Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

QDTU Irrigatsiya muhandisligi fakulteti

tiiamekb_uz
QDTU Irrigatsiya muhandisligi fakulteti 🏫 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod shoh ko‘chasi 19-uy
Подписчики
1 523
24 часа
-1
30 дней
-34
Просмотры
274
ER
17,99%
Посты (30д)
59
Символов в посте
778
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 16:19
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Irrigatsiya muhandisligi fakultetida   faoliyat yuritayotgan tyutorlar oʻrtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovini oʻtkazildi. Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 10-dekabrdagi 501-son buyrugʻining 3-ilovasiga asosan tashkil etildi.
Hakamlar hayʼatining xulosasiga ko'ra, fakultet bosqichida quyidagi tyutorlar eng yuqori natijalarni qo'lga kiritdi:
🥇
“Eng faol targ'ibotchi tyutor” nominatsiyasida:
Jurayev Otabek Sattorovich
📚
“Eng faol kitobxon tyutor” nominatsiyasida:
Azizov Shaxboz Latifovich
💡
“Eng faol tashabbuskor tyutor” nominatsiyasida: Xudoyorov Nizomjon Maxmiyevich

October 27, 16:17
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Qarshi davlat texnika universiteti Irrigatsiya muhandisligi fakulteti tyutorilari Sh. Shonazarov, N. Xudoyorov boshchiligida talabalar Qarshi tumanida joylashgan Abul Muin an-Nasafiy majmuasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar majmuaning tarixiy ahamiyati, buyuk allomaning ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarning tarixiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

October 27, 08:21

QDTU Irrigatsiya muhandisligi fakulteti
pinned «
📢
#E’LON
🧠
#Zakovat Assalomu alaykum, hurmatli bilimga chanqoq talabalar! Sizlarni Irrigatsiya muhandisligi fakultetida bo‘lib o‘tadigan “Zakovat” intellektual o‘yiniga taklif etamiz.
📅
Sana: 28-oktabr
⏰
Vaqt: 15:00
📍
Manzil: Kutubxona
🔥
Zakovat o‘yini…
»

October 27, 08:21

📢
#E
’LON
🧠
#Zakovat
Assalomu alaykum, hurmatli bilimga chanqoq talabalar!
Sizlarni Irrigatsiya muhandisligi fakultetida bo‘lib o‘tadigan “Zakovat” intellektual o‘yiniga taklif etamiz.
📅
Sana: 28-oktabr
⏰
Vaqt: 15:00
📍
Manzil: Kutubxona
🔥
Zakovat o‘yini davomida siz o‘z bilimingizni sinab ko‘rish, jamoa bilan ishlash va yangi bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
🏆
Eng kuchli jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
📩
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉
@temirova_006
Barchangizni intellektual bahslarga boy ushbu o‘yinda kutib qolamiz!

October 26, 04:15
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish hamda stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida tushuncha berish maqsadida Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Bilim, izlanish va muvaffaqiyat — stipendiyalar sari yo‘l” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida “Ishga marhamat” monomarkazi xodimi Boboqulov Zovqiddin, fakultet tyutorlari hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar. Talabalar bilan suhbat o‘tkazib, stipendiyalarga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar, o‘z ustida muntazam ishlash hamda belgilangan maqsadlar sari intilish haqida atroflicha tushunchalar berdi.
Shuningdek, talabalarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, bilim va salohiyatni oshirish, turli tanlov va loyihalarda faol ishtirok etish hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun bugundan harakat qilish muhimligi ta’kidlandi, ularni yangi marralar sari ruhlantirish va stipendiyalarni qo‘lga kiritish yo‘lida izlanishga undashga xizmat qiladi.

October 25, 17:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Diqqat_tanlov
🌱
QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI DIQQATIGA!
🌴
Talabalar oʻrtasida bir necha yoʻnalishlarda ekologik tanlovlarning universitet bosqichi oʻtkaziladi.
🌟
Siz oʻz iqtidoringizni quyidagi tanlovlar orqali namoyon etishingiz mumkin:
* “Ekologiya bilimdoni”;
* “Ekologik madaniyat targʻibotchisi”;
* “Eng faol ekovolontyor”;
* “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi”.
📅
Tanlov sanasi:
2026-yil
3-noyabr.
📝
Tanlovda ishtirok etish istagidagi
talabgorlar hujjatlarini
2026-yil
29-oktabrga
qadar
topshirishlari lozim.
🏢
Hujjatlarni qabul qilish manzili:
Irrigatsiya muhandisligi fakulteti binosi, 4A-112-xona.
🔺
Masʼul:
Oʻ.Joʻrayeva.
📞
Murojaat uchun telefon:
+998 88-056-90-95.
📱
Tanlov oʻtkaziladigan manzil:
Qarshi davlat texnika universiteti Irrigatsiya muhandisligi fakulteti ARM zali.
Tanlov
👉
nizomi
‼️
Barcha talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

October 25, 10:38
Файлы недоступны
9
3
Открыть в Telegram

#Beş_taşabbus_olimpiadasi
#Rektor_kubogi
Futbolni bejizga millionlar öyini deyişmaydi. Uni sevganlar va u bilan maşğul bölganlar uçun bu sport turining özgaça jozibasi bor.
Neft-gaz va geologiya fakulteti
yaşil maydonlarida keçgan mini futbol bahslari ham tomoşabinlarga zavq-şavq hadya etdi. Sababi har bir uçraşuv
qizğin kuraşlarga boy böldi
. Yakunda esa...
Maydon egalari
“neft-gaz”çilarga 3-örin
nasib etdi.
Energetika muhandisligi fakulteti
jamoasi esa turnirni
2-örin
bilan yakunladi.
Irrigatsiya muhandisligi fakulteti
futbolçilari
“Beş taşabbus olimpiadasi
” sport musobaqalarining
universitet bosqiçi ğolibi bölişdi
. Ularga boş sovrin –
rektor kubogi
topşirildi.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

October 24, 16:44
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Prezident_topshirigʻi
Universitetimiz rahbariyatining Qarshi shahridagi “FM World” korxonasi masʼullari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuv Prezidentimizning kuni kecha viloyatimizga tashrifi chogʻida belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbari Xitoyning “FM WORLD” qoʻshma korxonasining “Nasaf” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi mashinalari zavodida universitetimizning Agrotexnologiyalar muhandisligi fakultetini tashkil etish va 300 nafar talaba uchun dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish haqida alohida koʻrsatma berdi.
Bugun ana shu hamkorlikning yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq muhim masalalar muhokama qilindi. Amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsadlar, rejalar, vazifalar belgilab olindi. Dual taʼlimni tashkil etish yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.
Korxona masʼullari Irrigatsiya muhandisligi fakultetida hamda “Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” (fab-lab)da boʻlib, shart-sharoitlar tanishdilar hamda universitet salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

October 22, 17:18
Файлы недоступны
6
3
Открыть в Telegram

#Qadriyat
Talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va talabalar örtasida döstlik hamda hamjihatlikni mustahkamlaş maqsadida Irrigatsiya muhandisligi fakultetida oş çempionati taşkil etildi.
Uşbu çempionat davomida talabalar özlarining oşpazlik mahoratlarini namoyiş etib, milliy taomimiz – özbek oşini tayyorlaş böyiça özaro bellaşadilar. Bellaşuv nafaqat pazandalik mahorati, balki jamoaviy hamkorlik, ijodkorlik va özaro ahillikni ham namoyon etiş uçun ajoyib imkoniyat böldi.
Hakamlar hayʼatining qaroriga köra, ğolib va sovrindorlar aniqlandi:
1-örin: “QXT” kafedrasi talabalari.
2-örin: “QXM” kafedrasi talabalari.
3- örin: “M va YK” kafedrasi talabalari.
Tadbir davomida kötarinki kayfiyat, samimiy muhit va unutilmas taassurotlar hukm suradi. Eng mazali oş tayyorlagan iştirokçilar esa munosib taqdirlanadilar!
Milliy qadriyatlarimiz – faxrimiz, döstlik va hamjihatlik – kuçimiz!
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

October 21, 05:24
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

#Xushxabar
Qarshi davlat texnika universiteti talabalari – Para Osiyo oʻyinlari chempioni va sovrindori!
Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo oʻyinlarida para dzyudo boʻyicha erkaklar oʻrtasida J2 klassining -95 kilogramm vazn toifasida
Dovurxon Karomatov
oltin medal
ga sazovor boʻldi.
Universitetning yana bir talabasi
Mohinur Parmonova
para dzyudo boʻyicha ayollar oʻrtasida J2 klassining +70 kilogramm vazn toifasida
kumush medal
sohibasiga aylandi.
Talabalarimizni ushbu yuksak natijalari, muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️