Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Nurobod yoshlari

nuryoshlar
Nurobod tumanidagi yoshlarga oid barcha yangiliklarni ushbu kanalda kuzatib boring.
Subscribers
952
24 hours
1
30 days
-10
Post views
97
ER
0,12%
Posts (30d)
73
Characters in post
768
December 11, 14:31
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Nurobod tumanida “Eng yaxshi kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazildi
Mahalliy hokimliklarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va xodimlar o‘rtasida badiiy-adabiy merosni targ‘ib qilish maqsadida Samarqand viloyati hokimligi tomonidan e’lon qilingan “Eng boy kutubxonaga ega mahalliy hokimlik” hamda “Eng yaxshi kitobxon xodim” yo‘nalishlaridagi ko‘rik-tanlovlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
Bugun Nurobod tumani hokimligi kutubxonasida mazkur tanlovning “Eng yaxshi kitobxon xodim” yo‘nalishi bo'yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar buyuk alloma va adiblar ijodidan tanlab olingan 5 ta asarni o‘qiganliklari va ular bo‘yicha bilimlari yuzasidan baholanishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning o‘qigan kitoblari bo‘yicha savol-javoblar, muhokamalar va taqdimotlar o‘tkazilib, eng faol kitobxonlar aniqlandi.
Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari yakuniy natijaga ko‘ra viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Mazkur tanlov Nurobod tumani hokimligida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, xodimlarning ma’naviy saviyasini yuksaltirish hamda mahalliy hokimlik kutubxonalarini boyitishga xizmat qilmoqda.

@nur_press

December 11, 14:31
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Nurbuloq mahallasida soliq tushumlari va mahalla xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov tomonidan “Nurbuloq” va “Po'latchi” mahallalarida soliq tushumlari, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda “mahalla yettiligi” a’zolari uchun ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” ijrosi, profilaktika inspektorlarining kundalik vazifalari, yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar holati hamda soliq tushumlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi”ning har bir a’zosi o‘z faoliyatini yanada mas’uliyat bilan olib borishi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, soliqdan qarzdorligi mavjud yuridik va jismoniy shaxslar bilan individual tartibda ishlash yuzasidan mas’ullarga qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

@nur_press

December 11, 05:40
Media unavailable
4
Show in Telegram

Таниқли ижодкорлар институт фахрий профессорлари бўлди
Самарқанд давлат педагогика институтида Конституция ҳамда Ўзбекистон Давлат мадҳияси қабул қилинган кун муносабати билан маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.
—————
Taniqli ijodkorlar institut faxriy professorlari bo‘ldi
Samarqand davlat pedagogika institutida Konstitutsiya hamda O‘zbekiston Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Batafsil:
👉
https://zarnews.uz/dwuz
Каналга қўшилинг:
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube

December 11, 05:38
Media unavailable
2
Show in Telegram

15-dekabrdan 15-yanvargacha "Vatanparvarlik oyligi"da faol ishtirok eting
Bizning sahifalarimiz
:
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
YouTube

December 10, 15:11
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

📚
Kitob
o‘ymakorligi – qog‘oz sahifalarida yaralgan nafis san’at
Kitob javonlaridagi rang-barang muqovalar, varaqlarning sokin shitirlashi va qog‘ozning o‘ziga xos hidi ko‘pchilik uchun adabiyot olamining ajralmas jozibasidir.
Ammo kitobga boshqacha nazar bilan qaraydigan ustalar bor – ular uchun kitob nafaqat o‘qiladigan manba, balki san’at asariga aylanishi mumkin bo‘lgan noyob materialdir.
Ushbu san’at kitob o‘ymakorligi yoki kitob karvingi deb ataladi.
Kitob o‘ymakorligi – sahifalarni maxsus o‘yish, kesish va shakllantirish orqali uch o‘lchamli badiiy kompozitsiya yaratish jarayonidir.
Mazkur yo‘nalish kitobni butunlay yangi talqinda namoyon etib, oddiy nashrni nafis haykal yoki dekorativ asarga aylantiradi.
Har bir qatlam alohida ishlanib, sahifa ustidagi nozik shakllar yakunda bir butun manzara yoki tasvirni hosil qiladi.
Ushbu san’at turi ko‘plab mamlakatlarda keng ommalashib bormoqda.
O‘ymakor kitoblar galereya va ko‘rgazmalarda namoyish qilinib, interyer bezagi yoki san’at ixlosmandlari uchun noyob sovg‘a sifatida yuqori baholanadi.
Eng muhimi, kitob o‘ymakorligi qog‘ozga yangi hayot bag‘ishlab, kitobga munosabatni ijodiy tarzda qayta ochib beradi.
Qog‘ozning nafis tuzilishi bilan ustaning mahorati uyg‘unlashganda, har bir kitob o‘z ichki hikoyasidan tashqari, san’at asari sifatida ham qadrlanadi. Kitob o‘ymakorligi ana shu uyg‘unlikning yorqin namunasi sanaladi.

