
𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱
#Entlastung_fuer_Energiepreise
Isroil va uning köppagi tomonidan Eronga qarshi qilingan hujumlardan keyin butun dunyoda Neft va shu bilan birga
Benzin
narxi ham oshib ketdi. Germaniyada bir oy oldin bir litri örtacha
1,76€
ga sotilgan Benzin hozirda örtacha
2,10€
narxda sotilmoqda. Bu esa ishga mashinada qatnaydiganlarga qöshimcha xarajat, qiyinchilik va asabiylik keltirib chiqarmoqda.
Shu munosabat bilan Germaniyaning amaldagi hukumati soliq va ijtimoiy tölovlardan ozod qilingan
1000€ gacha Entlastungsprämie
(yengillik puli) berilishini reja qilishmoqda. Bugun shu haqida ba'zi ma'lumotlarni ochiqlab ötmoqchiman.
-Entlastungsprämie kimlarga va kim tomonidan beriladi?
-Bu pulni ish beruvchi ya'ni Arbeitgeber öz ishchilariga
ixtiyoriy
ravishda tölab berishi mumkin. Muammo shundaki, hozirgi kunda Germaniyadagi ish beruvchi firmalarning ham iqtisodiy holati yaxshi emas shuning uchun köp firmalar
öz chöntagidan
ushbu pulni berishga rozi emas va hukumatdan boshqa yechim talab qilishmoqda.
-Entlastungsprämie qancha miqdorda va qachon beriladi?
-Yuqorida aytilganidek 1000€ gacha. Lekin ish beruvchi xohlasa 1000€ beradi, xohlasa 100€, xohlasa 0€. Qachon berilishi haqida hali aniq muddat aytilmadi.
-Ish beruvchi shundog'am özi ixtiyoriy pul bersa, hukumat unga alohida qonun qabul qilib ötirishidan nima naf?
-Gap shundaki, agar bu qonun qabul qilinmaganida, ish beruvchi ham ishchi ham ösha beriladigan qöshimcha puldan
soliq va ijtimoiy tölovlar
tölashi kerak bölar edi. Deylik, ushbu qonun chiqmaganida Arbeitgeber sizga 1000€ Prämie berishi uchun öz chöntagidan 1200-1300€ chiqarar edi, pul esa sizga 600-700€ atrofida borishi mumkin edi. Chunki siz ham ish beruvchi ham soliq va sug'urta pullarini tölashga majbur bölardinglar.
Ana shunaqa gaplar. Quyidagi iqtibos esga tushib ketdi:
“Create the problem, sell the solution, become the hero.”
#Zeitumstellung
Bugun, shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi Germaniya
yozgi vaqtga
o'tadi. Ya'ni tungi 1:59 dan so'ng 3:00 boshlanadi.
Shu hisobdan, O'zbekiston bilan oradagi
tafovut 3 soat
bo'ladi.
Namoz vaqtlari
ham bir soatga suriladi, ya'ni oldingi vaqtdan
bir soat keyinroq
o'qish kerak bo'ladi. Misol uchun, bomdod namozi 04:20 da o'qilayotgan bo'lsa, endi 5:20 da o'qish kerak bo'ladi.
Qo'l soatlarni ham
⌚️
to'g'rilab qo'yish lozim
❗️
@uzDeutschland
#Qadr_kechasi
Tasavvur qiling, ishxona sizga
"Bu oy qancha ishlasang ishlayver, oyliging qancha chiqsa, keyingi
83 yil
davomida shu oyligingni ishlamasang ham o'tkazib beramiz."
deb aytsa, qanday ishlar edingiz? Bir oy ishlaysiz, qancha netto olsangiz, ish beruvchi 83 yil davomida bank hisob raqamizga har oy o'sha nettoni o'tkazib turadi, mazzami?
Alloh
qadr kechasida
ana shunday imkoniyatni bergan. Bu kechadagi ibodatni 1000 oydanda yaxshiroq deb aytgan, ya'ni xohlasa bir kungi ibodatga 83 yil
nafl
ibodat qilgandek savob beradi, xohlasa undanda ziyoda qiladi. Ish beruvchini gapiga ishonchmasligimiz mumkin, uni keyinchalik pulni berishga qurbi yetmasligi ham mumkin. Ammo Allohda qudrat yetarli. Alloh o'z gapida rostgo'y. Alloh sizni mukofotlayman desa uni hech kim, hech narsa to'sib qololmaydi. Shunday ekan, imkoniyatdan foydalanib qolaylik.
