
𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱
Sayt :
uzDeutschland.com
#Zeitumstellung
Bugun tunda Germaniya
qishki vaqtga
o'tadi. Ya'ni tungi 2:59 dan so'ng yana 2:00 boshlanadi.
Shu hisobdan, O'zbekiston bilan oradagi
tafovut 4 soat
bo'ladi.
Namoz vaqtlari
ham
bir soatga
suriladi, ya'ni oldingi vaqtdan bir soat
oldinroq
o'qish kerak bo'ladi. Misol uchun, bomdod namozi 06:20 da o'qilayotgan bo'lsa, endi 5:20 da o'qish kerak bo'ladi.
Qo'l soatlarni ham
⌚️
to'g'rilab qo'yishni unutmang
❗️
@uzDeutschland
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
📚
Arab tilini o‘rganmoqchimisiz?
Arab tili o‘rganuvchilar uchun
✨
onlayn arab tili darslari
✨
🎓
Dars beruvchi: Azhar talabasi
🧭
Darslar o'rganmoqchi bo'lgan talabaning holati,
maqsadi va hozirgi darajasiga qarab belgilanadi.
📖
Darslar oddiy, tushunarli va bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.
📱
Telegram orqali
online
olib boriladi.
📩
Batafsil maʼlumot uchun:
👉
@azhartalabasi
#Fuqarolik
2024-yil 27-iyunda
kuchga kirgan Fuqarolik to'g'risidagi
qonunga
ko'ra Germaniyada
atiga 3 yil
yashagandan so'ng Germaniya fuqaroligini olish mumkin edi. Buning uchun nemis tilini C1 darajada bilish va kasbiy malaka talab etilar edi.
Ammo 8-oktabr kuni Bundestag ushbu qonunga o'zgartirish kiritishga kelishib oldi. Unga ko'ra, endilikda 3 yildan so'ng fuqarolik olish haqidagi band
bekor qilinadigan
bo'ldi
.
Hali kuchga kirmagan yangi qonunga ko'ra, endilikda fuqarolik olish uchun Germaniyada
eng kamida 5 yil
yashagan bo'lish kerak bo'ladi.
@uzDeutschland
VII.
O'zi va oilasining xarajatlari uchun
yetarli miqdorda daromadga ega bo'lishi.
Bu siz yashayotgan kvartiraning narxiga bog'liq. Misol uchun, siz ayolingiz va 6 yoshga to'lmagan ikkita farzandingiz bilan 900€
Warmmiete
+ 70€
Strom
lik kvartirada yashaysizlar. Bu holatda Niederlassungserlaubnis olish uchun umumiy daromad eng kamida
2670€
bo'lishi kerak. Quyidagilar daromad sifatida hisoblanadi: sizning
netto oyligingiz
,
Kindergeld
,
Elterngeld
va
Kinderzuschlag
. Agar 1100€ Kindergeld va Kinderzuschlag olsangiz, 1570€ netto oylik bilan NE olishingiz mumkin.
Ammo
Wohngeld
olsangiz, bu hisobga qo'shilmaydi. Shuningdek,
Wohngeld
olishingiz Niederlassungserlaubnis uchun hech qanday negativ ta'sirga ega emas. Ba'zilar wohngeld olish keyinchalik Niederlassungserlaubnis olishda negativ ta'sir qiladi deb o'ylaydi, ammo bu to'g'ri emas.
Manba
.
Wohngeld
odatda
daromadi o'zi va oilasi uchun
yetmayotganlarga
beriladi, shu sababdan Ausländerbehörde wohngeld olayotganlarga
"Sening daromading vizani chözdirish uchun yoki NE olish uchun yetmas ekan"
deyishi mumkin.
Bunga lekin Wohngeld olayotganingiz aybdor emas
, wohngeld olishiz yoki olmasligizdan qat'iy nazar, daromadingiz yetmagani uchun muammo bo'layotgan bo'ladi.
Yuqoridagi talablarga javob bersangiz, siz bemalol Niederlassungserlaubnis uchun hujjat topshirsangiz bo'ladi. Ausländerbehörde
"3 yil ishlabsizu, lekin yana 1 yil ishlagandan keyin keling"
deyishga haqqi yo'q, talablarga javob bersangiz, sizga NE berilishi kerak.
Undan tashqari, quyidagi holatlar ham mavjud:
1
. Germaniyada
Ausbildung
yoki
Studiumni
tamomlaganlar,
24 oy
ishchi viza bilan yashaganidan keyin ham Niederlassungserlaubnis olishlari mumkin.
2. Blaue karte
bilan ishlayotganlar nemis tilini
A1
darajada bilsa,
27 oy
ishlaganidan keyin NE olishi mumkin bo'ladi. Agar nemis tilini
B1
darajada bilsa,
21
oydan keyin ham olishi mumkin.
Bundan tashqari, Ausländerbehörde o'zi boshqa holatlarda bemalol ushbu talablarga javob bermaganlarga ham NE berishi mumkin. Misol uchun, Germaniyaga kelganiga endi 6 oy bo'lgan vrachni Germaniyada olib qolish uchun, unga Ausländerbehördeni o'zi NE taklif qilishi ham mumkin.
Yuqoridagilar asosan ishchi vizasi bilan ishlayotganlar uchun. Keyingi postda boshqa holatlarda NE olish haqida ma'lumot berib o'taman, misol uchun, Germaniyada uzoq muddat yashagan, ammo hali ishchi viza olmaganlar qaysi talablarga javob bersa, NE olishi mumkinligi haqida.
@uzDeutschland
#Niederlassungserlaubnis
Bismillahir Rohmanir Rohiim. Bugungi postda Germaniyada
doimiy
yashash va ishlash huquqini beruvchi viza turi -
Niederlassungserlaubnis
haqida ma'lumot berib o'tmoqchiman. Eng avvalo,
Niederlassungserlaubnis
qanday qo'shimcha imkoniyatlar taqdim qilishi haqida aytib o'tsam:
1️⃣
.
Xohlagan joyingizda va xohlagan lavozimingizda ishlashingiz mumkin.
Germaniyada
Fachkraft
sifatida ishlayotganlar ko'pincha o'zlari o'qigan sohasida ishlashadi. Misol uchun, qishloq xo'jaligida oliy ta'limni tamomlagan yurtdoshlar, asosan qishloq xo'jaligida ishlashadi. Ammo ularning ba'zilari bu sohada ishlashni xohlamaydi, undan ko'ra omborda oddiy ishchi yoki sotuvchilik kabi ishlarni avzal ko'rishadi. 18b vizada aynan qayerda ishlashingiz kerakligi yozilgan bo'ladi, ammo siz
Niederlassungserlaubnis
olsangiz, yuqorida aytib o'tganimdek o'zingiz xohlagan lavozimda ishlasangiz bo'ladi.
2️⃣
.
Selbstständige Tätigkeit.
Agar siz o'zingizning firmangizni ochib faoliyat yuritmoqchi bo'lsangiz ham,
Niederlassungserlaubnis
bilan bu narsa muammo bo'lmaydi. Oddiy ishchi viza bilan ishlab yurgan odamda odatda bunday huquq bo'lmaydi.
3️⃣
.
Moliyaviy yordamlar.
Siz Niederlassungserlaubnisga ega bo'lganingizdan keyin, bemalol
Bürgergeld
olsangiz ham bo'ladi. Misol uchun, qandaydir sabab bilan ishdan chiqib ketdingiz, shu holatda uzoq muddat davomida ham Bürgergeld olishingiz mumkin bo'ladi. Oddiy ishchi vizada yoki boshqa viza turlarida, uzoq muddat davomida Bürgergeld olish keyinchalik yangi viza olishda ta'sir qiladi. Agar ish topmasangiz, O'zbekistonga qaytib ketishingizni aytishlari mumkin. Lekin sizda Niederlassungserlaubnis bo'lsa, bunday qilisha olmaydi.
😉
Shu sababdan, ba'zida yigirma yillardan beri hech qayerda ishlamasdan, faqat Bürgergeld hisobidan yashab yuradiganlar ham bor.
4️⃣
.
Qo'shimcha yordamlar.
Germaniyada juda ko'p sohada turli xil
qo'shimcha kurslar
(
Umschulung
) mavjud. Agar sizga hozirgi sohangiz umuman yoqmasa, u holda boshqa sohada o'zingizni sinab ko'rishingizga imkoniyat beriladi. Misol uchun, IT sohasida 2 yillik kurslar mavjud, narxi umumiy hisobda
30 ming yevro
atrofida. Lekin sizda Niederlassungserlaubnis bo'lsa va
Jobcenterda
ishsiz sifatida ro'yhatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda Jobcenter o'sha 30 ming yevroni to'lab berishi mumkin. Undan tashqari, o'qish davomida sizga
Bürgergeld
ham beriladi. Lekin buni boshlashdan oldin, Jobcenter bilan maslahatlashish zarur. Meni bir tanishim aynan shunday kursda o'qimoqda. Yokida, yuk mashinasi haydovchisi bo'lib ishlamoqchi bo'lganlar uchun haydovchilik guvohnomasi uchun ham to'lovni qilib berishlari mumkin. Shunga o'xshash turli xil yordamlarni olish Niederlassungserlaubnis bilan ancha osonroq.
5️⃣
.
Ausländerbehördega
har 2-3 yilda vizani cho'zdirish uchun
hujjat topshirish
va
to'lov qilish
shart emas.
-Hösh, Niederlassungserlaubnis olish uchun qanday talablarga javob berish kerak?
-Hozirgi kunda Niederlassungserlaubnis olishning
ikki xil yo'li mavjud:
A) 18c Niederlassungserlaubnis für Fachkräfte - malakali ishchilar uchun doimiy viza.
Uning talablari quyidagilardan iborat:
I
.
3 yildan beri
18a (Ausbildung/Kollejdan keyingi ishchi viza), 18b (Oliy ma'lumotli diplom bilan ishlayotganlar), 18d (PhD qilayotganlar) yoki 18g (Blaue Karte, misol uchun vrachlar) vizalari bilan yashayotgan bo'lishi.
II.
Ish shartnomaga ega bo'lishi, ya'ni Niederlassungserlaubnisga hujjat topshiryotgan vaqtda ishsiz bo'lmasligingiz kerak.
III.
36 oy
davomida
Rentenversicherung
ya'ni pensionniy fondga pul to'lagan bo'lishi
IV.
Nemis tilini
B1
darajada bilishi (oddiy til maktabini sertifikati ham o'tadi, Telc yoki Goethe bo'lishi shart emas)
V.
Germaniyadagi qonun-qoidalardan xabardor bo'lishi (buning isbotlash uchun
Einbürgerungstest
yoki
"Leben in Deutschland"
nomli testlarni topshirish mumkin.)
VI
.
O'zi va oilasi uchun
yetarli kattalikdagi
kvartirasi
mavjudligi. Kishi boshiga 12 qm, bolalar uchun esa 10 qm. Talab Bundeslandga qarab farq qilishi mumkin.
#Websayt
Bismillahir Rohmanir Rohim. Anchadan beri UzDeutschlandning
web sahifasiga
e'tibor bermay qo'ygandim. Bugun saytni boshqattan dizayn qilib, ba'zi o'zarishlar kiritdim.
Tekshirib, baho beringlarchi
😄
➡️
uzDeutschland.com
Siz ma'lumotlarni qayerdan qidirishni avzal ko'rasiz?
Telegram ->
❤️
Web sahifa ->
👍
"Germaniyaga ishga jo'natamiz"
deb aldaydigan agentliklar ham bor. Kimgadir ishonishdan oldin, albatta yaxshilab surishtiring
.
"Viza olib beramiz"
deb aldaganlar
haqida
...
#Yaxshilikka_chorlash
Bismillahir Rohmanir Rohim. Tasavvur qiling, sizda
naqd pul
💵
💶
bosib chiqaradigan
mashina bor. U töxtamasdan pul chiqarib turadi, siz esa pulni olib, xohlagan joyingizga ishlatasiz,
zo'rmi?
Siz uyda dam olib yotibsiz, mashina esa siz uchun pul chiqarib turibdi. Agar mashina yillar davomida to'xtamasdan xizmat qilsa, siz qancha pulga ega bo'lishingizni tasavvur qilib ko'ring. Ammo pul chiqaradigan bunday mashina bo'lishligi ilojsiz, bunday mashina na qonunga, na iqtisod qoidalariga to'g'ri keladi.
Lekin men sizga
bundanda yaxshiroq
mashina bor desam ishongan bo'larmidingiz?
Albatta bor, bu -
savob "mashinasi"
. Pul bu dunyoda eplab-seplab yashash uchun bir vosita xalos, uni
na qabrga, na mahsharga
olib ketsa bo'ladi. Bugun sizning cho'ntagingizda, ertaga boshqasini.
Ammo savob bu faqat o'zingizniki. Deylik, bugun bir savob ish qildingiz, masalan nafl ro'za tutdingiz, unga beriladigan savob inshaallah qabrda ham, qiyomat kunida ham sizga albatta yordamchi bo'ladi.
