Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Nurobod yoshlari

nuryoshlar

Nurobod tumanidagi yoshlarga oid barcha yangiliklarni ushbu kanalda kuzatib boring.

Subscribers
1 110
Post views
33
ER
2,98%
Posts
23 433
July 25, 02:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Xayrli_tong
Qayta qayta qilingan nasihatdan xafa bo‘lmang. Zero, mixni qoqish uchun ham tepasiga bir necha marta urish kerak bo‘ladi.
©
Jaloliddin Rumiy
🌤
Muborak Juma kuningiz xayrli boʻlsin!
🔰
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube

July 24, 13:23
Media unavailable
7
Show in Telegram

📍
Nurobod tumanida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🔹
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tumanda faoliyat yuritayotgan o‘rta va kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.
⚡️
Muloqot chog‘ida soliq imtiyozlaridan foydalanishda uchrayotgan tushunmovchiliklar, soliq hisobotlarini taqdim etishdagi amaliy masalalar, onlayn nazorat kassa mashinasidan foydalanishdagi texnik imkoniyatlar, QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish tartibi kabi qator dolzarb mavzular ko‘tarildi.
📌
Tadbirkorlarning har bir murojaati alohida eshitilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
🔰
Soliq organlari tomonidan tashkil etilayotgan bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, davlat va xususiy sektor o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
©️
@nur_press

July 24, 12:56
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshilamoqda.
©️
@nur_press

July 24, 08:03
Media unavailable
5
Show in Telegram

Har bir yosh taqdiriga mas’ulmiz
Bugun Nurobod tumani hokimligida yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi faoliyati tahlil qilinib, 2025-yil ikkinchi yarimi uchun rejalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosari H.Tuxtayev, tuman hokimi M.Buranov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Unda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, ayrim mas’ullarning loqaydligi tanqid ostiga olindi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, “Yoshlar daftari”, “Otaliqqa olish” va og'ir toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish bo'yicha vazifalar berildi.
Shuningdek, har bir soha rahbariga yoshlar masalalariga befarq bo‘lmaslik, ularning istak va muammolariga quloq tutish lozimligi ta'kidlandi.
©️
@nur_press

July 24, 08:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilindimi?
Vazirlik rasmiy bayonot berdi.
Batafsil:
https://oyina.uz/uz/posts/28975
Rasmiy
sahifalarimiz
👇
Telegram
|
Instagram
|
X
|
YouTube

July 24, 02:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Xayrli_tong
Bu hayotda katta gapirma
Masalan, "Men hech qachon..." deb boshlanadigan jumlalar tuzma.
Boshqasining boshiga kelgani, sening ham boshingga kelishi mumkinligini unutma.
Kimningdir musibati haqida gapirishdan o‘zingni tiy.
So‘zlaring - imtihoning, kulgularing esa - ko‘z yoshing bo‘lishi mumkin.
🌤
Payshanba kuningiz xayrli boʻlsin!
🔰
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Facebook |
Instagram
|
You Tube

July 23, 08:36
Media unavailable
7
Show in Telegram

Ag‘ron aholisi murojaatlari tinglanib, yechimlar belgilandi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumandagi mas’ullar hamrohligida tumanning olis Ag‘ron mahallasida bo'lib, mahalla aholisi bilan samimiy muloqot qildi.
Uchrashuv davomida qishloq infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilinib, fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, gaz, ichki yo‘llar, kadastr, shuningdek, ijtimoiy soha xizmatlari yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.
Fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tuman rahbari o'rganishlar davomida mahalla hududida joylashgan “Ag‘ron” oilaviy shifokorlik punktida bo'lib, u yerda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolanish uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, sharoitlarni yanada yaxshilash bo'yicha tavsiyalar berildi.
©️
@nur_press

July 23, 07:27
Media unavailable
5
Show in Telegram

Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan asrash masalalari muhokama qilindi
Nurobod tumani hokimligida korxona va tashkilot rahbarlari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlar hamda ijtimoiy soha vakillari ishtirokida yoshlarni buzg'unchi g'oyalardan asrash va ularni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish masalalarida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlarni yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Mutaassiblik va radikalizmning salbiy oqibatlari” mavzularida tushuntirishlar berilib, yoshlarni yot g'oyalardan asrashimiz zarurligi ta'kidlandi.
Yoshlar orasida buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olishda ota-onalar, ustozlar va mahalla faollarining o‘rni nihoyatda muhim ekani ta’kidlandi.
©️
@nur_press

July 23, 01:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xayrli tong, azizlar!
Har yerda maqbul soʻz ayting...
Yoʻl va koʻchalarda toʻplanishib turmang;
Suhbatlashish uchun doʻkonlarni tanlamang;
Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang;
Fikr bildirganda: “Bu – mening qarashim”, deb ayting;
Biror narsa yoki birortasini maqtaganda, oshirib yubormang;
Yigʻinlarda oʻzingizgagina aloqador ishlar bilan mashgʻul boʻlmang;
Yaxshi gapga diqqat bilan quloq soling;
Xushboʻy hidli narsalardan foydalanganda, meʼyorni biling;
Ayrim orzular roʻyobi uchun oʻzingizni oʻtga-choʻqqa uravermang;
Sizga nisbatan muomala meʼyorini buzganlarga ham vazmin boʻling;
Boylar saxovati qoshida oʻzingizni zinhor kamsitilgandek his qilmang;
Soʻz berdingizmi, bajarishga qatʼiylik bilan kirishing;
Faqat va faqat rost gapiring;
Har yerda maqbul soʻz ayting, chiroyli gapirishga harakat qiling;
Vujudingiz rohatini istasangiz, oz yeng va oz iching!
Imom GʻAZZOLIY.

@Zarnews_uz

July 22, 16:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

TAYINLOV: Nurobod tumani hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Nurobod tumani hokimining tegishli qarorlariga asosan,
Ziyatov Asomiddin Keldiyorovich
— Nurobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
Sadinova Ziroat Toyirovna —
Nurobod tumani hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Ziyatov tayinlovga qadar O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Nurobod tumani bo‘lim boshlig‘i lavozimida, Z.Sadinova esa Nurobod tumani 33-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
A.Ziyatov va Z.Sadinovalarning kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati
©️
@nur_press