
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Ustozga_ehtirom
Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?
➖
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
“Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.
🎥
Ustozingiz bilan bog‘liq
unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz
yoki
ezgu tilaklaringizni
qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.
📲
Videoda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini
belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy
sahifalarida ulashiladi.
🎉
“Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#brifing
⏰
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan BRIFING
✅
Joriy yil davomida vazirlik tizimiga jami 36 650 ta murojaat kelib tushgan hamda ularning 17 306 tasi ijobiy hal etilgan, 16 mingtaga yaqin murojaatlarga huquqiy va boshqa turdagi tushuntirishlar berib oʻtilgan.
👉
Murojaatlarning asosiy qismi:
➖
taʼlim sohasi xodimlari kasbiy faoliyati;
➖
bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablariga joylashtirish;
➖
maktab faoliyati;
➖
xodimning ishga kirishi yoki oʻz ish oʻrniga tiklanishi;
➖
ish haqi, ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni hisoblash.
➖
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati vakillari tomonidan hududlarda 17 ta sayyor qabul tashkil etildi va 521 nafar fuqaroning murojaatlari yuzma-yuz qabul qilindi.
👉
Vazirlik Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali ham fuqarolarning 42 mingdan ortiq telefon qoʻngʻiroqlariga tezkor javob berildi.
➖
Tizimdagi korrupsiyaviy holatlar boʻyicha murojaat qilish uchun
@mmtv_anticorbot
maxsus telegram-boti, ishga joylashish va boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha
ish.uzedu.uz
,
vacancy.argos.uz
elektron platformalari faoliyat yuritmoqda.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Sayyor_qabul
Namangan: "Sayyor qabul"da fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi
➖
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Temur Komilov ishtirokida Namanganda “Sayyor qabul”
tashkil etildi.
🟢
Unda viloyatdagi ta’lim muassasalarida mavjud muammolar va dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. Xususan, jarayonlar davomida fuqarolar tomonidan 25 ta murojaat bildirildi.
Murojaatlarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish, ta’lim muassasalarida qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hamda ularni zamonaviy jihozlash, pedagoglarning mehnat munosabatlari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
📊
Ularning 8 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
Kasb tanlashda ilk qadam: maktabdagi imkoniyatlar
✅
Bugun o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash hamda zamonaviy kasblar haqida tasavvurini kengaytirishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
📊
2026-yilning birinchi yarmida respublika bo‘yicha
400 ta maktabda 23 mingdan ortiq o‘quvchi
kasb-hunarga o‘qitildi. Shuningdek,
640 ta texnikumda
“Ochiq eshiklar kuni”
tashkil etilib, qariyb
901 ming
nafar bitiruvchi qamrab olindi.
➡️
Shu o‘quv yilidan esa kasbga yo‘naltirish jarayoni yanada erta bosqichdan boshlanadi. Bog‘cha yoshidagi bolalardan tortib yuqori sinf o‘quvchilarigacha ularning yoshi va qiziqishiga mos uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlari joriy etiladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Islohotlar_samarasi
Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida:
✅
Ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar malakasini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish hamda ta’limga
sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni olib kirish
bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaymoqda.
🇹🇷
Turkiya bilan kelishuv doirasida
Istanbul shahrida
xorijdagi ilk O‘zbekiston davlat maktabi qurilmoqda. 600 o‘rinli mazkur muassasada ta'lim to‘liq o‘zbek tilida olib boriladi, joriy yilning 30-yanvar kuni Prezident tashrifi doirasida maktab qurilishiga tamal toshi qo‘yilgandi.
🇺🇸
AQSh bilan hamkorlik doirasida
200 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi
FLEX dasturi orqali AQShda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lib, joriy o'quv yilida ham 30 nafar o'quvchi AQShga yuborildi. ACCESS dasturi esa
9 ta viloyat
dagi
11 ta maktab
ni qamrab olib, Ikki yillik intensiv ingliz tili kurslari yo‘lga qo‘yilib, joriy yilda ham qariyb
500 nafar o‘quvchi
ushbu darslar bilan qamrab olindi.
🇫🇷
Fransiya bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun fransuz tili darsliklari mahalliy ta’lim muhitiga moslashtirilmoqda.
2027–2028-o‘quv yili uchun 190 ming nusxadan ortiq
darslik va ish daftarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, joyil yilda
160 nafar
ga yaqin fransuz tili fani o'qituvchilarining malakasi Fransiyada oshirilmoqda.
🇷🇺
Rossiya bilan hamkorlik doirasida 2020-yildan buyon
1 500 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim pedagogi
hamda
10 mingdan ortiq maktab o‘qituvchisi
malaka oshirdi. Shuningdek,
600 nafardan ortiq
rossiyalik pedagog va metodist O‘zbekistonda faoliyat yuritdi.
🇬🇧
Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda
100 dan ortiq maktabda
ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishining yangi modeli yaratilmoqda. 2026-yilda
70 nafar o‘quvchini
Buyuk Britaniyaga ta’limiy sayohatga yuborish rejalashtirilgan.
🇰🇷
Koreya bilan hamkorlikda har yili
15–30 nafar informatika o‘qituvchisi
sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha malakasini oshirmoqda. Shuningdek,
12 mln AQSh dollari
miqdoridagi grant hisobidan Toshkent shahrida innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti va malaka oshirish markazi qurilmoqda.
🇨🇳
Xitoy bilan hamkorlik doirasida joriy yilning iyun–avgust oylarida
100 nafarga yaqin
ta’lim sohasi vakili xalqaro seminar va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Shuningdek, sun’iy intellekt bo‘yicha
7 jildlik o‘quv qo‘llanmasi
o‘zbek tiliga mahalliylashtirilmoqda.
🇯🇵
Yaponiya bilan hamkorlik doirasida JICA hamkorligida
2 mln AQSh dollari
miqdoridagi grant hisobidan
“Ta’lim sifatini oshirish uchun ta’lim tadqiqotlari va baholash salohiyatini kuchaytirish (2025–2028-yillar)”
loyihasi amalga oshirilmoqda.
💻
Raqamli ta’lim yo‘nalishida
10 mingdan ziyod maktabga
“Canva for Education” platformasidan
3 yil davomida bepul foydalanish
imkoniyati yaratilmoqda. Hamkorlik doirasidagi grantning umumiy qiymati
20 mln AQSh dollarini
tashkil etadi.
🌐
UNICEF, UNESCO, UNDP va UNFPA bilan hamkorlikda
inklyuziv, raqamli va sifatli ta’limni rivojlantirish
, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yaqin kunlarda Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda
UNESCO shafeligidagi II toifali Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi
ochilishi kutilmoqda.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
‼️
‼️
‼️
#Йил_ўқитувчиси
✅
Avval xabar berganimizdek, “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi yakunlandi hamda natijalar tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan muhokama qilindi.
❗️
Muhokamalar jarayonida
har bir bosqich natijalari umumlashtirilganda ballari teng bo‘lib qolgan pedagoglar uchun
qo‘shimcha tanlov sifatida
mutaxassislik fani bo‘yicha test sinovlari
o‘tkazilishi belgilandi.
Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Yil o‘qituvchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita qarori ijrosi to‘g‘risida” 2026-yil 28—avgustdagi 323-son buyrug‘ida Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga alohida topshiriqlar berildi.
🔰
Mazkur topshiriqni bajarish maqsadida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining h
ar bir bosqich natijalari qo‘shilganidan keyin ballari teng kelib qolgan sariosiyolik ikki nafar pedagog o‘rtasid
a mutaxassislik fanidan qo‘shimcha test sinovini o‘tkazish maqsadida
Surxondaryo viloyatida
11-sentabr kuni qo‘shimcha tanlov
bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X
#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi
❓
Homilador yoki yosh bolasi bor ayollar attestatsiya sinovlarida qatnashish uchun ariza berolmaydi, deb eshitdim, shu toʻgʻrimi?
✅
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan
“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”
gi
Nizom
talablariga koʻra:
➖
pedagoglar ikki turdagi — majburiy va ixtiyoriy
(navbatdan tashqari)
shaklda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
👉
Nizomga asosan:
➖
homilador ayollar
(homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖
homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar
(taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖
uch yoshgacha bolalari bor ayollar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
🔹
Eʼtibor qaratish lozimki,
yuqorida keltirilgan toifadagi pedagoglar faqat majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi, ixtiyoriy attestatsiyada qatnashish istagidagi
barcha pedagog ayollar sinovlarda qatnashish uchun oʻrnatilgan tartibda ariza berishlari mumkin.
👉
Maʼlumot uchun:
amaldagi tartibga koʻra, malaka toifasini oshirish uchun oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan pedagog kadrlarning:
➖
malaka toifasi tushirilmaydi va ularga
amalda boʻlgan malaka toifasi boʻyicha;
➖
sinov natijalariga koʻra malaka toifasi oshirilgan pedagoglarga
oshirilgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.
❗️
Eʼtibor bering!
Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bor ayollarni majburiy attestatsiyadan ozod qilishdan asosiy maqsad, mazkur ayollarning va farzandlari salomatligini asrash, ularni ortiqcha ovoragarchilikdan himoya qilishdir.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
👋
😊
Barchaga salom, bizda ajoyib yangilik.
📣
"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2026–2027-o‘quv yilida a'zo bo'lish uchun qabul jarayonini ochiq deb e'lon qilamiz.
🏫
Mamlakatimizdagi barcha maktablar
havola
orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihaga qo'shilishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish 2026-yilning 10-sentabr kunidan 4-oktabr kunigacha davom etadi. To‘ldirilgan arizalarni
@qabul_eco_schools
manziliga yuborish zarur.
☝️
"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga qo‘shilish va ekologik harakatning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Butun maktabingiz va mahallangiz bilan birgalikda atrof-muhitni asrash va yashil kelajakni yaratishga hissa qo‘shing.
~~~
👋
😊
Всем привет, у нас отличная новость!
📣
Мы объявляем о начале приема заявок на участие в проекте Eco-Schools Uzbekistan в 2026–2027 учебном году.
🏫
Все школы нашей страны могут присоединиться к проекту, заполнив заявку по
ссылке
. Прием заявок будет проходить с 10 сентября по 4 октября 2026 года. Заполненные заявки необходимо отправить на
@qabul_eco_schools
.
☝️
Не упустите возможность присоединиться к проекту Eco-Schools Uzbekistan и стать частью экологического движения! Вместе со своей школой и махаллёй внесите свой вклад в защиту окружающей среды и создание зелёного будущего.
#EcoSchoolsUzbekistan
😀
Zamin
🌐
Instagram
🌐
Facebook
#Kelajak_soati_haqida
✅
“Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotda o‘quvchilar bilan mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, jamiyat va hayotimizda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida suhbatlashildi.
📍
Videolavhada:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Nukus shahridagi 55-sonli maktab
.
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin