Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

PHARMCLUB.UZ

pharmclubuz
O’zbekiston Farmasevtika sohasi vakillarining assotsiatsiyasi Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, At-Termiziy 93 Pharmclubuz@gmail.uz +998773332222
Subscribers
1 130
24 hours
30 days
-10
Post views
112
ER
10,44%
Posts (30d)
Characters in post
1 096
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Farmatsevtika sohasiga
yangi texnologiyalarni olib kelish, “Big Pharma” kompaniyalarni jalb qilishga
ancha harakat qilinmoqda.
Bunday kompaniyalar ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishdan oldin
“Ichki bozorda dorilar sifati va xavfsizligi bo‘yicha kuchli nazorat tizimi bormi?”
degan savol qo‘yadi.
Lekin birgina
o‘tgan yilning o‘zida mamlakatimizda 57 mingdan ziyod nomdagi ro‘yxatdan o‘tmagan, kontrafakt dorilar
aniqlangan. Achinarlisi, qalbaki nusxasi ko‘paygani uchun
nufuzli xorijiy kompaniyalar 21 turdagi original dorilarni O‘zbekistonga olib kirishni to‘xtatgan.
Mas’ul idoralarga
giyohvand va psixotrop moddalarga qarshi qanday kurashilayotgan bo‘lsa, dorilarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha ham xuddi shunday murosasiz kurashish shartligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Umuman,
sifatsiz va qalbaki dorilarning oldi-sotdisi bo‘yicha javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish
muhim ekani ta’kidlandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugungi kunda farmatsevtika yo‘nalishidagi
6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar
faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, farmatsevtika oliygohlarini yiliga
1 mingga yaqin yoshlar
tamomlamoqda.
Lekin sohada
ilm-fan bilan sanoat bir-biridan “uzilib” qolgani
qayd etildi.
Shu munosabat bilan
Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti
tashkil qilinadi.
Ushbu institut
“Toshkent farma park”da
joylashadi va
olimlarga bu yerdagi korxonalar bilan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun sharoit yaratiladi.
Buning uchun park hududida
klinikoldi tadqiqotlarini o‘tkazish laboratoriyasi (vivariy), sinov-tadqiqotlar uchun bio va kimyo laboratoriyalari
tashkil qilinadi. Shuningdek,
250 o‘rinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi
ham barpo etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yig‘ilishda joriy yilda
farmatsevtika bo‘yicha 1 milliard dollarlik yangi loyihalarni
shakllantirib, boshlash zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, viloyatlar hokimliklari tomonidan jami
2,5 milliard dollarlik farmatsevtika loyihalari
bo‘yicha takliflar tayyorlangan. Ushbu loyihalar hisobiga yiliga
1 milliard dollarlik import o‘rnini bosuvchi dorilarni ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘yish mumkin.
Misol uchun,
Andijonda 203 million dollarlik 16 ta loyiha
amalga oshirish reja qilingan. Jumladan, 30 million dollarlik loyihada
O‘zbekistonda ilk bor qon plazmasidan inson albuminini ishlab chiqarishni boshlash
ko‘zda tutilmoqda.
Sirdaryoda
ham bu yil
188 million dollarlik loyihani i
shga tushirib, birgina Afg‘onistonning o‘ziga 50 million dollarlik dori vositalarini eksport qilish rejasi bor.
Lekin
Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo
hokimlari taklif qilayotgan loyihalar
100 million dollarga ham yetmasligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Taqdim qilingan
loyihalarning iqtisodiy samaradorligini o‘rganib, amalga oshirish choralarini ko‘rish
topshirildi. Mutasaddilarga
past quvvatda ishlayotgan yoki mulki bank balansiga olingan korxonalarni sog‘lomlashtirish dasturini boshlash
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sohada
eksport 220 million dollarga
yetdi. Lekin uning
atigi 7 foizini dori vositalari
tashkil qilmoqda.
Yurtimizdagi
58 ta dori korxonasining barchasi milliy GMP sertifikatini olgan.
Endilikda
qimmat bozorlarga kirib borish uchun korxonalarni YevroGMP talablariga ham moslashtirib borish
zarurligi qayd etildi. 1-iyundan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilarga
YevroGMP sertifikatini olish xarajatining 50 foizi Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasidan qoplanishi
belgilandi.
Farmatsevtika korxonalari
davlat xaridlarida qatnashish
bilan bog‘liq bir qator masalalarni ko‘targan. Masalan, 51 ta korxona o‘zi ishlab chiqargan 2 ming turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘yicha
mahalliy mahsulot sertifikatini
olgan. Biroq
mahalliylashtirish darajasi 30 foizga yetmagani uchun
16 ta ishlab chiqaruvchi
178 turdagi mahalliy dori va tibbiy buyumlarni davlat korxonalariga sota olmayapti.
Umuman, mazkur masalani
nafaqat farmatsevtika, balki elektrotexnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik kabi sohalardagi
811 ta korxona
ham ko‘targan.
Shuning uchun 1-sentabrgacha mahalliy mahsulot sertifikati bor tadbirkorlarga
mahalliylashtirish darajasidan qat’i nazar, davlat xaridlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Mutasaddilarga
ilg‘or xorijiy tajriba asosida mahalliy mahsulot bo‘yicha mezonlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqish
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yig‘ilishda qayd etilganidek,
Toshkent farmatsevtika instituti va Farmatsevtika texnik universitetining professor-o‘qituvchilari ham
ilmiy faoliyatini farmapark hududida olib boradi.
Oliygoh talabalari esa
bu yerdagi korxonalarda dual-ta’lim asosida o‘qib, ishlaydi.
Sohadagi
olimlarni jalb qilib, yangi dorilarni ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning 100 ming dollargacha xarajati
Farmatsevtika jamg‘armasidan
kompensatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, korxonalar
mahalliy olimlar yaratgan yangi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa,
ularga ushbu tovarlarni
ro‘yxatdan o‘tkazish va klinik sinov xarajatlari uchun 100 million so‘mgacha subsidiya
beriladi.
Yig‘ilishda farmatsevtika korxonalari vakillarining taklif va tashabbuslari, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Original dori yaratilganidan 20-30 yil o‘tib,
boshqa farmatsevtika korxonalari ham bu dorini ishlab chiqarishi mumkin. Qaysi kompaniya harakat qilib,
ushbu dorini ishlab chiqarish texnologiyasini tezroq o‘zlashtirsa,
marra shuniki bo‘ladi.
Eng muhimi, talab yuqori bo‘lgan bunday dorilarni ichki bozordagi narxi 5 barobargacha arzon bo‘ladi.
Shu bois, mana shunday dori vositalarini bir yil ichida
o‘zimizda ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning texnologiyalarni transfer qilish xarajatining yarmi
Farmatsevtika jamg‘armasidan qoplab beriladi.
Shuningdek, eng ko‘p import qilinayotgan 100 turdagi dorilarni ishlab chiqarishni ko‘paytiraman degan tadbirkorlar uchun
“Toshkent farma park” klasteri hududi yana 100 gektarga kengaytiriladi.
Janubiy Koreyalik hamkorlar
o‘tgan yili “Toshkent farma park”ka qo‘shib berilgan 60 gektarni boshqaruvga olish taklifini bergan. Ular o‘z hisobidan infratuzilmaga 40 million dollar kiritib, ushbu hududga
Koreyaning nufuzli kompaniyalarini olib kelish
istagini bildirgan.
Mutasaddilarga bu boradagi muzokaralarni yakunlab,
biofarmatsevtika va kosmetika yo‘nalishida kamida 400 million dollarlik loyihalarni shakllantirish
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xorijdan olib kelinayotgan dorilarning yarmi
34 ta xorijiy ishlab chiqaruvchiga
to‘g‘ri keladi.
Chet el kompaniyalarini ishlab chiqarishini o‘zimizda tashkil etishga rag‘batlantirish
zarurligi qayd etildi. Masalan,
Turkiyaning “World Medicine” kompaniyasi
Toshkent farmatsevtika parkida
antibiotik, virusga qarshi va yurak-qon tomir preparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollarlik loyihani
amalga oshirmoqda.
Bugungi kunda
import qilinayotgan dori vositalarining yarmini 3 ta yirik korxona
olib kelmoqda. Ushbu korxonalar 40 dan ziyod yirik xorijiy kompaniyalar mahsulotini O‘zbekistonga import qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega.
