Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

QDTU Irrigatsiya muhandisligi fakulteti

tiiamekb_uz

🏬
QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
☎️
Murojaat uchun:+998-99-878-34-22
🏫
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod shoh ko‘chasi 19-uy
📬
Pochta indeksi: 180100

Subscribers
1 850
Post views
772
ER
43,16%
Posts
11 293
October 27, 03:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Diqqat_zakovat
Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi munosabati bilan Qarshi davlat texnika universitetida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha “Kasaba uyushma qoʻmitasi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Ushbu bellashuvda barcha fakultetlardan
2 tadan
va f
aqat bakalavriat bosqichi bilimdon talabalaridan tuzilgan jamoalar
ishtirok etadi.
Oʻyin 2025-yil
4-noyabr
kuni
soat 15:00 da
universitet bosh binosida
boshlanadi.
Darvoqe, savollar asosan kasaba uyushma qoʻmitasi faoliyatiga doir boʻladi.
Musobaqa
👉
nizomi.
Barchangizni bilimdonlar bahsi tomoshasiga taklif qilamiz!

October 26, 13:08
Media unavailable
7
Show in Telegram

#Kelajak_soati
Ushbu haftada Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” mavzusida “Maʼrifat darsi” oʻtildi.
“Kelajak soati” ruknida tashkil etilayotgan mazkur darslarda
milliy davlatchiligimiz va qadriyatlarimiz, xalqimiz tarixi va buguni
xususida soʻz yuritiladi.
Navbatdagi dars davomida fakultet dekani
Dilshod Quvvatov
oʻzbek tili tarixi, unga
davlat tili maqomi berilishining tarixiy ahamiyati
xususida talabalarga batafsil maʼlumot berdi.

October 25, 15:38
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Futbol_taym
Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi munosabati bilan Qarshi davlat texnika universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qoʻmitasi sovrini uchun oʻtkazilgan mini futbol bellashuvidan foto-lavhalar.

October 24, 03:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇩🇪
WOR
K AND TRAVEL - GERMANIYADA!
🇺🇿
HURMATLI TALABALAR!
🌍
Germaniyada
3 oy davomida
ishlab chiqarish korxonalari va qishloq xo‘jaligi sohasida
haq to‘lanadigan amaliyotda
ishtirok etish,
xorijiy tajriba orttirish
va
til o‘rganish imkoniyatini
qo‘ldan boy bermang!
💼
Dastur haqida:

Davomiyligi:
3 oy

Soha:
qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
👤
Kimlar uchun:

Yosh oralig‘i:
18 – 35 yosh
• Faol, mehnatsevar va yangi tajribaga intiluvchan
talabalar
uchun
📄
Kerakli hujjatlar:
• Pasport nusxasi
• 3x4 rasm
📝
Ro‘yxatdan o‘ting:
👉
[So‘rovnomani to‘ldiring]
Shoshiling, joylar soni cheklangan
❗️
🇩🇪
Amaliyot + Tajriba + Sayohat — barchasi bitta dasturda!

October 23, 11:00
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Jarayon
#Dayjest
Bugun sirtqi taʼlim gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari taʼlim yoʻnalishi 5-bosqich talabalari hamda magistratura mutaxassisligi 1- va 2-bosqich talabalarining sayyor oʻquv mashgʻulotlari Koson tumanida olib borildi.
Universitet hamda Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida ariq va kanallar suvini oʻlchash boʻyicha talabalarga keng tushuncha berildi.
“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari” kafedrasi professor-oʻqituvchilari N.Sarmonov, S.Jonqobilov, M.Roʻziyev, viloyat bosh gidrometri A.Azimov va mutaxassislar tomonidan mahorat darsi oʻtildi.
* * *
"Axborot tizimlari va texnologiyalari" kafedrasi dotsenti Akmal Shukurov tomonidan “Grafik modellashtirish. Loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni grafik imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida ochiq dars o‘tildi.
Ochiq darsda fakultet dekani va kafedra mudirlari ishtirok etdilar. Akmal Shukurov mavzu yuzasidan talabalar keng maʼlumot berdi.

October 23, 07:01
Media unavailable
8
Show in Telegram

#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Rektor_kubogi
Bugun universitet birinchiligi uchun oʻtkazilayotgan “Rektor kubogi” musobaqalari yakunlandi.
Soʻnggi –
stol tennisi boʻyicha bellashuvlar
ham qiziqarli kechdi. Kichik raketka ustalari bor mahoratlarini ishga solib, gʻoliblikka intildilar.
Epchillar va mohirlargina medalli boʻlishdi
.
Gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing.
Yigitlar oʻrtasida:
1-oʻrin:
Muhammadyusuf Toshtemirov
(Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
2-oʻrin:
Muhammadamin Baxtiyorov
(Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
3-oʻrin:
Bekzod Aliboyev
(Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
Qizlar bahsida:
1-oʻrin:
Munis Toshpoʻlatova
(Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
2-oʻrin:
Nozima Rustamova
(Energetika muhandisligi fakulteti).
3-oʻrin:
Dildora Hamdamova
(Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
B
osh sovrin – rektor kubogi Irrigatsiya muhandisligi fakulteti talabalariga nasib qildi.

October 23, 04:31
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
Irrigatsiya muhandisligi fakultetida Janubiy Koreyaning Nambu universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Dastlab
janob Gu Min
boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari fakultet dekani
Dilshod Quvvatov
va
professor-oʻqituvchilar
bilan muloqot olib bordilar. Unda har
ikki oliygoh uchun manfaatli hamkorlik shartlari muhokama qilindi
.
Oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish
kabi masalalar muhokama qilindi.
Koreyalik mutaxassislar bir guruh yoshlar bilan uchrashib,
Nambu universiteti, oʻqitish tizimi, imtiyozlar va imkoniyatlar
haqida batafsil maʼlumot berdilar. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

October 22, 05:44
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

#Til_bayrami
#Kitobxonlik
Irrigatsiya muhandisligi fakultetida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori
Abror Murtazayev,
boʻlim boshliqlari
,
professor-oʻqituvchilar
,
tyutorlar
va
talabalar
ishtirok etdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida universitet axborot-resurs markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan
“Eng faol kitobxon talaba” tanlovining
dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Kitobxonlar bellashuvida talabalar
oʻzlari sevib oʻqigan asar syujeti, gʻoyasi, badiiy oʻziga xosligi haqida
taassurotlarini soʻzlab berdilar.
Yakunda
Dilnoza Zulfiqorova
hamda
Ogʼabek Rasulov
gʻolib va sovrindor sifatida
keyingi bosqichda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar
.

October 22, 04:02
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Rektor_kubogi
Bu gal ham Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti talabalari voleybol boʻyicha rektor kubogini qoʻlga kiritishdi.
Voliybol musobaqasining har bir uchrashuvi, bahsi oʻzining qiziqarliligi, jozibasi, shiddati bilan yodda qoldi. Ayniqsa, final teng kurashlar ostida oʻtdi. Garchi “shahrisabzliklar” 2:0 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsalar-da, yutuqqa erishish ular uchun oson kechmadi.
Xullas, voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Rektor kubogi” turnirida yakuniy natija quyidagicha koʻrinish oldi:
1-oʻrin:
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti.
2-oʻrin:
Irrigatsiya muhandisligi fakulteti.
3-oʻrin:
Transport va qurilish muhandisligi fakulteti.
Gʻolib va sovrindorlarni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz!
“Rektor kubogi” bellashuvlari davom etadi. Ertaga stol tennisi boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

October 20, 11:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

#Jarayon
Kuni kecha universitetimiz talabalari ishtirokida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi asosida ommaviy diktant tadbiri oʻtkazilgani haqida
xabar bergan edik.
Bugun ushbu tadbir gʻoliblari nomi maʼlum boʻldi.
1-oʻrin:
Gulnoza Xolmirzayeva
(Irrigatsiya muhandisligi fakulteti talabasi).
2-oʻrin:
Sabrina Roʼziqulova
(Transport va qurilish muhandisligi fakulteti talabasi).
3-oʻrin:
Shahnoza Saydullayeva
(Transport va qurilish muhandisligi fakulteti talabasi).
Gʻolib talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz!