Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Jahon Tillari (O’zDJTU / UzSWLU)

ozdjtu_uz
O’zDJTUga oid so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring! Yangiliklarni telegram sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin Guruh: @studentclubing Reklama bo’yicha: @kapitaI_bank Savol: @Uzswlu_help_bot
Подписчики
12 100
24 часа
-91
30 дней
-6 674
Просмотры
2 146
ER
17,74%
Посты (30д)
21
Символов в посте
833
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 08:12
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

IJARADA YASHAYOTGAN TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti dekan muovini S. Manazarov hamda Umumiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi U. Xabibullayev tomonidan ijarada yashayotgan talabalar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, isitish tizimidan foydalanish, gaz va elektr jihozlari bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaa qilish va bilimlarini muntazam oshirib borish tavsiya etildi.
O’zDJTU
🚀

October 21, 09:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni
imzoladi
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi:
🔵
O‘ o‘ → Ö ö
🔵
G‘ g‘ → Ğ ğ
🔵
Sh sh → Ş ş
🔵
Ch ch → Ç ç
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva alifbodagi özgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va özbek tilining raqamli makondagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.
“Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi”, — dedi u.
O’zDJTU
🚀

October 20, 10:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati
1-noyabrga qadar uzaytirildi
.
Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida
25 foizi
, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida
50 foizi
to‘lanishi lozim.
📌
Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz
❗️
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining
30 foizini qoplab berish
tartibi joriy etilgan.
📝
Chegirma olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasi orqali ariza yuborish kerak.
O’zDJTU
🚀

October 19, 13:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2026-yilda yangi til o‘rganishni rejalashtirgan edingizmi?
👀
Yil tugashiga ham ko‘p qolmadi. Balki boshlash vaqti kelgandir?
Xitoy Koreys
Ispan
Yapon
Nemis
Ingliz
Rus
O’zbek
Turk
Fransuz
Italyan
Qaysi birini anchadan beri o‘rganishni xohlardingiz?
Hong Kong Academy’da 11 ta til yo‘nalishi
va xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik mavjud.
✨
Rejani keyingi yilga qoldirmang.
Bugun boshlang.
🔴
Yangi guruhlarga qabul ochiq!
📍
Toshkent bo‘ylab 6 ta filial
📞
+998 95 142-52-52
Telegram:
@hkacademy
Instagram:
hongkong.uz

October 17, 16:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎯
6 OYDA IELTS — PRE-IELTS GURUHI
B2 darajadasiz, lekin IELTS'dan C1 (7.0+) olmoqchimisiz? Aynan siz uchun!
👨‍🏫
O'qituvchi: Khusan Koraev
🏆
IELTS'ni 15 marta topshirgan, shundan 12 marta 8.5 ball olgan!
1000 dan ortiq o'quvchilar ustozi
Imtihonni ichkaridan biladigan ustoz Reading, Listening, Writing va Speaking bo'yicha aniq strategiyalarni o'rgatadi.
📅
Boshlanish: 20-oktabr, seshanba
🕑
Vaqt: 14:30 - 16:30 (juft kunlari)
⏳
Muddat: 6 oy
📍
Manzil: Everest Examination Center
🚇
Mo'ljal: Mirzo Ulug'bek metrosi
💰
Narx: oyiga 650,000 so'm
🔥
Birinchi 3 oy uchun oyiga atigi 550,000 so'm!
Joylar cheklangan, hoziroq yoziling:
Toq kunlari 18:30-20:30 orasida yangi elementary guruh ham yig'ilmoqda. Shu va boshqa guruhlar masalasida murojaat qiling:
📞
+998946638863
@Koraevkhusan
https://t.me/roadtoyourdreamscore

October 16, 10:22
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🚫
“NARKOTIKKA YO‘Q DEYMIZ!” — PROFILAKTIK SUHBATLAR TASHKIL ETILDI
!
2026-yil 16-oktabr kuni Rus filologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish maqsadida
“Narkotikka yo‘q deymiz!”
shiori ostida guruhlarda profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Tadbirlarda universitet psixologi
Zebuniso Hayrullayeva
, profilaktika inspektori
Madina
Nurmuhammedova
hamda fakultetning IPMBIB mutaxassisi
I. Sadiyeva
ishtirok etdilar.
🗣
Suhbatlar davomida talabalarga giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, ruhiy holati va kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, giyohvandlik bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Yoshlarning zararli odatlarga qarshi qat’iy pozitsiyasini shakllantirish, turli salbiy ta’sirlarga berilmaslik, shubhali takliflardan ogoh bo‘lish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬
Muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mutaxassislar yoshlarni o‘z salomatligi va kelajagiga mas’uliyat bilan yondashishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga hamda giyohvandlik kabi zararli illatlardan yiroq bo‘lishga chaqirdilar.
✅
Bunday profilaktik tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlash hamda talabalarda hayotiy masalalarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sog‘lom hayotni tanlang! Yorqin kelajak uchun giyohvandlikka yo‘q deng!
O’zDJTU
🚀

October 15, 14:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎓
Do you have
university classes in the morning
and are looking for an
afternoon job?
🚀
Cambridge Learning Center
is hiring
Support Teachers
for the
1:45 PM–8:00 PM
shift.
⚠️
Please note: We are currently hiring for the afternoon shift only.
💰
Salary: 6,750,000–8,500,000 UZS
per month
📌
Requirements:
– IELTS Overall and Speaking: 7.0+
– At least 6 months of teaching experience
– 18 years old or above
✅
How to apply:
Click the link below and start the Telegram bot.
🔗
Link
Answer all questions and submit your CV and IELTS Certificate.

October 15, 11:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📣
Arizalar qabuli boshlandi!
Yetakchi bo‘lishni xohlaysizmi? Buni sinfxonadan boshlang.
Teach for Uzbekistan Fellowship ikki yillik yetakchilik dasturi. Dastur davomida hududlardagi maktablarda dars bering va bolalar kelajagiga hissa qo‘shing.
🌍
Ishtirokchilar Teach For All xalqaro tarmog‘iga qo‘shiladi: 60 dan ortiq davlatdagi o‘qituvchilar va yetakchilar hamjamiyati.
Bundan tashqari:
– Ish haqi va oylik stipendiya
– Treninglar va har qadamda mentor yordami
Bakalavr diplomi bo‘lsa yetarli, pedagogik tajriba shart emas.
👉
Ariza topshiring:
https://teachforuzbekistan.org
#TeachForUzbekistan
#TeachForAll
#Fellowship
#Yetakchilik

October 12, 08:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmasevtika xodimlari farzandlarining kontraktiga beriladigan 30 foizlik subsidiya uchun ariza yuborish bo'yicha videoqo'llanma.
Ariza staji bor ota yoki ona nomidan videoda ko'rsatilgan ketma-ketlikda yuboriladi. Agar hemis haqida qiz yozuvda xabar chiqsa demak talaba
kontrakt.edu.uz
dan shartnomaga ariza yubormagan, avval ariza yuborib shartnomani olib keyin
my.gov.uz
orqali subsidiyaga ariza
beriladi
.
O'zDJTU
🚀

October 09, 10:07
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
O‘zDJTUda “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
“IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar”
innovatsion tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov universitetning
Xotin-qizlar kengashi hamda Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi
hamkorligida tashkil etildi. Unda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat talaba-qizlari ishtirok etib, dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, avtomatlashtirilgan tizimlar, aqlli qurilmalar va IoT yo‘nalishlaridagi bilim hamda loyihalarini namoyish etdilar.
Saralash bosqichida faol ishtirok etgan talaba-qizlarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi. Yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
Barcha ishtirokchilarga kelgusi bosqichlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
O'zDJTU
🚀