
PHARMCLUB.UZ
O’zbekiston Farmasevtika sohasi vakillarining assotsiatsiyasi
Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, At-Termiziy 93
Pharmclubuz@gmail.uz
+998933902080
UZ:
Sammit davomida dori vositalari xavfsizligini ta’minlash, soha samaradorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator mavzular muhokama etilmoqda.
—
RU:
В рамках саммита обсуждаются важные темы, направленные на обеспечение безопасности лекарственных средств, повышение эффективности отрасли и развитие международного сотрудничества.
—
EN:
Within the framework of the summit, a number of important topics are being discussed, aimed at ensuring the safety of medicines, improving sector efficiency, and strengthening international cooperation.
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
UZ:
Sammitda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov dori vositalari xavfsizligi, ularning sifatli va tezkor yetib borishini ta’minlash ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidlab, farmatsevtik nazorat tizimini raqamlashtirish, xalqaro standartlarni tan olish va soha samaradorligini oshirish zarurligini qayd etdi.
“Regulyator XXI asrda faqat nazoratchi emas, balki soha rivojiga turtki beruvchi hamkordir”, — dedi Alisher Temirov.—
RU:
На саммите директор Центра безопасности фармацевтической продукции Алишер Темиров отметил, что обеспечение безопасности, качества и оперативной доступности лекарственных средств является приоритетным направлением. Он подчеркнул необходимость цифровизации системы фармацевтического надзора, признания международных стандартов и повышения эффективности отрасли.
«Регулятор XXI века — это не просто надзорный орган, а партнер, способствующий развитию отрасли», — отметил Алишер Темиров.—
EN:
At the summit, Alisher Temirov, Director of the Center for Pharmaceutical Product Safety, emphasized that ensuring the safety, quality, and timely availability of medicines is a top priority. He highlighted the need to digitalize the pharmaceutical control system, recognize international standards, and enhance the overall efficiency of the sector.
“A 21st-century regulator is not just a supervisory body but a partner driving the development of the industry,” said Alisher Temirov.
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
🔴
Toshkentda VI Yevroosiyo farmatsevtika sammiti bo‘lib o‘tmoqda!
📌
2025-yil 7–9 oktyabr kunlari “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri texnoparki maydonida "Global Pharmaceutical Leaders’ Club" hamkorligida tashkil etilgan 6-Yevroosiyo farmatsevtika sammiti — “Farmatsevtika: ijtimoiy kelishuv sifatida” mavzusidagi nufuzli xalqaro tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
✅
Sammit farmatsevtika sohasidagi muhim yo‘nalishlar, innovatsiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish hamda aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va soha barqarorligini ta’minlashning eng samarali usullari masalalariga qaratilgan.
🔗
Manba
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
🔴
Toshkentda “Farma O‘zbekiston va Markaziy Osiyo” – 4-Xalqaro kongress va ko‘rgazma bo‘lib o‘tyapti.
📌
24–25 sentyabr kunlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida farmatsevtika sohasida mintaqadagi eng yirik tadbir – 4-yillik xalqaro kongress va ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.
✅
Tadbir Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ko‘magida tashkil etildi.
✅
Kongressda:
➡️
300 dan ortiq farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari va texnik direktorlar
➡️
Investorlar va yirik loyiha tashabbuskorlari
➡️
Uskuna, texnologiya va xizmat yetkazib beruvchi kompaniyalar
➡️
Xalqaro ekspertlar va maslahatchilar ishtirok etmoqda.
❗️
Kongress mintaqada farmatsevtika sohasidagi yirik investitsiyaviy loyihalarni taqdim etish, yangiliklar, texnologiyalar va innovatsion yechimlarni namoyish qilish, xususiy sektor, davlat organlari va xalqaro investorlar o‘rtasida muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan ahamiyatlidir.
✅
Mazkur tadbir ma’ruzalar, davra suhbatlari, ilg‘or texnologiyalar ko‘rgazmasi, ishbilarmonlik uchrashuvlari va soha yetakchilari uchun yangi imkoniyatlar maydoni bo‘lib xizmat qiladi.
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
🔴
Ayni damda Hilton Tashkent City mehmonxonasida
"O‘zbekiston farmatsevtikasi va Markaziy Osiyo: farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish" 4‑xalqaro kongressi va ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
.
❗️
Tadbir
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
ko‘magida tashkil etilgan.
❗️
Ishtirokchilar:
➖
300+ farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari
➖
Investorlar va loyiha tashabbuskorlari
➖
Uskuna va texnologiya ishlab chiqaruvchilar
➖
Xalqaro investorlar
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
❗️
Recept bilan beriladigan dorilarni elektron recept asosida tayinlash tartibi belgilandi
📋
Hukumat qarori (570-son, 08.09.2025 y.) bilan “Tibbiyot tashkilotlarida recept bilan beriladigan dori vositalarini elektron recept asosida tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, elektron recept asosida tayinlanadigan dori vositalari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
➖
Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor ma’lumotlari tibbiyot tashkilotida joriy qilingan tibbiy axborot tizimiga kiritiladi hamda avtomatik tarzda “Elektron tibbiy karta” moduliga uzatiladi.