Alloh taolo A'rof surasida
"O‘sha kuni (amallarni) tortish haqdir. Bas, kimning tortilgan (amallari) og‘ir kеlsa, ana o‘shalar najot topguvchilardir."
deb aytgan. Ya'ni, agar sizning yaxshi amallaringiz ko'p bo'lsa va bu amallarni ixlos bilan qilgan bo'lsangiz, inshaallah abadiy jannatga kiradiganlar qatorida bo'lasiz.
Shunday ekan, o'zini musulmon degan inson har doim yaxshi amallarini va savoblarini ko'paytirish payida bo'lishi lozim.
Endi, yuqoridagi savob "mashinasi" ga qaytsak.
Tasavvur qiling, siz uyda dam olib yotibsiz, lekin amal daftaringizga savoblar yozilyabdi. Siz oilaviy dam olib yuribsiz, aslida hech qanday savob ish qilmayabsiz, ammo amal daftaringizga savob amallar yozilishdan to'xtamayabdi. Zo'rmi?
Zo'r albatta. Pul chiqaradigan mashinadan ham zo'r va undan farqli o'laroq, savob "mashinasi" bu iloji bor narsa.
Qanday qilib deysizmi? Juda oson, quyidagi oyatni o'qing:
Niso surasi 85-oyat:
"Kim bir yaxshilikka vosita bo‘lsa, unga (o‘sha) yaxshilikdan bir ulush bor. Kim bir yomonlikka vosita bo‘lsa, unga (o‘sha) yomonlikdan bir ulush bor."
Bundan tashqari, hadisda ham Rasululloh s.a.v
“Yaxshilikka sababchi bo‘lgan odam,
o‘sha yaxshilikni qilganchalik
savob oladi”.
Ya'ni, siz bir odamga yaxshilik qilishni o'rgatib qo'ysangiz, u odam
butun umri davomida
qilgan o'sha yaxshiligi uchun siz ham savob olasiz. Misol uchun, bir odamga namoz o'qishni o'rgatib qo'ydingiz, u odam umri davomida nechchi marta namoz o'qisa, o'sha namozlarning
hammasida
siz uchun ulush bor. Agar u odam yana boshqa odamga namoz o'qishni o'rgatib qo'ysa, o'sha uchinchi odam o'qigan namozdan ham sizga savob kelaveradi. Yoki kimgadir Qur'on o'qishni o'rgatib qo'ysangiz, u umri davomida o'qigan
har bitta harf
uchun
sizga savob yozilaveradi. Yoki dugonangiz hijobga kirishiga sababchi bo'lsangiz, u farz amalini bajargani uchun, siz ham hasanotga ega bo'lasiz inshaallah
Agar kimdir siz tufayli
islomni qabul qilsa
, bu haqiqiy
Jackpot
🎉
U qanday savob amal qilsa ham, sizga ajr yozilaveradi.
Qiyomat kuni ba'zi insonlar tarozidagi
tog'dek
keladigan yaxshi amallarini ko'rib, "
Ey Robbim, men buncha amal qilmaganman"
deb ajablanadi. U o'zi aslida buncha ko'p amal qilmagan, ammo boshqalar yaxshi amal qilishiga
sababchi
bo'lganligi uchun savoblari ko'payavergan.
Gunoh ishlarda ham shunday, kimgadir kredit olishni o'rgatib qo'ysangiz, yoki sigaret chekishiga, alkogolli ichimliklar ichishiga sababchi bo'lsangiz, u qilgan yomon amallar uchun ham sizga gunoh yozilaveradi, Alloh asrasin.
Xulosa o'rnida, musulmon inson albatta yaxshi amallarini ko'paytirishga shoshilishi kerakligini eslatib qo'ymoqchiman. Axir Alloh ham Baqara surasi 148-oyatida
"Yaxshiliklarga shoshiling."
deb marhamat qilgan.
#Elektr_energiyasi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Gaz,
elektr
energiyasi
kabi kommunal to'lovlarni hisob-kitob qiladigan odatim yo'q edi. Chunki, deyarli hamma firmada narxlar bir xil bo'lsa kerak deb yurardim. Ammo adashgan ekanman.
Yaqinda
check24
saytidan turli xil firmalarning elektr energiya narxini taqqoslab ko'rdim, bir-biridan ancha farq qilar ekan.
Misol uchun, men Stadtwerke Bochumda bir
kw/h
uchun sal kam
39 sent
Arbeitspreis
to'lar edim. Bundan tashqari
har oyda 12€
dan
Grundpreis
uchun to'lashim kerak edi.
