Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

tisu_2022
Murojaat uchun telefonlar: 📞 +998 55 452-77-77 / 95-412-07-07 Sayt: www.tues.uz Rektorga murojaat: @TISU_rektor_bot
Подписчики
53 700
24 часа
-800
30 дней
2 500
Просмотры
3 223
ER
8,2%
Посты (30д)
345
Символов в посте
1 414
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Социальные сети и сообщества
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 26, 08:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

▶️
XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
🎤
"ZAMONAVIY TA'LIMDA SUN'IY INTELLEKTNI QO'LLASHNING ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI"
❗️
Hurmatli olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar va talabalar!
🇺🇿
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti sizni zamonaviy ta'lim tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarining o'rni, imkoniyatlari va dolzarb muammolariga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etadi.
🗓
Sana:
2026-yil
22–23-may
kunlari
📍
Manzil:
Termiz shahri, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
📌
Anjumanning asosiy yo'nalishlari:
🌐
Ta'lim sohasida sun'iy intellektning qo'llanilishi;
🧠
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamlashtirish;
📚
Innovatsion yondashuvlar va metodikalar;
📈
Iqtisodiyot va servisda AI yechimlari;
🤝
Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi;
🌍
Ilm-fan va ta'limning integratsiyasi.

Anjuman doirasida mamlakatimiz va xorijdan taklif etilgan yetakchi olimlar, ekspertlar va amaliyotchilar ishtirokida plenar va seksiya majlislari, ilmiy munozaralar, master-klasslar va taqdimotlar tashkil etiladi.
📝
Ishtirok etish va maqola yuborish uchun belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishib, o'z vaqtida ro'yxatdan o'tishingizni so'raymiz.
🔗
Bog'lanish uchun:
+99891 588 72 00 Gulnoza Turayeva
✏️
Ro'yxatdan o'tish uchun:
@GuliTurayeva
🔗
Batafsil ma'lumot:
HAVOLADA
💥
Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang
– anjumanda kutamiz!
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/
🚀
Telegram/
🌐
Website/
📱
You Tube
/
🔵
Facebook

April 26, 06:20
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Talaba va bitiruvchilarning ishga joylashishga ko’maklashuvchi yangi raqamli ekotizim —
career.edu.uz
ishga tushirildi.
♻️
Ish beruvchilar uchun qulay yechimlar:
🟢
AI asosida vakansiyaga mos nomzodlarni topish
🟢
Vakansiyalarni tez va oson joylashtirish
🟢
Frilans xizmatlaridan foydalanish
🎓
Talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar:
🟢
Bir necha daqiqada professional rezyume yaratish
🟢
Frilans xizmatini taklif etish
🟢
Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirish
🟢
“AI HR menejer” bilan interaktiv suhbatlar
career.edu.uz
— talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan eng qulay manzil!
📲
Ilovani yuklab olish
Android
|
IOS
— — —
Запущена
career.edu.uz
— новая цифровая экосистема для содействия в трудоустройстве студентов и выпускников.
🏢
Удобные решения для работодателей:
🟢
Подбор подходящих кандидатов с помощью искусственного интеллекта (ИИ)
🟢
Быстрая и удобная публикация вакансий
🟢
Привлечение фрилансеров для выполнения задач
🎓
Новые возможности для студентов и выпускников:
🟢
Создание профессионального резюме всего за несколько минут
🟢
Предоставление фриланс-услуг
🟢
Онлайн-отклик на открытые вакансии
🟢
Прохождение интерактивных собеседований с AI HR-менеджером
career.edu.uz
— самая удобная площадка, где встречаются студенты и работодатели!
📲
Скачать приложение
Android
|
IOS
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 26, 03:50
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni
🗓
1970-yilning 26-aprelida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (WIPO)
Konventsiyasi kuchga kirdi. Aynan shu sanani xotirlash uchun 2000-yildan boshlab har yili 26-aprel Xalqaro Intellektual Mulk kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.
🧠
Xo'sh, intellektual mulk aslida nima?
Oddiy qilib aytganda — bu inson aqlining mahsuli. Ya'ni siz yaratgan, o'ylab topgan, ixtiro qilgan narsa — u shakli bor bo'lsin (kitob, rasm, mashina) yoki bo'lmasin (formulalar, g'oyalar, brendlar) — sizning mulkingizdir.
🔂
Intellektual mulkning asosan to'rtta oilasi bor:
✔️
Mualliflik huquqi (Copyright)
Kitoblar, musiqa, filmlar, kompyuter dasturlari, rasmlar. Yozuvchi Cho'lponning she'rlari, Elvis Presley'ning qo'shiqlari, Xalliwood filmlari — hammasi shu ro'yxatga kiradi.
✔️
Patent (Ixtiro)
Yangi texnik yechimlar. Telefon ichidagi protsessor, dori formulalari, quyosh panellari uchun yangi texnologiya.
✔️
Tovar belgisi (Trademark)
Brendlar, logotiplar, shiorlar. McDonald's'ning oltin arkalari, Apple'ning tishlangan olmasi, Mercedes'ning uch qirrali yulduzi.
✔️
Sanoat namunasi (Industrial Design)
Mahsulot dizayni. iPhone'ning shakli, Coca-Cola shishasi, BMW avtomobilining tashqi ko'rinishi.
🔗
Batafsil o'qishingiz mumkin
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/
🚀
Telegram/
🌐
Website/
📱
You Tube
/
🔵
Facebook

April 25, 13:20
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🎓
“Milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik va turizmni rivojlantirish masalalari”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidan videolavha.
▶️
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/
🚀
Telegram/
🌐
Website/
📱
You Tube
/
🔵
Facebook

April 25, 09:41
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

📣
E'LON
🎓
Termiz shahrida tashkil etilayotgangan
TISU Cambridge International School
zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari asosida faoliyat yurituvchi maktab bo‘lib,
o‘z jamoasiga malakali va tashabbuskor pedagoglarni ishga taklif qiladi.
📌
1-toifa (Ingliz tili bo‘yicha sertifikat talab qilinadi):
🔵
Informatika (Computer Science);
🔵
Fizika;
🔵
Biologiya;
🔵
Kimyo;
📌
2-toifa (Ingliz tili bo‘yicha sertifikat talab etilmaydi):
🟢
Rus tili;
🟢
Maktabgacha ta'lim;
🟢
Geografiya;
🟢
Tasviriy san’at;
🟢
Musiqa;
🟢
Raqs;
🟢
Jismoniy tarbiya;

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🔂
Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
🔂
Pedagogik tajriba (afzallik beradi);
🔂
Zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llay olish;
🔂
1-toifa fanlari uchun ingliz tilini bilish.
❄️
Biz taklif qilamiz:
💙
Xalqaro ta’lim muhitida ishlash;
💙
Kasbiy rivojlanish imkoniyati;
💙
Raqobatbardosh ish haqi;
💙
Professional jamoada faoliyat yuritish;
📍
Manzil:
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti asosiy binosi 315-xona, EDUHUB o‘quv markazi.
📞
Bog‘lanish uchun:
+998 77 702 96 95, 76 222 32 33
❗️
Ish vaqti 8:00 dan 17:00 gacha.
📱
Telegram:
@eduhub_tues
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/
🚀
Telegram/
🌐
Website/
📱
You Tube
/
🔵
Facebook

April 25, 08:10
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

“Rektor kubogi” sport musobaqalari g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan
“Rektor kubogi” sport musobaqalari yakuniga yetib
, g‘olib jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🌈
Musobaqa davomida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona raqobat va sport ruhini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori kayfiyat, sportga bo‘lgan qiziqish hamda jamoaviy birdamlik muhitida o‘tdi.
🏆
Yakunda g‘olib jamoalar tantanali ravishda diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. G‘oliblarga quyidagi miqdorda mukofotlar topshirildi:
🥇
1-o‘rin
— 5 million so‘m;
🥈
2-o‘rin
— 4 million so‘m;
🥉
3-o‘rin
— 3 million so‘m;
🇺🇿
Taqdirlash marosimida universitet rahbariyati tomonidan sport musobaqalarida faol ishtirok etgan barcha jamoalarga minnatdorlik bildirildi. Ta’kidlanganidek, bunday sport tadbirlari jamoa salomatligini mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida ijobiy muhit yaratish hamda universitetda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/
🚀
Telegram/
🌐
Website/
📱
You Tube
/
🔵
Facebook

April 25, 07:33
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
TISUda ilmiy-amaliy konferensiya
🎓
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida
“Milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik va turizmni rivojlantirish masalalari”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur anjuman mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, zamonaviy moliyaviy boshqaruv tizimlari hamda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim ilmiy maydon vazifasini bajarmoqda.
🇺🇿
Konferensiyada respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari hamda iqtisodiyot yo‘nalishidagi mutaxassis olimlar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Tadbir davomida milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari, turizmni iqtisodiy o‘sish omili sifatida rivojlantirish, shuningdek, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglanmoqda.
🌀
Konferensiyada iqtisodiyot va moliya sohasida faoliyat yuritayotgan taniqli olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda. Jumladan, Urganch davlat universiteti professori
Baxtiyar Ruzmetov
, Diplomat universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori
Go'zalbegim Raximova,
Termiz davlat universiteti “Moliya” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi
Bahodir Qodirov
hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, iqtisodiyot fanlari doktori
Mamayunus Pardayevlar
konferensiyaning ilmiy mazmunini boyitmoqda.
❄️
Anjuman doirasida iqtisodiyotning turli yo‘nalishlariga oid zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalari taqdim etilib, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashilmoqda.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/
🚀
Telegram/
🌐
Website/
📱
You Tube
/
🔵
Facebook

April 25, 06:04
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
Yangi loyiha — “Intellectual Leaders Club” faoliyati yo‘lga qo‘yildi!
📊
Talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
TISUda “Intellectual Leaders Club” o‘z faoliyatini boshladi.
💡
Klub quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
📚
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi
Talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish, maqolalar tayyorlash, seminar va konferensiyalar tashkil etish hamda ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash.
💡
Innovatsion va startap loyihalar yo‘nalishi
Innovatsion g‘oyalar va startap tashabbuslarini rivojlantirish, loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish.
👥
Liderlik va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishi
Liderlik, tanqidiy fikrlash, muloqot va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening va dasturlar.
🧠
Intellektual va madaniy-ma’rifiy yo‘nalish
Debatlar, intellektual o‘yinlar, davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish.
🤝
Hamkorlik va tashqi aloqalar yo‘nalishi
Ta’lim muassasalari, tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
📢
Axborot va targ‘ibot yo‘nalishi
Klub faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar va axborot platformalari orqali targ‘ib qilish, ijobiy imijni shakllantirish.

Agar siz ham o‘z bilim va salohiyatingizni oshirish, yangi imkoniyatlardan foydalanish hamda faol yoshlar safida bo‘lishni istasangiz,
“Intellectual Leaders Club” safiga qo‘shiling!
🗓
Arizalar qabul qilish muddati:
10-may
sanasiga qadar
✏️
Ro‘yxatdan o‘tish:
@liderlarklubi_bot
🔗
Bog'lanish va qo'shimcha
ma'lumot uchun:
+99888 042 27 06 Diyorbek Safarov
🚀
Telegram:
Havola
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/
🚀
Telegram/
🌐
Website/
📱
You Tube
/
🔵
Facebook

April 25, 05:01
Файлы недоступны
5
7
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
✍️
“Mushoira” klubi ijodkorlari tomonidan tadbirlar tashkil etilmoqda!
♦️
Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan
“Mushoira” klubi faol ijodkorlari tomonidan
aprel oyi davomida bir qator mazmunli tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, she’riyat kechalari, tabiat qo‘ynida mushoira va aytishuvlar, turli tanlovlar hamda maxsus o‘quv mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etildi. Quyidagi tadbirlarni eng namunali tashkil etgan oliygohlar bilan tanishishingiz mumkin:
➡️
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Mushoira” klubi tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etib
kelinmoqda.
➡️
Guliston davlat universiteti “Mushoira” klubi a'zolari Eshqobil Shukur bilan
uchrashdi.
➡️
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mutolaa zavqi” mavzusida “Mushoira” klubi a’zolari bilan davra suhbati
tashkil etildi.
➡️
Namangan davlat chet tillari instituti “Mushoira” klubi tomonidan tayyorlangan she’riy videorolik keng jamoatchilik e’tiboriga
havola etildi.
➡️
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Mushoira” klubi tashabbusi bilan kitobxonlik kechasi
tashkil etildi.
➡️
Andijon davlat texnika instituti “Mushoira” klubi a’zolari institutning faol talabalari qatorida Shahrisabz, Samarqand hamda Toshkent shaharlariga
sayohat qilishdi.
➡️
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti “Mushoira” klubi tomonidan she’riyat kechasi
o‘tkazildi.
➡️
Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida “Mushoira” klubi a’zolari uchun maxsus to‘garak mashg‘ulotlari
tashkil etildi.
➡️
Olmaliq davlat texnika instituti “Mushoira” klubi a’zolari kitobxonlarning sevimli shoiri Ashurali Boymurod bilan uchrashuvda
ishtirok etishdi.
➡️
Fargʻona davlat universitetida “Mushoira” klubi tomonidan yurtimizning ardoqli shoirlari xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar
o‘tkazilmoqda.
➡️
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Mushoira” klubi ijodkorlari tomonidan adabiy kecha
tashkil etildi.
➡️
Buxoro davlat texnika universitetida “Mushoira” klubi a’zolarining chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.
➡️
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 2-sonli talabalar turar joyida “Mushoira” klubi a’zolari ishtirokida adabiy-badiiy kecha
tashkil etildi.
🖋
“Mushoira” klubi
yosh ijodkorlarning badiiy tafakkurini rivojlantirish, milliy g‘ururini yuksaltirish hamda she’riyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy maydon hisoblanadi. Mazkur tadbirlar talabalarga o‘z iste’dodini namoyon etish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ichki kechinmalari va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yanada boyitish imkonini bermoqda.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

April 25, 04:34
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#TISU_kutubxonasidan
#ilm_trendda
📚
Bilim va ma’naviyat xazinasi endi TISU kutubxonasida!
Buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni bo‘lgan Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganish istagidagi kitobxonlar uchun ajoyib imkoniyat!
📖
“Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning 4 jildlik to‘plami
endi TISU kutubxonasi fondidan joy oldi. Ushbu nodir ensiklopediya orqali Navoiy hayoti, ijodi, adabiy merosi va tarixiy faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Ilmga chanqoq talabalar, tadqiqotchilar va adabiyot ixlosmandlari uchun bebaho manba!
⬇️
Quyidagi havola orqali TISU kutubxonasining rasmiy kanaliga ulanib oling:
➡️
HAVOLA
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/
🚀
Telegram/
🌐
Website/
📱
You Tube
/
🔵
Facebook