
Sirdaryo Kadastr
@Sirdaryo_kadastr
» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.
✅
Bizda barchasi asosli !
✍️
Murojaat uchun
👉🏻
@SirdaryokadastrBOT
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
RASMIY MUNOSABAT
⭐️
🌟
Davlat kadastrlari palatasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video-post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
◼️
Xatlov haqidagi berilayotgan ma’lumotlar haqiqatdan ham qonun talablari bo‘yicha bo‘lib, ammo qayd etish kerakki,
O‘RQ-937 Qonuning
14 va 15-moddalariga asosan xozirda xatlov ishlari
faqat Davlat kadastrlari palatasi hududiy filiаllari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi
va qonuning birinchi bosqichi bo‘lgan ushbu xatlov ishlari
mutlaqo bepul
bo‘lib, xech qayerga
ariza bilan murojaat etilmaydi
.
➡️
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha – sobiq xodim M. E.ning mazkur muddat ichidagi xizmat faoliyati davrida suratga olingan bo‘lib, hozirda u
lavozimda ishlamaydi
(mehnat shartnomasi bekor qilingan
) va videoda ko‘rsatilgan xizmat guvohnomasi (beydjik) o‘z
huquqiy kuchini yo‘qotgan.
➡️
Mazkur video M. E. tomonidan ishdan bo‘shaganidan so‘ng ommaga e’lon qilingan. Unda ko‘rsatilgan telefon raqamlari M.E.ning shaxsiy raqamlari bo‘lib,
Davlat kadastrlari palatasiga aloqador emasligini
ma'lum qilamiz.
✔️
Sizda kadastr bo‘yicha har qanday savollar tug‘ilgan taqdirda
1097
qisqa raqamlariga
qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
❕
To‘g‘ri va tasdiqlangan ma’lumotlar faqat rasmiy davlat tashkilotlari hamda ularning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali taqdim etiladi.
#DavKadastrPalata
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram
I
Instagram
I
YouTube
I
Facebook
I
Twitter
🗣
Bu ma'lumotlarni sizlarga yetkazganim uchun
ayrim "uddaburonlar" meni yomon ko'rib qolishi aniq.
Tirikchilik (firibgarchilik)ni beliga tepgan bo'laman)))
Asosiysi aholiga foydasi tegsin, odamlar aldanib qolmasin
😎
📩
Telegram kanalga a'zo bo'ling
#auksion
Sirdaryo viloyatidan 796 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling
➤ Oqoltin tumanidan 16 ta (k
o'rish
)
➤ Boyovut tumanidan 65 ta (
ko'rish
)
➤ Sayxunobod tumanidan 11 ta (
ko'rish
)
➤ Guliston tumanidan 2 ta (
ko'rish
)
➤ Sardoba tumanidan 313 ta (
ko'rish
)
➤ Mirzaobod tumanidan 205 ta (
ko'rish
)
➤ Sirdaryo tumanidan 76 ta (
ko'rish
)
➤ Xovos tumanidan 88 ta (
ko'rish
)
➤ Yangiyer shahridan 20 tа (
ko'rish
)
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
⚡️
Korrupsiyaga qarshi kurash va xatlov jarayonlarining qonuniyligi muhokama qilindi
Korrupsiyaning oldini olish, xodimlar huquqiy ongini oshirish hamda xatlov jarayonlarining qonuniyligini ta'minlash maqsadida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Kadastr agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi
I. Tadjibayev,
hamda Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Samatov ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Kadastr agentligi tuman bo‘limi va filialining barcha xodimlari qatnashib, ularning qonunchilik va kasbiy faoliyatga doir savollariga javob berildi.
Yig‘ilishda korrupsiyaviy xatarlar, ularning oqibatlari va bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi hamda xatlov jarayonlarida shaffoflik va qonuniylikni ta'minlash zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
❗️
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish 10-iyuldan boshlanadi
2025-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 10-iyul kuni soat 9:00 dan boshlab qabul
qilinadi.
➡️
Subsidiya olish:
➖
Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali
➖
elektron tarzda
my.gov.uz
portali orqali amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda bo‘lishi zarur:
➖
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 3,12 mln so‘mdan – 9,24 mln so‘mgacha;
➖
Toshkent shahrida 3,12 mln so‘mdan – 10,63 mln so‘mgacha. -
Batafsil
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
⚡️
Xatlov
natijalarini “E’tirof” AATda kuzatib boring!
Ushbu dastur orqali tasdiqlangan reja-jadval bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilgan mahallalar, e’longa chiqarilgan har bir obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularga tegishli davlat idoralari tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalar bilan onlayn tanishish imkoniyati mavjud.
✅
Batafsil videoda
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
#bilasizmi
Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi?
🇺🇿
Hukumatning
535-son
qarori
bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
📆
belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;
✏️
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
📰
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
📍
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
❗️
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube