Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sirtqi ta'lim

tdtuofsirtqi
Oliy ta‘lim (sirtqi ta'lim) yangilik va e'lonlari
Subscribers
1 090
24 hours
30 days
Post views
1 955
ER
180,92%
Posts (30d)
3
Characters in post
918
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 05, 16:23

‼️
3-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari diqqatiga!
Avval xabar berganimizdek, Olmaliq davlat texnika institutida 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fanlardan qoniqarsiz baho olgan talabalarga 1 marotaba bepul qayta topshirish imkoniyati berilgan.
📌
Shu munosabat bilan 3-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun:
kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha topshiriqlarni belgilangan muddatda topshirmagan,
yakuniy nazorat turiga kirmagan (kiritilmagan),
yoki yakuniy nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho olgan talabalar
yakuniy nazoratlarni belgilangan jadval asosida qayta topshirishlari mumkin.
📍
Qayta topshirish jarayonlari 3 ta fakultetda tashkil etiladi va barcha nazorat natijalari HEMIS platformasiga kiritiladi.
⚠️
Eslatma:
Qayta topshirishga faqat quyidagi talabga javob beradigan talabalar qo‘yiladi:
dars mashg‘ulotlarida to‘liq qatnashgan,
sababsiz qoldirilgan dars soatlari fanga ajratilgan auditoriya soatlarining 25 % dan oshmagan,
HEMIS platformasida qizilga tushmagan talabalar.
📞
Qo‘shimcha savollar uchun:
+998 88 234 52 56

February 14, 15:30

📢
E’LON!
Olmaliq davlat texnika institutining 4-bosqich sirtqi ta’lim talabalari uchun dars jadvallari tayyorlandi.
📌
Talabalar dars jadvali bilan HEMIS platformasi orqali tanishishlari mumkin.

February 14, 15:14
Media unavailable
3
Show in Telegram

Har bir ota-ona o‘qishi shart!
Ba’zan farzandining ta’limi uchun bor-budini sarflagan, umrini bag‘ishlagan turk, hind va boshqa xalqlar vakillarining go‘zal namunasini ko‘rib benihoya hayajonlanamiz, ta’sirlanamiz.
Ushbu videoda Kosonda yashagani holda qizini Qarshi shahridagi karate to‘garagiga olib borgan va yillarcha ikki hudud orasida qatnashdan og‘rinmagan otaning mehnati natijasi aks etgan.
Karate bo‘yicha qizlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik birinchi qizning bu darajaga yetishi haqidagi maqola yaqinda "Yangi O‘zbekiston" gazetasida berildi.
Ayniqsa, otaning yo‘lkira topolmagach, Kosondagi uyini sotib, qizining karatedagi mashg‘uloti uchun Qarshiga ko‘chib borgani va ijarada yashagani katta jasorat, deb o‘ylayman.
Farzandga sarflangan investitsiya tez samara bermaydi. Mana bu karatechi qizning chempion bo‘lishiga ham 13 yil ketgan. Gulshan chempion bo‘lib qaytgach, Prezident sovg‘asi — BYD Song Plus avtomobili bilan taqdirlandi.

January 30, 06:55

‼️
Diqqat
Olmaliq davlat texnika institutida 2025-2026-o’quv yilidan yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fanlardan qoniqarsiz baho olgan talabalarga bir martalik bepul qayta topshirish imkoniyati berilgan. Shu munosabat bilan 5-bosqich hamda 4-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun yakunlangan kuzgi semestr natijalariga ko‘ra topshiriqlarni belgilangan muddatda topshirmagan yoki yakuniy nazorat turiga kirmagan (kiritilmagan) shuningdek, yakuniy nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talabalarga yakuniy nazoratlarni qayta topshirish muddati 2026-yilning 2-fevralidan 14-fevraliga qadar belgilandi. Bunda talabalar 2-fevraldan 7-fevralga qadar oraliq yoki joriy nazoratlarni topshirishi, 9-fevraldan 14-fevralga qadar yakuniy nazoratlarni quyidagi yakuniy nazorat jadvali asosida qayta topshirishi mumkin. (Yakuniy nazoratlar 3 ta fakultetda olib boriladi).
Izoh: Qayta topshirishga dars-mashg‘ulotlarida to‘liq qatnashgan, sababsiz qoldirgan dars soatlari fanga ajratilgan auditoriya soatlarining 25 % dan ortiq (HEMIS platformasida qizilga tushmagan) bo‘lmasligi talab etiladi.
Uzrli sabablarga ko‘ra dars-mashg‘ulotlarida qatnashmagan hamda asoslovchi hujjatlarini o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovunlariga taqdim qilgan talabalar fanlarni shaxsiy grafik asosida topshirishi uchun fakultetlar o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovunlariga murojaat qiladi.

