Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

texnikumlar
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси. Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг ✅ Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
Subscribers
2 189
24 hours
-2
30 days
-79
Post views
4 966
ER
226,86%
Posts (30d)
1
Characters in post
513
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 03, 14:39

https://www.instagram.com/reel/Dd_wtJ9Ika0/?stkn=MWh0YzJ1bHFwbnUzOQ==

September 24, 14:40

https://www.instagram.com/reel/DdrEWmIIfml/?stkn=YXFubW4xcmJvcWkz

September 23, 13:58

Xususiy texnikumlarga ham davlat granti beriladi
Texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Xususiy texnikumlarga ham kasbga o’qitish bo’yicha davlat granti beriladi.
Xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 mln so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 mln so‘mdan mukofot oladi.
@TEXNIKUMLAR

August 17, 14:20

⚡️
Texnikumlarga qabul 25-avgustgacha davom etadi
👥
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-avgustga qadar
my.uzbmb.uz
saytida kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
👨‍💻
Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📝
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
@TEXNIKUMLAR

July 05, 07:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Техникум битирувчиларини ОТМларга 2-босқичдан суҳбат асосида қабул қилиш бошланди
5 июлдан бошлаб техникумларни муваффақиятли тамомлаган битирувчиларни олий таълим ташкилотларининг бакалавриат таълим йўналишларига суҳбат асосида 2-босқичдан ўқишга қабул қилиш жараёни бошланди.
@TEXNIKUMLAR

June 23, 07:58

🖥
Texnikumga qanday hujjat topshiriladi?
◼️
Texnikum uchun ham OTM bilan bir paytda hujjat topshiriladi. Bunda qabul oliy ta'lim qabuli bilan birga, "avval test, so'ng tanlov" tamoyili asosida amalga oshiriladi.
🔹
Abituriyentlar dastlab
my.uzbmb.uz
platformasida ro'yxatdan o'tib, fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududini tanlaydi.
🔹
Texnikumlarda o'qishni istaganlar texnikum, kasb-mutaxassislik va ta'lim shaklini OTMlarga qabulning yakuniy natijalari e'lon qilingach, 10 kun ichida tanlaydi.
🔹
Tasdiqlangan qabul parametrlariga nisbatan to'lmay qolgan bo'sh o'rinlarga qo'shimcha qabul Kasbiy ta'lim agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
@TEXNIKUMLAR

June 19, 16:21

⚡️
Texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlari tasdiqlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun
texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan
o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga
kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Bunda oʻqishga qabul qilish
toʻlov-kontrakt asosida
amalga oshiriladi.
@
TEXNIKUMLAR

June 09, 08:44

Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari diqqatiga!
2026-yil 3-8-iyun kunlari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun o‘tkazilgan attestatsiya yakunlandi va natijalar shu kunning o‘zida ishtirokchilarga e’lon qilindi.
📌
Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan ishlab chiqarish ta’limi ustalari 2026-yil 18-iyun sanasi yakuniga qadar Kasbiy ta’lim agentligida tashkil etilgan Apellyatsiya komissiyasiga ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha bevosita yoki pedapellatsiya@edu.uz rasmiy elektron pochtasiga onlayn murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating
@TEXNIKUMLAR

February 12, 05:41

⚡️
⚡️
Техникум ўқитувчилари ва ходимларига 200 фоизгача устама тўланиши белгиланди
Ҳукумат қарори (ВМҚ-51, 11.02.2026 й.) билан халқаро таълим дастурлари жорий этилган техникум ходимлари меҳнатига ҳақ тўлашнинг янги тартиби тасдиқланди.
Қарорга кўра:
➖
100 фоизлик устама: Халқаро дастурларга жалб қилинган директор, бош бухгалтер, ўқитувчи ва усталарга ҳар ойлик мажбурий устама берилади.
➖
Рағбатлантириш жамғармаси: Меҳнатга ҳақ тўлаш фондининг 50 фоизи миқдорида махсус жамғарма ташкил этилади.
➖
Натижага қараб мукофот: Юқори рейтинг балли тўплаган педагоглар базавий ставкасига нисбатан 200 фоизгача қўшимча рағбатлантирилади.
@TEXNIKUMLAR

December 26, 07:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi.
“Mening niyatim –
yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin.
Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan
texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz
”
,
– dedi Prezidentimiz.
Buning uchun 2026-yildan boshlab
har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib,
texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi.
Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari
joriy qilingan
texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi.
2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda
Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi”
faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari
hududdagi boshqa
texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi
sifatida faoliyat yuritsa,
“Kasblar shaharchasi”
maktab o‘quvchilarini
qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga
xizmat qiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X