Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sigma podcast

sigma_podcast

Ilm-fan va jamiyatga tegishli mavzularda Texnoplovning asoschilaridan podkast
👽
⚡️
Youtube kanal:
https://youtube.com/@sigmapodcastuz?si=llEBU1-YUViiq1B3
⚡️
Instagram:
https://www.instagram.com/sigma_pdcst/
🛸
Hamkorlik:
@profsoyuz_influence

Subscribers
2 160
Post views
1 648
ER
76,67%
Posts
178
October 26, 10:27
Media unavailable
2
Show in Telegram

Jamiyatni oʻzgartiradigan kitoblar | Sigma Podkast
Navbatdagi podkastimizning qahramonlari bu —
@farengeyt_press
nashriyoti. Ushbu nashriyot ijtimoiy tadbirkorlik loyihasi bo'lib, daromad qilishni o'zining asosiy maqsadi sifatida belgilamagan. Nashriyot qisqa muddatda bolalar va o'smirlar uchun "Boshlang'ich saboqlar" turkumi ostida 3 ta kitob nashr qilishga ulgurdi. Shuningdek, hozirda so'nggi yillarning mashhur kitoblaridan biri "The Anxious Generation" tarjimasi ustida ishlamoqda.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/1ilODVvh8c0

October 23, 14:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

Insondagi harakatlanishni buzuvchi kasalliklar | nevrolog Oybek Turg'unxo'jayev
Podkastimizning navbatdagi sonida nevrolog-parkinsolog Oybek Turg'unxo'jayev bilan suhbatlashdik. Tabiiyki biz undan Parkinson va bosshqa neyrodegenerativ kasalliklar haqida so'radik. Bundan tashqari, podkastda tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlar va o'zbek meditsinasining bir necha muammolari haqida so'z boradi.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/EUU-5FynnGg

October 18, 08:23
Media unavailable
2
Show in Telegram

Meta vitse prezidenti bilan suhbat | Sigma Podkast
Podkastimizning navbatdagi qahramoni AQShdagi Karnegi-Melon universiteti professori, Meta kompaniyasining vitse-prezidenti Ruslan Salahutdinov. Shuningdek, podkastda bevosita Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ham bizga ko'maklashdi.
Suhbatni tomosha qilish orqali biz hozirda tobora ko'proq foydalanayotgan sun'iy intellekt qanday yaratilgani, o'zi umuman ushbu sanoat qanday ishlashi va O'zbekiston Respublikasi tomonidan ishlatilayotgan sun'iy intellekt modellari haqida bilib olasiz.
O'ylaymizki, hayot yo'lini oddiy matematika olimpiadalaridan boshlab keyinchalik dunyoning yetakchi kompaniyalari va universitetlariga yetib borgan hamyurtimizning hikoyasini tinglash sizga foydali bo'ladi.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/yzT840bx2vk?si=L4v7kms4HNYAODuv

October 06, 12:18
Media unavailable
2
Show in Telegram

Germaniyada ishlaydigan oʻzbek neyrojarrohi bilan suhbat | Bekzod Ulliev
Podkastimizning navbatdagi sonida Frankfurt shahrida faoliyat yurituvchi neyrojarroh Bekzod Ulliev bilan suhbatlashdik.
Biz Bekzod akadan Germaniya tibbiyoti, neyrojarroh bo'lish uchun nimalar kerakligi, eng murakkab operatsiyalar va inson bosh miyasi haqidagi turli narsalarni so'radik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/5yYhc4gWhCE?si=nQkUjeo4oowc0oVZ

October 04, 13:02
Media unavailable
2
Show in Telegram

AQSh tibbiyoti qanday ishlaydi? | Shifokorlar Xonasi
Shifokorlar Xonasi ruknining navbatdagi sonida neyrofiziolog, neyrojarroh Alisher Azamov bilan suhbatlashdik. Alisher aka uzoq yillardan beri Amerika Qo'shma Shtatlarida faoliyat yuritib keladi. Biz undan neyrojarrohlik, AQSh va O'zbekistondagi meditsina, tibbiy ta'lim va sug'urta siyosati haqida so'radik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/CwwTvwZW0t4

September 29, 10:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Akademnashrdan yangiliklar, og'ir adabiyot va Jadidlar | Sanjar Nazar
Navbatdagi sonimizda podkastimizning doimiy qahramonlaridan biri, adabiyotshunos, noshir Sanjar Nazar bilan Akademnashrda chiqishi kutilayotgan asarlar, adabiyot ma'nosi va undagi ramzlar, yetarlicha e'tirof topmagan ijodkorlar, bolalar adabiyoti va bir necha klassik asarlar haqida suhbatlashdik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/k7iRihEChv0

September 27, 08:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

Sogʻlom farzand oʻstirish uchun maslahatlar | Doctor Ziyod
"Shifokorlar Xonasi" ruknining navbatdagi soniga oilaviy shifokor Ziyod Fatxullayevni (Doctor Ziyod) taklif qildik.
Biz undan bolalardagi davo talab qilmaydigan holatlar, xatna qilish uchun eng qulay vaqt, qachon shifokorga murojaat qilish kerakligi, umuman ishlamaydigan dorilar, biologik aktiv qo'shimchalar va umuman farzand o'stirishdagi muhim tibbiy masalalar haqida so'radik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/OdCQlcazUs4?si=0pjwZRN8juNbyeE6

September 21, 11:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

O'zbekistonda huquqshunoslikdan Kremniy vodiysidagi startaplargacha | Asror Arabjanov
Podkastimizning navbatdagi qahramoni Asror Arabjanov O'zbekistonda kam uchraydigan odamlardan. U O'zbekistonda katta biznes loyihalarda ishlab, kuchli huquqshunos bo'lishiga qaramasdan, barchasini tashlab Stenfordga o'qish uchun ketgan va startaplar qurishga qaror qilgan.
Biz Asror akadan uning hayoti davomida qilgan ushbu qarorlari ortidagi hikoyani, Kremniy vodiysidagi hayot tarzi va uning startaplari haqida so'radik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/hWcR-4O1te8

September 19, 11:55
Media unavailable
2
Show in Telegram

Koʻkrak bezi saratoni haqida haqiqatlar | Shifokorlar Xonasi | Lola Zakirova
Shifokorlar Xonasi ruknimizning navbatdagi qahramoni koʻkrak bezi saratoni boʻyicha mutaxassis, PhD Lola Zakirova boʻldi.
Biz undan Oʻzbekistondagi eng koʻp tarqalgan saraton kasalligi haqida afsona va haqiqatlarni soʻradik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/fXTPZYnZ8CQ

September 13, 10:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

“Oʻzbekcha toza turkiy til emas”, — Mirzohid Muzaffar
Podkastimizning navbatdagi qahramoni shoir, tarjimon Mirzohid Muzaffar boʻldi.
Mirzohid koʻp yillardan beri jahon adabiyotidan oʻzbekchaga asarlar tarjima qilish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, oʻzbek tilining kam sonli jonkuyarlaridan biri hamdir.
Uning til va adabiyot haqidagi fikrlari siz uchun foydali boʻlishi aniq.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/GvQEFPmvzbY