Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jahon Tillari (O’zDJTU/UzSWLU)

ozdjtu_uz

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni telegram sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Rasmiy guruh:
@student2025s
Reklama boyicha:
@zamdekan

Subscribers
16 600
Post views
2 286
ER
10,89%
Posts
1 434
October 14, 09:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
YANGI KASB – YANGI IMKONIYAT!
🔈
Navbatdagi gid-tarjimonlar tayyorlash kurslariga qabul boshlandi!
📜
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-sonli qarori asosida turizm va tarjima sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha innovatsion yondashuvni o‘z ichiga olgan ushbu kurs malakali professor-o‘qituvchilar hamda tajribali gid-tarjimonlar ishtirokida olib boriladi.
📌
Nima uchun bu kursni tanlashingiz kerak?

Fan va amaliyot uyg‘unlashtirilgan o‘quv dasturi:
Kurs davomida siz tarix, madaniyat, psixologiya, til va tarjima bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lasiz.

Sayyor darslar va real ekskursiya tajribasi:
Mashg‘ulotlar faqat auditoriyada emas, balki tarixiy obidalar va madaniy maskanlarda ham tashkil etiladi. Muzeylar, yodgorliklar hamda eko-marshrutlarda amaliyotda qatnashish imkoniyati bo‘ladi.

Sertifikat emas – DIPLOM!
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga diplom beriladi. Bu esa sizga gid-tarjimonlik kasbini rasmiy egallash imkonini yaratadi.

Bitiruvchilarga imkoniyatlar:
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent viloyati kabi sayyohlik hududlarida gid-tarjimon sifatida faoliyat yuritish imkoniyati beriladi.
Kurs kimlar uchun?
Quyidagi tillarni biladigan va o‘z kasbini turizm sohasida ko‘rishni istaydigan yoshlar uchun:
🇲🇾
Malay tili
🇯🇵
Yapon tili
🇨🇳
Xitoy tili
🇪🇸
Ispan tili
🇮🇹
Italyan tili
🔜
O‘quv mashg‘ulotlari 2025-yil 1-noyabrdan boshlanadi. Darslar ikki smenada olib boriladi.
💼
Kurslar shartnoma (to‘lov) asosida tashkil etiladi. To‘lov summasiga o‘quv mashg‘ulotlari, darsliklar, amaliyot va sayyor darslar to‘liq kiritilgan.
🚨
Joylar soni cheklangan!
Saralash asosida eng iqtidorli va intiluvchan nomzodlargina kursga qabul qilinadi.
📨
Endi ariza topshiring — kelajagingizni o‘zingiz yaratish vaqti keldi!
📍
Batafsil ma’lumot:
+998 90 047 05 02
📣
Til — bu imkoniyat. Tarjimonlik — bu missiya. Gidlik — bu kasb!
O‘zingizni sinab ko‘ring!
O’zDJTU
🚀

October 13, 13:30

Agar sizga endi keragi yo’q guruglar bo’lsa biz sotib olamiz!
Agar akkountingiz eski bo’lsa ham olamiz..
Sizda bor lekin o’chib ketgan guruhlarni ushbu bot orqali tekshirishingiz mumkin.
https://t.me/WhatIOwnBot
Murojaat uchun:
@rizo_axi

October 09, 14:16
Media unavailable
4
7
Show in Telegram

0️⃣
0️⃣
0️⃣
Talabalar turar joylarida fan to‘garaklari faoliyati davom etmoqda
O‘quv jarayonini muntazam takomillashtirib borish — universitetning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga
qarashli
talabalar turar joylarida
tajribali va faol talabalar tomonidan turli
fan to‘garaklari
yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan,
General English
,
IELTS
,
CEFR
,
Speaking Club
,
Rus tili
,
Turk tili
,
Koreys tili
,
Xitoy tili
hamda
Yapon tili
yo‘nalishlarida to‘garaklar muntazam faoliyat olib bormoqda.
Mazkur to‘garaklar talabalarning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish
,
til o‘rganish ko‘nikmalarini mustahkamlash
, hamda
nutq madaniyatini rivojlantirish
da muhim o‘rin tutadi.
O’zDJTU
🚀

October 07, 06:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

20 ta OTMda test shaklida HEMIS
🆔
— sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan raqamli yordamchi ishga tushirildi.
💡
Talabalar uchun barcha sun’iy intellekt asosidagi tahlillar
my.hemis.uz
platformasida jamlandi.
🚛
HEMIS AI
— bu talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini chuqur tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar
taqdim etadi:
✔️
GPA tahlili
— o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
✔️
Davomat tahlili
— darslarga qatnashish darajasini baholab, kechikish sabablarini tahlil qiladi.
✔️
Dars jadvali tahlili
— mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi.
✔️
Tavsiyaviy kurslar
— talabaning qiziqishlari va o‘quv natijalariga mos tarzda Coursera platformasidan kurslarni tavsiya etadi.
✔️
Plagiat tekshiruvi
— mustaqil ishlar, BMI hamda ilmiy ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlashga yordam beradi.
✔️
Moliyaviy holat tahlili
— shartnoma to‘lovlari, stipendiya va grantlar bo‘yicha aniq va tizimli tahlilni taqdim etadi.
✔️
HEMIS Chatbot AI
— foydalanuvchi so‘rovlarini tahlil qilib, tezkor va aniq javoblarni taqdim etadi.
HEMIS AI test sinovi shaklida quyidagi OTMlarda joriy etildi:
1. O‘zbekiston Milliy universiteti
2. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
3. Jizzax davlat pedagogika universiteti
4. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
6. Buxoro davlat universiteti
7. Samarqand davlat universiteti
8. Termiz davlat universiteti
9. Xalqaro Nordik universiteti
10. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
11. Alfraganus university
12. Farg‘ona davlat universiteti
13. Qarshi davlat universiteti
14. Qo‘qon universiteti
15. Navoiy davlat pedagogika instituti
16. Samarqand davlat chet tillar instituti
17. Qoraqalpoq davlat universiteti
18. Toshkent amaliy fanlar universiteti
19. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
20. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
😀
😃
😄
😁
😆
🥹
😅
😂
O’zDJTU
🚀

October 06, 07:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

4️⃣
4️⃣
4️⃣
🇷🇺
🇺🇿
Chegarasiz fan: rossiyalik olimlar O‘zbekiston yoshlari uchun ma’ruzalar o‘tkazadilar
2025-yil
6–13-oktabr kunlari
O‘zbekiston Respublikasida “
Kelajak olimlari
” xalqaro loyihasi doirasida
ilmiy-ma’rifiy tadbirlar haftaligi
o‘tkaziladi. Dastur ochilish marosimi
6-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida
bo‘lib o‘tadi.
Loyiha
Moskva, Novosibirsk, Qozon, Vladivostok, Krasnoyarsk va Bryansk
shaharlaridan kelgan
o‘nta yetakchi rossiyalik olim
ni birlashtiradi. Ular sanoat va tibbiyotda yangi materiallar qo‘llanilishi, iqlim va ekologiya o‘zgarishlari, neyrobiologik tadqiqotlar, matematik mantiq imkoniyatlari hamda sun’iy intellektning ta’lim va kasbiy tayyorgarlikka ta’siri haqida so‘z yuritadilar.
Dastur zamonaviy fanlarning muhim yo‘nalishlarini qamrab oladi:
🔵
matematika va mexanika,
🔵
biologiya fanlari,
🔵
kimyo va materialshunoslik,
🔵
fizika va astronomiya,
🔵
gumanitar fanlar.
Loyiha
maktab o‘quvchilari, talabalar va o‘qituvchilar
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar zamonaviy ilmiy izlanishlar bilan tanishish, savollar berish va rossiyalik olimlar bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
📌
Tadbir o‘tkaziladigan joylar:
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
• Chirchiq davlat pedagogika universiteti,
• Andijon davlat chet tillar instituti,
• Farg‘ona davlat universiteti,
• Namangan davlat universiteti,
• Biznes va texnologiyalar universiteti,
• Namangan pedagogika universiteti,
• Toshkentdagi “Rus uyi”.
Ishtirok
bepul
, ammo
oldindan ro‘yxatdan o‘tish
talab etiladi. Faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan
maxsus sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
🎓
Lektorlar orasida mashhur rossiyalik olimlar va fan targ‘ibotchilari bor:
El’mira Afanasyeva, Artyom Gushchin, Yelena Dergachyova, Iskander Kalimullin, Vladimir Karasik, Andrey Konstantinov, Andrey Naumov, Yevgeniya Pushchina, Kseniya Rodionova, Ivan Timofenko.

