
Ta'limda nima gap?
Taʼlimda nima gap?
Biz buni yoritib boramiz...
🔔
Hamkorlik uchun:
@ravshanjon_uz
😇
"Poydevor" konkursiga start berildi
🎁
Aliy Art, Ustoz Zakariyya va Munir nashriyoti
tomonidan tashkil etilgan konkursimizda quyidagi sovgʼalar mavjud:
• "Tafsiri Hilol"
kitoblar toʼplami
• Munir
nashriyotidan kitoblar
• "Qadam"
klubiga bepul yoʼllanma
• Art kalligrafiya
kursiga 50 foizli vaucher
• Arab tili
kursiga 50 foizli chegirma
Ushbu sovgʼalarga ega chiqish uchun, quyidagi
havolani koʼproq yaqinlaringizga ulashing.
✅
Uchala kanalga ham obuna boʼlgan har bir do‘stingiz uchun sizga
1 ball
taqdim etiladi.
https://t.me/Poydevor_konkurs_bot?start=1492635193
Ta'limda nima gap?
pinned a video
KUNDUZGI
ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida
56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan
hamda
ikkinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan
abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati
yaratildi.
Mazkur abituriyentlar
2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha
bo‘lgan muddatda bazaviy
to‘lov-kontrakt asosida
vakant (bo‘sh) o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi mos bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant o‘rinlardan
5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash
huquqi beriladi.
@talimationuz
— TAʼLIM DOIMO MUHIM!
#magistratura
#qabul2025
#imkoniyat
❗️
Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati
uzaytirildi
Magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida
bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun
kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha
ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar
uzaytirishga ruxsat berildi.
@talimationuz
— TAʼLIM DOIMO MUHIM!
#bazaviy_kontrakt2025
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)
@talimationuz
— TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Ta'limda nima gap?
pinned «
#qabul2025 #imkoniyat Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga…
»
#qabul2025
#super_kontrakt
Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra
56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan
abituriyentlarni
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda
tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda
amaliyotga joriy etiladi:
➖
qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun
belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori
bilan tasdiqlangan
Nizom talablari
(1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;
➖
qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun
tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan
bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda
belgilanadi.
Barcha
oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar
2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida
tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida
eʼlon qilinadi.
2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga
bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga
ruxsat beriladi.
Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib,
ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga
oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan
birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida
oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).
@talimationuz
— TAʼLIM DOIMO MUHIM!
#qabul2025
#imkoniyat
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq,
2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul
amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida
56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan
abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
🟢
davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan
vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda
ishtirok etish uchun 2025-yil
25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
my.uzbmb.uz
sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish
imkoniyati yaratiladi;
🟢
roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar
toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida
talabalikka tavsiya etiladi;
🟢
ro‘yxatdan o‘tish jarayonida
fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash
imkoniyati beriladi;
🟢
tanlov natijalari boʻyicha
qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qada
r chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha
hujjatlarni rasmiylashtirish uchun
yetkaziladi.
Umumiy qabul parametrlarida
vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida
eʼlon qilinadi.
@talimationuz
— TAʼLIM DOIMO MUHIM!
#qabul2025
#imkoniyat
Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha
Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni
tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
➖
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida
vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov
oʻtkaziladi. Bunda
56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat
yaratiladi;
➖
kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun
tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish
imkoniyati yaratiladi;
➖
respublikada faoliyat koʻrsatayotgan
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari
tasdiqlandi;
➖
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun
qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari
ajratildi.
Shuningdek,
Prezident granti uchun
ajratilgan kvotalarning
taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti
hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining
magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari
tasdiqlandi.
Mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Batafsil keyingi xabarlarda
...
@talimationuz
— TAʼLIM DOIMO MUHIM!