Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti

uzdavyerloyiha
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali. Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Subscribers
1 342
24 hours
2
30 days
Post views
518
ER
38,6%
Posts (30d)
60
Characters in post
1 551
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
September 09, 05:45
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

#O_zdavyerloyiha_DILI
#Xalaro_hamkorlik
💼
Qishloq xo'jaligi vazirligi
"
O‘zdavyerloyiha" instituti — xalqaro yer boshqaruvi muloqotida
Yer — bu shunchaki hudud emas. U oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti, ekologik barqarorlik va hududlarning kelajagini belgilovchi strategik resursdir. Aynan shu masalalar bugun
LANDNET 17-xalqaro seminari
doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda.
FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy idorasi ko‘magida tashkil etilgan tadbir
50 dan ortiq mamlakatdan 150 nafargacha ishtirokchini
bir maydonga jamladi.
Seminarda yerga kirish imkoniyatlari, yer islohoti, yerlarni boshqarish, yerlarni birlashtirish, yer banklari, inqiroz sharoitida yer boshqaruvi tizimlarining barqarorligini ta’minlash kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.
🤝
“O‘zdavyerloyiha”
delegatsiyasi ham ushbu xalqaro muloqotda faol ishtirok etmoqda. Mazkur ishtirok O‘zbekistonning yer resurslarini boshqarish va yer tuzish sohasidagi tajribasini xalqaro ekspertlar hamjamiyatiga taqdim etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun muhim maydon yaratmoqda.
🌱
Bugungi xalqaro muloqot — ertangi samarali yechimlar uchun zamin.
“O‘zdavyerloyiha”ning bunday nufuzli professional platformalardagi ishtiroki esa mamlakatimizda yer resurslarini boshqarish sohasining xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi.
😊
O'zdavyerloyiha DILI
📱
Telegram
🌐
Facebook

September 08, 07:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#O_zdavyerloyiha_DILI
#Navoiy_viloyati
NAVOIY VILOYATIDA YAYLOVLARDAN SAMARALI FOYDALANISH, CHORVACHILIK SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISH
Konimex tumani hokimligi majlislar zalida Navoiy viloyatida yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni jadallashtirish va ularni amalga oshirish jarayonidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov hamda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligida o‘tkazildi.
💻
Unda
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev,
tumanlar hokimlari, mutasaddi rahbarlar, tadbirkorlik subyektlari hamda chorvachilik sohasi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, avvalo, viloyatdagi mavjud yaylov yerlaridan oqilona va samarali foydalanish, chorva mollari bosh soni va mahsuldorligini oshirish, yaylovlarning holatini yaxshilash, sohadagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Viloyatning yaylov xududlarida, xususan, Konimex  tumanidagi keng yaylov maydonlari va chorvachilik sohasidagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratishda muhimligi tabkidlandi va 2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarda  yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish imkoniyatlaridan keng foydalanish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
😊
O'zdavyerloyiha DILI
📱
Telegram
🌐
Facebook

September 08, 05:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 08, 05:32
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

📎
📎
📎
📎
📎
📎
📎
📎
🟦
Навоийда яйловлардан самарали фойдаланилмоқдами?
🟦
Конимех тумани ҳокимлиги мажлислар залида Навоий вилоятида яйловлардан самарали фойдаланиш, чорвачилик соҳасини янада ривожлантириш, шунингдек, хорижий инвестициялар иштирокидаги лойиҳаларни жадаллаштириш ва уларни амалга ошириш жараёнидаги мавжуд муаммоларни бартараф этиш масалаларига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.
Йиғилиш Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари Жамшид Ходжаев, Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси, Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директори Мансурбек Оллоёров ҳамда Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов раҳбарлигида ўтказилди.
Унда туманлар ҳокимлари, мутасадди раҳбарлар, тадбиркорлик субъектлари ҳамда чорвачилик соҳаси вакиллари иштирок этди.
Йиғилишда, аввало, вилоятдаги мавжуд яйлов ерларидан оқилона ва самарали фойдаланиш, чорва моллари бош сони ва маҳсулдорлигини ошириш, яйловларнинг ҳолатини яхшилаш, соҳадаги мавжуд имкониятларни тўлиқ ишга солиш масалалари атрофлича муҳокама қилинди.
Вилоятнинг яйлов худудларида, хусусан, Конимех  туманидаги кенг яйлов майдонлари ва чорвачилик соҳасидаги мавжуд салоҳиятдан самарали фойдаланиш ҳудуд иқтисодиётини ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва янги даромад манбаларини яратишда муҳимлиги табкидланди ва 2026 йилда Навоий вилоятини барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича белгиланган вазифаларда  яйловлардан самарали фойдаланиш, чорвачиликни ривожлантириш имкониятларидан кенг фойдаланиш устувор йўналиш сифатида белгиланди.
🟦
Йиғилиш якунида муҳокама қилинган масалалар юзасидан масъул раҳбар ва мутасаддиларга аниқ топшириқлар берилиб, белгиланган вазифаларнинг ижросини таъминлаш бўйича тегишли чора-тадбирлар белгиланди.
👌
Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🧠
Veb Sayt |
✈️
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📸
Instagram
|
▶️
Youtube

September 07, 11:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#E_lon
#O_zdavyerloyiha_DILI
#Doktorantura
DIQQAT E’LON
❗️
💼
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti
Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD)ga 2027-yil
uchun 06.01.10 – “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligi boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:
Doktorantura
(DSc)
-1 ta
Tayanch doktorantura
(PhD)
- 3 ta
Talabgorlarni qabul qilish ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi. Taqdimotga qo'yilgan talablar
Institut rasmiy sahifasi hamda
https://daraja.ilmiy.uz/
saytida ko'rsatilgan.
📆
Hujjatlarni topshirish muddati:
2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadi.
📝
Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib,
https://daraja.ilmiy.uz/
sayti orqali yuboriladi.
😊
O'zdavyerloyiha DILI
📱
Telegram
🌐
Facebook

September 06, 01:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

Navoiy cho‘llarida yangi tajriba boshlanmoqda
📌
Konimex tumanida yaylov o‘simliklari urug‘chiligini rivojlantirishga qaratilgan loyiha doirasida dastlab
5 gektar maydonda tajriba
stansiyasi
tashkil etiladi.
Bunda:
🔹
1 gektar
— droja va shakar;
🔹
1 gektar
— boriy kislotasi;
🔹
1 gektar
— kremniy;
🔹
1 gektar
— marganes;
🔹
1 gektar
— aspirin aralashmasi asosida sinovdan o‘tkaziladi.
🔗
Tajriba natijasida
eng samarali usul aniqlanib, kelgusida yaylov xo‘jaligida
keng joriy etiladi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

September 05, 14:00
Media unavailable
7
Show in Telegram

Navoiyda yaylov o‘simliklari urug‘chiligi bo‘yicha yangi tajriba yo‘lga qo‘yiladi
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Sho‘rko‘l qishlog‘i yaqinida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan
Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Navoiy tajriba uchastkasi
uchun ajratilgan hududda bo‘ldim.
2000 gektar maydonni
egallagan ushbu hududda cho‘l va yaylov sharoitiga mos
ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish, ularning urug‘larini ko‘paytirish hamda ilmiy-tajriba ishlarini olib borish
ko‘zda tutilmoqda.
Loyihaning dastlabki bosqichida
5 gektar maydonda tajriba
tashkil etiladi. Har bir gektarda turli preparat va elementlarning o‘simliklar rivojiga ta’siri alohida o‘rganiladi. Jumladan:

1 gektar
— droja va shakar;

1 gektar
— boriy kislotasi;

1 gektar
— kremniy;

1 gektar
— marganes;

1 gektar
— aspirin aralashmasi asosidagi tajriba.
Maxsus tayyorlangan suyuqlik va preparatlar
tuproqqa ishlov berish hamda o‘simliklarning ildiz tizimini jonlantirish
maqsadida qo‘llanadi. Tajriba maydonlariga tegishli o‘simlik urug‘lari ekilib, ularning
unishi, rivojlanish dinamikasi va hosildorligi
muntazam kuzatib boriladi.
Tajriba yakunlari asosida qaysi preparat yoki element o‘simliklar rivojiga
eng yuqori samaradorlik
ko‘rsatgani aniqlanadi. Shundan kelib chiqib, samarali yo‘nalish bo‘yicha
texnologik tavsiyalar va dastur
ishlab chiqiladi.
Loyihada
ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish
, yaylov o‘simliklarining mahalliy sharoitga mos turlarini aniqlash va ularning
urug‘chiligini rivojlantirish
ga alohida e’tibor qaratamiz.
Shuningdek, hududga yaqin qishloqlarda yashovchi aholi va yoshlarni
ish bilan ta’minlash hamda daromadlarini oshirish
ham loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mahalliy aholini tajriba maydonlarida yetishtirilgan
urug‘lik va ozuqabop o‘simliklarni ko‘paytirish
, keyinchalik ularni ishlab chiqarishga joriy etish jarayonlariga keng jalb qilamiz.
Mazkur loyiha orqali
yaylov xo‘jaligini rivojlantirish, chorvachilik uchun sifatli ozuqa bazasini kengaytirish
va cho‘l hududlarining tabiiy resurslaridan samarali foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratamiz.
Loyiha doirasidagi ishlarni
bosqichma-bosqich va ilmiy asosda tashkil etish
, tajriba natijalarini muntazam tahlil qilish hamda o‘zini oqlagan samarali usullarni keyinchalik
keng joriy etish
bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdim.

