https://t.me/+Pag5-zNd0V8xMmJi
Channel created
Ular
so'nggi uchrashuvlarida
bir-birlariga
shunday so'zlarni aytishdi:
"men haqimda boshqa o'ylama,
meni sog'inma,
meni deb yig'lama,
meni izlama,
kutma,
sevma"
so'ngra hech birini bajarishmadi...
baxtli bo'lishimizga
juda oz qolgandi.
biz buni
baxt haqidagi suhbatlarda
maqtanib yurdik.
©️
Ahmad Ali Dilmurod
Kimdir ko'zlariga quyilgancha yosh,
Birovni sog'insa she'r yozar ekan.
©️
Jo'rabek Ramazon
biz bir-birimizga intilmadik,
1-1,
durrang bo‘ldi
hech kim g‘alaba qozonmadi
azizim.
***
birga bo‘lishimizni
endi tasavvur qila olmayapman —
inson
qancha orzu qilishi kerak
bunga yetib kelishi uchun?
***
senga aytgan hazillarimga
o‘zim kun bo‘yi
kulib yuraman.
***
“endi meni
tushingda ham ko‘rmaysan”
deganding,
unday bo‘lmadi…
***
seni
takror-takror ko'rib
nega endi
seni bir ko'rishda sevmadim
deb o'ylamoqdaman.
***
seni
qaytib ko'rmasligimni
bilsam ham
sen bilan oddiy xayrlashdim
o'shanda.
***
agar oson bo‘lsa
sen ijod qil.
menga qiyin,
sen bor dunyoni o‘ylash —
menga qiyin.
©️
Ahmad Ali Dilmurod
Sevgi kimgadir atab butun boshli kitob yozish emas, muhabbat haqidagi qo'shiqlarni eshitayotganingizda xayolingizga ilk daf'a kim kelishi
🦋
Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Gul sotib olmaysiz menga ataylab.
Sog‘inchingiz to‘kkan kipriklarimni
Yuzimdan termaysiz, asta avaylab.
Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Bitta tabassumdan topamiz taskin.
Va har gal ko‘ngilni qult etib yutib,
Hamma o‘z yo‘liga ketadi sekin.
Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Bir siqib qo‘yamiz qo‘llarimizni.
Va ikki ko‘chada qoldiramiz iz,
Ming yil poylasak ham yo‘llarimizni.
Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Men salom beraman, olasiz alik.
Nigohlar telbadek termular, ammo
Tillar so‘zlashadi begonalardek.
Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Na sizda jur‘at bor, na menda yurak.
Balki shu alfozda o‘tadi umr,
Balki shundan baxtli yashasak kerak.
Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Ikkita g‘ururi egilmas nodon.
Shunisi yaxshidir, birga emasmiz,
Demak, ayrilmaymiz bizlar hech qachon
©️
Malika Tavfiq