
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Web-site:
https://surxonedu.uz/uz.html
Instagram:
https://www.instagram.com/sv_mmtb/
Facebook :
https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb
Murojaat uchun:
@SurxonMMTB_murojaat_bot
#OAVda_biz
#Ozarbayjon
✅
Joriy yilning 13-oktabr kuni Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Quba filialida
“Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalaridan ta’limda foydalanish metodikasi”
mavzusidagi xalqaro malaka oshirish kurslarining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅
Tadbirda Quba viloyati hokimiyati, Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Quba filiali rahbariyati, jumladan o‘zbekistonlik pedagoglar, Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi vakillari ham ishtirok etdi.
✅
Ochilish nutqida so‘z olganlar mazkur kurslarning pedagoglarning malakasini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar.
💬
Shuningdek, ishtirokchilarga kurs dasturi, o‘quv rejalari va mashg‘ulotlarning asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🎙
Tadbir doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Ishtirokchilar uchun ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
📱
Telegram
🗳
Facebook
📺
Youtube
📱
Instagram
#Asosiy_olimpiada
Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida Asosiy fan olimpiadasining
ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi
davom etmoqda.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Bekzod Tashpulatov
Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘lib, olimpiada jarayonlarini kuzatib bordi.
O‘rganish davomida u o‘quvchilarning faolligi, fanlarga bo‘lgan qiziqishi, test topshiriqlarining sifati va baholash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Bekzod Tashpulatov olimpiadalarni
shaffoflik, adolat va ochiqlik tamoyillari asosida
o‘tkazish zarurligini ta’kidladi hamda bu borada barcha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Instagram
👍
You tube
👍
Twitter
👍
Veb-sayt
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
#Raqamli_avlod_qizlari
❓
"Raqamli avlod qizlari" tanlovining bu safargi mavsumi qay tartibda bo‘lib o‘tadi?
✅
Tanlov 3 bosqichda — tuman (shahar), viloyat va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi. 1-bosqich kuzgi ta'til davrida, joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bosqichda eng yuqori ball to'plagan qatnashchilar viloyat bosqichida o'zaro kuch sinashishadi. 2-bosqichda ham g'olib bo‘lgan qizlar esa Respublika bosqichi ishtirokchisiga aylanishadi.
❓
Mazkur tanlovda qatnashish uchun yosh chegarasi mavjudmi?
⏰
Tanlovda ikki yosh toifasida — 16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘
o
liblar alohida aniqlanadi.
❓
Tanlovda jamoa tuzmasdan, yakka o‘zi qatnashish imkoniyati ham mavjudmi?
✅
Ha, tanlov Nizomiga ko'ra jarayonlarda jamoa bo'lib yoki individual ishtirok etishga ruxsat berilgan.
❓
Tanlov g‘oliblari qanday taqdirlanadi?
✈️
"Raqamli avlod qizlari"ning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta'lim sayohati yo‘llanmasini qo'lga kiritishadi. Shuningdek, eng yaxshi 10 ta loyiha amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya qilinadi.
______________
🔴
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda
qizlar.raqamliavlod.uz
platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.
Digital Generation Uzbekistan
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
ASOSIY OLIMPIADANING TEST SAVOLLARI MAXFIY HISOBLANADI
⚡️
Hozirda
bo‘lib o‘tayotgan
Asosiy olimpiadaning tuman
(shahar)
bosqichi test savollari
Fan olimpiadalari markazi
tomonidan
malakali ekspertlar ishtirokida
tuzilgan.
Ushbu test materiallarini
Fan olimpiadalari markazi bilan kelishilmagan holda:
❌
Test savollarini
ruxsatsiz tarqatish
yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish yoki bu borada
yolg‘on ma’lumot berish
,
❌
Test savollaridan
moddiy manfaat ko‘zlagan holda foydalanish,
o‘zgartirish
yoki boshqa manbalarda
“Markaz nomidan”
e’lon qilish
qat’iyan taqiqlanadi
.
❗️
Yuqorida keltirilgan harakatlar sodir bo‘lsa, firibgarlikka sabab bo‘lgan ishtirokchilar qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.
✅
Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda,
Markazning maxsus boti
yoki ushbu
(+998 71 207 05 24)
telefon raqamga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaatlar o‘rganish jarayonida shaxsingiz sir saqlanadi.
Fan olimpiadalari — bu halollik, bilim va adolat maydoni.
Har bir ishtirokchidan
mas’uliyat va halollik
kutiladi.
⚡️
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatib boring:
✈️
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
▶️
YouTube
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
📍
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan Asosiy olimpiadaning tuman
(shahar)
bosqichi haqida:
✅
eng
ishonchli
va
aniq ma'lumotlar,
✅
so‘nggi yangiliklar,
✅
test savollari
va ularning
video-yechimlaridan
xabardor bo‘lish uchun
Fan olimpiadalari markazi
ning
rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling!
@Fan_olimpiadalari_M
Bizni kuzatib boring:
✈️
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook
▶️
YouTube
#Ma'rifat_ulashib
"Ma’rifat ulashib" loyihasi chinakam ijod bayramiga aylandi
Bugun, Termiz davlat pedagogika instituti va 26-maktab hamkorligida taniqli ijodkorlar hamda yoshlar uchrashuvi ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Dastlab, elimiz ardog’idagi adiblar o’z hayot yo’llari, ijodiy faoliyatlari bilan chinakam kitobxon, she’riyat muxlisi bo’lgan talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat qurishdi.
Tadbir yakunida institutimiz tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi hamda elimiz ardog‘idagi ijodkorlarga ehtirom ko‘rsatilib, iqtidorli talabalar tomonidan chizilgan suratlar va esdalik sovg‘alari topshirildi
.
"Ma'rifat ulashib" loyihasi TerDPI da davom etadi
✍️
TerDPI matbuot xizmati
✅
Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram
✅
Telegram
📖
Termiz tumanida ta’lim infratuzilmasi o‘rganildi
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Xusniddin Mamadiyev
Termiz tumanidagi
7-, 10- va 36-umumta’lim maktablari
, shuningdek
5- hamda 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari
da keng qamrovli o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
O‘rganish jarayonida bir qator muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi. Jumladan:
— ta’lim muassasalarida olib borilayotgan
qurilish-ta’mirlash ishlari
,
—
kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, obodonlashtirish
jarayonlari,
—
darslar sifati, o‘quv jarayonining samaradorligi
,
— o‘quvchilarning
kiyinish madaniyati, tozalik
va ichki intizom masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar davomida joylardagi holat o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifati va sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Instagram
👍
You tube
👍
Twitter
👍
Veb-sayt
📖
Surxondaryoda asosiy fan olimpiadasining tuman, shahar bosqichlari davom etmoqda
Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida Asosiy fan olimpiadasining
ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi
davom etmoqda. Olimpiadaning Jarqo‘rg‘on tuman bosqichida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Bekzod Tashpulatov
ishtirok etib, barcha o‘quvchilarga omad tiladi.
🇺🇿
Olimpiadada
birinchi — maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan
o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Ushbu bosqichda olimpiada
test topshiriqlari shaklida
tashkil etilib, natijalar o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Har bir fan bo‘yicha
eng yaxshi 3 nafar o‘quvchi
keyingi —
viloyat bosqichiga yo‘llanmani
qo‘lga kiritadi. Olimpiadalar jadval asosida
soat 10:00 dan 17:00 ga qadar
bo‘lib o‘tadi.
Quyidagi manzillar orqali olimpiada jarayonlarini kuzatib borishingiz mumkin:
Termiz shahri
Angor tumani
Bandixon tumani
Boysun tumani
Denov tumani
Jarqo‘rg‘on tumani
Qiziriq tumani
Qumqo‘rg‘on tumani
Muzrabot tumani
Oltinsoy tumani
Sariosiyo tumani
Termiz tumani
Uzun tumani
Sherobod tumani
Sho‘rchi tumani
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Instagram
👍
You tube
👍
Twitter
👍
Veb-sayt
Bugun maktab o‘quvchilarining "Iqlim qutisi" loyihasi doirasida iqlim loyihalarining
Respublika tanlovi yakunlandi.
⛈
"Iqlim o‘zgarishlariga moslashish" nominatsiyasida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi
Asel Turabayeva
"Maktab meteostansiyasi — moslashish sari qadam" ishi bilan g‘olib bo‘ldi.
🌳
Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 74-maktabning yana bir o‘quvchisi
Olesya Isheykina
ning "Uglerod izini kamaytirish" nominatsiyasidagi jiddiy va muhim "Plant Trees" tashabbusi unga g‘alaba keltirdi.
G‘oliblar va ularning ustozi Tailandda sayohatda bo‘lishadi.
Barchani munosib g‘alaba va yurtimizni asrab-avaylashga qo‘shgan hissasi bilan tabriklaymiz!
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Instagram
👍
You tube
👍
Twitter
👍
Veb-sayt
📖
“Jajji nurli yulduzlar” festivalining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi
👍
Telegram
👍
Facebook
👍
Instagram
👍
You tube
👍
Twitter
👍
Veb-sayt