Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Oʻzbekistonlik

uzbekistonlikuz

Xorijda o‘qiyotgan va ishlayotgan o‘zbekistonliklar hayotidan lavhalar berib boruvchi manba
Admin bilan aloqa:
@uzbekistonlikuzbot

Subscribers
2 380
Post views
2 029
ER
84,19%
Posts
867
October 03, 11:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Pinkod.uz
’ni
nima uchun kuzatib borish kerak?
- Moliya-iqtisod yo‘nalishidagi xabarlarning barchaga tushunarli va sodda tildagi tahlili beriladi.
- Banklar, to‘lov tashkilotlari va boshqa tijoriy kompaniyalarga oid eng sara materiallar aynan shu yerda.
- Moliyaviy savodxonlik borasida original maqolalar e’lon qilinadi.
- Texnologiyalarga oid eng muhim yangiliklar chop etiladi.
Pinkod
obunachilarining ortiqcha vaqtini olmaydi — eng muhim va saralarini taqdim etadi.
Kuzatib boring:
@pinkoduz

August 30, 12:06

Internet nashrida ishlash uchun vakansiya
O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan internet nashrida ishlash uchun vakansiya mavjud. Jurnalistika sohasida tahsil oladigan talabalar ham ariza yuborishi mumkin.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
— Toshkent shahrida, ofisga kelib ishlay olish;
— o‘zbek tilida to‘g‘ri va xatosiz yozish, boshqa tillarni bilish ustunlik beradi;
— axborotni izlash, topish va qayta ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
— tadbirlarni matnli va videoreportaj shaklida yorita olish qobiliyati;
— nashrning video-rilslarida chiqa olish;
— intervyu va podkastlarga chiqa olish;
— ishdan tashqari paytda ham doimiy onlayn bo‘lish;
Biz xodimga quyidagilarni taklif qilamiz:
— shahar markazidagi ofis;
— ishlash uchun barcha qulayliklarga ega mehnat sharoiti;
— soha bo‘yicha qimmatli bilimlar;
— qo‘shimcha loyihalarda ishtirok;
Ish haqi miqdori xodimning salohiyati va qobiliyatlariga qarab belgilanadi.
Rezyumelarni quyidagi Telegram bot manziliga yuborish mumkin:
@CareerUzBot

August 24, 08:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Chevening dasturiga arizalar qabuli boshlandi.
Bu dastur Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant taqdim etadi.
Arizalar 7-oktabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil:
https://www.chevening.org/scholarship/uzbekistan/
@uzbekistonlikuz

August 20, 08:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ofisda bir odam o‘ziga choy tayyorlayapti va men uni kuzatib turibman:
1. Bo‘sh chashkaga choy paketini soldi.
2. Qaynoq suv quydi, lekin oxirigacha to‘ldirmadi.
3. Choy paketini qimirlatib choyini ancha chiqardi.
4. Ustiga ozgina sovuq suv quydi va darhol ichishni boshladi.
Shu yerda meni kallam portlab ketdi — shunaqa qilsa ham bo‘larmidi?! Men 20 yildan beri noto‘g‘ri choy damlab yurgan ekanman
🤯
Shunday holatlar meni o‘ylantiradi... ba‘zi oddiy narsalar hayotimizga shunchalik singib ketganki ularni yaxshilash haqida hech qachon o‘ylamaymiz.
Hayotda qancha yangi fikr va bilimlarga ochiq bo‘lsak, shuncha kamroq og‘zimiz kuyib yuradi, menimcha.
Vohid Karimov, Germaniya
@uzbekistonlikuz