➖
Bemorgа dori vositalari mazkur tibbiy axborot tizimida elektron retsept rasmiylashtirish orqali tayinlanadi.
📝
Retsept davolovchi shifokor tomonidan elektron tasdiqlash usullarida tasdiqlanib, QR kod avtomatik tarzda qo‘yiladi. Bunda elektron retseptga oid zarur ma’lumotlar avtomatik tartibda “Elektron retsept” moduliga uzatiladi.
🧾
Shifokorlarga o‘zlari tomonidan bemorga elektron retsept asosida tayinlangan va chakana realizatsiya qilingan dori vositalari harakatini kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
💻
Elektron retseptga oid barcha ma’lumotlar bemorning elektron tibbiy kartasida avtomatik qayd etib boriladi.
🔗
Manba
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
Farmatsevtika va biotexnologiya yo‘nalishidagi ilmiy loyihalar tanlovi bo‘yicha saralash natijalari e’lon qilindi.
❗️
2025-yil 29-iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy yig‘ilish doirasida farmatsevtika va biotexnologiya fan yo‘nalishidagi ilmiy loyiha mavzularini saralab olish maqsadida tashkil etilgan maxsus Ilmiy kengash ishini yakunladi.
✅
Jami 16 ta ilmiy loyiha mavzusi Farmagentlikka taqdim etildi va loyiha tashabbuskorlari 29-iyul kuni Ilmiy kengash oldida o‘z mavzularini taqdimot qildilar.
✅
Yakuniy xulosalarga ko‘ra, 1 ta eng yuqori ball to‘plagan loyiha mavzusi Ilmiy kengash tomonidan tanlab olindi. Ushbu tanlab olingan mavzular bo‘yicha tez kunlarda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan "Farmatsevtika va biotexnologiya" yo‘nalishida grant tanlovi e’lon qilinishi kutilmoqda.
❗️
Tanlab olingan mavzu:
➖
Antiproliferativ xususiyatga ega “Alfamankor” dori vositasini ishlab chiqish va saraton hujayralariga qarshi samaradorligini o‘rganish.
➖
✅
Bundan tashqari, farmatsevtika va biotexnologiya sohalaridagi innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi tanlov uchun hujjat qabul qilish yaqin kunlarda boshlanishi rejalashtirilmoqda.
✅
Farmagentlik tomonidan ilmiy salohiyatni rag‘batlantirish va fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan bu kabi tashabbuslar izchil davom ettiriladi.
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
FDA spirtli ichimlikka qaramlikka qarshi yangi dori ishlab chiqishni tezlashtirmoqda.
Amerikalik biofarmatsevtik kompaniya Altimmune FDA’dan Fast Track Designation maqomini oldi. Bu maqom spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan bog‘liq buzilish (AUD)ni davolash uchun ishlab chiqilayotgan Pemvidutide preparatiga berildi.
Fast Track — bu muhim tibbiy ehtiyojlarni qondira oladigan dorilarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqishni tezlashtiruvchi maxsus maqom.
Pemvidutide — bu bir vaqtning o‘zida GLP-1 va glyukagon retseptorlariga ta’sir qiluvchi eksperimental peptid. U quyidagi ta’sirlarni ko‘rsatadi:
- ishtahani va spirtli ichimlikka bo‘lgan qiziqishni kamaytiradi,
- energiya sarfini tezlashtiradi,
- jigar yog‘ almashinuvini yaxshilaydi.
Hozirda RECLAIM (2-faza) nomli klinik tadqiqot o‘tkazilmoqda. Unda Pemvidutide AUD bilan og‘rigan bemorlarda kuchli mastlik kunlari sonini kamaytirishi o‘rganilmoqda. Ishtirokchilar 24 hafta davomida haftasiga bir marta preparat yoki platsebo olishmoqda.
AQShda 28 million kattalar AUDdan aziyat chekadi, ammo faqat 2% bemorlar dori vositalari bilan davolanadi.
Hozirgi davolash usullari cheklangan samaradorlikka ega va ko‘pincha qo‘shimcha kasalliklarni inobatga olmaydi: jigar steatozi, giperlipidemiya, gipertoniya va semirish.
Qiziq tomoni shundaki, Pemvidutide MASH (steatogepatit), spirtli ichimlikdan kelib chiqqan jigar zararlanishi (ALD) va semirishni davolashda ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Tadqiqotlarda u jigar holatini yaxshilash, vaznni kamaytirish va yaxshi o‘zlashtirilishini ko‘rsatdi.
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solish
chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi.
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
Oʻzbekiston – Xitoy: Farmatsevtika sohasida istiqbolli hamkorlik muzokaralari
Pekin shahrida davom etayotgan xizmat safari doirasida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori A. Azizov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan bir qator muhim uchrashuvlar oʻtkazildi.
🤝
Xitoy Savdo palatasi bilan uchrashuv
Tashrif davomida delegatsiya China Chamber of International Commerce (CCOIC) vitse-prezidenti Van Maochun bilan uchrashdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdo-investitsiya aloqalari, xususan farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
📌
Maʼlumot uchun: Xitoy Savdo palatasi – 1988-yilda tashkil etilgan milliy miqyosdagi tashkilot boʻlib, Xitoy va xalqaro biznes subyektlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.