
Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.
Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг
✅
Реклама бўйича мурожаат:
@analytic_22
⚡️
Professional ta'lim muassasalariga (tibbiyot texnikumlari) tanlov bo‘yicha
✅
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 28-avgustga (shu kuni ham) qadar
my.uzbmb.uz
saytida kasbiy ta’lim muassasasi (tibbiyot texnikumlar)ini tanlashlari mumkin.
👥
Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📆
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
@TEXNIKUMLAR
Bakalavr kirish imtihonida to‘plagan bali bilan tibbiyot texnikumlarini tanlash 28-avgustga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi
Joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikumlar)ga abituriyentlarni qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
🔹
Tibbiyot texnikumlariga qabul
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (tibbiyot texnikumlari)ning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkaziladi.
Bunda
my.uzbmb.uz
sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, tibbiyot texnikumlariga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.
Qabul quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
➡️
Biologiya + kimyo yoki kimyo + biologiya asosiy fan blokini tanlagan abituriyentlar — jami to‘plagan ballar bo‘yicha.
➡️
Asosiy fanlar blokida biologiya yoki kimyo bo‘lmagan abituriyentlar — majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha to‘plagan ballari asosida mutaxassisliklarni tanlashi mumkin.
Tibbiyot texnikumlarini tanlash
my.uzbmb.uz
saytida 28-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
🔸
Boshqa texnikumlarga qabul
Tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul
my.edu.uz
platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Saralash imtihonlari kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun yozma imtihon shaklida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
@TEXNIKUMLAR
❗️
Академик лицейларга кириш тест натижалари тайёр(мандат)
2025/2026-ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари тасарруфидаги академик лицейларга кириш имтиҳонларининг ЯКУНИЙ НАТИЖАЛАРИ (мандат) эълон қилинди.
Якуний натижаларни вазирликнинг
my.edu.uz
расмий веб-сайтидан “Шахсий кабинет”га кириш орқали билиш мумкин.
Эслатма: Ўқувчи тўплаган бали асосида устуворлик бўйича танлаган академик лицейга ўқишга қабул қилинади.
@TEXNIKUMLAR
#Диққат
‼️
Техникумларга ҳужжат топшириш муддати 10 августгача узайтирилди.
2025 йилда умумий ўрта таълимни (9-синф) тамомлаган битирувчилар 519 та техникумдан бирида ўқиш учун
my.edu.uz
платформаси орқали 10 августгача (шу куни ҳам) онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин.
Қабул давлат гранти асосида кундузги ёки дуал таълим шаклида амалга оширилади.
Шунингдек, 14 та техникумдаги халқаро таълим дастурларига ҳам грант асосида қабул очиқ. Ҳужжатлар —
my.edu.uz
орқали онлайн топширилади.
@TEXNIKUMLAR
Bugun texnikum bitiruvchilarining OTMga maxsus qabulining so‘nggi kuni
➥
Batafsil:
xabardor.uz/36173
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
📌
📌
📌
DIQQAT!!!
📌
📌
📌
🏥
Assalomu alekum
😊
Texnikumni imtiyozli bitirgan va OTM ga suhbatga topshirmoqchi boʻlgan talabalar
👨🏫
🧑🏫
Bizni 4 ta aynan bilet savollariga yoʻnaltirilgan kitobimiz allaqachon tayyor.
1- KITOB (FARMON, QAROR, STRAREGIYALAR)
2 VA 3- KITOB (PSIXIOLOGIK SAVOLLAR)
4-KOTOB (YOʻNALISHGA IXTISOSLASHTIRILGAN)
✅
Bu kitobda tushish ehtimoli yuqori boʻlgan savollar va ularga javoblar.
✅
Suhbat jarayonida kerak boʻladigan texnikalar.
✅
Alohida yoʻnalishlarga moslangan xolatda keltirilgan.
Kitob xaqida toʻliqroq malumot bilish uchun kanalimizga ulaning!
💯
% ishonchli agar yoqmasa pulingiz qaytariladi
😊
Bizning kanal
👉
https://t.me/otmsuhbatgatayyorlov
Sotib olmoqchi boʻlsangiz...
👇
👇
👇
@PATHOLOGIST_N1
ga murojat qling!!!
#natija_2025
BIRINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
📆
2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅
Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣
my.uzbmb.uz
saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣
mandat.uzbmb.uz
sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣
Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉
@bmba_natija_bot
👉
@bmba_natija_1bot
👉
@bmba_natija_2bot
4️⃣
SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
@TEXNIKUMLAR
Тест синови ўтказиладиган бинолар рўйхати тасдиқланди
Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг расмий сайтига 2025-2026 ўқув йилида
олий ва профессионал таълим муассасаларига ўқишга кириш тест синови
ўтказиладиган бинолар бўйича маълумотлар жойлаштирилди.
Ҳавола:
https://uzbmb.uz/page/test_2025
@TEXNIKUMLAR
⚡️
SAVOL: Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?
✅
JAVOB: Amaldagi Nizomga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (
my.edu.uz
orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.
Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.
Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
@TEXNIKUMLAR
Абитуриентларга рухсатномаларни бериш бошланди
2025-2026 ўқув йилида олий ва профессионал таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга “Абитуриент рухсатномаси”ни бериш бошланди.
Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун “Абитуриент рухсатномаси”ни
my.uzbmb.uz
сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин.
Абитуриентлар тест синовига паспорт (ID-карта) ва абитуриент рухсатномаси билан белгиланган вақтдан кечикмаган ҳолда келишлари лозим.
❗️
Паспорт нусхаси ёки бошқа ҳужжатлар билан келган, шунингдек, кечикиб келган абитуриентлар тест синовларига киритилмайди.
@TEXNIKUMLAR