Duolar, sadaqalar, uzun-uzun sajdalar, istig'forlar,
Qur'on tilovatlari
, tadabbur qilishning ayni fursatidamiz, do'stlar!
Ming oydan yaxshiroq bölgan Laylat-ul Qadr kechasi ham Ramazonning oxirgi ön kunlaring birida, agar unga yetishadigan bölsak, balki Rasulullohnig
"Kim Laylatul Qadr kechasida iymon bilan va savob umidida ibodat qilsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi."
hadisiga binoan, bizning ham shu vaqtgacha qilgan
barcha
gunohlarimiz kechirilar!
Alloh bizlarga Ramazondan gunohlari kechirlgan holda chiqishlikni nasib qilsin, amin
!
Post söngida yuqoridagi savolni yana takrorlasam:
Qur'on oyi bölmish ramazon oyida qancha Qur'on va uning tafsirini öqidingiz?
Öqigan Qur'oningiz sizni özgartir(yap)dimi
⁉️
#Ramazon
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ramazon oyining
oxirgi ön kunligi
ham boshlanmoqda. Shu munosabat bilan Ramazon oyi haqida ba'zi mulohazalarni yozmoqchiman.
Ramazon qanday oy o'zi?
Nega u biz musulmonlar uchun muhim ahamiyatga ega?
Ramazon oyi haqida gapirilganda, ko'pchilikning hayoliga ro'za tutish, iftorlik va taroveh namozi kabi ibodatlar keladi. Bular albatta Ramazon oyining ajralmas qismi ammo Ramazon oyining buyukligiga faqatgina ro'za sabab emas.
Eng avvalo,
Ramazon bu - Qur'on oyi
. Chunki, aynan Ramazon oyida Alloh taolo insoniyatga rahmat qilib Qur'oni Karimni tushirdi. Qur'on tushgani uchun Ramazon oylarning eng buyugi bo'ldi.
Undan tashqari, Qur'on
Laylat-ul Qadr
kechasida tushirildi. Bu kecha eng afzal kechaga aylandi. Bu kundagi ibodat
ming oylik
ibodatdan yaxshiroq deyildi.
Qur'on tushgan payg'ambar Muhammad sallollohi alayhi vassallam payg'ambarlarning eng ulug'i bo'lgan bo'lsa, Qur'on tushgan ummat eng yaxshi ummat bo'ldi. Qur'on tushirilgan Makka shahri esa dunyodagi eng ulug' shaharga aylandi.
Endi tasavvur qiling,
Qur'on sizning qalbingizga tushsa, qalbingiz qanday o'zgaradi?
Qur'onni tushunsangiz, uni ma'nolarini his qila olsangiz, qalbingizga shunday nur tushadiki, u nur qalbingizdagi har qanday g'am-g'ussani siqib chiqaradi. Alloh taolo Baqara surasida aytganidek, u Qur'on kitobini taqvodorlarga
hidoyat
qilib nozil qildi.
Ramazon Qur'on oyi ekan, shu ötgan kunlarda Qur'on va uning tafsiri uchun qancha vaqt ajratdingiz? Qaysi oyat sizni öyga toldirib qöydi? Qaysi oyat qalbingizga rohat baxsh etdiyu, qaysinisi Allohdan qörquvni ziyoda qildi?
Alloh taolo Ibrohim surasida
"Bu Kitobni senga odamlarni Robblarining izni ila zulmatlardan nurga – o‘ta izzatli va maqtalgan Zotning yo‘liga chiqarishing uchun nozil qildik…"
deb aytgan.
Ya'ni bundan bir ming tört yuz yil avval yer yuzi jaholat botqog'iga botgan, odamlar shirk va gunohlarga kömilib qolgan edi. Zino, odam öldirish kabi jinoyatlar oddiy hol bölgan, arablar besh-olti yasharlik qizlarini tiriklayin kömib yuborayotgan vaqtlar. Ayollarda hech qanday huquq yöq, ularga xuddi bir buyum kabi munosabatda bölinayotgan davr. Odamlar abadiy jahannam tomonga qarab ketayotgan zamon edi.
Aynan ösha zamonda Alloh taolo Qur'onni nozil qildi. Odamlarga aslida qanday yashash kerak ekanligini örgatdi.
Özi odam qayerdan kelgan
,
nega dunyoga kelgan
,
vafot etsa qayerga ketadi,
bularni hammasini ta'lim berdi. Bizdan oldingi ummatlarga ham aynan shu narsalar ta'limi berilgan bölsa ham, vaqt ötgani sari u ta'lim unut bölgandi.
Alloh taolo Qur'onning nuri bilan yer yuzidan jaholat zulmatini ketkazdi, abadiy jahannamga qarab ketayotgan insonlarni abadiy jannat tomonga yönaltirdi.
Aynan ösha dunyoni özgartirgan Qur'on, tarjimasi va tafsirlari bilan birgalikda sizning kitob javoningizda turibdi.
U sizni ham özgartiryabdimi?
Sizda özgarishga xohish bormi özi? Qayerga qarab ketayotganingiz haqida öylab körayabsizmi? Bu hayot deb atalmish yölning oxiri qanday körinyabdi? Yölingizni Qur'on va sunnat yorityabdimi? Agar bunday bölmasa, u holda özingizni va yashash tarzingizni özgartirish vaqti kelmadimikin? Umringizni nechta bahori ötdiyu, nechtasi qoldi? Keyingi bahorga yetasizmi yoki yöq?
Ramazon aynan özgarishlar oyi,
hayotingiz haqida öylab, özingizni hisob-kitob qilib, önglanish oyi. Zero Alloh taolo
Yunus
surasida
Qur'on haqida
"Ey odamlar! Batahqiq, sizga Robbingizdan mav'iza,
qalblaridagi narsaga shifo
, mo‘minlarga
hidoyat
va
rahmat
keldi."
deb nozil qilgan.
Rasululloh sallollohi alayhi vassallam imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda
«Albatta, amallar xotimasiga bog'liq»
deb aytganlar. Biz ham ramazon oyining oxirgi ön kunligida turibmiz. Ramazon shu vaqtgacha qanday ötganidan qat'iy nazar, oxirgi ön kunlikni yanada yaxshiroq ötkazishga harakat qilaylik. Köproq Qur'on va uning tafsirini öqiylik, namozlarni köpaytiraylik, gunohlarga köp-köp istig'forlar aytaylik, duolarda afv etishini söraylik, muxtojlarga sadaqa beraylik.
#E_Autos
Germaniya hukumati
2026-yil 1-yanvardan boshlab
elektr avtomashinalar uchun yordam puli (
subsidiya
) ajratishni boshlar ekan. Ya'ni agar siz
yangi
elekromobil
sotib olsangiz, sizga 1500€ dan
6000€ gacha
yordam puli beriladi.
Bundan maqsad odamlarni elektromobil sotib olishga undash va bu orqali
iqlimni
himoya qilish. Chunki, ularning fikriga ko'ra elektr mashinalar havoni iflos qilmasmish...
Subsidiya barcha turdagi elektromobillarga hamda Hybrid mashinalarga amal qiladi. Germaniyada qonuniy yashayotgan hamma ushbu subsidiyani olishi mumkin.
Rasmdagi mashina Dacia kompaniyasining
Spring
elektromobili. Uning asl narxi
16900€
edi. Ammo Dacia 1-yanvardan 28-fevralgacha mashina narxini 11900€ gacha tushurdi.
Agar siz davlatdan 6000€ subsidiya ola olsangiz, bu mashinani o'z cho'ntagingizdan bor yog'i
5900€
sarflab sotib olishingiz mumkin bo'ladi.
Davlat subsidiyasi quyidagi oilalarga beriladi:
1️⃣
. Agar oilaning yillik sof daromadi
45000€
dan kam bo'lsa va ularda farzand yöq bölsa, u holda 5000€ subsidiya beriladi. Agarda oilada voyaga yetmagan farzandlar bo'lsa, har bitta farzand uchun 500€ qo'shib beriladi. Ikkita farzand bo'lsa, u holda
6000€
. Ammo uchta yoki undan ko'p farzandlar bo'lsa ham, eng köpi bilan 6000€ olish mumkin.
2️⃣
. Agar oila daromadi 45000€ dan 60000€ gacha bo'lsa, ular 4000€ subsidiya olishi mumkin. Ikkita farzandi bo'lsa, umumiy hisobda 5000€.
3️⃣
. Agar oila daromadi 60000€ dan 80000€ gacha bo'lsa, 3000€ subsidiya olish mumkin. Ikkita farzandi bo'lsa, umumiy hisobda 4000€. Qolgan ma'lumotlarni, Hybrid-Auto uchun ajratiladigan subsidiyalarni shu
saytdan
ko'rish mumkin.
Siz avval mashinani o'z pulingizga sotib olasiz, so'ng
may
oyidan
boshlab subsidiya olish uchun ariza jo'natish mumkin bo'ladi.
Mashinani sotib olganingiz uchun sizga subsidiya berilsa, siz mashinadan
3 yil davomida
o'zingiz foydalanishingiz kerak bo'ladi. Bundan maqsad, mashinani subsidiya yordamida arzon narxda sotib olib, keyin yana qimmatroq narxga sotib yuboradiganlarni oldini olish. Hozircha subsidiya
2029-yilgacha
amal qilishi rejalashtirilgan.
Rasmdagi mashina haqidagi ma'lumotlarni
bu yerdan
olishingiz mumkin.
Ma'lumot o'rnida:
bu postdan maqsad shunchaki ma'lumot yetkazish berish xalos. Sizni na Dacia Spring sotib olishga na boshqa elektromobil sotib olishga undash emas!
#Hijob
Avstriyaning
amaldagi hukumati davlat maktablarida
14 yoshgacha
bo'lgan qizlarga
hijobni ta'qiqlash
bo'yicha qonunni qabul qildi.
Qonun
2026-yil avgust
oyidan boshlab amal qilishi ko'zda tutilgan. Agar qizlar qonunga amal qilmasa, avvaliga ularning ota-onasi bilan suhbat olib boriladi. So'ngra esa
800€ gacha
jarima solinishi mumkin ekan.
Hukumat 2019-yilda ham shunday qonun chiqargan edi. Ammo Avstriyaning
konstitutsiyaviy sudi
(Verfassungsgerichtshof)
ushbu qonunni
bekor qilgan
edi. Sud o'sha vaqtdagi qonunni aholining ma'lum bir qismini (ya'ni faqat musulmonlarni) diskriminatsiya qiluvchi deb topgan. Undan tashqari, konstitutsiyadagi
diniy erkinlikka
to'g'ri kelmasligi aytilgan edi. Shunday qilib, 2020-yilda qonun bekor qilingan edi.
Bu safargi qonun ham katta ehtimol bilan konstitutsiyaviy sud tomonidan bekor qilinsa kerak. Bunga ham o'rtacha 6 oy vaqt ketadi.
Bularni o'qib, Qur'oni Karimning
As-Sof
surasidagi quyidagi oyat yodga keladi:
"Ular og‘izlari bilan Allohning nurini (ya'ni dinini) o‘chirmoqchi bo‘lurlar. Holbuki, Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, o‘z nurini tugal etguvchidir." (
Islom dinini yo‘q qilish uchun urinuvchilarning harakati quyoshning shu’lasini og‘iz bilan puflab o‘chirishga harakat qilishga o‘xshaydi.)
Hijob tufayli muammoga uchrayotganlarga esa Hud surasi 49-oyatni eslatgan bo'lardim:
"Bas, sabr qil, albatta,
oqibat
taqvodorlarnikidir."
#Soliqlar
.
Bismillahir Rohmanir Rohiim. Menga bir nechta vatandoshimiz
Germaniyadagi soliq idorasidan
(
Finanzamt
) shunday xat olganini va bu xatning mazmunini tushunishmagani uchun murojaat qilishibdi. Bugun shu xat nima sababdan jo'natilishini tushuntirib bermoqchimann
Ushbu xat shunchaki
eslatma
sifatida jo'natiladi, ya'ni soliq idorasi bu xat orqali sizga
"
Mabodo
(sofern) siz soliq dekloratsiyasi (Steuererklärung) topshirishga majbur bo'lsangiz, u holda tezroq topshirib qo'ying"
demoqchi bo'ladi.
Xatni kimdir o'tirib, shaxsan sizning o'zingiz uchun yozib o'tirmaydi. Bu xat
mashina
orqali yozilib, deyarli hammaga jo'natiladi.
-Shunday xat olganlar nima qilishi kerak?
-Agar siz soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur bo'lmasangiz,
hech narsa qilishingiz shart emas.
Misol uchun, siz work and travelga borib kelgansiz yoki Germaniyada
Steuerklasse
1 bo'yicha ishlaysiz, davlatdan yordam pullari (
Elterngeld
,
ALG
2) olmagansiz, bunaqa holatlarda
siz soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur emassiz.
Xatga javob yozishga ham majbur emassiz.
-Bir marta soliq dekloratsiyasi topshirgan odam har yili yana topshirishi kerakmi?
-Yo'q, bir yil uchun soliq dekloratsiyasi topshirganingiz, boshqa yillarga ta'sir qilmaydi. Xohlasangiz topshirasiz, xohlamasangiz topshirmay qo'yaverasiz.
-Unda xatni nega jo'natishadi?
-Yuqorida aytganimdek, xat mashina bilan yoziladi va deyarli hammaga jo'natiladi. Shuning uchun, sizga ham jo'natishgan. Xavotir olishga va vahima qilishga hojat yo'q.
-O'zi kimlar soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur?
-Bu haqida ushbu
maqolada
ma'lumot yozganman.
Bu postni shunday xat olib, vahima qilib yurgan tanishlaringizga yuborib qo'ying
😉
@uzDeutschland
#Ferienjob_Soliqlar
Bismillahir Rohmanir Rohiim. Hozirda Germaniyada
Ferienjob
(
Work and Travel
) qilayotgan yurtdoshlarimiz ko'p. Ular ham o'z topayotgan daromadlaridan Germaniya davlati uchun
daromad
solig'i
to'lashi kerak bo'ladi. Ammo ularning yillik daromadi kam bo'lganligi uchun, keyinchalik
to'lagan solig'larini qaytarib olishlari mumkin.
Bu haqida
bu postda
batafsil ma'lumot bergandim.
Bugun tajribamdan kelib chiqib, to'langan soliqlarni qaytarib olishda
e'tibor berish kerak bo'lgan
ba'zi ma'lumotlarni yozmoqchiman. Ferienjob qilgan talabalar Germaniyada to'lagan solig'larini qaytarib olish uchun ularga quyidagilar
muhim
ahamiyatga ega:
1️⃣
.
Soliq ID raqami
(
Steuer IdNr
). Bu 11 talik raqam soliq to'lovchilar uchun juda muhim hisoblanadi. Siz qancha daromad qilgansiz, qancha soliq to'lagansiz, bu ma'lumotlarning hammasi shu soliq ID yordamida Germaniyadagi
Finanzamtga
(Soliq idorasi) yuboriladi. Agar sizda soliq ID yo'q bo'lsa, keyinchalik soliq qaytarib olishda muammolar bo'lishi mumkin. Agar siz hali ham soliq ID olmagan bo'lsangiz, uni
ushbu sayt
orqali olsangiz bo'ladi. Soliq ID sizga
pochta orqali
Germaniyadagi manzilingizga jo'natiladi. Yoki o'zingiz yashayotgan shahardagi Finanzamtga borib ham soliq IDni so'rashingiz mumkin.
2️⃣
.
Lohnsteuerbescheinigung
. Ushbu hujjat sizga Germaniyadagi ish beruvchi tomonidan beriladi. Aynan shu hujjat sizning soliqlaringizni qaytarib olishda muhim ahamiyatga ega, chunki agar sizga bu hujjat berilmagan bo'lsa, soliqlaringiz Finanzamtga jo'natilmagan bo'lishi mumkin.
Ushbu postda
Lohnsteuerbescheinigung haqida ma'lumot berganman,
albatta o'qing!
3️⃣
.
Yevropa bankida hisob raqam.