August 14, 16:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Tikilgan orzular
Bugun Koreyaning mustaqil bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan lideri Dosan (Ahn Chang Ho)ning muzeyida bo‘ldim. Diqqatimni tortgan eng muhim narsa bu tikuv mashinasi bo‘ldi. Bu mashina Dosanning onasiga tegishli va o‘g‘lining o‘qishi uchun shu mashinada mehnat qilib, unga sharoit yaratib bergan.
Buni ko‘rib, ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qigan paytlarim esimga tushib ketdi. Bizda ovqat uchun har oy taxminan 120 ming so‘m atrofida to‘lanar edi, adashmasam.
6-sinfga o‘tganimda dadam sog‘liqlari tufayli ishdan vaqtincha bo‘shadilar. O‘shanda oyim uyda tikuv mashinasida salfetka tikardilar va ularni shahrimizdagi oshxonalarga tarqatib, maktab pulini to‘lardik. Kech to‘laganim uchun sinf oldida tik turganim esimda.
Hozir, Allohga shukrki, dadam ham ishlariga qaytganlar. Men esa o‘sha ixtisoslashtirilgan maktabda ta’limimni davom ettirib, Prezident maktabiga o‘qishga kirdim. Hozirda esa Koreyaning hattoki koreyslar o‘qishga kirishni orzu qiladigan universitetda o‘qiyapman.
Men ota-onam bilan doimo faxrlanaman. Barchasi uchun rahmat!
Hanyang universiteti talabasi, Janubiy Koreya
@uzbekistonlikuz

August 14, 13:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

10-qavatdan hayotga nazar...
Hozir 10-qavatdan turib ko‘chaga boqib hayot jo‘shqin o’tishini tasavvur qilyapman. Shu bir katta energiyaning ichida kichkina bir atomlardan bittasiman. Hayollar biri kelib, bittasi ketyapti: oila, o’qish, kelajak uchun rejalar, wow zo’r-a!
Endi bir gapni aytay do’stlar.
Nolish
mening hayotimdan asta-sekin yo‘qolib ketyapti. U narsadan men hech rozi emasman. Nolish faqat pastkashlarning ishi. Turib nazar sol, do’stim, nimalaring bor. Pessimistik qarashlaringni yo’qot. Bu senga tashvish-u kassallik olib keladi.
Kimdirlar aytishi mumkin:
“Sen zo’r hayotda yashayapsan, chet elni ko’ryapsan. Menda bu imkoniyat yo‘q.
" Adashasan, mendagi bor imkoniyat hammada bor. Faqat senda yechim yo‘q. Men ko’rgan narsani sen ko’rmagansan, sen ko’rgan narsani men ko’rmaganman. Orqaga chekinadigan ko’prikni buzib tashla. Shunda qadam faqat oldinga tashlanadi.
Oxirgi kuchli ma’noga ega gapim bor:
“Alloh bandasiga u bajara olmaydigan sinovni bermaydi.
” Shu gaplarni yodingda tut, birodar.
Iftixor Xasanov, Xitoy
@uzbekistonlikuz

August 13, 17:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qachondir qaytish kerak bo‘lgan joy...
Baʼzida top universitetda o

qiyotganim, judayam chiroyli manzaralarni guvohi bo

layotganim uchun xursand bo

laman. Lekin hech qachon o

zimni bir butundek his qilmayman, ichimda nimadir meni kutayotganlar va qachondir qaytishim kerak bo

lgan joy borligini eslatib turadi. Bu xuddi eng yaqin do

stingsiz vaqtni yaxshi o

tkazishga o

xshaydi: "baxtli"san lekin nimadir yetmaydi.
Minglab sabablar bo

lsa ham, shioringiz "surish kerak" bo

lsa ham vatandan nafratlanmaslik kerak. Chunki qachondir undan ketganingda....
Behbudiy aytgan edi:
Vatanga muhabbat madaniy insonning eng muhim sifatidir
Xusan Qarshiboyev, Janubiy Koreya
@uzbekistonlikuz

August 13, 13:09

Kimning qarorini yashayapsiz?
18 yoshimda Inhadan o‘qishdan ketganman - o‘z qarorim bilan. Yaxshi qaror bo‘lganmi, yomon qaror bo‘lganmi - muhimi mening qarorim bo‘lgan.
25 yoshimda Googledan ishdan ketyapman - o‘z qarorim bilan. Yaxshi qarormi, yomon qarormi - muhimi mening qarorim.
O‘zgalar siz uchun eng zo‘r qarorni qilib bermasin, unga sodiq bo‘lmasangiz - u qaror bilan uzoqqa bormaysiz. U sizniki bo‘lmasa, qanday unga sodiq bo‘lasiz?
Baxtsiz bo‘lish oson - o‘zgalarni ayblang, vaziyatni ayblang, maslahat bergan insonni ayblang.
O‘zingnizni ayblang - baxtga yaqinroq bo‘lasiz. Qarorlarni o‘zingiz qiling - u bilan yashaysiz.
Azimjon Pulatov
@uzbekistonlikuz