September 05, 13:54
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#O_zdavyerloyiha_DILI
#Futbol
💼
BOSH DIREKTOR KUBOGI
💼
🏆
1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti tizimida an'anaviy "BOSH DIREKTOR KO'CHMA KUBOGI" bellashuvlari tashkil rilindi. Joriy yilning 5-sentabr sanasida ushbu bellashuvlarning birinchi tur o'yinlariga start berildi. Birinchi bosqich o'yinlarida 14 ta jamoa ishtirok etib, 8 ta jamoa ikkinchi boshqichga yo'l olishdi.
HISOBLAR
⚽️
Qoraqalpog'iston Respublikasi 6-0 Qashqadaryo viloyati
⚽️
Navoiy viloyati 6-0 Toshkent viloyati
⚽️
Andijon viloyatii 3-0 Buxoro viloyati
⚽️
Xorazm viloyati 2-1 Markaziy apparat
⚽️
Jizzax viloyati 6-3 Surxondaryo viloyati
⚽️
Sirdaryo viloyati 6-3 Namangan viloyati
⚽️
Samarqand viloyati 5-5 Farg'ona viloyati
😊
O'zdavyerloyiha DILI
📱
Telegram
🌐
Facebook

September 05, 02:57
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Navoiyda yaylov o‘simliklari urug‘chiligi bo‘yicha yangi tajriba yo‘lga qo‘yiladi
🌱
Qishloq xo‘jaligi vaziri
Ibrohim Abdurahmonov
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Sho‘rko‘l qishlog‘i yaqinida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan
Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Navoiy tajriba uchastkasi
uchun ajratilgan hududda bo‘ldi.
🌲
2000 gektar maydonni
egallagan hududda cho‘l va yaylov sharoitiga mos, chorva hayvonlari uchun
ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish, ularning urug‘larini ko‘paytirish hamda ilmiy-tajriba ishlarini olib borish
ko‘zda tutilmoqda.
🔬
Loyihaning dastlabki bosqichida
5 gektar maydonda tajriba
tashkil etiladi. Bunda har bir gektar maydonda turli preparat va elementlarning o‘simliklar rivojiga ta’siri alohida o‘rganiladi:

1 gektar
— droja va shakar;

1 gektar
— boriy kislotasi;

1 gektar
— kremniy;

1 gektar
— marganes;

1 gektar
— aspirin aralashmasi asosidagi tajriba.
💧
Maxsus tayyorlangan
suyuqlik va preparatlar
tuproqqa ishlov berish hamda o‘simliklarning ildiz tizimini jonlantirish maqsadida qo‘llanadi. Shu bilan birga, tajriba maydonlariga tegishli o‘simlik urug‘lari ekilib, ularning
unishi, rivojlanish dinamikasi va hosildorligi
kuzatib boriladi.
📊
Tajriba natijalariga ko‘ra, qaysi preparat yoki element o‘simlik rivojiga
yuqori samaradorlik
ko‘rsatsa, kelgusida aynan shu yo‘nalish bo‘yicha
texnologik tavsiyalar va dastur
ishlab chiqiladi.
🧬
Loyihaga
ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy salohiyatini jalb qilish
, yaylov o‘simliklarining mahalliy sharoitga mos turlarini aniqlash va ularning
urug‘chiligini rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratiladi.
👨‍🌾
Shuningdek, hududga yaqin qishloq aholisi va yoshlarni
ish bilan ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish
ham loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biri. Mahalliy aholi tajriba maydonlarida yetishtirilgan
urug‘lik va ozuqabop o‘simliklarni ko‘paytirish
, shuningdek, ularni ishlab chiqarishga joriy etish jarayonlariga jalb qilinadi.
🐑
Mazkur loyiha orqali
yaylov xo‘jaligini rivojlantirish, chorvachilik uchun sifatli ozuqa bazasini kengaytirish
va cho‘l hududlarining tabiiy resurslaridan samarali foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.
📌
Vazir loyiha doirasidagi ishlarni
bosqichma-bosqich, ilmiy asosda tashkil etish
, tajriba natijalarini muntazam tahlil qilib borish va samarali usullarni keyinchalik
keng joriy etish
bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram

September 03, 16:32
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

Hosildan zaxiragacha: agrar sohadagi muhim vazifalar muhokama qilindi
🌱
Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri
Ibrohim Abdurahmonov
boshchiligida vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida
kengaytirilgan yig‘ilish
o‘tkazildi.
📱
Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda
paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik ishlarining joriy holati
,
oziq-ovqat balansi
va zarur zaxiralarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🌱
Shuningdek,
qishki mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish
, chorva mollari uchun yetarli miqdorda
ozuqa zaxiralarini g‘amlash
, g‘alla ekish ishlarini tashkil etish hamda
g‘alla ekiladigan maydonlarni Agroplatformada to‘liq aks ettirish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📅
Yig‘ilish davomida joriy yilning
sentyabr va oktyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik tadbirlarga tayyorgarlik
ishlarining borishi ham ko‘rib chiqildi. Bu borada mutasaddi rahbarlarga
aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar
berildi.
ℹ️
Bundan tashqari,
Navoiy viloyatida yaylov yerlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish
, qishloq xo‘jaligi sohasiga jalb etilayotgan
investitsiyalar samaradorligini ta’minlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
📋
Yig‘ilish so‘ngida
Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan kelib tushgan topshiriqlar ijrosi
, shuningdek,
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati
tahlil qilindi.

Muhokama qilingan har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini
o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash
yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🌐
Website
💬
Telegram
💬
Facebook
📺
YouTube
📷
Instagram