Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sabitov ©️

sabitov_co
Fikrlar Murojaat uchun — @husansabitov
Subscribers
2 023
24 hours
-5
30 days
-59
Post views
1 321
ER
65,3%
Posts (30d)
31
Characters in post
374
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
September 11, 07:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Andijon
(#)

September 09, 11:58
Media unavailable
3
Show in Telegram

Davlat tashkilotlari oldidan panjaralarni olib tashlashdi, stadion oldida nima keragi bor – Azizbek Yusufov.
To’liq podcastni QobiljonovUz Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
👉🏻
https://youtu.be/XRq640L6-5c?si=SsVHuo4eFIdx3B9m

September 09, 09:38

🔵
DOMO ilovasi Bunyodkor stadioniga ko‘mak aksiyasini boshladi
♻️
Artel |
💙
Uzcard |
⚫️
Apex |
🔴
Coca-Cola |
🔵
BMB |
🟠
Allplay

September 09, 08:41

Agar Bunyodkor 16-turni uyida o'tkazsa, futbolga befarq bo'lmagan odam borki, katta fleshmobda qatnashishi kerak. Bunyodkor'ni qutqarib qolish uchun 30 ming so'm bilan stadionga kelish aksiyasini o'tkazib, salkam 1 mlrd so'm yig'ish mumkin. Fundraising ham…

September 08, 05:50
Media unavailable
2
Show in Telegram

51 ming kishiga mo'ljallangan Bishkek arena qirg'izlar uchun 386 million AQSh dollariga
tushibdi.
Bu o'rtacha har bir o'rindiq uchun $7568 sarflandi degani.
55 ming kishilik Yangi Toshkent arenasining qiymati 100 million AQSh dollari deb
aytilgan.
Agar rostan shuncha mablag' sarflaydigan bo'lsak, har bir o'rindiq uchun $1818 to'lagan bo'lamiz. Qo'shnilarimizdan 4 baravar arzonroq.
Ammo, 15 yil oldin Bunyodkor stadioni qurilishi uchun $270 million dollar sarflaganmiz va har bir o'rindiq uchun qirg'izlardan biroz ko'proq — $7941 to'laganmiz.
Hududimiz va mavjud tajribalarimizga ishonib, har bir o'rindiq uchun $7500 ni realistik raqam deb oladigan bo'lsak, Yangi Toshkentdagi stadion bizga oxir-oqibat 412 million AQSh dollariga aylanishi mumkin (albatta, bu shunchaki birlamchi hisob-kitob).
P/S: Faqat bitta narsani so'rash yoki tilash mumkin: Bishkek va Yangi Toshkentdagi arenalarga Bunyodkor'ning kuni tushmasin. "Sveti" o'chmasin, maydoni doim yashil, tribunalari to'la bo'lsin.
@sabitov_co

September 05, 09:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Paxtakor futbol klubi 2024-yilni favqulodda (futbolimiz uchun sensatsion) foyda bilan
yakunladi.
Natija ham favqulodda yomon — 6-o'rin!
Oxirgi chempionlik 2023-yilda bo'ldi, jamoaning so'nggi yillardagi eng katta moliyaviy minusi ham o'sha yilga to'g'ri kelyapti. Garchi o'sha mavsum poytaxt klubi Abbosbek Fayzullayevni SSKA'ga yaxshigina summaga sotgan bo'lsa ham, foyda-zarar balansi shakllanmagan.
Futbol qanchalik qimmatbaho ko'ngilochar soha ekanligini tushunish uchun klubga pul tikayotgan rahbar chempionlikdan quvonib, xarajatlar chekiga qaraganda chuqur qayg'u va o'yga botishini shu keysdan osongina anglash mumkin.
Mavsum boshida o'z oldiga chempionlik yoki sovrinli o'rinlarni maqsad qilgan jamoalarni ko'rganda futbol ichidagi odam sifatida quvonib, soliq to'lovchi sifatida afsuslanaman...
@sabitov_co

September 04, 16:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xuddiki 2015-2020 yillardagi Nasaf aynan o'sha yillardagi Neftchi'ga qarshi o'ynagandek bo'ldi. Qarshiliklarning asosiy jamoadagi yoshlari ham, yoshlar jamoasidagi bolalari ham bu turda "shovqin ko'tarishdi")
@sabitov_co

September 04, 14:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔵
🟢
Nasaf jamoasi birinchi bo‘limning o‘zidayoq Neftchi darvozasiga 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Amaldagi chempion bunga qadar so‘nggi bor 2025-yil 19-aprel kuni Paxtakorga qarshi bahsning
birinchi bo‘limida 4 ta gol
o‘tkazib yuborgandi
♻️
Artel
|
💙
Uzcard
|
⚫️
Apex
|
🔴
Coca-Cola
|
🔵
BMB
|
🟠
Allplay

August 30, 16:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

O'zbekiston kubogi chorak finaliga "eltuvchi liftda" to'rtta o'rin to'ldi. Qolgan to'rt kishilik joyning egalarini sentyabr o'rtasida aniqlaymiz:
15-sentyabr
Bunyodkor — Lokomotiv
15-sentyabr
Andijon - Olimpik Mobiuz
16-sentyabr
OKMK - Xorazm
16-sentyabr
G'azalkent — Qo'qon-1912
@sabitov_co

August 29, 17:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ayman Husayn Paxtakor safida allaqachon 5 ta o'yin o'tkazib ulgurdi. Ammo hali gollar hisobini ochganicha yo'q. Paxtakor — iroqlik hujumchi faoliyati davomida gol ura olmagan 4-klubi (hozircha):
🇹🇳
Sfaksien — 11 o'yinda 0 gol
🇲🇦
Raja — 5 o'yinda 0 gol
🇶🇦
Al Hor — 11 o'yinda 0 gol
🇺🇿
Paxtakor — 5 o'yinda 0 gol
Bu ham chempionatimiz darajasi mundiallarning doimiy ishtirokchisiga aylanib borayotgan Marokash va Tunisnikidan qolishmasligiga kichik dalil bo'la olsa kerak
@sabitov_co