
Sigma podcast
Yilning eng muhim kitobining tahlili | Sigma Podkast
Podkastimizning navbatdagi soni so'nggi yillarning eng muhim kitoblaridan biri, "Behalovat Avlod" asariga bag'ishlandi. Mehmonlarimiz kitobni o'zbekchada chiqargan nashriyot
@farengeyt_press
a'zolari Xurshid Yo'ldoshev, Komil Jalilov va bukbloger, adabiyotshunos Mahin Nursaidova.
Podkastda kitob ko'tarayotgan mavzular, uning o'zbek jamiyatidagi hodisalarda qanday aks etishi va u berayotgan yechimlar haqida so'z borgan.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/IdP4CPaDDjA
Tishlarimiz haqida uyatli savollar | Stomatolog Jahongir Gapparov
Navbatdagi sonimizning qahramoni stomatolog Jahongir Gapparov. U juda ko'p sizga tanish insonlarning tishlari davolagan, ularga chiroyli kulish imkonini bergan. Biz undan tishlarimizga oid eng oddiy savollardan tortib, narx-navogacha so'radik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/ExuxGoAHj5g
Nima uchun O'zbekistonda aholini ro'yxatga olish o'tkazilishi kerak?
Podkastimizning navbatdagi sonida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar insituti bosh mutaxassisi. Iqtisodiy geografiya boʻyicha falsafa fanlari doktori Nurbek Yo'ldoshev bilan demografiya mavzuda suhbatlashdik. Podkastda O'zbekistonda aholini ro'yxatga olish o'tkazilishi nima uchun muhimligi, aholimizning o'rtacha yoshi va salohiyati, kelajakda bizni kutib turgan demografik muammolar, shaharlashuv qanday kechayotgani va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/fSt33C1Pk_E?si=Z5WOPBfdCdbshjLu
Yangi kiberjinoyatlar va ulardan himoyalanish | Sigma Podkast
Loyihamizning navbatdagi sonida xalqimiz uchun muhim bo'lgan mavzuga to'xtaldik. Har birimizning kiberjinoyatlardan aziyat chekkan yaqinimiz bor, bizni har xil yo'llar bilan aldamoqchi bo'lgan odamlar ham ko'p.
Ushbu podkastni ko'rish orqali hozirda ommalashgan kiberjinoyatlar, ularning yangi turlari va ularga qarshi kurashish, professional tomonidan xavfsizlik to'g'risida berilgan tavsiyalar hamda o'zingiz uchun kerak texnik vositalar haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.
Hamkorlik uchun UzCard va Ichki ishlar vazirligiga minnatdorchilik bildiramiz.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/PNCP5zned-U
"2017-yildagi bir yillik eksportni hozir 5 soatda qilyapmiz", - Rustam Karimjonov
Podkastimizning navbatdagi qahramoni O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov. Rustam aka xususiy sektordan davlat boshqaruviga o'tgan kam sonli mutaxassislardan biri.
Biz undan davlat ishidagi 8 yillik tajriba, O'zbekiston IT sohasi qanday o'zgargani, 2030-yilgacha qo'yilgan maqsadlarga qanday erishilayotgani va O'zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan yirik korporatsiyalar haqida so'radik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/GaXkK5GkFdk
Barcha kasalliklar qiroli — Saraton. Vaksina, terapiya va eng so'nggi tadqiqotlar
Shifokorlar Xonasi ruknining navbatdagi sonida saraton va tibbiyot tizimi haqida suhbatlashdik. O'zbekistondagi saraton statistikasi, kelajakda bizni nimalar kutib turgani, ba'zi turdagi saratonlarga qarshi vaksinalar, saraton ehtimolini oshiruvchi mahsulotlar haqida bilib olasiz.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/_8ZqM5dmVSs
"O'zbekistonda eng ko'p odam noto'g'ri ovqatlanishdan o'lmoqda", — Endokrinolog
Shifokorlar Xonasi ruknimizning navbatdagi soni ko'pchilikni qiziqtirgan endokrinologik kasalliklarga bag'ishlandi. Podkastni ko'rish orqali ozish va semirish, ozempik, gormonlar hayotimizga qanchalik ta'sir qilishi, testosteron va insulinning insonga qanday ta'sir qilishini bilib olasiz.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/xyRZI9s9U9s
Qon kasalliklari, hijoma va boshqa miflar | Onkogematolog
Ruknimizning navbatdagi soni O'zbekistonda keng tarqalgan qon-tomir kasalliklariga bag'ishlandi. Tajribali onkogematolog Farhod Toshtemirov sizga oqqon kasalligi, qon saratonlaridan davolanish ehtimollari, qon suyuq va quyuqlashishi, hijoma kabi qiziq mavzularda so'zlab beradi.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/w81N2d3iOxs
Meta vitse prezidenti bilan suhbat | Sigma Podkast Podkastimizning navbatdagi qahramoni AQShdagi Karnegi-Melon universiteti professori, Meta kompaniyasining vitse-prezidenti Ruslan Salahutdinov. Shuningdek, podkastda bevosita Raqamli texnologiyalar vazirining…
Burgerdan Gastritgacha — Gastroentrologiya haqida uyatli savollar
Navbatdagi qahramonimiz gastroentrolog Mohinur Malikiy. Ushbu sonimizda oshqozon, ichak, jigar va o't pufagi bilan bog'liq kasalliklar, fermentlar, sog'lom ovqatlanish, fast food va shakar bizga qanday ta'sir qilishi haqida suhbatlashdik.
Tomosha qiling:
https://youtu.be/n6tXZsnBb3Q