Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sirdaryo Kadastr

sirdaryo_kadastr
@Sirdaryo_kadastr » — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling. ✅ Bizda barchasi asosli ! ✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Subscribers
1 210
24 hours
-10
30 days
80
Post views
569
ER
25,87%
Posts (30d)
200
Characters in post
730
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 23, 04:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Ko‘chmas mulk sotib olishdan oldin unda "taqiq" bor-yo‘qligini tekshiring
➡️
Ko‘pincha fuqarolarimiz uy-joy yoki yer uchastkasi sotib olayotganda, bitim oxirgi bosqichga kelganda (notariusda)
obyektga nisbatan taqiq chiqib tursa
yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, bu ortiqcha vaqt va
asabbuarchilikka sabab bo‘ladi.
⚖️
Qonunchilikka ko‘ra: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda barcha cheklovlar va taqiqlar
Davlat kadastrlari palatasining
yagona bazasida saqlanadi.
🔍
Taqiq bor-yo‘qligini tekshirishning oson yo‘li:
Davlat xizmatlari markazlari yoki
My.gov.uz
portali orqali "
Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish"
xizmatidan foydalanib ma'lumotlari tekshirib oling.
Bunda kadastr idorasiga borish shart emas!
💡
Bu nima uchun muhim?
1️⃣
Mulk garovga qo‘yilmaganiga ishonch hosil qilasiz;
2️⃣
Sud yoki MIB tomonidan qo‘yilgan cheklovlarni oldindan bilasiz;
3️⃣
Umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirish imkoni bor.
4️⃣
Mablag‘ingizni firibgarlardan himoya qilasiz.

Mulk sotib olishdan oldin nafaqat kadastr hujjatlari, balki uning huquqiy holatini (taqiq bor-yo‘qligini) tekshirish —
xavfsiz bitim garovidir!
🗣
Ushbu ma’lumotni uy olmoqchi bo‘lgan yaqinlaringizga ham yuboring!
#infografika
#huquqiy_ma_lumot
#sizga_foydali
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 22, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASI!
Korrupsiya har qanday jamiyatning ildiziga bolta uruvchi, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga to'sqinlik qiluvchi illatdir. Bugungi kunda ushbu illatga qarshi kurashish nafaqat huquq-tartibot idoralarining, balki har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Biz korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashamiz!
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 22, 11:07
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
YER — AJDODLAR MEROSI, KELAJAK POYDEVORI

Asrlar davomida yurtimizda yerga bo‘lgan munosabat oddiy mulk emas, balki muqaddas ne’mat sifatida shakllanib kelgan. Har bir qarich zamin — tarix, mehnat va qadriyatlar mujassamidir.
➡️
Mazkur videorolik orqali yerga bo‘lgan qadimiy qarashlar, tarixiy bosqichlarda shakllangan munosabatlar hamda zamonaviy yondashuv va islohotlar bilan yaqindan tanishasiz.

O‘tmishdan saboq olib, bugunni anglab, kelajakni barpo etamiz!
📩
Telegram
|
📩
Instagram
|
📩
YouTube
|
📩
Facebook       |
📩
Web-sayt

April 22, 08:39
Media unavailable
4
Show in Telegram

Bizning yer – bizning kelajak
🌎
22-aprel — Butunjahon Yer kuni munosabati bilan “Bizning yer – bizning kelajak” shiori ostida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari
hamda
Guliston davlat universiteti
Tabiyiy fanlar fakultetining Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishi talabalar bilan
ma’naviy-ma’rifiy
tadbir tashkil etildi.
💠
Tadbir davomida yoshlarga yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash va kadastr tizimining bu boradagi muhim o‘rni haqida hayotiy misollar asosida batafsil tushunchalar berildi. Ayniqsa, zamonaviy geodezik qurilmalar, topografik o‘lchov asboblari hamda ilg‘or raqamli texnologiyalar amaliy tarzda namoyish etilib, ularning ishlash jarayonlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🎓
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar olib, kadastr sohasiga oid bilim va tasavvurlarini yanada boyitishdi.
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 22, 07:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
😀
😃
😄
😆
😊
BILISHINGIZ MUHIM
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalarni rad etilish sabablari
📃
Qonuniy hujjat – mulkingiz kafolatidir. Shuning uchun mulkka bo'lgan huquqni belgilovchi hujjatingiz qonuniy bo'lishi lozim. Ariza berdingiz ammo ba’zi
xatoliklar
yoki
qonuniy talablar
tufayli arizangiz
rad etilishi mumkin.
🫥
Sabablar
infografikada
⬆️
✔️
Hujjatlarni to‘liq va aniq taqdim etish, tartib-qoidalarga rioya qilish – mulk egasi sifatida sizning vaqtingizni ham tejaydi.

To‘g‘ri yondashuv – kafolatli natija!
#DavKadastrPalata
#rad_etish_sabablari
#infografika
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 22, 06:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

April 22, 05:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
SIRDARYODA 1 854 NAFAR FUQARONING KO‘P YILLIK ORZUSI USHALDI
Viloyatimizda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar o‘zining navbatdagi amaliy natijalarini ko‘rsatmoqda.
🌏
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda uning tuman shahar filial xodimlari tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli xatlov ishlari natijasida viloyat bo‘yicha jami
1 854 nafar
fuqaroning uy-joyiga nisbatan egalik huquqi e’tirof etildi.
🗣
Bu ko‘rsatkich shunchaki hisobotdagi raqam emas — bu kadastr sohasi xodimlarining tunu kun olib borayotgan mashaqqatli mehnati mahsulidir.
Egalik huquqi endilikda fuqarolarimizga Mulkni qonuniy ravishda sotish, hadya qilish, ayirboshlash yoki meros qilib qoldirish, Uy-joyni garovga qo‘ygan holda tadbirkorlik yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun bank kreditlarini rasmiylashtirish, Yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga turish va davlat tomonidan beriladigan barcha ijtimoiy imtiyozlardan to‘laqonli foydalanish huquqlariga ega bo'lishdi. Shuningdek fuqarolarning uzoq yillik "hujjat muammosi"ga nuqta qo‘yildi.
❗️
Viloyatimizda xatlov jarayonlari hali yakuniga yetgani yo‘q. Biz fuqarolarning mulkiy huquqlarini ta'minlash yo‘lida xizmat qilishda davom etamiz.
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 22, 04:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
22-APREL — BUTUN JAHON YER KUNI
Bugun, 22-aprel — Butun jahon Yer kuni. Ushbu sana bizni o‘rab turgan olamni asrash bilan birga, har bir qarich yerning qadri va hisobiga e’tibor qaratishni eslatadi.
Yer — nafaqat bebaho tabiiy resurs, balki jamiyatimizning iqtisodiy va huquqiy poydevoridir. Uni asrash faqatgina ekologik tozalik emas, balki har bir qarich yerdan oqilona va qonuniy foydalanish demakdir.
Yer — bizning umumiy uyimiz. Uni asrash va kelajakka butunligicha yetkazish har birimizning mas'uliyatimizdir!
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 21, 11:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Uy hujjatini qilib olish uchun bir martalik to‘lovlarni to‘lashni unutmang.
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 21, 10:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔹
Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i
R.Nishanovning
"Huquq va ong" gazetasining
navbatdagi sonida
"Shaffoflik ta’minlanmoqda"
nomli maqolasi chop etildi.
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#gazeta
Кanalga ulanish:
https://t.me/sirdaryo_kadastr
Instagram
|
Facebook
|
YouTube