
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Murojaat uchun telefonlar:
📞
+998 55 452-77-77 / 95-412-07-07
Sayt:
www.tues.uz
Rektorga murojaat:
@TISU_rektor_bot
🎉
TISUda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o’tkazilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yozgi ta’til davrida talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda turli sohalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi.
📌
Loyiha doirasida o‘tkazilgan tanlovlar talabalarning san’at, madaniyat, texnologiya, axborot xavfsizligi va kitobxonlik kabi yo‘nalishlardagi bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga, eng faol yoshlarni aniqlashga xizmat qildi.
▶️
Bugun g‘oliblar ishtirokida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblari e’lon qilindi:
➡️
“Yurtim jamoli” – Tasviriy san’at ko‘rik-tanlovi
;
➡️
“Aktyor talaba” – videoroliklar tanlovi
;
➡️
“Yosh iste’dodlar” – estrada va xalq qo‘shiqlari tanlovi
;
➡️
“Yosh kitobxon talaba” tanlovi
;
➡️
“IT-startap va dasturlash loyihalari” tanlovi
;
➡️
“Kiberxavfsizlik — yoshlar nigohida” videoroliklar tanlovi
;
🎉
Tanlov g‘oliblari universitet tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoirlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, savodxonlik darajasini oshirish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida
“Ma’rifat ulashib”
loyihasi doirasida taniqli shoirlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
✔️
Tadbirda
O‘zbekiston xalq shoiri, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mahmud Toir
, shoirlar
Zohidjon Xolov
va
Ne’mat Dushayev
mehmon sifatida ishtirok etdilar. Ijodkorlar universitet talabalari bilan samimiy muloqot o‘tkazib, o‘z hayotiy tajribalari, ijodiy izlanishlari hamda adabiyotning inson ma’naviy olamini boyitishdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritdilar.
🖥
Uchrashuv davomida mehmonlar mamlakatimizda ta’lim va ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, badiiy va ilmiy ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab o‘tishdi. Shu bilan birga, bu yo‘nalishlarning bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini alohida ta’kidladilar.
Ijodkorlar o‘z asarlarining mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazarkan, yoshlarni ilmga, ma’rifatga, kitob o‘qishga, ijodiy izlanishga va ona Vatanga sadoqatli bo‘lishga chorladilar. Tadbir davomida shoirlar o‘zlarining mashhur she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar, talabalarning savollariga javob berishdi hamda ularning ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatladilar.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook
📍
TISUda rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida
talabalarning muammolarini hal etish, taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida
rektor va yoshlar uchrashuvi
tashkil etildi.
📌
Tadbirda
universitet rektori A. Absamatov, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar
ishtirok etdilar.
➡️
Batafsil
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook
📣
E’LON!
🗓
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilgan kun munosabati bilan
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida
“Ommaviy diktant”
aksiyasi o‘tkaziladi!
🕙
Sana va o
‘
tkazilish vaqti:
16-oktabr, soat 10:00
🏫
Joy: 705-xona
✔️
Ushbu aksiya talabalarning savodxonligini oshirish va bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilmoqda.
🔔
Diktantlar o‘sha kunning o‘zida tekshirilib, g‘oliblar aniqlanadi va munosib taqdirlanadi.
📌
Barcha talabalarni faol ishtirok etishga taklif etamiz!
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook
#iqtibos
✔️
Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmas.
✏️
Mahmud az-Zamahshariy
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook
📣
E’LON!
🗓
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan
kun munosabati bilan
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
"Til - millat ko’zgusi"
mavzusida
ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi!
✍️
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
✔️
She’r;
✔️
Hikoya;
✔️
Maqola;
✔️
Monolog;
📥
Ijodiy ishlarni 2025-yil 20-oktabr
sanasigacha quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:
🔗
Ro‘ziboy Tangirov
🏆
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🎉
Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
📚
Barcha ijodkor talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook
🎮
E’LON!
⚡️
TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETINING RASMIY KIBERSPORT JAMOASI SHAKLLANTIRILMOQDA!
❗️
Hurmatli talabalar!
Kibersport jamoasiga ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar 2025-yil 15-oktabr kuni soat 14:00 da universitet asosiy binosida joylashgan 111-xonaga kelishlari so‘raladi.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook
🌍
XALQARO TALABALAR SIMPOZIUMI: “DUNYO 2050-YILDA”
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Dunyo 2050-yilda” mavzusidagi xalqaro talabalar simpoziumiga mezbonlik qilmoqda
!
Ushbu nufuzli tadbir dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyuradigan yosh izlanuvchanlar, tadqiqotchilar va talabalarning global kelajakni shakllantirishga oid fikrlarini jamlaydi.
🌐
Simpoziumning maqsadi:
Tobora o‘zaro bog‘lanib borayotgan va murakkab tus olayotgan dunyoda, bu simpozium ilg‘or fikrlaydigan yoshlar uchun global muammolar va kelajakdagi imkoniyatlarni tahlil qilish, ilmiy g‘oyalar almashish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun noyob maydon yaratadi.
🧭
Asosiy yo‘nalishlar (Sho’balar):
💎
Texnologiya va innovatsiyalar:
Biz xohlagan kelajakni yaratish;
💎
Atrof-muhit va barqarorlik:
Ertangi kunni barpo etish;
💎
Sun’iy intellekt
: (AI)ga asoslangan dunyoda ta’lim va bandlik;
💎
Salomatlik va jamiyat:
Kelajakka g‘amxo‘rlik;
💎
Turizm:
Sayohat va madaniyatlar almashinuvi kelajakda;
🗓
O‘tkazilish sanasi: 21–22 noyabr, 2025-yil
📍
Manzil: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
🕐
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati:
1-noyabr, 2025-yil
❓
Kimlar qatnashishi mumkin:
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, yosh tadqiqotchilar, innovatorlar hamda global muammolarni yechishga qiziquvchi barcha faol yoshlar.
🔽
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
🔽
➡️
HAVOLA
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📍
Universitet asosiy binosida joylashgan Xalqaro aloqalar bo‘limi 421-xona
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook
Bugun 14-oktabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏
Butunjahon kariyessiz kelajak uchun kuni.
🌏
Butunjahon standartlash kuni.
🇿🇲
Belorussiya – Onalar kuni.
🇨🇬
Kongo – Yoshlik kuni.
#muhim_voqealar
🔹
1884 – Jorj Eastman fotoplyonkani patentladi.
🔹
1900 – Zigmund Freydning mashhur “Tushlar ta’biri” kitobi nashr etildi.
🔹
1972 – Bernardo Bertoluchchining “Parijdagi so‘nggi tango” filmi Nyu-York kinofestivalida namoyish etildi.
🔹
1994 – Shotlandiyalik Fiona Kempbell Yer sayyorasini piyoda bosib o‘tgan birinchi ayol bo‘ldi.
🔹
2003 – Xitoy “Chenzhou” kosmik kemasini fazoga uchirdi.
#tavalludlar
🔹
1542 – Akbar Jaloliddin Muhammad – Boburiylar saltanatining hukmdori, Boburning nabirasi, Humoyunning o‘g‘li.
🔹
1893 – Ip Man – Xitoy jang san’ati ustasi, Bryus Lining ustozi.
🔹
1936 – Po‘lat Habibullayev – fizik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.
🔹
1955 – Kozim Qayumov – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹
1981 – Shabnam Surayyo – tojik estrada yulduzi.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram
l
Telegram
l
Website
l
You Tube
|
Facebook