
Xushnudbek.uz
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal:
@xushnudbekuz
•
instagram.com/xushnudbek
•
youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•
x.com/xushnudbeck
•
tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
👤
AloqaBank oʻzbek tilining nufuzini oshirish yoʻlida!
🇺🇿
Davlat tilini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan AloqaBank oʻz xodimlari uchun bosh ofisda innovatsion kutubxona ochdi. Manzilda 1500 nomdagi 4500 dona eng zarur kitoblar mavjud.
📚
Shuningdek, tahrir va tarjima sohasida yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida
AloqaVentures
kompaniyasi tomonidan
“Tilmoch”
startapi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Reklama
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga
keldi.
Davlatimiz rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
👉
@xushnudbek
👈
♟
Bugun
“Zakovat-Gambit IV” shaxmat turniri
finali bo’lib o’tdi. Birozdan so’ng taqdirlash marosimi boshlanadi.
Bu yilgi musobaqada
2
ming
210 nafar ishtirokchi
, shundan
286 nafari ayollar
qatnashmoqda. Turnir 3 bosqichda — saralash, yarim final va final shaklida tashkil etilgan.
Mehmon grossmeysterlar — ikki karra Yevropa chempioni
Matias Blyubaum
va sobiq jahon chempioni
Antoanetta Stefanova
o‘zbek shaxmatchilari bilan seans o‘tkazdi.
🎯
Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi —
620 million so‘mni
tashkil etdi.
👉
@xushnudbek
👈
O‘zbekistonga 9 oyda xorijdan 14 milliard dollarga yaqin pul o‘tkazmasi kelib tushdi
Markaziy bankning ichki valyuta bozori sharhida qayd
etilishicha,
2025-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan kelgan pul o‘tkazmalari
13,9 milliard dollarni
tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
2,7 milliard dollarga
(24%), 2023-yilga nisbatan esa
5,5 milliard dollarga
(+66%) ko‘pdir.
Shu davrda mamlakatdan xalqaro o‘tkazmalar orqali
1,9 milliard dollar
chiqib ketgan, bu esa 2024-yilga nisbatan
127 million dollarga
kam.
Aholi tomonidan tijorat banklariga
15,2 milliard dollar
sotilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,3 barobar ko‘p (2024-yilda — 11,8 mlrd dollar). Shuningdek, jismoniy shaxslar
8,5 milliard dollar
sotib olgan, bu esa 23% o‘sishni anglatadi (2024-yilda — 6,9 mlrd dollar).
Umuman olganda, aholining xorijiy valyuta taklifi hajmi unga bo‘lgan talabdan
6,7 milliard dollarga
ortiq, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘p natija bo‘ldi.
👉
@xushnudbek
👈
🇺🇸
🇷🇺
AQSh Rossiyaning “Lukoil” va “Rosneft” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar qo‘lladi
AQSH prezidenti Donald Tramp kecha, 22-oktyabr kuni o‘zining ikkinchi muddatida ilk bor Rossiyaga qarshi Ukraina bilan bog‘liq sanksiyalarni
joriy etdi.
AQSh Moliya vazirligi Moskvani Ukrainadagi urushni darhol to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga chaqirdi va zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
“Prezident Putin bu bema’ni urushni to‘xtatishdan bosh tortayotgani sababli, Moliya vazirligi Kremlning urush mashinasini moliyalashtiruvchi Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasiga sanksiyalar qo‘llamoqda. Biz ittifoqchilarimizni bizga qo‘shilishga va ushbu sanksiyalarga rioya qilishga chaqiramiz”, – deyiladi moliya vaziri Skott Bessentning bayonotida.
Sanksiyalar ushbu kompaniyalar tarkibida
50 foiz va undan yuqori
ulushga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalarga ham taalluqli. Shuningdek, mazkur kompaniyalar bilan ishlovchi, ulardan neft mahsulotlarini import qilayotgan xorijiy kompaniyalarga ham ikkilamchi sanksiyalar xavfini oshiradi.
Donald Tramp Vladimir Putin bilan
Vengriyada
o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuvini ham bekor qildi.
👉
@xushnudbek
👈
Akramov Muzaffar Mahkamovich
Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori o‘rinbosari etib
tayinlandi.
Bunga qadar u agentlikning Davlat xizmatchilari faoliyatini monitoring qilish va baholash departamenti mudiri edi.
👉
@xushnudbek
👈
Prezidentning tegishli farmonlari bilan: Umurzakov Sardorbek Ulug‘bekovich Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;…
Prezidentning tegishli
farmonlari
bilan:
Umurzakov
Sardorbek Ulug‘bekovich
Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;
Paygamov
Alisherbek Azizovich
boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
👉
@xushnudbek
👈
Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti
Antoniu Koshta
va Yevropa komissiyasi Prezidenti
Ursula fon der Lyayen
ning taklifiga binoan 23-24-oktabr kunlari
rasmiy tashrif
bilan Bryussel shahrida bo‘ladi.
👉
@xushnudbek
👈
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligining qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari boʻlayotgan
ekan
.
Oʻquv mashqlari hududlardagi bir nechta obyekt va manzillarda bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi va 23-oktyabr kuniga qadar davom etadi.
👉
@xushnudbek
👈