
Sabitov ©️
Ba'zida jiddiy, ba'zida yumor, ba'zida esa sarkazm bilan...
Murojaat uchun —
@husansabitov
Avgust-sentyabr yig'iniga 35 nafar futbolchi chaqirildi. Ko'pchilik kutgan G'aniyev qaytdi, Masharipov esa jarohat sabab ushbu yig'inni o'tkazib yuboradi.
@sabitov_co
CAFA Nations Cup-2025 doirasida O’zbekistondagi o’yinlar yangi qurilgan “Olimpiya” va JAR stadionlarida
o’tkaziladi.
“Bunyodkor” stadioni “ta’tilda”.
@sabitov_co
7SABER dizayner izlayapti.
Topshiringlar.
Libosni boshqattan dizayn qilishga hali vaqtimiz bor.
Bu ishda dizayner kerakligini tushunishibdi. Hechdan ko’ra kech. Mayli.
@sabitov_co
🇺🇿
👕
Tarixiy yo‘l — yangi bosqich! #MilliyJamoa ilk bor FIFA Jahon chempionatida! Endilikda Oʻzbekiston terma jamoalari 7SABER libosi ostida mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi! Katta orzular, katta turnirlar va katta g‘alabalar sari birgalikda!
⚡️
…
Ronaldu hozircha Andijonga kelmaydi, ammo Dushanbega borishi mumkin.
“Andijon”ga esa nisbatan oson raqiblar — Qatar, Turkmaniston va Bahrayn jamoalari tushdi. Guruhdan chiqsa bo’ladi.
@sabitov_co
Bugun “Bayer” Germaniya kubogi doirasida shu stadionda mehmon bo’lar ekan. Go’zallik!
@sabitov_co
Sanksiyalar ostidagi Rossiya terma jamoasi allaqachon kuz faslidagi o’rtoqlik o’yinlari uchun raqiblar topib bo’libdi. Iordaniya bilan o’yinning qayerda o’tkazilishi noma’lum, qolgan barcha raqiblar va o’yin o’tkaziladigan joylar rasman tasdiqlandi. Shaxsan o’zim ruslarni ko’p tanqid qilsam-da, hech bo’lmasa tashkilotchilikda ulardan o’rganadigan narsalarimiz ko’pligini tan olishimiz va shu tomonimizni yaxshilashimiz kerak.
2 haftadan keyin boshlanadigan “CAFA Nations Cup”ning qaysi stadionda o’tkazilishi, JCh ishtirokchisining bosh murabbiyi kim bo’lishi va oktyabr-noyabr oylaridagi raqiblarimiz hali ham noma’lum, bu biroz havotirli.
@sabitov_co
Manchesterda muxlislar Ten Hag iste’fosini so’rab yarim mavsum turli banner, shior, va “krichalkalar” bilan o’yin tomosha qilgani kelishadi. Bosimning eng katta to’lqini klub rahbariyatiga beriladi. Chunki, murabbiyni tayinlash va olib tashlash vakolati faqat rahbar(lar)da.
Erik hech qachon o’yindan keyin muxlislar bilan ochiqcha gaplashmagan, mediamen Mourinyo va boshqa murabbiylarda ham bunday odatni ko’rmaganman. Muxlislar bilan gaplashib olingandan keyin ishlari yurishib ketgan biror bir murabbiy yoki futbolchini eslay olmayman (aksincha, bu mavsumdagi
Zoteyev keysi
bu faqat ziyonga ishlashini yaqqol ko’rsatib turibdi). Chunki mavjud bosim endi karrasiga ortadi — agar o’yin vaqtida natija ijobiy bo’lmay turgan bo’lsa, murabbiy (futbolchilar)ning diqqati bo’linadi: bir tomondan o’yinni qutqarish rejasi va ikkinchi tomondan mabodo bu o’xshamasa, va’daning bajarilmaganidan asablari tarang bo’lgan olomon oldida qanday javob berish haqida ko’proq o’ylay boshlaydi. Har qanday bosim ostida aqlli va to’g’ri qarorlar qabul qilish qiyinlashadi, bu oddiy psixologik jarayon.
Muxlislar va jamoaning yaqinlashuviga xizmat qiluvchi yana ko’plab boshqa yaxshi ishlar qilsa bo’ladi. Bu endi media va marketingchilarning ishi.
@sabitov_co