
Ta'lim nazorati
⚡️
Hurmatli pedagoglar!
Pedagog platformasida 2026-yil kuzgi mavsumda ötkazilayotgan malaka (test) sinovlari natijalaringiz bilan tanişişingiz mumkin!
Natijalarni körish uçun quyidagi bosqiçlarni bajaring:
➖
"Pedagog"
platformasiga kiring
➖
Tegişli murojaatingizni oçing
➖
"Natijalar"
qismiga öting
➖
"Batafsil"
tugmasini bosing
🔹
Eslatma:
✔️
Töğri javoblar — yaşil rangda
❌
Notöğri javoblar — qizil rangda
🔵
Kasbiy standart savollari — dumaloq şaklda
Attestatsiyada iştirok etadigan pedagoglar
👉
www.sinovtest.uz
saytida namunaviy testlarni
işlab körişlari mumkin.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️
26-oktabr kuni bilimlar sinoviga start beriladi
✅
Xabaringiz bor, joriy yilning 26-oktabridan 28-noyabriga qadar respublika böylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş böyiça navbatdagi sinov jarayonlari tashkil etiladi.
Uşbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani va kasb standarti böyiça bilim darajasi hamda pedagogik mahorati baholanadi.
📊
Kuzgi attestatsiya jarayonlarida iştirok etiş uçun pedagoglar tomonidan jami 302 ming 422 ta murojaat kelib tuşgan.
Şundan 16 ming 604 tasi, ya’ni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyada, qolgan 285 ming 819 tasi, ya’ni 94,5 foizi navbatdan taşqari attestatsiyada iştirok etiş uçun yuborilgan.
🌐
Kelib tuşgan murojaatlar belgilangan tartibda örganib çiqilib, ularning 240 mingdan ortiği, ya’ni 79,4 foizi qabul qilindi.
📌
Ayni paytda attestatsiyada iştirok etişi belgilangan pedagoglarning
pedagog.uzedu.uz
platformasidagi şaxsiy kabinetlariga sinov ötkaziladigan sana va manzillar töğrisida xabarnomalar yuborilgan.
Sinovlarni yuqori saviyada taşkil etiş, iştirokçilarga qulay şaroitlar yaratiş hamda jarayonlarning şaffof va adolatli ötişini ta’minlaş maqsadida zarur taşkiliy va texnik çoralar körilmoqda.
📍
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida joylaşgan, maxsus jihozlangan 13 ta sinov markazida jami 2 ming 526 ta kompyuter tayyor holatga keltirildi.
Attestatsiyada iştirok etadigan pedagoglar
👉
www.sinovtest.uz
saytida namunaviy testlarni
işlab körişlari mumkin.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️
Ertadan pedagoglar attestatsiyasi boşlanadi
📌
Ertaga, 26-oktabrdan maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagoglari uçun kuzgi attestatsiya doirasidagi malaka sinovlari boşlanadi.
🗓
Ertaga
informatika va axborot texnologiyalari fani öqituvçilari
test topşiradi. Keyingi kunlarda esa boşqa fan va yönalişlar böyiça sinovlar rasmdagi tartibda ötkaziladi.
Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelişlari söraladi.
✅
Sinov jarayonlari ötkaziliş
MANZILLARI
✅
Malaka sinov topşiriqlari
SPETSIFIKATSIYASI
Attestatsiyada iştirok etadigan pedagoglar
👉
www.sinovtest.uz
saytida namunaviy testlarni
işlab körişlari mumkin.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🗓
Attestatsiya imtihonlari boshlanishiga 2 kun qoldi!
Xabaringiz bor, pedagoglar attestatsiyasi imtihonlari
26-oktyabrdan
boshlanadi.
Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar
Sinovtest.uz
orqali fanlar bo‘yicha
spetsifikatsiyalar asosida tuzilgan namunaviy testlarni
ishlab ko‘rishlari mumkin.
📥
Sinovtest.uz
saytiga quyidagi fanlar bo‘yicha yangi testlar qo‘shildi:
— Jismoniy tarbiya 2026-yil kuzgi;
— Tarix 2026-yil kuzgi;
—
Texnologiya (qiz bolalar) 2026-yil kuzgi;
—
Musiqa madaniyati 2026-yil kuzgi;
—
Biologiya 2026-yil kuzgi;
—
Matematika 2026-yil kuzgi.
✅
Sinovtest.uz
saytida
testlar bazasi muntazam yangilanib borilmoqda.
Tez orada boshqa fanlar bo‘yicha ham yangi testlar qo‘shiladi.
Testlarni mobil ilova orqali ham
yanada qulay formatda
ishlashingiz mumkin.
🏬
Ilovani yuklab olish
👨🎓
Obuna bo‘ling
-
@sinovtestuz
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan grant imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
🧾
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📆
Test sinovlari 2026-yil
28-oktabr (chorshanba)
kuni bo‘lib o‘tadi.
🌎
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar
test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
📌
Ruxsatnomada
test sinovi o‘tkaziladigan
sana, manzil va vaqt
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi.
🆔
Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
❗
Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar
(elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar)
olib kelmaslik
so‘raladi.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
“Yilning eng yaxşi özbek tili öqituvçisi” tanlovi ğoliblari aniqlandi!
“Yilning eng yaxşi özbek tili öqituvçisi” tanlovi tegişli nizom talablari asosida respublika miqyosida onlayn şaklda uç bosqiçda ötkazildi.
Tanlovning maktab bosqiçi 2026-yil 5–20-sentabr, hududiy bosqiçi esa 5–15-oktabr kunlari taşkil etildi.
Yakuniy respublika bosqiçida 14 ta hududdan 3 nafardan, jami
42 nafar nomzodning
taqdimotlari tajribali mutaxassislar tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Natijalarga köra, özbek tilini öqitiş metodikasi, ilğor pedagogik yondaşuvlari va kasbiy mahorati bilan ajralib turgan iştirokçilar tanlov ğoliblari deb topildi.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️
Toifa testlarida qatnaşadigan matematika fani öqituvçilari röyxati
📆
Joriy yilning
9–10-noyabr
kunlari bölib ötadigan test sinovlarida
matematika
fani öqituvçilari iştirak etishi haqida
xabar bergan edik.
Quyidagi röyxatlar orqali pedagoglar
test topşiradigan sanasini, guruhini va vaqtini
bilib olişlari mumkin:
➖
Qoraqalpoğiston Respublikasi
➖
Andijon viloyati
➖
Buxoro viloyati
➖
Jizzax viloyati
➖
Qaşqadaryo viloyati
➖
Navoiy viloyati
➖
Namangan viloyati
➖
Samarqand viloyati
➖
Sirdaryo viloyati
(tez fursatda)
➖
Surxondaryo viloyati
(tez fursatda)
➖
Farğona viloyati
➖
Xorazm viloyati
➖
Toşkent viloyati
(tez fursatda)
➖
Toşkent şahri
Attestatsiyaga tayyorlanish uchun testlar:
👉
👨🎓
sinovtest.uz
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️
Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!
📆
Ma’lumki, 2026-yil
24–26-oktyabr
kunlari barcha hududlarda
ona tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
✅
Ushbu imtihon uchun test materiallari
amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida
tayyorlangan.
📝
Shuningdek, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari hamda yozma ish (esse)lar ushbu alifboda yozilishi lozim.
📌
Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi Qonunda yangi alifbo
6 oydan so‘ng
kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda
yangi alifbodan emas,
amaldagi alifbodan foydalaniladi
.
📝
Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi!
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️
Musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihoni natijalari
🗓
Bilim va malakalarni baholash
agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentabr kuni musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
🆔
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹
65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹
55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹
46 - 49,9 ball — C daraja.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️
Toifa testlarida qatnaşadigan boşlanğiç ta’lim öqituvçilari röyxati
📆
Joriy yilning
2–7-noyabr
kunlari bölib ötadigan test sinovlarida
boşlanğiç ta’lim
öqituvçilari iştiraki haqida
xabar bergan edik.
Quyidagi röyxatlar orqali pedagoglar
test topşiradigan sanasini, guruhini va vaqtini
bilib olişlari mumkin:
➖
Qoraqalpoğiston Respublikasi
➖
Andijon viloyati
➖
Buxoro viloyati
➖
Jizzax viloyati
➖
Qaşqadaryo viloyati
➖
Navoiy viloyati
➖
Namangan viloyati
➖
Samarqand viloyati
➖
Sirdaryo viloyati
➖
Surxondaryo viloyati
➖
Farğona viloyati
➖
Xorazm viloyati
➖
Toşkent viloyati
➖
Toşkent şahri
Attestatsiyaga tayyorlanish uchun testlar:
👉
👨🎓
sinovtest.uz
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali