
Sirtqi ta'lim
Oliy ta‘lim (sirtqi ta'lim) yangilik va e'lonlari
2025-2026-o'quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o'qishini Olmaliq davlat texnika institutiga ko'chirgan va tiklagan talabalar diqqatiga:
2025-2026-o'quv yilida Olmaliq davlat texnika institutiga o'qishini ko'chirgan, tiklagan hamda to'lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to'lov-shartnoma mablag'larining kamida 25 % ni to'lashning oxirgi muddati 31-oktabr (shu kuni ham)ga qadar, tabaqalashtirilgan to'lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan yoki o'qishini ko'chirgan talabalarga to'lov-shartnoma mablag'larini kamida 50 % ni to'lashning oxirgi muddati 31-oktabr (shu kuni ham) deb belgilangan. To'lovlarni amalga oshirmagan yuqoridagi turga kiruvchi abituriyent va talabalarga to'lovlarni amalga oshirish muddati yakunlanishiga qisqa vaqt qolganligi va mazkur to'lov muddatlarini uzytirish O'zbekiston Respublikasi ta'lim tahskilotlariga qabul qilish bo'yicha Qabul komissiyasi vakolatida ekanligini eslatib o‘tamiz!
Diqqat e'lon
‼️
2025-yil 20-oktabr kunidan Olmaliq davlat texnika istitutining sirtqi ta'lim shakli 4- bosqich talabalari uchun 7-semestr dars mashg'ulotlari boshlanadi. Hemis platformasida fanlar, fan resurslari joylangan.
Diqqat e'lon
‼️
Hurmatli talabalar chaqiruv qog'ozi olish yoki hemis login parolini unutib qo'yish kabi muammolarga duch kelsangiz
@TDTUOF_Registrator_ofisi
ga murojaat qilishlaringiz mumkin
20 ta OTMda test shaklida HEMIS
🆔
— sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan raqamli yordamchi ishga tushirildi.
🚛
HEMIS AI
— bu talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini chuqur tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi.
➡️
GPA tahlili
— o'zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
➡️
Davomat tahlili
— darslarga qatnashish darajasini baholab, kechikish sabablarini tahlil qiladi.
➡️
Dars jadvali tahlili
— mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi.
➡️
Tavsiyaviy kurslar
— talabaning qiziqishlari va o‘quv natijalariga mos tarzda
Coursera platformasidan
kurslarni tavsiya etadi
➡️
Plagiat tekshiruvi
— mustaqil ishlar, BMI hamda ilmiy ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlashga yordam beradi.
➡️
Moliyaviy holat tahlili
— shartnoma to‘lovlari, stipendiya va grantlar bo‘yicha aniq va tizimli tahlilni taqdim etadi.
➡️
HEMIS Chatbot AI
— foydalanuvchi so‘rovlarini tahlil qilib, tezkor va aniq javoblarni taqdim etadi.
HEMIS AI test sinovi shaklida quyidagi universitetlarda joriy etildi:
1. O‘zbekiston Milliy universiteti
2. "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti
3. Jizzax davlat pedagogika universiteti
4. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
6. Buxoro davlat universiteti
7. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
8. Termiz davlat universiteti
9. Xalqaro Nordik universiteti
10. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
11. Alfraganus university
12. Farg‘ona davlat universiteti
13. Qarshi davlat universiteti
14. Qo‘qon universiteti
15. Navoiy davlat pedagogika instituti
16. Samarqand davlat chet tillar instituti
17. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
18. Toshkent amaliy fanlar universiteti
19. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
20. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
#️⃣
#qonunchilik_yangiliklari
❗️
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini amaliyot o‘tashi va ishga joylashtirish tizimi raqamlashtirildi
📄
Hukumat qarori (615-son, 30.09.2025 y.) bilan:
“Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
---
🔑
Nizomga ko‘ra:
📌
Ta’lim tashkiloti har yili 1-oktyabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” (IDAK)ga kiritilgan korxonaga platforma orqali so‘rov yuboradi.
📌
Amaliyotni tashkil etish bo‘yicha shartnoma ta’lim tashkiloti va korxona o‘rtasida amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platformada rasmiylashtiriladi.
📌
Ta’lim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi.
📌
Korxonalar esa har oyning 25-sanasigacha o‘zlari uchun zarur kadrlar va vakant lavozimlar haqida ma’lumotni Dasturga kiritib boradi.
📌
Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomasi Dasturda ro‘yxatdan o‘tgan bitiruvchilar avtomatik ravishda “bandligi ta’minlangan” sifatida qayd etiladi.
🖥️
Ushbu tartib bitiruvchilarning amaliyot jarayoni va ishga joylashishini yanada shaffof va tezkor qilishga xizmat qiladi.
📢
DIQQAT! E’LON
‼️
👩🎓
👨🎓
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar!
🍂
Kuzgi qayta topshirish uchun arizalar qabul qilish muddati aniq bo‘ldi.
⚠️
Bitiruvchi kurs talabalari barchasi ariza topshirishlari shart!
---
🔹
1. Ariza topshirish tartibi:
🖥️
kontrakt.edu.uz
orqali kredit-modul qarzdor fanlarga onlayn ariza yuboriladi.
💳
Ariza tasdiqlangandan so‘ng shartnoma bo‘yicha summa bank yoki Click ilovasi (yoki boshqa ilovalar) orqali to‘lanadi.
📄
To‘lovdan keyin talaba Bosh bino 107-xonaga kelib, o‘qimoqchi bo‘lgan fanlari uchun yozma ariza topshiradi.
---
🔹
2. Muhim eslatma:
📌
Eski o‘quv yillarida topshirilgan ariza yoki to‘lovlar bo‘lsa – qayta yozma ariza topshirilishi zarur.
🚫
Yozma ariza topshirib, ammo darslarda sababsiz qatnashmagan talabalarning to‘lov summasi qaytarilmaydi.
---
📅
Arizalar qabul qilish muddati: 20-oktabrgacha
📚
O‘qish muddati: 27-oktabr – 23-noyabr (
📍
Oflayn)
‼️
20-oktabrdan keyin arizalar qabul qilinmaydi.
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, biroq 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt MIQDORLARI
‼️
Oliy ta’lim tashkilotlari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga muvofiq to‘plagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4.05 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiradi.
📌
Bunda to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan
quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
4,05 balldan yuqori abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari miqdorida.
🔒
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlarining birinchi o‘quv yili uchun kamida 50 foizi bajarilgandan so‘ng abituriyent oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
✅
Tez orada
kontrakt.edu.uz
platformasi orqali shartnomalarga ariza topshirish imkoniyati yaratiladi.
❔
Savollaringiz bo‘lsa, Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin:
+998882345256
Insoniyatni dunyoni o‘zgartirishga undovchi kuch nafsdir
Сила, которая побуждает человечество изменить мир, - это эго
The force that drives humanity to change the world is the ego.
#hayot
#dunyo
#qabul2025
#imkoniyat
❗️
Muddat uzaytirildi!
Magistratura bosqichida tahsil olayotgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish uchun 2025-yil 30-sentyabrgacha ariza topshirishlari mumkin.
📌
Davlat komissiyasi bayoniga (manba
) ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun magistraturaga qabul parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, talabalikka tavsiya etilganlar soni:
👩🎓
Asosiy qabul doirasida:
kunduzgi ta’lim – 16 286 nafar;
kechki ta’lim – 657 nafar;
masofaviy ta’lim – 335 nafar.
🎓
Qo‘shimcha imtiyoz bilan:
kunduzgi ta’lim – 987 nafar;
kechki ta’lim – 7 nafar;
masofaviy ta’lim – 4 nafar.
✅
Tanlov natijalari uch kun muddatda oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
🔔
Shuningdek, magistraturaga qabul qilingan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-o‘quv yili uchun bazaviy kontrakt to‘lovi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi uchun ariza topshirish muddati 30-sentyabrgacha uzaytirildi.