
Ta'lim nazorati
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha:
@Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha:
@Uztdihamkorbot
⚡️
Bu yil maktabni 438 869 nafar o‘quvchi tamomladi. Ulardan 75 foizi OTMlarga kirish test sinovlarida qatnashdi
📍
Joriy o'quv yili uchun maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida
Buxoro viloyati peshqadamlik qilmoqda (96 ball).
🎓
2025-yilgi maktab bitiruvchilarining
29 881 nafari (84,2 foizi) davlat granti kvotasini olgan
.
Bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish imtihonlarida maksimal ballni egallash ko‘rsatkichi
5 barobarga oshgan.
📌
Joriy yilda davlat granti kvotasining
84,2 foizini
(29 881 nafar)
bu yilgi bitiruvchilar egallagan.
✅
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Yangi o'quv yili boshlandi. Buxoro Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda!
O'qishga kirishga esa hali ham imkoniyatingiz mavjud. Universitetinin
g Sirdaryo va Buxoro
viloyatlaridagi
kampusida
talabalikni boshlang!
☝️
Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Buxoro innovatsiyalar universiteti aynan siz istagan oliygoh!
Ro'yxatdan o'tish:
qabul.bui.uz
Batafsil: 55-307-50-00
Sirdaryo filial: 78-221-00-01
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Web sahifa
⚡️
Joriy yilgi bitiruvchilarning 147 ming 29 nafari 56,7 bal ham to‘play olmagan
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazilgan test imtihonlarida ishtirok etgan
jami 395 482 nafar joriy yil bitiruvchilarning
37,1 foizi
, ya’ni
147 ming 29 nafari
minimal o‘tish bali —
56,7 bal
ni ham
to‘play olmagan
.
🔴
Eng past natija ko’rsatgan
hududlar uchligi:
➖
Samarqand viloyati –
17 220 nafar (11,7%);
➖
Qashqadaryo viloyati – 16 380
nafar (11,1%);
➖
Farg‘ona viloyati – 14 268
nafar (9,7%).
✅
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
2025-yilgi o‘rtacha ball bo‘yicha doimgidek Buxoro yetakchi. Eng oxirgi o‘rinda esa — Andijon
#abituriyent
Bilimlarni baholash agentligi joriy yilda abituriyentlar to‘plagan natijalar bo‘yicha ayrim statistikalarni e’lon qildi.
Hududlar kesimida
o‘rtacha ball
bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich
Buxoro
viloyatida qayd etilgan —
89,5 ball.
Ya’ni joriy yilda testga kirgan buxorolik 30 ming 231 nafar abituriyent to‘plagan ballarning o‘rtachasi shunaqa chiqqan.
Keyingi o‘rinlarni
Toshkent shahri (82,8)
hamda
Navoiy viloyati (80,4)
egallagan.
Eng quyi pog‘onadan esa
Jizzax (73,3), Surxondaryo (71,7)
hamda
Andijon (70,9)
joy olgan.
Respublika bo‘yicha o‘rtacha ball
76,9 ballni
tashkil qilgan.
O‘z navbatida,
joriy yilgi bitiruvchilarning
o‘rtacha ballari barcha hududlarda nisbatan balandroq bo‘lgan. Joriy yilgi bitiruvchilarning umumiy o‘rtacha bali
81,7 ballni
tashkil qilgan.
✅
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❓
Bahorgi attestatsiyada uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaganlar yana qaytadan murojaat yuborib, qaytadan toʻlov qilishlari kerakmi?
📕
Bahorgi attestatsiyada
uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaganingiz
Nizomda belgilangan tartibga
koʻra toʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlsa, yaʼni ish beruvchining bildirgisi mavjud boʻlib, sizning attestatsiya muddatlaringiz
kuzga koʻchirilgan boʻlsa, oʻsha murojaatingiz va oʻsha toʻlovingiz asosida
kuzgi toifa testlarida ishtirok etishingiz mumkin.
Asos:
Nizomning 45-bandi
:
Pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sababga
(vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa,
ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
📌
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi
boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
💬
MMTVning 2025-yil 30-iyundagi 214-son buyrug‘ining 6-ilovasida «Uzrli sabablarga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadrlar roʻyxati« tasdiqlangan;
Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida:
👉
https://t.me/uztditestbot
Rus tilida:
👉
https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida:
👉
https://t.me/uztdi_qrtestbot
📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot
)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2025-2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlar qabuli boshlandi
✅
Arizalar joriy yilning
3-sentabrdan 2-oktyabr (shu kuni ham) sanasiga
qadar
qabul.dsba.uz
onlayn platformasi orqali qabul qilinadi.
🗒
2025-2026 o‘quv yilida
magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalari quyidagicha:
➖
Davlat boshqaruvi – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt)
➖
Hududlarni kompleks rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt)
➖
Inson resurslarini rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to'lov-kontrakt)
📋
Hujjatlar quyidagi tartibda qabul qilinadi:
Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni istagan davlat xizmatchilari
Boshqaruv samaradorligi agentligi orqali;
Ochiq tanlov (to‘lov-kontrakt) asosida o‘qishni istaganlar esa bevosita
Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali.
📌
Test sinovlari
2025-yil 10-11-oktabr kunlari 2 smenada bo'lib o'tadi.
Ruxsatnomalar onlayn tarzda taqdim etiladi.
CEFR B2 (muqobil sertifikatlar ham) va undan yuqori darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar
xorijiy til testidan ozod qilinadi hamda maksimal ball bilan baholanadi.
🎓
Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar
ikkinchi bosqich — suhbatga taklif etiladi.
📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot
)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❗️
Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot
1️⃣
Kimlarga qoplab beriladi?
➖
yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak.
Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi;
➖
o‘ziga
yoki
ota-onasi
(qonuniy vakillari)ga
tegishli bo‘lmagan
uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak;
➖
davlat
oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi;
➖
O‘zbekiston fuqarosi
yoki respublikada
doimiy yashayotgan
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs
bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi;
➖
faqat
kunduzgi ta’lim
shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi;
➖
ro‘yxatga olingan
doimiy yashash joyidan boshqa joyda
(tuman, shahar miqyosida)
yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin;
➖
davlat granti
yoki
to‘lov-kontrakt
asosida o‘qiyotganining
farqi yo‘q
, ikkalasiga ham
qoplab beriladi.
2️⃣
Qancha kompensatsiya beriladi?
Har oy uchun:
➖
Toshkent shahrida
— bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
(412 ming so‘m)
;
➖
Boshqa hududlarda
— yarim baravar
(206 ming so‘m)
.
3️⃣
Ijara shartnomasi bo‘lishi shart
Kompensatsiya olish uchun
ijara.soliq.uz
saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk
ijara shartnomasi bo‘lishi kerak,
yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi.
Yagona istisno:
1-kurslarga dastlabki
sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan
to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda,
ularning barchasi
ijara shartnomasida
qayd etilgan
bo‘lishlari shart.
❗️
BU MUHIM:
uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun
daromad solig‘idan ozod qilinadi
(Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi).
Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi.
4️⃣
Kimlarga birinchi navbatda beriladi?
— Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar;
— o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi.
❗️
Ma’lumot uchun:
qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining
60 foiziga
kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga
byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin.
Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin.
5️⃣
Ariza qanday beriladi?
Arizalar har oyning
7-sanasiga qadar
onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun:
➖
kontrakt.edu.uz
axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
➖
shaxsiy kabinetdan
“Ijara to‘lovlari”
bo‘limi tanlanadi;
➖
“Ariza yuborish”
tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
6️⃣
Rad etish asoslari
Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa —
rad etiladi
.
Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin.
Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin.
7️⃣
Tugatilishi shartlari
Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa —
to‘lov to‘xtatiladi.
Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak.
ASOS:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi
605-son qarori
.
📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot
)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚖️
Yuridik sohada o‘qishni istaganlar uchun ajoyib
imkoniyat
🏛
Andijon Yuridik texnikumi Sizni 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida 3 ta yo‘nalishlar bo‘yicha (kunduzgi ta’lim shaklida) o‘qishga taklif qiladi.
Yo‘nalishlarimiz:
🔵
Davlat-huquqiy faoliyat
🔵
Yuridik xizmat
🔵
Sud-huquqiy faoliyat
📌
Taʼlim:
davlat
granti
hamda
toʻlov
-
kontrakt
asosida amalga oshiriladi.
🎓
O‘qish muddati - 2-yil.
🏆
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar yo‘llanma asosida "Yurisprudensiya" yoʻnalishi mavjud Oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma`lumot uchun telefon raqamlari:
☎️
+998-88-975-74-77.
☎️
+998-94-979-07-74.
✅
Ma'lumot uchun, 2025/2026-o'quv yili uchun Yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish
my.edu.uz
elektron platformasi orqali 10-avgustdan - 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
🌐
Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzating:
|•
Telegram
|•
Instagram
|•
Facebook
|•
Veb-sayt
|•
You tube
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak
Ariza berish quyidagicha amalga
oshiriladi:
1️⃣
kontrakt.edu.uz
axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣
shaxsiy kabinetdan
“Ijara to‘lovlari”
bo‘limi tanlanadi;
3️⃣
“Ariza yuborish”
tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
❗️
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun
ijara shartnomasi bo‘lishi
talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati:
http://ijara.soliq.uz
ASOS:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi
605-son qarori.
📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot
)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#natija
#oʻqishnikoʻchirish
📢
Ichki o‘qishni ko‘chirish natijalari eʼlon qilindi
2025/2026-o‘quv yili uchun
transfer.edu.uz
platformasi orqali
o‘qishini ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash)
yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi
oliy taʼlim tashkilotlariga
mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha
yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅
Talabalar o‘z arizalari natijasini
transfer.edu.uz
platformasidagi
shaxsiy kabineti
orqali bilishlari mumkin.
📌
O‘qishi ko‘chirilishiga tavsiya etilgan talabalar
o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga
murojaat qilishlari lozim.
📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot
)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Taʼlim nazorati rasmiy kanali