August 12, 17:54

Kichik odat - katta saodat!
Yoshligimizdan onamiz mayda turdagi ishlarga koʻp eʼtibor qaratishimizga undardi. Qayta-qayta takrorlab, soʻkib boʻlsa-da oʻsha ishlarni odatga aylantirishimizga harakat qilar edi. Ertalab uygʻonganda yotoqni toʻgʻrilab qoʻyish, oyoq kiyimimizni yechganda tekislab qoʻyish, maktabdan qaytganda kiyimlarni taxlab, oʻz joyiga qoʻyish, otamizning oyoq kiyimlarini ertalab tozalab, tayyor qilib qoʻyish, ular ketishlarida darvozagacha kuzatib qoʻyish va hokazolar. Uyga mehmonlar kelganda, ostona toʻla oyoq kiyimlar boʻladi. Atrofda amaki/xolalarning farzandlari oldida noqulay boʻlsa-da, ularni hammasini tekislab chiqish ham doimiy takrorlanar edi.
Bu kabi ishlarga juda qattiq turar edilar. Tarbiya qilishning bir qismi deb koʻrish mumkin, lekin bu yerda undanda muhimroq bir masala bor. Mayda ishlarni toʻgʻri qilishga odatlanish inson hayotida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu kabi ishlar insonning shaxsiy intizomini rivojlantirishda juda koʻp yordam beradi. Bu albatta ulkan yutuqlarga erishishda madadkor boʻladi.
James Clear
ning "
Atomic Habits
" deb nomlangan mashhur kitobning asl mohiyati ham aynan shu. Kichik odatlarga eʼtibor qaratish va ular orqali insonni shakllantirish.
Jordan Peterson
ham oʻzining "
12 Rules for Life
" kitobi shunga urgʻu berib oʻtadi. Forbes yozgan maqolaga koʻra D
oktor B.J. Fogg
ning "
Tiny Habits: Small Changes that Change Everything
" kitobining mazmuni ham shu. Katta maqsadlarga erishish uchun, kichik vazifalarga odatlanish kerak.
Bu kitoblarni o'qish/eshitish vaqti, bu kitob onamiz oʻrgatgan odatlanish qobiliyati oldida hech bir qiymatli gap yozmagan ekan, degan xulosaga borgandim.
Qisqa maqolaning asosiy maqsadi ham aynan shu mavzuga eʼtibor qaratish. Kichik odatlar katta saodatlarga yetaklaydi. Yaʼni, mayda koʻrinishi mumkin boʻlsa-da, inson hayotida ahamiyati katta boʻlgan ishlarda inson erinchoqlik qilmasligi kerak va oʻsha kichik ishni bajarishda oʻzida kuch topa olishi lozim. Shundagina katta ishlarga va maqsadlarga erishishga yoʻl ochiladi. Toma-toma koʻl boʻlur, degan jumlaning maʼnosi ham shunda.
Ikboljon Sobirov, Oksford universiteti, Ph.D. — Amaliy kompyuter fanlari va sun’iy intellekt
@uzbekistonlikuz

July 05, 08:10

Oʻzbekistonlik
Telegram kanalini yuritish, xorijda o‘qiyotgan va ishlayotgan yurtdoshlar hayotidan qiziqarli lavhalarni berib borish uchun xodim qidirilmoqda.
Vakant joy soni:
1 ta. Bir qancha nomzodlar orasidan yaxshi talabgorlar chiqsa, boshqa loyihalardan ham ish taklif etilishi mumkin.
Asosiy talab:
imlo qoidalarini chuqur bilish, matnlarni xatosiz yozish va tahrirlash hamda qayta ishlov berish. Har kuni bir-biridan qiziqarli kamida 3-4 ta xabar joylab borish.
Muhimi, ofisga kelib ishlay olish. Ofis Toshkentning kindigida yoshlashgan :)
Xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini yaxshi bilish ancha-muncha ustinlik beradi.
Yaxshi oylik olib, zo‘r jamoada ishlash va tajriba oshirish imkoni kafolatlanadi.
Qiziqqanlar
@uzbekistonlikuzbot
orqali rezyume yuborishlari mumkin. Talabalar ham ko‘rib chiqiladi, bunga hech qanday cheklov yo‘q.