
O'zbekiston qo'l jangi federatsiyasi
NAMANGAN QO'L JANGI BO'YICHA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KUBOGI UCHUN AN'ANAVIY XALQARO TURNIRIGA MEZBONLIK QILMOQDA
Bugun Namangan shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi amfiteatrida qoʻl jangi boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” uchun professional sportchilar oʻrtasidagi nufuzli xalqaro turnir doirasida Face to Face tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qozogʻiston, Xitoy, Moldova, Rossiya, Ruminiya, Turkiya hamda Oʻzbekiston vakillari ishtirok etib, ertangi janglar oldidan o‘zaro yuzma-yuz kelishdi. Sportchilar o‘zlarining qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini namoyish etishdi.
Eslatib o‘tamiz, asosiy janglar 24-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Barcha sport ixlosmandlarini ushbu nufuzli xalqaro turnirni kuzatishga taklif etamiz!
Qo'l jangi Federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi
Davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasiga oid belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda
O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari Qo‘l jangi federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov raisligida federatsiyaning navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Yig’ilishda federatsiya faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar
belgilab olindi
.
SPARTAKIADA DOIRASIDA QO'L JANGI BAHSLARIGA START BERILDI
Website
|Telegram
|Instagram
|Facebook|
Youtube
⚡️
24-iyul kuni Namangan shahrida
H2HFIGHT
Chempionlar Ligasi
doirasida
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi”
uchun xalqaro qoʻl jangi turniri boʻlib oʻtadi.
Gʻalaba uchun
Qozogʻiston, Xitoy, Moldova, Rossiya, Ruminiya, Turkiya va Oʻzbekiston
ning eng kuchli sportchilari bahs olib boradi.
Musobaqa dasturidan
64 kg, 67 kg, 73 kg va 80 kg
vazn toifalarida
4 ta reyting jangi
, shuningdek
70 kg va 97 kg
vazn toifalarida
2 ta chempionlik jangi
oʻrin olgan.
Barchangizni ushbu muhtasham sport bayramiga taklif qilamiz!
🥊
🏆
-
⚡️
24 июля в городе Намангане состоится международный турнир по рукопашному бою Лига Чемпионов H2HFIGHT «Кубок Президента Республики Узбекистан».
Бороться за победу будут сильнейшие спортсмены из Казахстана, Китая, Молдовы, России, Румынии,Турции и Узбекистана.
Нас ждут 4 рейтинговых боя в весовых категориях 64 кг, 67 кг, 73 кг, 80 кг и 2 титульных боя 70 кг, 97 кг.
Sog‘lom va vatanparvar yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida!
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Samarqanddagi REDBRIDGE INTERNATIONAL SCHOOL xalqaro maktabi sport sohasida hamkorlik memorandumi imzoladi.
Hamkorlik doirasida o‘quvchilar uchun qo‘l jangi, ot sporti va kamondan otish yo‘nalishlari rivojlantiriladi.
Mazkur loyiha yoshlarning jismoniy, ma’naviy va vatanparvarlik tarbiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
-
На пути к воспитанию здорового и патриотичного молодого поколения!
Национальная гвардия Республики Узбекистан и международная школа REDBRIDGE INTERNATIONAL SCHOOL города Самарканда подписали меморандум о сотрудничестве в сфере спорта.
В рамках сотрудничества для школьников будут развиваться направления рукопашного боя, конного спорта и стрельбы из лука.
Проект направлен на укрепление физического развития, дисциплины и патриотического воспитания детей.
Axborot 24 | Qo‘l jangi bo‘yicha viloyat chempionati
#10iyun
Fargʻona tumanida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha viloyat chempionati oʻtkazildi.
Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Farg‘ona viloyati birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
6–7-iyun kunlari Farg‘ona tumani 2-sonli sport maktabi mezbonligida tashkil etilgan ushbu musobaqada viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan 400 dan ortiq o‘smir va yosh sportchilar belgilangan vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi qo‘l jangi sport turini yanada ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.