
MMTB Qo'shko'pir axborot xizmati || Rasmiy kanali ™🇸🇱
🇺🇿
Davlatimiz rahbari
pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan
yangi tashabbuslarni
ilgari surdi.
⁃ 2026-yildan boshlab
15-yil stajga
ega bo‘lgan
oliy toifali pedagoglarga
ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi
qoplab beriladi;
⁃ kelgusi o‘quv yilida
davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma
beriladi;
⁃ o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun
kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit
ajratiladi;
⁃ kelasi yildan
pedagoglar
uchun davlat xizmatlari to‘lovi
2 karra kamaytiriladi
;
- boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga ham
milliy sertifikat joriy etiladi
, sertifikat olganlarga har oy
15% ustama
to‘lanadi.
- imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavrlarga 2-malaka, magistrlarga esa
1-malaka toifasi
avtomatik beriladi.
-
TOP-300
oliygohlarga kirgan pedagoglarga
20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti
ajratiladi.
Таълим. Кеча ва бугун.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
❓
1-oktyabr kunida maktab o‘qituvchilari qancha mukofot oladi?
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilari “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni”munosabati bilan
953 ming so‘mdan
mukofotlanishi bo‘yicha xabarlar tarqalmoqda, shunga izoh bermoqchiman.
❌
Mazkur xabar
qisman noto‘g‘ri.
Buni tarqatayotganlar Prezident farmonidagi
kichik, lekin o‘ta muhim joyini
noto‘g‘ri talqin qilishgan.
Xabarlarda aytilganidek, darhaqiqat, 2025-yil 19-martdagi PF–51-son Prezident Farmoni bilan umumta’lim muassasalarining Direktor jamg‘armasidan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Yangi o‘zgarishga ko‘ra, “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan xodimlarni mukofotlash miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
75 foiziGACHA
etib belgilandi. Avval mukofotlash miqdori 50 foizni tashkil etgan edi.
Yangi o‘zgarishdagi
-GACHA
qo‘shimchasi maksimal chegarani anglatadi, lekin bu hamma xodimlar 75% mukofot oladi, degani emas.
Qayerdadir 75, qayerdadir 60, qayerdadir 50 foiz berilishi mumkin.
Mukofot miqdori mukofotlash davrida
Direktor jamg‘armasining amaldagi moliyaviy holatidan
kelib chiqib, uning joriy moliya yilidagi mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi. Jaydari tilda aytganda, Direktor jamg‘armasida qancha pul borligiga qarab, mukofot miqdorlari farq qiladi, barcha maktabda o‘qituvchilar bir xil mukofot olmasligi mumkin.
Mukofotning
eng maksimal
miqdori MHTEKM 75 foizigacha, ya’ni
953 ming 250 so‘m
bo‘ladi, bundan ko‘p mukofot berish mumkin emas, lekin moliyaviy imkoniyati bo‘lmasa,
bundan kam berish mumkin.
❗️
BU MUHIM:
bayram munosabati bilan mukofot faqat o‘qituvchilarga emas, balki barcha xodimlarga beriladi. Ya’ni
rahbar va texnik-xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
ham mukofot oladi.
Albatta, ustozlar qancha ko‘p oylik olsa, qancha ko‘p ustama va mukofot olsa, shuncha yaxshi. Ammo huquqiy jihatdan amaldagi tartibni to‘g‘ri talqin qilgan foydadan xoli bo‘lmaydi. Ertaga
kimgadir kamroq mukofot chiqsa, tushunmovchilik kelib chiqmasin
deyapman.
👉
@xushnudbek
👈
Qo‘shko‘pirda yangi baholash tizimi: o‘qituvchilar uchun amaliy seminarlar boshlandi
📅
2025-yil 13-sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 16 ta umumtaʼlim maktabida o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimini o‘rganishga qaratilgan amaliy seminar-treninglarga start berildi.
📊
Mazkur tadbir tumandagi barcha maktablarda mezonlarga asoslangan baholash tizimini to‘g‘ri joriy etish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishni maqsad qilgan. Trening maxsus tasdiqlangan grafik asosida, izchil reja bo‘yicha tashkil etilmoqda.
👩🏫
Seminarda 16 ta maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va metod birlashma rahbarlari qatnashib, formativ hamda summativ baholash mexanizmlarini chuqur o‘rganishmoqda. Shu orqali ular nafaqat baholash jarayonini samarali tashkil etishni, balki o‘z jamoalarida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z zimmasiga olishadi.
🎤
Tadbirni Sho‘ba bosh metodisti
Umrbek Mamatov
va tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori
Bahodir Quriyozov
ochib berdi. Ular ta’limdagi islohotlar muvaffaqiyati bevosita pedagoglarning yangi bilimlarni egallash va amaliyotga joriy etishiga bog‘liqligini ta’kidlashdi.
✅
Ushbu amaliy seminarlar Qo‘shko‘pir ta’lim tizimida sifat, shaffoflik va samaradorlikni oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
KITOB BAYRAMIGA START BERILDI
Qo‘shko‘pir tumanida “Kitob bayrami”ga tantanali ravishda start berildi. Tadbirning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, noshirlar hamda keng kitobxonlar jamoasi ishtirok etdi.