Aslida soliqlaringizni O'zbekistonda ochilgan hisob raqamingizga ham tushursa bo'ladi, ammo bunga ba'zida ko'p vaqt ketib qoladi. Misol uchun, bu yil
10 ta holatdan 6 tasida
Finanzamt O'zbekistonda ochilgan bank hisob raqamiga pul o'tkaza olishmayabdi. O'tkazishi uchun qo'shimcha hujjatlar va ma'lumotlar talab qilishyabdi. Undan tashqari, pul Germaniyadan O'zbekistonga yetib kelguncha
30-40€ bank xizmatlari
uchun olib qolinyabdi. Shuning uchun, agar siz yevropa bankidan hisob raqam ochgan bo'lsangiz, uni Germaniyadan chiqib ketgandan keyin ham yoptirmaganiz ma'qul. Ma'lumot o'rnida: soliqdagi pulingizni bironta
tanishingizning
hisob raqamiga tushursangiz ham bo'ladi, ammo tanishlar pulni olgandan keyin yo'q bop qolgan holatlar ham uchrab turibdi, shunga o'zingizning bank hisob raqamingiz bo'lgani ma'qul.
4️⃣
.
Bank uchun VPN.
Ko'pchilik O'zbekistonga qaytganidan keyin, bank hisob raqami blokka tushib qoladi. Buning sababi, odatda banklar sizdan hisob raqamlarini yevropa ichida yashayotganingizda ishlatishga shartnoma qilishadi. Ya'ni, shartnoma bo'yicha agar siz O'zbekistonga ko'chib ketsangiz, bank sizning hisob raqamingizni bloklash huquqiga ega. Shuni oldini olish uchun, bank ilovasini ishlatishdan oldin, VPN ni yoqib, turgan joyingizni Germaniya deb o'zgartirib olish maqsadga muvofiq.
5️⃣
.
Ma'lumotlarning to'g'riligi.
Afsuski ba'zi yurtdoshlarimiz hujjat ishlariga juda ham beparvo. Hujjatda i
sm familya
,
tug'ilgan sana
to'g'ri yozilganmi yoki yo'qmi, umuman e'tibor berishmaydi. Bunaqa vaziyatlarda ham soliqlarni qaytarib olishda muammo bo'lishi mumkin. Chunki, ish beruvchi
"04.07.2005 sanasida tug'ilgan Boltavoy Teshaboev"
nomiga soliq to'lasayu, Finanzamt ba'zasida Boltavoyning tug'ilgan sanasi 04.07.2003 bo'lsa, ma'lumotlar bir-biriga to'g'ri kelmay qoladi. Shuning uchun,
hujjatlarni albatta tekshirib oling!
6️⃣
.
Elster
. Agar siz
Elster
saytidan ro'yhatdan o'tsangiz, O'zbekistonga qaytganingizdan keyin, soliqlarni qaytarib olish uchun hujjatlarni
online
qilishingiz mumkin bo'ladi. Bu borada kaminaga murojaat qilishinglar mumkin
😉
Elster sayti mutlaqo
bepul
, chunki bu finanzamtning
rasmiy
sayti.
Qo'shimcha ma'lumot sifatida shularni ham aytib o'tsam:
A)
2025-yilda to'langan soliqlarni qaytarib olish uchun,
2026-yil yanvar
oyidan boshlab hujjat qilish mumkin. 2025-yil tugamasidan turib, soliqlarni qaytarib ololmaysiz.
B)
Odatda siz to'lagan soliqlar (
Lohnsteuer
)
100%
qaytarib beriladi, qancha soliq to'laganingiz esa Lohnsteuerbescheinigungda yozilgan bo'ladi.
C)
Soliqlarni qaytarib olish keyinchalik Germaniyaga kelishda yoki viza olishda
hech qanday ahamiyatga ega emas.
D)
Agar
nima qilayotganingizni bilmasangiz
, soliqlarni qaytarib olish uchun o'zingiz hujjat qilmang. O'zi hujjat qilib, hamma narsani kasha qilganlarni hujjatlarini to'g'rilashgayam ko'p vaqt ketib qolyabdi.
❗️
Ushbu postni Germaniyada Ferienjob qilayotgan tanishlaringizga jo'natib qo'ying.
❗️
@uzDeutschland