Prezidentimiz mazkur korxonalarni
o‘ziga ijtimoiy mas’uliyat olib, brendli dorilarni
xorijiy hamkorlarini jalb etgan holda
o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha hammaga namuna bo‘lishga chaqirdi.
Buni rag‘batlantirish uchun brendlarni olib kelishda hamkorlarga to‘lanayotgan
brend nomidan foydalanganlik uchun to‘lov – royaltidan soliq 20 foizdan 5 foizga tushiriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tadbirkorlar barcha hududlarda ham farmzonalar yo‘qligi sababli, ularga
berilgan soliq imtiyozini boshqa korxonalarga ham qo‘llashni so‘ragan.
Prezidentimiz
buni qo‘llab-quvvatladi va farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni
e’lon qildi.
Joriy yil 1-apreldan boshlab
qayerda joylashganidan qat’i nazar,
yangi farmatsevtika vositalari ishlab chiqarish, dorivor o‘simlik yetishtirish va qayta ishlash yo‘nalishidagi loyihalar boshlanganidan e’tiboran
uch yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinadi.
Tadbirkorlar loyiha ishga tushgandan boshlab
uch yil davomida foyda va mol-mulk soliqlarini to‘lamaydi.
Shu bilan birga,
biologik faol qo‘shimcha va kosmetika vositalari ishlab chiqaruvchilari
ham
xomashyo, uskuna, ehtiyot va butlovchi qismlar importi
bojidan ozod
qilinadi, farmatsevtika korxonalariga o‘z liniyasida
biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarishga ruxsat beriladi.
Bundan buyon har yili 1-iyulgacha
mahalliylashtirish tavsiya etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati
tadbirkorlarga e’lon qilib boriladi.
Ro‘yxatdagi dorilarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga
xorijiy valyutada 7 foizli kreditlar
beriladi.
Shuningdek, mavjud mahsulotlari bo‘yicha
mahalliylashtirishni chuqurlashtirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga
Sanoat kooperatsiyasi jamg‘armasidan
10 yilgacha xorijiy valyutada 6 foizli, milliy valyutada 12 foizli kredit
ajratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari ushbu soha
inson salomatligi, hayot sifati, kerak bo‘lsa, iqtisodiy xavfsizlik bilan ham bog‘liq
ekanini ta’kidladi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga so‘nggi to‘qqiz yilda sohaga
1,8 milliard dollar investitsiya
kiritilib,
140 ta yangi quvvat
ishga tushdi,
korxonalar soni 300 dan
oshdi, shundan
58 tasi dori ishlab chiqaruvchilardir
.
Ishlab chiqarish hajmi
3,5 marta
o‘sib,
7 trillion 300 milliard so‘mdan
ortdi, mahalliy dori vositalari esa
2 karra
ko‘paydi. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari
55 ta davlatga kirib bordi.
Farmatsevtika sohasidagi
ish o‘rinlari soni
40 mingdan oshdi.
Umuman, O‘zbekistonda
dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

March 05, 13:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Tibbiyotdagi keng ko‘lamli islohotlarimiz, birlamchi bo‘g‘inda profilaktikaning kuchaytirilishi
kasalliklarni davolash bilan birga uning oldini olishga qaratilgan preparatlarni ko‘paytirishni
taqozo etmoqda”
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, mutasaddilar oldida bu yil sohaga
kamida 1 milliard dollar investitsiya
olib kelish, sifatni oshirish va xorijiy yetuk farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali ichki iste’moldagi
mahalliy dorilar ulushini 2030-yilgacha 70 foizga yetkazish,
kelgusi besh yilda
eksportni 1 milliard dollarga olib chiqish
vazifalari turgani qayd etildi.
Bu borada
100 dan ziyod ishlab chiqaruvchilar, 50 dan ortiq importchilar, 300 ga yaqin ulgurji va chakana savdo korxonalari, investorlar
bilan sohadagi masalalar muhokama qilindi, bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida
katta qaror loyihasi
tayyorlandi.
Shunday bo‘lsa-da, hokimlarda
hududidagi farmatsevtika korxonalari bilan gaplashib, ular ko‘targan masalalarga yechim topadigan tizim yo‘qligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook
|
Instagram
|
X