyatlari:
📊
Prezentatsiyalar tayyorlash
📝
Referat va mustaqil ishlar tayyorlash
📖
Akademik matnlar yaratish
💡
Kurs ishlari va rezyume tayyorlash
🧩
Krossvord va testlar tuzish
📋
Dars rejalarini ishlab chiqish
SlaydX
— talabalarning vaqtini tejash, o‘qish jarayonini yengillashtirish va kundalik akademik vazifalarni bajarishda ko‘maklashishga mo‘ljallangan AI yordamchi.
Siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin:
👉
@SlaydX_bot
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️
Ertadan pedagoglar attestatsiyasi boshlanadi
📌
Ertaga,
26-oktabrdan
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun kuzgi attestatsiya doirasidagi malaka sinovlari boshlanadi.
🗓
Ertaga
informatika va axborot texnologiyalari
fani o‘qituvchilari test topshiradi. Keyingi kunlarda boshqa fan va yo‘nalishlar bo‘yicha sinovlar rasmdagi tartibda o‘tkaziladi.
🆔
Pedagoglar sinovga
pasport yoki ID-karta
olib kelishlari so‘raladi.
✅
Attestatsiyada qatnashadigan pedagoglar
sinovtest.uz
saytida namunaviy testlarni ishlab ko‘rishlari mumkin.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Huquq bo‘yicha bellashamizmi?
Endi
Shaxsiy Advokat platformasida
abituriyentlar DTM (O‘zBMBA) testlariga tayyorgarlik ko‘rishi
mumkin. Barcha testlar 35 ta qonunchilik hujjati asosida, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hisobga olingan holda tuzilgan va qonunchilik o‘zgarishiga qarab doimiy yangilanib boradi.
Platformada boshqa abituriyentni yoki foydalanuvchini duelga chaqirib,
umumiy va mavzulashtirilgan savollar bo‘yicha bellashishingiz mumkin.
Duelga o‘zingiz bilan birga tayyorlanayotgan do‘stingizni ham chaqirsa bo‘ladi.
Bu bellashuv umumiy reytingda ko‘rinib boradi, zo‘rdan zo‘ri bilan kurashasiz, keyingi safar sizga reytingingizga mos raqib chiqadi. Har bir savolga alohida izoh bor: agar savolga noto‘g‘ri javob bersangiz, nega noto‘g‘ri ekanini va qaysi manbaga ko‘ra noto‘g‘ri ekanini izoh va havolalari bilan tushuntirib beradi.
Eng qizig‘i, duelga raqibingiz bilan boshqa tilda chiqishingiz mumkin. Masalan, siz o‘zbek tilida tayyorlanyapsiz, raqibingiz esa rus guruhiga topshiradi: bir xil savol sizga o‘zbekchada, raqibingizga ruschada chiqadi. Qoyilmisiz?
Bu bo‘lim faqat abituriyentlar uchun emas, barcha foydalanuvchilar uchun qilindi, chunki har bir fuqaro o‘z huquqini, huquqiy ongini oshirib borishi kerak. Huquqiy demokratik jamiyat har bir fuqaroda huquqiy ong va madaniyat shakllanganda vujudga keladi.
Xulas,
@shaxsiyadvokat_bot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va huquqiy bilimlaringizni doimo charxlab boring.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️
Qishki oʻqishni koʻchirish haqida!
Qishki oʻqishni koʻchirish jarayonlari
10-yanvardan 20-yanvarga qadar
uzrli sabablarga koʻra quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
➖
bir oliy taʼlim tashkiloti doirasida
mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklar boʻyicha talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash;
➖
mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklar boʻyicha
bir oliy taʼlim tashkilotidan boshqasiga
talabalar oʻqishini koʻchirish va koʻchirib tiklash.
Kiritilgan soʻnggi oʻzgarishlarga muvofiq, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab
bir nodavlat oliygohidan boshqasiga
hamda nodavlat oliygohidan davlat oliygohiga ham uzrli sabab bilan oʻqishni koʻchirish mumkin.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🧾
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
Test sinovlari 2026-yil
28-oktabr (chorshanba)
kuni bo‘lib o‘tadi.
🌎
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗
Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
❗️
Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!
📆
Ma’lumki, 2026-yil
24–26-oktyabr
kunlari barcha hududlarda
ona tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
✅
Ushbu imtihon uchun test materiallari
amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida
tayyorlangan.
📝
Shuningdek, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari hamda yozma ish (esse)lar ushbu alifboda yozilishi lozim.
📌
Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi Qonunda yangi alifbo
6 oydan so‘ng
kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda
yangi alifbodan emas,
amaldagi alifbodan foydalaniladi
.
📝
Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi!
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
❗️
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonida limit yo‘q
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonida
talabgorlar soniga limit qo‘yilmagan
.
🗓
Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi, arizalar
5-noyabrgacha
qabul qilinadi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️
Maktab o‘qituvchilari va rahbarlariga qanday ustamalar to‘lanadi?
1️⃣
Mentor-o‘qituvchi — maoshining 20 foizi.
Tuman (shahar)da “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni”ni o‘tkazadigan yuqori malakali o‘qituvchilarga har oy beriladi. Mablag‘ asosiy ish joyidagi maktab direktor jamg‘armasidan to‘lanadi va boshqa ustamalarga qo‘shiladi (PQ-231).
2️⃣
Xalqaro olimpiada g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchi va direktor — 200, 175 yoki 150 foiz.
IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI’dagi oltin, kumush va bronza medal uchun navbatdagi o‘quv yili davomida to‘lanadi.
3️⃣
Direktor — 20 foiz, o‘rinbosar — 10 foizgacha.
Ish samaradorligi 100 ballik tizimda baholanadi.
4️⃣
Direktorlar kengashi a’zosi — bazaviy stavkaga 20 foiz.
Samaradorlik uchun 20 foiz olayotgan direktorga bu ustama berilmaydi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, ro‘yxatdan o‘tish
my.gov.uz
portali orqali amalga oshiriladi.
🗓
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni —
5-noyabr
.
📌
Eslatib o‘tamiz:
🔹
imtihon natijasiga ko‘ra 3 yil amal qiladigan A+, A, B+, B, C+ va C darajali sertifikatlar beriladi;
🔹
B+ va undan yuqori sertifikatga ega, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligidagi o‘qituvchilarga
lavozim maoshining 15 foizi
miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️
Xususiy bog‘cha va maktablar uchun vazirlik litsenziyasi bekor qilinishi mumkin
Ta’lim va ilm-fan vaziri
Erkinjon Turdimov
Samarqanddagi yig‘ilishda xususiy bog‘cha va maktablarni litsenziyalash tartibini qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytdi.
«SES, qurilish, “pojarniy” va boshqa tegishli tashkilotlar ko‘rib, ruxsat bergan bo‘lsa, vazirlik nimaning evaziga litsenziya beradi? Umuman, xususiy bog‘cha va maktab ochishda vazirlikning litsenziya berish masalasini yo‘qotish kerak», — dedi vazir.
📌
Yig‘ilishda yana:
🔹
maktab direktorlarini majlislarga chaqirish amaliyotiga chek qo‘yilishi aytildi;
🔹
oliy va maktabgacha ta’limda ikkita yirik loyiha rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi;
🔹
ta’lim muassasalari murojaatlari uchun alohida elektron platforma ishga tushirilishi bildirildi;
🔹
xususiy ta’lim muammolarini hal qilmagan mas’ullar tanqid qilindi, vazifasini bajarmagan vazirlik xodimlari ishdan ketishi mumkinligi ogohlantirildi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!