@nur_press

December 10, 15:05
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Mehnat yarmarkasi — ish beruvchi va ishsiz fuqarolar o‘rtasidagi muloqot maydoni
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazi binosida fuqarolarning bandligini taʼminlash, mehnat bozorida mavjud imkoniyatlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda aholining faolligini oshirish maqsadida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda tumandagi korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari, xususiy sektor vakillari va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim qilib, fuqaro va ish beruvchi o‘rtasida ochiq muloqot uchun qulay sharoit yaratildi.
Yarmarka davomida turli yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati, boshlang‘ich kasblar, xotin-qizlar uchun mos ish turlari, mehnat migratsiyasi bo‘yicha xorijda ishlash imkoniyatlari hamda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlar berildi.
Ish izlayotgan fuqarolar, xotin-qizlar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari o‘zlari qiziqqan ish joylariga bevosita murojaat qilish, shart-sharoitlari bilan tanishish hamda tegishli yo‘llanmalarni olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yarmarkaning asosiy maqsadi — ish beruvchilar va ish qidirayotgan fuqarolar orasida bevosita muloqot yaratish, bandlik masalalarida ochiqlikni taʼminlash, odamlarni rasmiy mehnat bozoriga jalb etish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish hamda oilaviy farovonlikni mustahkamlashdir.

@nur_press

December 10, 03:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

@nur_press

December 09, 13:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

December 09, 13:22
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Homiylar ko‘magida o‘tkazilgan sunnat to‘yi bolajonlarga quvonch ulashdi
Nurobod tumanida milliy an’analarimizni ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat fazilatlarini targ‘ib etish maqsadida navbatdagi xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bugun tumanda joylashgan “Yuksalish” bazmgohida tuman hokimligi, homiylar tashabbusi bilan Nurbuloq hamda Po'latchi mahallalarida istiqomat qiluvchi 11 nafar bolajonlarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A.Ziyatov ishtirok etib, bunday ezgu tashabbuslarning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Milliy urf-odatlarimizga tayanilgan, ezgulikka yo‘g‘rilgan bu kabi xayrli ishlarda bolalar qalbida mehr-oqibat, saxovat, insoniylik kabi fazilatlarni shakllantirish, shuningdek, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonch va umidini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Mazkur sunnat to‘yi xalqimizga xos saxovatpeshalikning yorqin namunasi bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining quvonchiga quvonch qo‘shdi.

@nur_press

December 09, 12:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli Nurobod tumani yoshlari!
O'zingizga mos va yuqori maoshli ish izlayapsizmi? Unda bu e'lon aynan siz uchun!
Ertaga, 10-dekabr kuni soat 09:30 dan boshlab
Nurobod tumani hokimligida aholini ish bilan ta’minlash va mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida
"Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi"
o'tkaziladi.
Yarmarka davomida korxona va tashkilotlarda, tadbirkorlik subyektlarida mavjud bo'lgan bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ish izlayotgan fuqarolar, xotin-qizlar va yoshlar uchun ishga joylashish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratiladi.
Yarmarkada ishtirok etishni istagan fuqarolar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini olib kelishlari tavsiya etiladi.
Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!
t.me/nuryoshlar