Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O'zbekiston qo'l jangi federatsiyasi

qoljangiuz

• Официальный канал
Федерации Рукопашного боя правоохранительных органов
Узбекистана
🇺🇿

Subscribers
1 650
Post views
1 279
ER
77,53%
Posts
3 508
October 25, 19:03
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Turnirning asosiy jangi 80 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston chempioni, jahon kubogi sohibi va Osiyo chempioni
Asadbek Hikmatov
hamda Turkmaniston chempioni, Osiyo kubogi sohibi
Shokhrat Avazov
o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Ikki mahoratli sportchi o‘rtasidagi jangda katta tajriba va sobitqadamlikni namoyon etgan Hikmatov 1-raunddayoq kurashni o‘z foydasiga hal qildi.
Shu bilan
“Amir Temur kubogi”
xalqaro R1 turniri o‘z nihoyasiga yetdi.
Sportchilarimiz yana bir bor qo‘l jangi sport turi bo‘yicha jahon arenalarida yuksak darajaga ega ekanliklarini namoyon etdilar.
O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi rahbariyati va barcha sportchilari nomidan g‘alabani qo‘lga kiritgan bugungi qahramonlarni samimiy muborakbod etamiz.

October 25, 19:02
Media unavailable
6
Show in Telegram

Ushbu jangda g
vardiyachi Polvonova
o‘zining tajribasi va texnik ustunligini namoyon etib, 2-daqiqada bog'ish usuli bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana bir zafar bilan olg‘a intilmoqda.

October 25, 15:11
Media unavailable
4
Show in Telegram

+97 kilogramm vazn toifasida o‘tgan jangda jahon kubogi sohibi, O‘zbekiston va Osiyo chempioni, 2025-yilgi jahon chempioni
Bekzod Mahammatov
qirg‘izistonlik raqibi, sambo bo‘yicha jahon chempioni va Qirg‘iziston chempioni
Karimjon Baltabayev
bilan ringda to‘qnashdi.
Bekzod raqibini 30 soniyada texnik nokautga uchratib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

October 25, 15:03
Media unavailable
4
Show in Telegram

Ushbu jang yuqori tempda kechdi — Baxranovning tajribali himoyasiga qaramay, Shander tezkor zarbalari va hujumdagi bosimi bilan ustunlikni qo‘lga oldi.
Shander uchrashuvni 2:1 hisobida yakunlab, g‘alaba shohsupasiga ko‘tarildi.

October 25, 14:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

62 kilogramm vazn toifasida kechgan jangda jahon kubogi sohibi va jahon chempionati sovrindori
Shahriyor Baxranov
germaniyalik “Bo‘yevoe Sambo” bo‘yicha Yevropa chempioni, 2023–2024-yillar Germaniya chempioni
Nik Shander
ga qarshi ringga chiqdi.
Bizni kuzatishda
davom eting va
sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlashni unutmang!

October 25, 14:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Амир Темур кубоги”
халқаро турнири жангларига старт берилди.
Қизғин жараёнларини ижтимоий тармоқлардаги
расмий саҳифаларимиз
да
Youtube
ҳамда МТРКнинг
Yoshlar TV
телеканалида тўғридан-тўғри кузатишингиз мумкин.
Бизни кузатишда давом этинг! Муросасиз жанглар ва қизғин баҳсларга бой бўлиши кутилаётган ушбу турнирда спортчилар ғалаба учун бор маҳоратини намоён этади!

October 25, 14:40
Media unavailable
7
Show in Telegram

60 kg vazn toifasida kechgan jangda O‘zbekiston chempioni, jahon kubogi sohibi va 2024-yilgi jahon chempioni
G‘iyosiddin Jamoliddinov
hindistonlik raqibi, MMA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati sovrindori
Savar Bosavimarad
ga qarshi ringga chiqdi. Jang davomida G‘iyosiddin raqib ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga olib, kuchli zarbalari va aniq texnik harakatlari bilan 2:1 hisobida ustunlikni namoyon etdi.
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi-Milliy gvardiya qo‘mondoni R. Djurayev g‘oliblarni munosib taqdirladi.

October 25, 14:39
Media unavailable
6
Show in Telegram

“Amir Temur kubogi”
xalqaro R1 qo‘l jangi turnirining ilk bahsida 54 kilogramm vazn toifasida
o‘zbekistonlik Sharofat Ortiqova
hamda
qirg‘izistonlik Milana Shixshabekova
o‘zaro kuch sinashishdi.
Jahon kubogi sohibasi, O‘zbekiston, Osiyo va 2025-yilgi jahon chempioni,
gvardiyachi Sharofat Ortiqova
ushbu jangda o‘zining tajribasi va texnik ustunligini namoyon etib, raqibini aniq zarbalar hamda faol hujum uslubi bilan 2024-yilgi Osiyo chempioni, “Kyrgyzstan Open” xalqaro turniri g‘olibasi, qo‘l jangi bo‘yicha sport ustasi Milana Shixshabekovani ortda qoldirdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston vakilasi “Amir Temur kubogi”dagi ilk jangni ishonchli g‘alaba bilan boshlab berdi.

October 25, 14:20
Media unavailable
10
Show in Telegram

Айни вақтда Самарқанд шаҳридаги Амфитеатрда
“Амир Темур кубоги”
учун профессионал спортчилар ўртасида халқаро Р1 турнирига старт берилди.
Тадбирда Ўзбекистон қўл жанги федерацияси раиси — Миллий гвардия қўмондони Р. Джураевнинг табриги федерация раиси ўринбосари, Осиё қўл жанги федерацияси президенти Б. Мирзақулов томонидан ўқиб эшиттирилди.
Шунингдек, Халқаро қўл жанги федерацияси президенти С. Астахов ҳам сўзга чиқиб, спортчиларга ва амфитеатрга йиғилган қўл жанги ихлосмандларига самимий тилакларини билдирди.
Қўл жанги спорти бўйича
“Амир Темур кубоги”
халқаро турнири Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 20 июнь кунидаги
ПҚ-287-сон
қарорига асосан ўтказиб келинмоқда.

October 25, 14:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Халқаро федерациянинг биринчи вице-президенти ва Осиё қўл жанги федерацияси президенти М.Б. Чориевич турнирда нутқ сўзлаб, барча спортчиларни табриклади ва уларга омад ҳамда муваффақият тилади.
-
Первый вице-президент Международной федерации и президент Азиатской федерации рукопашного боя М.Б. Чориевич выступил с торжественной речью на открытии турнира, поздравил всех участников с началом соревнований и пожелал спортсменам успехов, честной борьбы и ярких побед.