
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Veb-sayt:
https://www.uzedu.uz/
YouTube:
youtube.com/@UzEdu1
Facebook:
https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram:
https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞
Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️
info@uzedu.uz
Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
#Maktabgacha_taʼlim
🚌
"Aqlvoy" avtobus-bog‘chasi — chekka hududlardagi bolalar uchun qulay va xavfsiz ta’lim imkoniyati
✅
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan
Qashqadaryo viloyati
Qamashi tumanining olis va chekka hududlarida istiqomat qilayotgan bolalar uchun maxsus loyiha yo‘lga qo‘yilgan.
📍
Changak va Qizilqishloq mahallalaridagi
maktabgacha yoshdagi bolalar har kuni ertalab
"Aqlvoy" avtobus-bog‘chasi
orqali bog‘chaga olib kelinmoqda.
🔴
Mazkur loyiha doirasida
32-sonli
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qarashli
Mobil A
va
Mobil B
guruhlari faoliyat yuritmoqda. Har bir guruhda
16 nafardan tarbiyalanuvchi
bolalar ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan.Mobil A guruhi 26-maktab hududidagi, Mobil B guruhi esa 31-maktabdagi maxsus maydonchada faoliyat olib bormoqda.
🗣
Tarbiyachilar hamrohligida avtobus orqali bog‘chaga qatnayotgan bolalar
sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olinmoqda
va
ularning xavfsizligi to‘liq ta’minlanmoqda
. Mashg‘ulotlar yakunida esa ular yana shu avtobus orqali bexavotir tarzda uylariga qaytarilmoqda.
➡️
"Aqlvoy" avtobus-bog‘chasi tashabbusi ota-onalar uchun ham katta qulaylik yaratmoqda — ular farzandlarini ishonchli qo‘llarga topshirgan holda, kun davomida o‘z ish faoliyatlarini xotirjam davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
‼️
‼️
‼️
✅
@PedagogInfo_Bot
– pedagoglar uchun yordamchi MA'LUMOTLAR PLATFORMASI
⏰
Ushbu bot orqali siz:
➖
Malaka toifa sinovlari,
➖
Kasbiy sertifikatlash sinovlari,
➖
Menejerlik sertifikati sinovlari,
➖
Vazir jamg‘armasi sinovlari bo‘yicha
murojaatlaringiz holatini kuzatish, natijalar bilan tanishish, shuningdek imtiyoz beruvchi xorijiy til sertifikatlarining verifikatsiya holatini tekshirish, maxsus ustamalar va boshqa foydali ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
➖
Xizmatlardan to‘liq foydalanish uchun botga a’zo bo‘ling.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Диққат_эълон
Hurmatli ota-onalar hamda maktab o‘quvchilari!
✅
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Mening maktabim” loyihasiga start berilmoqda
Joriy yilning
22-oktabridan boshlab
2025/2026-o‘quv yili doirasida ushbu loyihaning
1-bosqichiga
start beriladi.
➖
1-bosqich doirasida 1-, 2- va 4-toifaga kiritilgan
112 ta tumandagi 4 987 ta maktab
ishtirok etadi.
Bunda:
🟣
22–31-oktabr kunlari
— loyihalarni shakllantirish;
🟣
1–10-noyabr kunlari
— loyihalarni saralash;
🟣
11–20-noyabr kunlari
— ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi.
📊
Eslatib o‘tamiz,
“Mening maktabim” loyihasida
5-sinfdan 11-sinfgacha
boʻlgan har bir oʻquvchi
oʻzi taʼlim olayotgan
umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
✔️
Ma’lumot uchun: 3 va 5-toifaga kiritilgan tuman (shahar)lar joriy yilning dekabr–2026-yil yanvar oylarida “Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichida ishtirok etadi.
Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 112 ta tuman ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
➡️
Ro‘yxat
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Инклюзив_таълим
Jizzaxda inklyuziv ta’lim bo‘yicha xalqaro seminar-trening yakunlandi
✅
Jizzax viloyati
Sharof Rashidov
tumani 36-sonli
umumiy o‘rta ta’lim maktabida Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi hamkorligida
“Inklyuziv ta’lim sari: Yakuniy yondashuv”
loyihasi doirasida ikki kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
🎓
Mazkur treningda tumandagi inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgan
18 ta maktabdan 87 nafar pedagog
ishtirok etdi. Finlyandiyalik mutaxassislar Riia Palmqvist va Elisa Helin tomonidan maktablarda ta’lim madaniyatini rivojlantirish, teng imkoniyatlarni ta’minlash va ilg‘or yondashuvlar bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
🗝
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘qituvchilar Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tuman bo‘limi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🇺🇿
Ushbu xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-treninglar inklyuziv ta’lim sifatini oshirish va barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
Jizzax viloyati MMTB Axborot xizmati
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
✅
✅
✅
✅
#Jadidlar_izidan
🔴
Ayni damda Respublikamiz bo‘ylab "Jadidlar izidan" tanlovining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda talabgorlar 2 ta shart asosida kuch sinashishmoqda.
