Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

surxonvmmtb
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: surxonedu.uz Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook : https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb
Subscribers
23 929
24 hours
-34
30 days
-514
Post views
1 730
ER
7,23%
Posts (30d)
198
Characters in post
939
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 09:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

📖
Vazir o‘rinbosarining sayyor qabuli davom etmoqda
✍️
Ayni paytda Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.
🔍
Qabul davomida fuqarolarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaat, taklif va masalalari tinglanmoqda.

Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan murojaatlar bevosita qabul jarayonida ijobiy hal etilmoqda. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar esa mas’ul mutasaddilar tomonidan qayd etilib, nazoratga olinmoqda.
🔖
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
You tube
😉
Twitter
🌐
Veb-sayt

September 11, 07:03
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

📖
Vazir o‘rinbosari TISU Cambridge xalqaro maktabi faoliyati bilan tanishdi
📚
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiyev Termiz shahridagi yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan TISU Cambridge xalqaro maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
✍️
Tashrif davomida o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish jarayoni hamda maktab infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi.

480 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab eng zamonaviy texnologiyalar va zarur infratuzilma bilan ta’minlangan. Ta’lim jarayoniga 17 nafar xorijiy o‘qituvchi hamda mahalliy mutaxassislar jalb etilgan.
📚
Bu esa o‘quvchilarning xorijiy tillar va zamonaviy fanlarni xalqaro ta’lim muhitida o‘zlashtirishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun keng imkoniyat yaratmoqda.
🔖
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
You tube
😉
Twitter
🌐
Veb-sayt

September 11, 05:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
E’LON | Vazir o‘rinbosarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi.
📆
Sana:
2026-yil 11-sentabr juma kuni

Vaqti:
11:30
📍
Manzil:
Termiz shahri, 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaat, taklif va masalalar yuzasidan barcha fuqarolar sayyor qabulda ishtirok etishlari mumkin.
🔖
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram

️You tube
😉
Twitter
🌐
Veb-sayt

September 11, 04:18
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Ustozga_ehtirom
Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
“Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.
🎥
Ustozingiz bilan bog‘liq
unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz
yoki
ezgu tilaklaringizni
qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.
📲
Videoda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini
belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy
sahifalarida ulashiladi.
🎉
“Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 10, 15:11
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

📖
“AQLLI TIL TA’LIMI — SMART TONGUE EDUCATION” LOYIHASI SURXONDARYODA

“Aqlli til ta’limi — Smart Tongue Education” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xorijiy mutaxassislar tomonidan zamonaviy va interaktiv mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
🔎
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farruh Soxibov Termiz shahri va Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxassislar bilan uchrashib, ularning faoliyati hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumot uchun:
2026/2027 o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi maktablarga 70 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
🔖
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram

️You tube
😉
Twitter
🌐
Veb-sayt

September 10, 10:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

‼️
‼️
‼️
#Йил_ўқитувчиси

Avval xabar berganimizdek, “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi yakunlandi hamda natijalar tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan muhokama qilindi.
❗️
Muhokamalar jarayonida
har bir bosqich natijalari umumlashtirilganda ballari teng bo‘lib qolgan pedagoglar uchun
qo‘shimcha tanlov sifatida
mutaxassislik fani bo‘yicha test sinovlari
o‘tkazilishi belgilandi.
Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Yil o‘qituvchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita qarori ijrosi to‘g‘risida” 2026-yil 28—avgustdagi 323-son buyrug‘ida Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga alohida topshiriqlar berildi.
🔰
Mazkur topshiriqni bajarish maqsadida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining h
ar bir bosqichida erishgan natijalari teng kelib qolgan sariosiyolik ikki nafar pedagog o‘rtasid
a mutaxassislik fanidan qo‘shimcha test sinovini o‘tkazish maqsadida
Surxondaryo viloyatida
11-sentabr kuni qo‘shimcha tanlov
bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 10, 06:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📖
Uzun tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilariga oid videolavha yuzasidan
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining xizmat vazifasiga kirmaydigan jismoniy ishlarga majburiy jalb etilgani haqida videolavha tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida videolavhadagi holatlar maktab rahbariyati tomonidan o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq emasligi aniqlandi.
Xususan, videoda aks etgan voqea joriy yilning 20-iyul kuni o‘qituvchilarning ta’til davrida sodir bo‘lgan. Uzun tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi S. Y. o‘z ehtiyoji uchun mahalliy o‘g‘it olish maqsadida tanishi H. F.ning xonadoniga borgan va ushbu jarayonda mahalliy o'g'itni yuklashda hamkasbi M. S.dan yordam so‘ragan.
Mahalliy o‘g‘itni tashish uchun maktab qorovuliga tegishli yuk tashish vositasidan foydalanilgan. O‘g‘itni yuklash jarayonida fuqaro H. F. tomonidan hazilomuz tarzda videotasvirga olingan.
Keyinchalik mahalliy o‘g‘itning zarur miqdordan ortib qolgan qismi maktab issiqxonasiga olib borib joylashtirilgan.
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, maktab qorovulining sog‘lig‘i bilan bog‘liq holati sababli o‘g‘itning qolgan qismini issiqxonaga tushirishda S. Y. va M. S.dan yordam so‘ralgan. Ular ushbu ishda insonparvarlik nuqtayi nazaridan ixtiyoriy ravishda yordam bergan.
Shuningdek, videotasvirlarning maktabdagi ish jarayoni yoki rahbariyat topshirig‘i asosida amalga oshirilmagani aniqlandi. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda maktab direktori hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta’lim muassasasida bo‘lmagan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, videoda aks etgan holat o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish bilan bog‘liq emasligi, videotasvirlar hazilomuz tarzda olingani hamda ijtimoiy tarmoqlarda voqea mazmuni noto‘g‘ri talqin qilingan holda tarqalgani ma’lum bo‘ldi.
🔖
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
You tube
😉
Twitter
🌐
Veb-sayt

September 09, 15:14
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#diqqat_eʼlon
#sport

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.
🔹
Roʻyxatdan oʻtish
5tashabbus.uz
platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
👉
Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 09, 13:27
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing!
📖
Loyiha
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan
keyin
,
endilikda
Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona va Guliston shaharlari, shuningdek, Mirzacho‘l hamda Zomin
tumanlarida yo’lga qo’yiladi.

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olishni istagan
8-sinf o‘quvchilari
saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Saralash jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
⚡️
Bilimingizni sinab ko‘ring hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
🗣
Saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi
havola
orqali ro‘yxatdan o‘ting.
🚀
Telegram
|
📷
Instagram

September 09, 13:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

📖
Termiz shahridagi
26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
“Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
✍️
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari
Farhod Boqiyev
, “Nuroniy” jamg‘armasi Surxondaryo viloyat bo‘limi raisi
Orzuqul Soatov
, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Bekzod Tashpulatov
, ta’lim tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniy ustozlar, faol pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda avlodlar davomiyligi, ustoz-shogird an’analarining ahamiyati, yoshlarni bilim va ezgu maqsadlar sari ruhlantirish masalalari haqida fikr almashildi.
🔖
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
You tube
😉
Twitter
🌐
Veb-sayt