Uyda gaz yo'qligi uchun, bir yilda
1700 kw
/
h
atrofida elektr energiyasi ishlatamiz. Ya'ni Stadtwerke Bochumga elektr uchun bir yilda o'rtacha
803€
to'lashimga to'g'ri kelar edi. (12*12€=144€
Grundpreis
+ 1700*0.3882€=659€
Arbeitspreis
)
Hozirgi firmada esa bir kw/h uchun
18 sent
, har
oyda 6€
Grundpreis
to'layabman. Bu degani bir yilda 1700 kw/h uchun taxminan
378€
to'lashimga to'g'ri keladi. Stadtwerke Bochumdan deyarli
ikki barobar arzonroq.
Ammo hozirgi firma elektr energiyasini quyoshdan oladi. Shuning hisobiga narxlar qishda qimmatroq bo'lishi mumkin, 12 oydan keyin aniq taqqoslash imkoni bo'ladi.
Bu postni yozishimdan maqsad, siz ham tekshirib ko'ring, balki elektr energiyasini qimmat narxda sotib olayotgandursiz deyishlik edi...
😁
@uzDeutschland
Shu zot sizni va bizni imtihon qilyabdi. Imtihondan o'tish uchun kitob ya'ni Quronni jo'natdi, muallim ya'ni Rasulullohni jo'natdi. Biz qilishimiz kerak bo'lgan ish,
Allohni tanish va Rasulullohga ergashish
xalos. Buning uchun esa albatta
ilm
olish lozim. Yaxshi vrach bo'lmoqchi bo'lgan inson umrining 15-20 yilini o'qish uchun sarflaydi. Yaxshi musulmon bo'lish uchun biz qancha vaqtimizni sarflayabmiz? Qancha ilm oldik? Qancha Qur'on o'qidik? Qancha odamni gunohdan qaytardigu, qancha odamni yaxshilikka yo'naltirib qo'ydik? Qancha namozlarni vaqtida o'qidik? Kiyayotgan kiyimimiz, yeyayotgan luqmamizga qanchalik e'tibor berdik?
Agar namoz vaqti o'tib ketayotgan bo'lsayu, siz namozga shoshilmayotgan bo'lsangiz, unda tezroq holatingizni o'nglab oling. Namoz imtihondan o'tish kalitlaridan biridir.
"Darhaqiqat, mo‘minlar muvaffaqiyat topdilar. Ular namozlarida xushu’ qiluvchilardir..."
(
Mo'minun
surasi).
5️⃣
.
Boshqalarga yordam berish.
O'zim qulog'im bilan eshitgan narsa, bittasi 1-avgust kuni imtihondan chiqib
"yonimdagi sherigim yordam so'radi, keyin testni xato ishlab berdim"
deb aytdi. Ustoz bo'lsa "
yaxshi bo'pti, to'g'ri ishlasang, u seni o'rningga o'qishga kirishi mumkin edi"
deb qoldi. Afsuski, ba'zi odamlar shunaqa muruvvatsiz,
"qolganlarga nima bo'lsa bo'lsin, meni ishim hal bo'lsa bas"
degan shior bilan yashashadi. Lekin Alloh shunday zotki, agar biz qolganlarga yordam bersak
"u seni jannatdagi joyingni ob qo'yishi mumkin"
demaydi. Aksincha, siz bir odamga yaxshilik qilsangiz, o'sha qilgan yaxshiligiz uchun ham savob olasiz, u qilgan yaxshilik uchun ham savob olasiz. Misol uchun, kimgadir Qur'on o'qishni o'rgatib qo'ysangiz, o'sha o'rgatganingizni o'zi savob. U hayotida o'qigan har bitta harf uchun ham siz yana savob olasiz. U boshqa odamlarga o'rgatsa, uning uchun ham siz yana savob olasiz. Halol uslubdagi savob piramidasi. Shuning uchun, ilm olish, boshqalarga o'rgatish, boshqalarga yordam berish eng savobli ishlardan.
Meni ham ushbu postni yozishdan maqsadim shu edi, ya'ni boshqalarga
eslatma
berish. Hayot imtihon ekanligi haqida, imtihon har onda tugashi mumkinligi haqida, imtihon natijasi esa abadiy bo'lishi haqida. Zero,
Zariyat
surasida
"Va eslatgin. Albatta, eslatish mo‘minlarga manfaat bеrur."
deb aytilgan.
Alloh bizlarni dunyo imtihonidan muvaffaqiyatli o'tadiganlardan qilib, jannati bilan siylasin. Amin.