📊
Ma‘lumot o‘rnida: mazkur tanlovda ishtirok etish uchun jami 656 171 ta arizalar kelib tushgan.
✈️
Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar xorijga ta'lim sayohati yo'llanmasini qo‘lga kiritishadi.
______________
⏰
Jarayonlar vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan ham keng yoritilmoqda:
📍
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍
Andijon viloyati
📍
Buxoro viloyati
📍
Samarqand viloyati
📍
Sirdaryo viloyati
📍
Surxondaryo viloyati
📍
Navoiy viloyati
📍
Xorazm viloyati
📍
Jizzax viloyati
📍
Farg‘ona viloyati
📍
Toshkent viloyati
📍
Namangan viloyati
📍
Toshkent shahri
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
Qadrli pedagoglar!
✅
“ToshTech” texnika universiteti Foundation dasturi doirasida iqtidorli maktab bitiruvchilari bilan ishlash uchun oʻqituvchilarni taklif etadi.
➖
Mashgʻulotlar pedagoglar uchun qulay ish vaqti — maktab darslaridan keyin olib boriladi. Loyihada ishtirok etish istagidagi nomzodlar saralash sinovlari orqali tanlab olinadi.
🔹
Arizalar
info@tashkenttech-edu.uz
yoki ushbu
telegram manzili
orqali qabul qilinadi.
👉
BATAFSIL
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
❗️
17-oktabr — Butun jahon kambag‘allikka qarshi kurashish kuni
BMT Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra, har yili 17-oktabr kambag‘allikni tugatish uchun kurash kuni
sifatida nishonlanadi.
✅
Yurtimizda bu borada izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilmoqda.
✅
“Kambag‘al oilalar reyestri”ga 667 mingdan ortiq oila kiritildi. Bu shunchaki raqamlar emas ular ortida yangi imkoniyatlar olgan minglab insonlar taqdiri mujassam.
🎞
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayyorlangan
film
orqali islohotlar samarasi va hayotlardagi o‘zgarishlar bilan tanishing.
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Сен_истеъдодлисан
✅
Maktablarning inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Sen iste’dodlisan” Respublika tanlovida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o
‘
tish jarayonlari o
‘
z yakuniga yetdi.
📊
Unda ishtirok etish uchun
5 332 nafar
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.
⏰
O‘quvchilar soni hududlar kesimida:
➖
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 578 nafar;
➖
Andijon viloyati — 455 nafar;
➖
Buxoro viloyati — 233 nafar;
➖
Jizzax viloyati — 220 nafar;
➖
Qashqadaryo viloyati — 379 nafar;
➖
Navoiy viloyati — 280 nafar;
➖
Namangan viloyati — 602 nafar;
➖
Samarqand viloyati — 438 nafar;
➖
Sirdaryo viloyati — 160 nafar;
➖
Surxondaryo viloyati — 258 nafar;
➖
Toshkent viloyati — 610 nafar;
➖
Farg‘ona viloyati — 579 nafar;
➖
Xorazm viloyati — 310 nafar;
➖
Toshkent shahri — 230 nafar.
📊
Tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 20-31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
📰
📰
📰
📰
📰
📰
📰
✅
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
"Oʻzbekiston ISHONCH 2030" jamgʻarmasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, vazirlik masʼullari, UNESCO tashkilotlari vakillari, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xodimlari ishtirok etdi.
➖
Loyiha doirasida ishtirokchilar tomonidan Pedagogik mukammallik modeli hamda Global modellar bo‘yicha hisobot berildi.
🔰
Shuningdek, tadbir davomida kasbiy rivojlantirishning sifati va dolzarbligini hamda taʼlim sifatini oshirish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
🌐
JONLI EFIR
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Maktabgacha_taʼlim
#Kelajak_soati
Andijon viloyatidagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soatlari” o’tkazilmoqda
✅
Andijon shahridagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kelajak soatlari” loyihasi doirasida bolalar bilan qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
🤥
Mazkur tashabbus orqali tarbiyalanuvchilarda ijodkorlik, fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda.
Andijon viloyati MMTB
Axborot xizmati
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin