
Psixolog_kundaligi📝
Psixologiyaga oid kitoblar, metodlar, o'quv qo'llanmalar, treninglar, psixologik roliklar, yangiliklar qisqasi psixologlar uchun ajoyib baza
✅
✅
#ҳикоя
Мих қиссаси...
Бир шаҳарда одамлар гўзал бир бино қуришибди. У жуда кўркам эди. Устунлари, нақшлари, гумбазлари, пештоқлар, хуллас ҳамма ҳамма нарсаси жуда гўзал
эди. Келган одамлар устунларни, чиройли бўёқлар билан чизилган нақшларни, пардаларию пештоқларини мақтар эди. Лекин бинони энг баланд қисмида томга қоқилган бир мих ҳақида ҳеч ким гапирмасди. Бир куни мих ўйлаб қолибди: “ ҳамма қисмларни, ҳатто оёқни тагида ётган гиламни ҳам мақташади, мен ҳақимда биров эсламайди ҳам. Демак мени бу бинога бирор фойдам йўқ”, деб турган жойидан суғрилиб ўзини пастга ташлабди. Ўша куни қаттиқ шамол бўлиб, михсиз қолган томни ўша қисмини шамол учириб юборибди, қаттиқ ёмғир ёғиб хонани ичига кўп сув кирибди. Бўёқлар бўялиб кетибди, гиламлар лойқага ботибди, пардаларни расвоси чиқиб, пештоқларгача зарар кўрибди. Ва мих буларни кўриб, одамлар уни гапирмагани, у ҳақида билмагани билан унинг бу хонага аҳамияти қанчалигини англабди.
Ҳаётда ҳам мумкин бизни биров илғар, биров илғамас, биров билар биров билмас, лекин ҳар бир инсонни бу ҳаётда ўз ўрни бор, у шу жамиятни муҳим бир бўлаги ҳисобланади.
Doimo band bo‘ling
Odam harakat bilan tirik hisoblanadi. Chunki insonning miyasi, tanasi va ruhi har doim harakat, izlanish, o‘sish uchun yaratilgan.
Bo‘sh odam o‘zini yeb tugatadi: bekorchilikda asossiz tashvishlar, yomon odatlar, ortiqcha o‘ylash, asab buzilishlari boshlanadi. Chunki inson energiyasi ishga emas, ichki chirish jarayoniga ketadi.
Qarang, tabiatda ham tirik daraxt doimo o‘sadi: poya, barg, ildiz — hammasi doim harakatda. Qachonki o‘sish to‘xtasa, chirish boshlanadi.
Shuning uchun odam har doim biror ish bilan band bo‘lishi kerak. Bu — doimo charchab yurishi kerak degani emas. Bu — inson o‘zini foydali ish mashg’ul qilish kerak.
Kimdir band bo‘lsa, ichidagi dahshatli bo‘shliqni yaxshi maqsadlar bilan to‘ldiradi. Kimdir band bo‘lmasa o‘sha bo‘shliqni o’zi uni asta-sekinlik bilan yutadi.
Band bo‘ling. Lekin bekorchi ishlarga emas, balki o‘zingizni yashnatadigan ishlar bilan.
abdusattor
@psixologik_kitoblar_metodlar
Hayotimiz borgan sari torayib boradi
Umr o’tgan sari hayotimiz torayib boradi.
Majoziy emas, balki haqiqiy lug’aviy ma’noda torayib boradi.
Bolalikda daraxt tepasiga chiqish, tom ustida yurish, undan sakrash muammo emas. Yoshlikda esa charchashni his qilmaydi odam. Kuniga 16 soat tinmay ishlagandan keyin ham kechasi bilan video ko’rish ertangi kunga ta’sir qilmaydi. Yoshlikda toqqa chiqish muammo emas. Hansirash haqida o’ylamaydi odam.
Yoshlikda imkoniyatlar cheksizdek, karyera, umr yo’ldosh tanlash.
Aql teran bo’ladi. Yangi bilim o’zlashtirish oson. Yoshlikda do’st orttirishga imkoniyatlar har qadamda.
Sayohat uchun ham cheklovlar anchagina kam.
Umr o’tgan sari bularning har birida imkoniyatlar cheklanadi. Hatto shu darajaga borishi mumkinki, toqqa chiqish u yoqda tursin, hovliga chiqish og’ir ishdek bo’lib qoladi umr o’tgan sari.
O’rta yoshdagi insonlar o’z hayotidagi eng asosiy maqsadlardan biri mana shu “hayot torayishini” imkon qadar kechga surish bo’lishi kerak ekan… Bek Olimjon
08.07.25
Kongsvinger
Norvegiya
@psixologik_kitoblar_metodlar
Yo‘lovchi
Psixologiya fakultetining talabasiga, "Baxtning siri" mavzusida diplom ishi berilibdi. Bu mavzuda maslahat olish uchun uzoq viloyatda yashayotgan professorning oldiga boribdi.