Kelajak olimlari
” loyihasi Rossiya va MDH davlatlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘quvchilar va talabalar orasida fan va innovatsiyalarni ommalashtirishga qaratilgan.
📘
Loyiha tashkilotchisi

A.S. Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti.
Loyiha Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi
ko‘magida,
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi,
Rossotrudnichestvo agentligi
va
“Nauka.rf” portali
hamkorligida amalga oshirilmoqda.
👉
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish –
loyiha saytida.
O’zDJTU
🚀

October 02, 13:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔥
SIZ OMADLISIZ!
🔥
Chunki siz
🎉
100 000 so‘mlik voucher yutib oldingiz!
😎
"O‘qishni ertaga boshlayman" degan reja endi o‘zgardi!
Til o‘rganish + imtihonga tayyorlanish + bilim =
🔥
Sizning kuchingiz!
🏴
Ingliz tili (General English, IELTS and CEFR)
🧮
Matematika
🇷🇺
Rus Tili
🇹🇷
Turk tili
🇧🇪
Nemis tili
Manzillar:
1) Olmazor, Beruniy metro
2) Chilonzor, Mirzo Ulug'bek metro
3) Yakkasaroy, TMI instituti
📲
Bog‘lanish uchun:
👉
@EnglishTeamAdmin
☎️
+998 97 984 30 30
☎️
+998 95 907 30 30
🎉
Ingliz tilini va boshqa fanlarni ENG SIFATLI tarzda o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

October 01, 13:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

Student CLUB loyihasi
🎙
👣
O’yinlar
🖌
Kurs ishlari
⏰️
Quiz testlar
💬
Chat
🎙
Ovozli, video chat
🤖
Faol adminlik
🔒
Mafia

Takliflar uchun stars

Premium sovg’a
Qo’shilib oling!
🔗
@student2025s

October 01, 04:08
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎉
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni!
Aziz ustoz va murabbiylar!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori – bilimli va salohiyatli avlodni tarbiyalashdagi fidokorona mehnatingiz yurtimiz kelajagi uchun beqiyos hissadir.
Sizlarga sogʻlik-salomatlik, tinchlik-osoyishtalik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda katta yutuqlar tilaymiz. Shogirdlaringiz muvaffaqiyatlari har doim sizning faxringiz va quvonchingiz boʻlsin.
O’zDJTU
🚀

September 30, 02:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

O‘zbekiston yoshlar siyosati BMT minbarida
🇺🇿
🇺🇳
Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Sa’dullayev
Yoshlar bo‘yicha harakatlar dasturining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi yalpi yig‘ilishida
nutq so‘zladi.
O‘zbekiston yoshlar yetakchisi
o‘z nutqida dunyo kelajagi bevosita
yoshlarga qilinadigan sarmoya
bilan belgilanishini ta’kidlab, uchta ustuvor yo‘nalishni qayd etdi.
Ta’lim, tadbirkorlik va bandlik
.
1.
Ta’lim
– har bir yosh sun’iy intellekt davrida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
2.
Tadbirkorlik
– yoshlar ish qidirishi emas, balki o‘zi yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘nikmasini shakllantirish muhim. Shu maqsadda O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi uchun
400 mln dollar
yo‘naltirilgani ta’kidlandi.
3.
Bandlik
– startaplar va ko‘nikmalarni real imkoniyatlar bilan bog‘lash, sun’iy intellekt ishlarni qisqartirmasdan, balki ularni qayta shakllantirish lozim.
🇺🇳
BMT minbaridan yangragan
ushbu chaqiriq
shuni ko‘rsatadiki,
yoshlar uchun imkoniyat yaratish
— bu
kelajakni kafolatlash
demakdir. Tinchlik esa barcha imkoniyatlarning boshlanish nuqtasi.
Prezidentimizning BMT minbarida
ilgari surgan tashabbuslari biz
yoshlar uchun xalqaro maydonda
yangi marralarni egallashda muhim dastur amal bo‘lib xizmat qiladi.
O’zDJTU
🚀

September 30, 02:39
Media unavailable
4
4
Show in Telegram

📚
Xalqaro jurnalistika fakultetida ma’rifat darslari
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalqaro jurnalistika fakultetida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Fakultet tyutorlari
M. Abdullayeva, K. Mammadaliyeva va S. Raxmatova
boshchiligida talabalar bilan ma’rifat darslari o‘tkazildi.
☀️
Ushbu darslarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ustoz shaxsining inson hayotida tutgan bebaho qadri, ilm va tarbiya orqali yoshlarga yo‘l ko‘rsatishdagi mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, dars davomida talabalar ham o‘z ustozlari haqidagi iliq xotira va samimiy minnatdorlik so‘zlarini izhor etdilar.
Tadbir maqsadi — ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona xizmat qilayotgan o‘qituvchilar mehnatini qadrlash, yoshlar ongida ustozlarga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
O’zDJTU
🚀