
MMTB Qo'shko'pir axborot xizmati || Rasmiy kanali ™🇸🇱
📢
Qo'shko'pir TMMTB, axborot xizmati rasmiy kanali.
™
📧
E-mail: qoshkopirtmmtb@umail.uz
☎️
Ishonch telefoni: +998 62 329-73-01
🌐
https://qoshkopir-mmtb.uz/
🪩
https://www.facebook.com/groups/693971028087553
❓
Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent
Ertadan boshlanadigan test sinovlari 2 ta smenada o’tkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da
BOSHLANADI.
Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?
✅
Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga
yetib kelish vaqti
ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay,
yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi.
Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.
Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan
shu vaqtning o’ziga taqab keladi,
natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.
Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga
kamida
1 soat vaqtliroq keling hamda
xotirjam o’z joyingizni egallang.
Kechikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali
test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang,
bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.
❗️
ESLATMA:
Test sinoviga kirish uchun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini
qog‘ozda chop etib
(printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak
(rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).
👉
@xushnudbek
👈
Ertadan test boshlanadi. Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent
❓
Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat’iy formada kelish shartmi?
✅
JAVOB:
yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.
❓
Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
✅
JAVOB:
Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog’ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingizdan yoki
my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow
manzilidan yuklab olishingiz mumkin. Ruxsatnomani telefonda ko’rsatish hisobmas, albatta qog’ozga chop etish kerak.
❓
Pasport yoki ID-kartaning elektron versiyasini ko’rsatsa bo’ladimi?
✅
JAVOB:
Yo’q, bo’lmaydi. Albatta hujjatning originali yoningizda bo’lishi kerak.
❓
Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?
✅
JAVOB:
Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida
ruchka
,
qoralama
sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda
suv
beriladi.
❓
Testga yegulik yoki suv olib kirishga ruxsat beriladimi?
✅
JAVOB:
Yo’q, ruxsat berilmaydi. Ichkarida suv tarqatiladi. Yegulikka kelsak, testda 1-2 soat oldin nimadir tanovul qilib olishingiz kerak. Va imkon qadar bu qorinni og’ritmaydiganroq yegulik bo’lsin. Och qorin bilan testga kirmang! Bu natijangizga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
❓
Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?
✅
JAVOB:
Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.
❓
O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?
✅
JAVOB:
yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan
187 ming 500 so‘m
— bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.
👉
@xushnudbek
👈
❗️
Abituriyentlar diqqatiga!
Ertaga,
13-iyul
kuni soat
11:00 dan 14:00 ga qadar
barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi
o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga
kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin —
Bilimlarni baholash agentligi.
👉
@xushnudbek
👈
🗓
1️⃣
2️⃣
.
0️⃣
7️⃣
.
2️⃣
0️⃣
2️⃣
5️⃣
-
🔤
🔤
🔤
l
📣
📣
📣
📣
📣
🔖
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar
!
🚨
🔼
Bugun,
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
9️⃣
0️⃣
kun doirasida Qo‘shko‘pir tumani MMTB tomonidan “Yosh kitobxon” tanlovi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tanlov davomida yoshlarimizning kitobga bo‘lgan mehrlari
🔤
bilimga chanqoqliklari namoyon bo‘ldi.
🔤
☄️
☄️
🎾
Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumani hokimligining Dolzarb 90 kunlik tadbirlar kalendar-rejasi asosida “Stol tennisi” musobaqasi ham o‘tkazildi. Musobaqa do‘stona muhitda, yuqori kayfiyatda o‘tdi. G‘olib va faol qatnashchilar rag‘batlantirildi
.
🥉
🥉
🔫
Bugungi sana bilan Maktablarda Mudofaa kuni ham keng nishonlandi. Tadbirlar doirasida:
⭐️
Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi suhbatlar
⭐️
O‘quvchilarga harbiy texnika va qurollar haqida tushunchalar
⭐️
Harbiy xizmat haqida ma’lumot beruvchi taqdimotlar
⭐️
Davlat madhiyasi, saf tortish va jangovar tayyorgarlik ko‘rgazmalari
amalga oshirildi. O‘quvchilarda Vatanga sadoqat, jasurlik va mas’uliyat tuyg‘usi mustahkamlandi.
🚩
🚩
Bo'limning rasmiy
sahifalariga ulanish
⬇️
⬇️
⬇️
🖥
Web sayt
|
📨
Telegram
|
🗳
Facebook
|
🎞
YouTube
📩
10.07.2025
🔋
Qo‘shko‘pir tumani MMTB
☄️
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
9️⃣
0️⃣
KUN DOIRASIDA QIZG‘IN TADBIRLAR
☄️
🎤
"
Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
🗓
🗓
🗓
🗓
🗓
🗓
🗓
🗓
🗓
🗓
🗓
Bugun Dolzarb 90 kunlik chora-tadbirlar doirasida Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔼
Uchrashuvda yoshlarga e’tibor, ularning fikr va tashabbuslari tinglanib, mas’ullar tomonidan muhim javoblar berildi.
📚
"Zukko kitobxon" tanlovi
📖
🔖
🔖
🔖
🔖
🔖
🔖
🔖
🔖
Tuman hokimligi tashabbusi bilan umumta’lim maktablarida "Zukko kitobxon" tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlov orqali eng bilimdon, zukko va kitobsevar o‘quvchilar saralanmoqda.
🥇
Kitob — bilim kaliti!
🏃
Maktablarda Sport kun
Bugun barcha maktablarda Sport kuni bo‘lib o‘tdi!
🎤
Estafeta yugurishlari, sport musobaqalari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirdi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildi.
⭐️
Qo‘shko‘pir tumani MMTB
⭐️
Yoshlar – kelajagimiz poydevori!
Bo'limning rasmiy
sahifalariga ulanish
🖥
Web sayt
|
📨
Telegram
|
🗳
Facebook
|
🎞
YouTube
🟢
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi va huquqiy madaniyatini shakllantirish, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida 2025-yil 9-iyul kuni
🗓
oʻquvchilar uchun Urganch Ranch texnologiya universiteti tomonidan “Zukko kitobxon”
✔️
tanlovi o‘tkazildi.
⚡️
Tanlovni universitet ustozlaridan Abdullayeva Zubayda va Matyaqubov Jo‘rabeklar ko‘tarinki ruhda tashkil etdilar. Tanlov g‘oliblari
🥇
aniqlanib, universitet tomonidan qimmatbaho sovg’alar
🎁
va pul mukofotlari
🆘
bilan taqdirlandilar.
💫
Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan ustoz Ibragimova Gulbaxor hamda kutubxona mudirasi Sultonova Roziyalar Urganch Ranch texnologiya universiteti tomonidan faxriy yorliqlar
✅
bilan taqdirlandilar.
👏
Universitet oʻquvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilgan maktab direktori Zaripova Zubayda Normatovnaga chuqur minnatdorchilik
🌟
bildirdi.
❗️
Ertaga va indinga (7-8-iyul) Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi
Talabgorlar imtihon boshlanishidan
bir yarim
soat oldin
tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihondan oldin ota-onalarga tavsiyalar
berdi:
➖
Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
➖
Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
➖
Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (
turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi
).
❗️
Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
⏰
Imtihonlar
3 ta
smenada bo‘lib o‘tadi:
▪️
1-smena: soat
8:00 da
;
▪️
2-smena: soat
12:00 da
;
▪️
3-smena: soat
17:00 da
;
📞
Qo‘shimcha savollar uchun
1206
qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
👉
@xushnudbek
👈
Тоифа Сертификатларининг тарқатилиши давом этаётганлиги тўғрисида
хабар берган эдик.
Педагоглар ўз Сертификатларини
pedagog.uzedu.uz
- электрон тизимидаги Шахсий кабинетлари орқали юклаб олишлари мумкин.
My.gov.uz
- Ягона давлат хизматлари портали орқали мурожаат юборганлар эса
My.gov.uz
порталидан ҳам юклаб олиши мумкин.
Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
Педагогларга Сертификатлар тарқатиш давом эттирилмоқда!
2025 йил январь-июнь ойларида ўтказилган аттестация натижаларига кўра Олий, биринчи ва иккинчи малака тоифалари берилган педагогларнинг барчасига жорий йилнинг 30 июнидаги тегишли буйруқ* билан "Педагог кадрнинг аттестациядан ўтганлиги тўғрисида Сертификат"лар расмийлаштирилган.
Шунингдек, мазкур буйруқ билан:
Олий малака тоифаси берилаётган мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотларининг педагог кадрлари рўйхати 1-иловага мувофиқ;
Биринчи малака тоифаси берилаётган мактабгача, умумий ўрта
ва мактабдан ташқари таълим ташкилотларининг педагог кадрлари рўйхати 2-иловага мувофиқ;
Иккинчи малака тоифаси берилаётган мактабгача, умумий ўрта
ва мактабдан ташқари таълим ташкилотларининг педагог кадрлари рўйхати 3-иловага мувофиқ;
Мутахассис лавозими берилаётган мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотларининг педагог кадрлари рўйхати 4-иловага мувофиқ;
Мутахассис лавозимига мувофиқ эмас деб ҳисобланган мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотларининг педагог кадрлари рўйхати
5-иловага мувофиқ;
Узрли сабабларга кўра аттестацияда иштирок этмаган педагог кадрлар рўйхати 6-иловага мувофиқ;
Навбатдан ташқари аттестацияда иштирок этиб, етарли балл тўплай олмаган педагог кадрлар рўйхати 7-иловага мувофиқ;
2025 йил январ-июнь ойларида ўтказилган педагог кадрлар аттестацияда иштирок этиб, олий ва биринчи малака тоифасига эришган (ёки сақлаган) ҳамда 86 ва ундан юқори балл тўплаган педагог кадрлар рўйхати
( кейинги икки йил давомида 70% устама тўлаб бериладиган педагоглар рўйхати)
8-иловага мувофиқ тасдиқланди.
Сертификатлар ҳар бир педагогнинг
pedagog.uzedu.uz
- электрон тизимидаги Шахсий кабинетларига юборилди.
Педагоглар ўз Сертификатларини
pedagog.uzedu.uz
- электрон тизимидаги Шахсий кабинетлари орқали юклаб олишлари мумкин.
Янги тоифалар бўйича ҳақ тўлаш Сертификат расмийлаштирилган санадан бошлаб амалга оширилади
Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
Bo'limning rasmiy
sahifalariga ulanish
🌐
Web sayt
|
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📹
YouTube
🖌
“Yosh musavvir” tanlovi – Dolzarb 90 kun doirasida
📅
2025-yil 4-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o'rta ta'lim maktablarda “Yosh musavvir” tanlovi o‘tkazildi.
🎨
🎨
Ushbu tanlov tumanimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari tomonidan katta ishtiyoq bilan kutib olindi va faol ishtirokda o‘tkazildi. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zlarining tasviriy san’atga bo‘lgan mehrini, iqtidorini va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini aks ettirgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
👩
🎨
🧑
🎨
💐
Ishtirok etgan barcha maktab jamoalariga tashakkur bildiramiz!
📸
Bugungi tanlovdan qisqacha foto lavhalar