January 16, 15:44

Diqqat e'lon
‼️
Assalomu alaykum hurmatli talabalar bahorgi qayta topshirish uchun arizalar qabul qilish muddati aniq bo'ldi(bitiruvchi kurs talabalarining barchasi ariza topshirishlari so'raladi).
1.Ariza topshirish tartibi:
kontrakt.edu.uz
sayti orqali kredit-modul uchun qarzdor fanlarga ariza yuboriladi. Ariza tasdiqlangandan keyin shartnoma orqali belgilangan summa bank orqali yoki Click ilovasi(boshqa ilovalar orqali ham) to'lov amalga oshirish mumkin. Shundan so'ng talaba Bosh bino 107-xonaga kelib o'qimoqchi bo'lgan fanlariga yozma ariza topshiradi.
2.Eski o'quv yillarida topshirilgan arizalar yoki to'lovlar mavjud bo'lsa ular ham qayta yozma ariza bilan murojaat qilishlari kerak bo'ladi.
3.Yozma ariza topshirib, lekin o'qishda sababsiz qatnashmagan talabalarning to'lov summalari saqlanib qolinmaydi.
4.
kontrakt.edu.uz
saytidan qarzdor fanlar uchun shartnoma olib, lekin 107-xonaga kelib yozma ravishda ariza yozib to‘lov qilingan fanlarni ko‘rsatib berilmasa talaba qayta o‘qish darslarida qatnasha olmaydi.
Arizalar: 1-martgacha qabul qilinadi.
O'qish muddati: 23-martdan 27-aprelgacha bo'lib o'tadi.(Oflayn)
Eslatma: Arizalar 1-martdan keyin qabul qilinmaydi.

January 12, 10:03

#bilib_oling
‼️
Talabalar diqqatiga!
⚡️
Olmaliq davlat texnika institutida 2025-yil 30-apreldagi 9-sonli Kengash qaroriga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fanlardan qoniqarsiz baho olgan talabalarga 1 marotaba bepul qayta topshirish imkoniyati yaratildi.
📌
Qayta topshirish muddatlari:
▫️
Kunduzgi va kechki ta’lim talabalari uchun — kuzgi va bahorgi semestrlar yakunlangandan so‘ng 2 hafta ichida;
▫️
Sirtqi ta’lim talabalari uchun:
kuzgi semestrdan so‘ng — keyingi semestr boshlanishiga 2 hafta qolgunga qadar;
▫️
bahorgi semestrdan so‘ng — 1 oy muddat ichida.
🔔
Muhim yangilik:
📌
2025–2026-o‘quv yilidan boshlab talabalarning kursdan-kursga o‘tishi uchun GPA ko‘rsatkichi:
▫️
barcha bakalavriat va magistratura talabalari uchun 2,4 balldan 2,6 ballga oshirildi.
📚
Talabalardan belgilangan muddatlarga qat’iy amal qilish so‘raladi.

December 21, 14:58
Media unavailable
3
Show in Telegram

December 18, 12:01

‼️
TALABALAR DIQQATIGA!
⚡️
Olmaliq davlat texnika institutida 2025-yil 30-apreldagi 9-sonli Kengash qaroriga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fanlardan qoniqarsiz baho olgan talabalarga 1 marotaba bepul qayta topshirish imkoniyati beriladi.
📌
Qayta topshirish muddatlari:
🔹
Kunduzgi va kechki ta’lim talabalari uchun:
— kuzgi va bahorgi semestrlar yakunlangandan so‘ng 2 hafta ichida;
🔹
Sirtqi ta’lim talabalari uchun:
— kuzgi semestrdan so‘ng — keyingi semestr boshlanishiga 2 hafta qolgunga qadar;
— bahorgi semestrdan so‘ng — 1 oy muddat ichida.
🔔
Muhim yangilik!
📊
2025–2026-o‘quv yilidan boshlab talabalarning kursdan-kursga o‘tishi uchun GPA talabi joriy etiladi:

Barcha bakalavriat va magistratura talabalari uchun minimal GPA — 2,6 ball.
📚
Talabalardan belgilangan muddat va talablariga qat’iy amal qilish so‘raladi.

November 20, 15:34

#talabaga_qulaylik
Konchilik ishi fakulteti dekanati
▫️
Dekan – Xasanov Obid Abdullayevich PhD
Telefon raqami: +99893 187 1500
▫️
Dekan o‘rinbosari - Alimov Shoxriddin Muxammatovich PhD
Telefon raqami: +99893 660-62-65
▫️
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari – Gaibnazarov Baxrom Abdaaliyevich PhD
Telefon raqami:+99893 617 2490
Energetika va mashinasozlik fakulteti dekanati
▫️
Dekan – Karshiboyev Sherzod Begmaxamat o'g'li PhD
Telefon raqami: +99893 660-19-00
▫️
Dekan o‘rinbosari - Fathiddinov Asliddinjon Utkir o‘g‘li PhD
Telefon raqami: +99-044-00-95
▫️
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari – Abdullayev Abdumannon Xoldorovich PhD
Telefon raqami: +99893 115 8488
Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekanati
▫️
Dekan – Mirxamitova Dilorom Xudayberdiyevna DSc, professor
Telefon raqami: +99893 569 8812
▫️
Dekan o‘rinbosari - Suyarov Jahongir Usmonqul o‘g‘li
Telefon raqami: +99833 590 91 61
▫️
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari – Xabibullayev Bexzod Abdusobir o‘g‘li
Telefon raqami: +99899 300 1535

November 11, 02:14

🎓
O‘qishdan chetlatildingizmi? Qaytish imkoningiz bor!
Hech narsa tugamagan! Agar o‘qishdan chetlatilgan bo‘lsangiz, yana talabalik safiga qaytish imkoniyatingiz bor.
📌
Qanday hollarda qaytish mumkin?
➡️
Agar rektor buyrug‘i bilan chetlatilgan bo‘lsangiz – 5 yilgacha o‘qishni tiklash huquqiga egasiz.
➡️
Agar tegishli vazirlik yoki idora qarori bilan chetlatilgan bo‘lsangiz– bu muddat 10 yilgacha uzaytiriladi.
Agarda idoralararo komissiya qarori bilan chetlatilgan bo‘lsangiz, hatto 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, o‘qishga qaytish imkoningiz saqlanib qolinadi!
📖
Bu imkoniyat 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli hukumat qarori asosida belgilangan.