Bayramning maqsadi — aholida, ayniqsa yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda milliy adabiyotimizni keng targ‘ib qilishdir.
Bo'limning rasmiy
sahifalariga ulanish
🌐
Web sayt
|
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📹
YouTube
Bog‘cha va maktablardagi
10 dan ziyod xizmatlar raqamlashgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaydi.
Shu bilan birga, maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari davomati haligacha raqamli platformaga to‘liq o‘tmagan.
Masalan, mikrohududlar aniq belgilanmagani uchun 144 ta tumandagi 8 mingta maktabda o‘quvchilar eskicha tartibda qabul qilinmoqda, bog‘chalarda xodimlar tabeli qog‘ozda yuritilyapti.
Mutasaddilarga yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktablarning mikrohududini aniq belgilash topshirildi.
Keyingi o‘quv yiligacha maktab va bog‘chalardagi barcha xizmatlar to‘liq raqamli formatga o‘tishi shartligi
qayd etildi
.
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X
Шавкат Мирзиёев:
Янги ўқув йилидан
педагогика олийгоҳларида ўрта махсус маълумотли тарбиячилар
учун
“1+5”
(1 кун ўқиш, 5 кун иш)
бакалавр таълим шакли
жорий қилинади. Бу орқали боғчаларга ҳар йили
қарийб 10 минг олий маълумотли мутахассис
кириб келади.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
❗️
Ўзбекистонда 12 йиллик таълим тизими жорий этилади.
Бунда мактабга тайёрлов гуруҳлари ҳам умумий таълимга қўшилади.
Шу орқали ўзбекистонлик ўқувчилар хорижий университетларга ҳужжат топширганда,
бир йиллик “foundation” курсларини ўқимасдан
, тўғридан-тўғри бакалавр босқичига кириш имконига эга бўлади, деб хабар қилмоқда Мактaбгача ва мактаб таълими вазири ўринбосари Сардор Раджабов.
Мазкур
тизим уч босқичдан иборат бўлади:
▪️
1 йил мактабга тайёрлов ва 4 йиллик бошланғич таълим;
▪️
5 йиллик умумий ўрта таълим (5–9-синфлар);
▪️
2 йиллик тўлиқ ўрта таълим — мактаб, академик лицей, ҳарбий мактаб ёки техникумлар.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
❕
O‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi.
⭕️
“Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi hamda “Ëshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi. (
https://president.uz/uz/lists/view/8468
)
Yangi ko‘p qavatli uylar qurilishida ulardagi aholi soniga mutanosib maktabgacha ta’lim tashkiloti ham bo‘lishi nazarda tutiladi. Bog‘chalarda ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar uchun dual ta’lim va malaka oshirish tizimi joriy etiladi.
Bog‘cha va maktablarning bo‘sh maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti qurishga ruxsat etiladi. Tadbirkorlarga faoliyatni o‘zgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari bepul beriladi hamda 7-yilgacha bo‘lgan imtiyozli kredit ajratiladi.
2026-2028-yillarda respublikaning 14 ta hududida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini o‘z ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi.
Bo'limning rasmiy
sahifalariga ulanish
🌐
Web sayt
|
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
📹
YouTube
Тоифа олиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш
1 октябрга қадар давом эттирилади!
📌
Жорий йилнинг 1 августидан бошлаб август-декабрь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш
бошланди
.
Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари жорий йил август-декабри ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестацияда иштирок этишлари учун 1 августдан 1 октябрга қадар рўйхатдан ўтиши ва мурожаат юбориши мумкин.
📌
Мурожаатларни:
📍
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг веб-сайтидаги
pedagog.uzedu.uz
- платформаси орқали (ONE ID-тизими орқали шахсий кабинетга кирилади ва тегишли маълумотлар киритилади:
📍
Ягона интерактив давлат хизматлари портали
👉
my.gov.uz/uz
орқали
📍
давлат хизматлари марказлари орқали юбориш мумкин.
👉
Эслатиб ўтамиз:
жорий йил август-декабрь ойларида ўтказиладиган малака тоифа синовлари айни вақтда Вазир жамғармасидан ҳар ойлик устама олиш учун ҳамда "Йил ўқитувчиси" танловининг биринчи босқич саралаш синови ҳам ҳисобланади. Шунингдек, мазкур аттестацияда 86 ва ундан юқори балл тўплаб олинган ёки сақлаб қолинган олий ҳамда биринчи малака тоифалари учун кейинги икки йил давомида 70% устама тўлаб бериш амалиёти ҳам
давом эттирилади.
P.S.
📍
Август-сентябрь ойларида мурожаатлар қабул қилинади;
📍
Октябрь-Ноябрь ойларида малака (тест) синовлари ўтказилади;
📍
Декабрь ойида Сертификатлар
тарқатилади.
©️
Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги
Murojaatlar uchun:
👉
@pkatdi_bot