Professor xursand bo‘lib, talabani uzoqdan kelgani uchun uyiga taklif qilibdi.
Uyga kirgan talaba, qarasaki, uchta xonada faqatgina kitob jovonlari va yerda ikkita ko‘rpacha bor ekan xolos. Talaba ajablanib so‘rabdi:
- Domla, stol-stul, divan, mebellaringiz yo‘qmi?
Professor jilmayib debdi:
- Sening mebellaring qani?
Talaba: Men uzoqdan keldim, yo‘lovchiman, deganida professor:
- Men ham bu dunyoda yo‘lovchiman, - debdi.
@psixologik_kitoblar_metodlar
Boshqalardan hech narsa kutmay yashash - bizni baxtli qiladimi?
Hozir bir do’stim bilan telefonda gaplashganda bir fikr paydo bo’ldi.
Baxtli bo’lish uchun boshqalardan hech narsa kutmasdan yashash kerak ekan. Shu yaxshi ekan deydi do’stim.
100% to’g’ri gap!
Boshqalardan biror narsa kutmasdan yashash odamni hotirjam qiladi.
Fikrimcha boshqalardan biror narsa kutmasdan yashash orqali odam qisman baxtli bo’ladi.
Buni yana bir pog’ona yuqoriga ko’tarish mumkin.
Aslida baxt tushunchasi juda keng. Bizga eng tanish bo’lgani bu oiladagi baxt tushunchasi.
Oilada er xotindan biror narsa kutmasa tabiiyki erkin bo’ladi ikkisi ham.
(NB. Kutmadi degani ikkisi ham vazifasini qilmaydi degani emas!)
Bir dono do’stim aytgan edi: ”xotinimni o’zgarishini talab etishim, janjalni boshlanishi” deb.
Menimcha to’liq baxtli bo’lish boshqalardan hech narsa kutmagan holda odam o’zini eng yaxshi holatiga erishganda bo’ladi.
Aytaylik, er xotinidan hech narsa kutmagan holda eng zo’r er bo’lishga harakat qilganida.
Bolalardan qo’rquv va hurmat kutmagan (talab etmagan holda), eng zo’r na’muna bo’ladigan dada bo’lishga harakat qilganda.
Hamkasblardan hech narsa kutmagan holda, yordamga tayyor hamkasb bo’lganda.
Biror moddiy foyda kutmagan holda, biznes hamkorlarga yordam berishga tayyor bo’lganida va hok.
Boshqalardan hech narsa kutmaslik bu osonroq yo’l. Ular hech narsa kutmasa ham biz o’zimizni eng yaxshi variantimiz bo’lishga harakat qilishimiz qiyinroq yo’l.
Qiyinroq yo’lni tanlash foydasi ko’proq…
Bek Olimjon
22.6.25
Eidsvoll
Norvegiyga
@psixologik_kitoblar_metodlar
Тадқиқотларга кўра:
"Baby Boomers" (1946–1964) Энг кўп алкогол истеъмол қилган авлод. Улар 1980–2000 й-да фаол истеъмолчи бўлган. Алкоголь ижтимоий меъёр саналган даврда ўсган, кино ва реклама таъсири катта бўлган.
"X" авлод (1965–1980) Истеъмол даражаси юқори, сал пасайган. Стресс ва иш босими билан боғлиқ ичиш ҳолатлари кўп учрайди.
"Millennials" (1981–1996) ва "Z" (1997–2012) Истеъмол даражаси кескин камайган.
Сабаби: соғлом турмуш тарзи, ижтимоий тармоқдаги имиж, онглиликнинг ошиши, альтернатив маҳсулотлар (энергетик ичимликлар, CBD ва б.).
Алкогол истеъмоли энг юқори. Франция, Германия, Чехия, Ирландия ва Россиядир. Baby Boomers ва "X" ҳануз энг фаол алкашлар ҳисобланади. Миллениаллар ва “Z” авлод орасида алкоголь истеъмоли 25–30% камайган.
Хуллас, ёшлар онгли равишда алкоголдан воз кечмоқда.
1-видеода ғарбдаги клубларда алкоголь ўрнига қаҳва ичиб, рақс тушиб, ҳордиқ чиқараётган “Z” авлод, 2 ва 3 видеоларда эса Baby Boomers.
Арақфурушлар тафаккур қилишсин!
Социолог Сухроб Хидиров.
-Keyinchi.?
-Keyin, barchasini ichimizga yutdik,
hech kim sezmadi deb,ustiga gul ekib qo'ydik.
"usti gulzor osti qabriston bo'ldi"
@psixologik_kitoblar_metodlar