Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti

uzdavyerloyiha

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.
Bizning sayt:
www.uzdavyerloyiha.uz

Subscribers
1 010
Post views
520
ER
51,56%
Posts
5 747
July 19, 09:01
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🇺🇿
Davlatimiz rahbarining 09.04.2025 yilgi o’tkazilgan videoselektor yig’ilishlarida,
har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish”, "teatr va madaniy ziyoratgohlarga tashrif buyurish"
belgilangan edi.

"Teatr-ibratxonadir"
dasturi ijrosini ta'minlash hamda madaniy hordiq olish maqsadida bugun "Farvilyerloyiha" bo'linmasi xodimlari teatrga tashrif buyurdilar.
Ijodkorlar tomonidan, xalqimizning eng sevimli asari,
"Shum bola"
sahnalashtirildi. Komediya janrida sahnalashtirilgan ushbu asar, yig'ilganlarning yuzida tabassum
uyg'otdi.
#Uzdavyerloyiha
#Farvilyerloyiha
Rasmiy sahifalarimizga a'zo boʻling!
😊
O'zdavyerloyiha DILI
📱
Telegram
🌐
Facebook

July 15, 06:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#E_lon
#O_zdavyerloyiha_DILI
#Doktorantura
DIQQAT E’LON
❗️
💼
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti
Mustaqil izlanuvchilikka 2025-yil
IV-choragi
uchun 06.01.10 – “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligi boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:
📆
Tanlov muddati 2025-yil 15-iyuldan 15-avgustgacha davom etadi.
📝
Talabgorlar hujjatlari Yagona elektron tizim
https://daraja.ilmiy.uz
orqali qabul qilinadi.
😊
O'zdavyerloyiha DILI
📱
Telegram
🌐
Facebook

July 10, 12:58
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

#O_zdavyerloyiha_DILI
#Bu_qiziq
#Yer_tuzish_tarixi
VII ASRDA YER TUZISH ISHLARIDA AL-XORAZMIY KOORDINATALAR TIZIMIDAN FOYDALANILGAN
🗺
Al-Xorazmiyning eng yirik asarlaridan biri
Kitāb ṣūrat al-Arḍ
(Yerning ko'rinishi haqida kitob” yoki “Yerning tasviri” geografiya deb tarjima qilingan)
833-yilda yozilgan. Mazkur kitobda Ptolemey geografiyasining qayta koʻrib chiqilgan va kengaytirilgan versiyasi boʻlib, umumiy kirishdan soʻng shaharlarning 2402 koordinatalari va boshqa geografik obʼyektlar roʻyxatidan iborat.
🗺
Kitāb ṣūrat al-Arḍ kitobining yagona namunasi saqlanib qolgan bo’lib, hozirgi kunda Strasburg universitetida saqlanmoqda. Lotincha tarjimasi esa Madridda joylashgan Ispaniya milliy muzeyida saqlanadi. Ushbu asarda shuningdek Nil daryosining eng qadimgi xaritasi mavjud. Ammo, arabcha nusxasi va lotincha tarjimasi dunyo xaritasini o’z ichiga olmaydi, lekin Xubert Daunixt koordinatalar ro’yxati asosida yetishmayotgan xaritani tuzib chiqqan.
📝
Al-Xorazmiyning asosiy xizmatlaridan biri Ptolemeyning Oʻrta yer dengizi uzunligi (Kanar orollaridan Oʻrta yer dengizining sharqiy qirgʻoqlarigacha) uzunligini qoʻpol ravishda oshirib baholashini tuzatish edi. Ptolemey uni 63 gradus uzunlikka oshirib baholagan bo'lsa, Al-Xorazmiy uni deyarli 50 gradus uzunlikka deyarli to'g'ri baholagan. Shuningdek, u Atlantika va Hind okeanlarini Ptolemey singari yopiq dengizlar emas, balki ochiq suv havzalari sifatida tasvirlagan.
Al-Xorazmiy Eski dunyoning bosh meridianini Oʻrta yer dengizining sharqiy qirgʻogʻida, Iskandariyadan 10–13 daraja sharqda (ilgari Ptolemey tomonidan oʻrnatilgan bosh meridian) va Bagʻdoddan 70 daraja gʻarbda oʻrnatgan. Oʻrta asr musulmon geograflarining aksariyati Al-Xorazmiyning asosiy meridianidan foydalanishda davom etgan.
😊
O'zdavyerloyiha DILI
📱
Telegram
🌐
Facebook

July 07, 07:00
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📍
"Farvilyerloyiha" bo'linmasida navbatdagi siyosiy-ma'rifat soati bo'lib o'tdi
.
🇺🇿
O'tgan hafta mobaynida, yurtimizda va jahonda bo'lib o'tgan muhim voqeliklar, ijtimoiy-huquqiy o'zgarish va yangiliklar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Belorus Respublikasiga amaliy hamda Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashriflari haqida bo'linma yuristi X.Tuychiyev tomonidan ma'lumot berildi.
#siyosiy_marifat_soati
#repost
#farvilyerloyiha
#uzdavyerloyiha
😊
O'zdavyerloyiha DILI
📱
Telegram
🌐
Facebook

