
Psixolog_kundaligi📝
Onangizga har kuni telefon qilganingizda har doim ham ko’tarmaydimi?
Bu juda yaxshi belgi…
Bizga berilgan ne’matlarni negadir tabiiy hol deb qabul qilamiz. Qulog’imiz eshitishi kerak, ko’zimiz ko’rishi kerak, tilimiz tam bilishi kerak. Bularning hammasi har doim soatdek ishlashga majbur deb o’ylaymiz.
Falsafiy nuqtai nazardan, ne'matning qiymatini uning yo’qligi belgilaydi. Ya’ni biz ne’matlarning qadrini faqat uning aksi bilan solishtirgandagina tushunib yetamiz. Ko'zning ko'rishi oddiy holat emas, zulmat bo'lmasligining o'rnini bosib turgan juda katta hodisa.
Dunyodagi trillionlab atomlar va murakkab biologik tizimlar (nervlar, miya qobiqlari, linzalar) shunday uyg'unlikda ishlashi kerakki, oqibatda "ko'rish" hodisasi sodir bo'ladi. Mantiqan olganda, biologik tizimning buzilishi yoki ishlamaslik ehtimoli uning ishlash ehtimolidan bir necha barobar yuqori. Ya’ni ko’rish mexanizmi labaratoriyada ishlab chiqilganda insonlarning yarmidan ko’pi dunyoni ko’rolmas edi.
Zamonaviy faylasuflar insonning eng katta xatosi borliqni kafolatlangan deb bilishida deyishadi. Xuddi kechasi yotganimizda ertalab uyg’onishimiz kafolatlangandek uyquga ketamiz, har safar nafas olganimizda nafasni qaytib chiqara olmay qolishimiz mumkinligi hayolimizga ham kelmaydi.
Natijada o’zimizga hayot davom etishi shart va u xavfsiz degan sun'iy poydevor qurib olamiz.
Zamonaviy shovqinli dunyo va bizdan doim tezlik talab qiladigan hayotimizdan biroz bo’lsa ham chalg’ish insonga yengillik beradi. Erishishimiz kerak bo’lgan narsalar haqida emas, o’zizmida bor narsalar haqida to’xtab, o’ylab, shukur qilish bizni ruhan yengilroq insonga aylantiradi.
Maslahatni eshakdan olsangiz, yuk tashishni ma'rifat deb o'ylaysiz.
Atrofingizdagi odamlar nimani "normal" deb hisoblasa, sizning miyangiz ham shuni normal qabul qiladi.
Inson har safar "Bu vaziyatda o'zimni qanday tutishim kerak?" deb o'ylamaydi, shunchaki atrofga qaraydi va ko'pchilik qilayotgan ishni "xavfsiz va normal" deb qabul qiladi.
Agar atrofingizda ko’p so’kinadigan, shaxsiy chegaralarni bilmaydigan insonlar bo’lsa, boshida so'kinish quloqqa yoqimsiz eshitiladi. Lekin kuniga 20-30 marta eshitilavergach, miya buni oddiy hol deb qabul qila boshlaydi.
Natijada beixtiyor ularga o’xshab qolasiz. Xalqimiz “Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi” deb bekorga aytmagan. Bu kabi iboralarning amaliy isboti bo'lmasa avloddan-avlodga o’tmaydi.
O’smirlik vaqtingizda otangiz manabu bola bilan do’stlashma deganini eslang. Ko’pchilik bu gapga qarshi chiqadi. Lekin yillar o’tganidan keyin otangiz to’g’ri aytganini tushunasiz.
Odatda o’smirlik vaqtida otasi kimni ko’rsatib do’stlashma degan bo’lsa, o’sha insonlar katta hayotda jamiyatda o’rnini yo’qotib qo’ygan bo’ladi yoki qamalib ketgan bo’ladi.
Otalar buni oldindan qanday bilishadi? Ota hayoti davomida xuddi o'sha o'smir do'stingizga o'xshash o'nlab insonlarni ko'rgan, maktabda, mahallada, universitetda yoki ishxonada. Ularning hayoti qanday davom etganini ham biladi.
Otalar kelajakni ko’rmaydi ular shunchaki o'zining hayotiy tajribalari va yillar davomida yig'ilgan ijtimoiy ekspertizasi orqali o'sha bolaning xulq-atvor trayektoriyasini taxmin qiladi.
@psixologik_kitoblar_metodlar
@psixologik_kitoblar_metodlar
Tulki daryoning nargi qirg‘og‘ida turgan tuyadan so‘radi:
— Suv sathi chuqur emasmi?
Tuya javob berdi:
— Yo‘q, yelka barobar.
Tulki o‘zini suvga otgan edi daryo chuqurligidan uni domiga torta boshladi. U goh suv ichiga g‘arq bo‘lib, goh tipirchilab zo‘rg‘a boshini suvdan chiqarib, arang bir toshga tirmashib jonini saqlab qoldi. Keyin xansiragancha tuyaga baqirdi:
— Sen daryoni yelka barobar, demaganmiding?!
Tuya yana xotirjam javob berdi:
— Ha, shunday, lekin u mening yelkam barobar.
Qissadan hissa:
Birovdan maslahat so‘rasangiz, u o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib maslahat berishi mumkinligini hisobga oling. Hammaning ham ko‘rsatmalari yoki hayot yo‘lini to‘lig‘icha o‘zingizga yo‘l tutmang. Yo‘qsa, ular kechib o‘tgan yo‘l, sizni g‘arq qilishi mumkin.
@psixologik_kitoblar_metodlar
Boshlashni hamma ham chiroyli qila olishi mumkin, lekin chiroyli tugatish hammaning qo‘lidan kelavermaydi.
@psixologik_kitoblar_metodlar
@psixologik_kitoblar_metodlar