July 04, 11:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти саммитидаги
нутқи

Выступление
Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите Организации экономического сотрудничества

Address
by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Economic Cooperation Organization’s summit
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

July 02, 06:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Bilasizmi
❗️
2-iyul – “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan kun
🔰
Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi
davlat mustaqilliginin
g
ramzidir.
📌
O'zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini
hurmat qilishlari
shart
.
▶️
Jinoyat kodeksiga asosan, Davlat gerbiga hurmatsizlik qilish BHMning
25 baravarigacha
(9 mln 375 ming so'm)
miqdorda
jarima yoki
360 soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud
3 yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

July 02, 04:28
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
🇺🇿
Respublika davlat ramzlari xalqning shon-sharafi
, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, yorug‘ kelajakka bo‘lgan
ishonchi ifodasidir
.
👨‍👩‍👧‍👧
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan
har bir fuqaro davlat ramzlari
, shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan
. Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat mamlakatimizda kichik yoshdanoq singdiriladi. Bu esa insonlarda o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt taqdiri uchun daxldorlik, fidoyilik, Vatan uchun cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
🕊
Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi milliy iftixorimiz va g‘ururimiz ifodasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining 33 yilligi bilan samimiy qutlaydi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

June 30, 10:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Тадбир якунида давлатимиз раҳбари яна бир бор ёшларга мурожаат қилди:

Ёшликда олинган билим – тошга ўйилган нақш, келажак учун пойдевор
дегани. Пойдевор қанча мустаҳкам бўлса, ҳаётингиз, бахтингиз биноси шунчалик муҳташам бўлади.
Ёшликдаги ҳаракат келажакдаги ютуқ
дегани.
Ёшликда орттирилган дўст бир умрлик ҳамкор, таянч ва суянч
дегани.
Ҳеч қачон унутманг, ф
арзандлари билимли, соғлом, мард ва жасур, доимо олдинга интилиб яшайдиган халқ ва давлатнинг келажаги албатта ёруғ бўлади.
Мен бутун Ўзбекистон ёшлари ана шундай фазилатлар эгаси бўлишини тилайман!
Ишончим комил,
биз кўп миллатли бутун халқимиз билан, сиз, азиз фарзандларим билан улуғ мақсадларимизга, албатта, етамиз
! Янги Ўзбекистонни барчамиз биргаликда, албатта, барпо этамиз!”
.
Facebook|
Instagram|
X

June 30, 09:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Президентимиз бугун
“Креатив иқтисодиёт”, “Рақамли яшил ташаббуслар”, “Ёшлар тадбиркорлиги ва стартаплар” ва “Ёш инноваторлар” майдончаларидаги
ўғил-қизларимиз билан мулоқот қилиб, ҳозирги ёшларимиз –
Янги Ўзбекистоннинг ҳақиқий бунёдкорлари эканига яна бир бор амин бўлганини
таъкидлади.

Мен сизлар билан фахрланаман!
Сизларнинг ҳар бир ютуғингиз бу – кўп миллатли бутун халқимизнинг ютуғидир.
Азму шижоатингиз, соғлом дунёқарашингиз, бахту иқболингиз – миллионлаб ота-оналар, устоз-мураббийлар, яқинларингизнинг ҳам бахту саодатидир
”,
- деди давлатимиз раҳбари.
Facebook|
Instagram|
X

June 30, 09:27
Media unavailable
1
Show in Telegram


Ёш авлодни турли
зарарли таъсирлардан асраш, уларга ахборот маконида фойдали, мазмунли маълумотларни етказиш ва тарғиб қилиш доим эътиборимиз марказида
бўлиши зарур
”,
- деди Президент.
Шу мақсадда
Болалар контентини ривожлантириш маркази
ташкил этилгани, марказ
миллий маданият, санъат, адабиёт, тарих ва маънавий қадриятлар асосида болаларга мўлжалланган тарбиявий контентлар яратиш
учун масъул бўлиши қайд этилди.
Жорий йилдан бошлаб маҳаллаларда ўтказилган
“Шижоат ва ғайрат” ҳарбий-спорт мусобақаларида 244 минг йигит-қизлар
иштирок этди,
1 миллиондан зиёд
ёшлар эса уларни катта қизиқиш билан кузатиб борди. Бу беллашувлар
ватанпарварлик, жасорат ва жипсликни тарғиб этадиган муҳим ҳаракатга
айланди.

Мамлакатимиз мустақиллиги, халқимизнинг тинч ва осойишта ҳаётини кўз қорачиғидек асрашда сиз, азиз ёшларимизга таянамиз.
Унутманг:
мустақиллик – бу шунчаки расмий мақом эмас, балки ҳар бир ёшга ўз тақдирини ўзи белгилаш имконини берадиган буюк неъмат
”,
- деди Президентимиз.
Facebook|
Instagram|
X