Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

XORAZM YOSHLARI

yoshlarxorazm

🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi
Ochiq muloqot va murojaatlar uchun;
@yoshlarmurojaati
@yoshlarmurojaati_bot

Subscribers
7 240
Post views
10 370
ER
140,9%
Posts
12 051
October 29, 12:31
Media unavailable
2
Show in Telegram


“Shavkat Mirziyoyevning xalqi uchun qilayotgan ishlari tarix kitoblarida yoziladi” — Serbiya prezidenti
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekistonga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasida jurnalist Jahongir Olimovga eksklyuziv intervyu berdi.
“U buyuk yetakchi. Men dunyoda hech kimni maqtamaydigan odamman, lekin aytishim kerakki, u so‘nggi yillarda xalqi va mamlakati uchun qilgan ishlari tarix kitoblarida yoziladi. Men buni chin dildan aytyapman.
Aytishim kerakki, u bilan uchrashuvim menda katta taassurot qoldirdi. Men prezidentingizdan ko‘p narsalarni o‘rgandim. U juda mehnatkash inson. Uning xalqi uchun qilayotgan mehnat darajasiga erisha olishimga ishonchim komil emas”, — deya ta’kidladi Serbiya prezidenti.
Aleksandr Vuchich Shavkat Mirziyoyevni Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash maqsadida 2026-yilning birinchi yarmida Belgradga tashrif buyurishga taklif etdi.
@yoshlarxorazm

October 29, 09:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

🏆
TOP-100 Yosh yetakchilari – III chorak!
Mahallalarda yoshlar faoliyatini rivojlantirishda o‘z g‘ayrati va mehnatini ko‘rsatib kelayotgan
eng faol yoshlar yetakchilarining III chorak reyting
natijalarini taqdim etamiz!
2025-yil boshidan
I chorak
va
II chorak
natijalari asosida jamiyatimiz kelajagi uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan yoshlar e’tirof etildi.
👏
O‘zining
tirishqoqligi
va
bilimi
bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan
yoshlar yetakchilarini
yana bir bor tabriklaymiz!
Yoshlar intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda
aslo charchamang.
#TOPreyting
#YoshlarYetakchilari
@yoshlarxorazm

October 29, 09:33
Media unavailable
2
Show in Telegram

Global hamkorlikning yangi bosqichi!
🇺🇿
🇷🇸
Davlatimiz rahbari Ko‘ksaroyda Serbiya Prezidenti
Aleksandr Vuchichni
rasmiy tashrif bilan
kutib oldi.
Uchrashuv davomida
ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni
yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi va
Qo‘shma deklaratsiya
imzolandi.
Bu uchrashuv
O‘zbekiston–Serbiya
aloqalarini yangi pog‘onaga olib chiqish va kelajakdagi loyihalar uchun mustahkam zamin yaratdi.
@yoshlarxorazm

October 29, 09:25
Media unavailable
3
Show in Telegram

➡️
Korrupsiya zanjirini uzing!
⚫️
Siz kurashmasangiz, kimdir unga yo‘l ochadi. Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
⚫️
Korrupsiya haqida xabar bering, adolat uchun kurashing!
⚫️
Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
🟢
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Call-markaz – 1253
@yoshlarxorazm

October 29, 09:10

https://t.me/TimurJumaniyazov/5281

October 29, 08:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
Diqqat! Navbatdagi seminar Xorazm viloyatida!
🇺🇿
Xorazm viloyati,
Urganch shahrida

Yaponiyaning qurilish sohasida ishlash imkoniyatlari
” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi. Seminar
Xorazm Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi
, “
Ibrat farzandlari
” jamoat birlashmasi va
Yaponiyaning JAC tashkiloti
hamkorligida tashkil etilmoqda.

Seminarda qatnashish
bepul
. Unda Yaponiyaning
JAC qurilish uyushmasi mutaxassislari
Yaponiyada qurilish sohasida ishlash imkoniyatlari hamda borish tartibi haqida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar.
📅
Seminar 15-noyabr kuni
Urganch davlat universiteti majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Seminarda qatnashish uchun
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
🕙
Seminar 2 mahalda o‘tkaziladi:
• 10:00 — 12:00
• 14:00 — 16:00
📍
Manzil:
Urganch davlat universiteti majlislar zali
⚠️
Joylar soni
cheklangan
, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
👉
Ro‘yxatdan o‘tish:
@yoshlarxorazm

October 29, 08:27
Media unavailable
4
Show in Telegram

📚
“Kitob karvoni” Yangibozor tumanida!

“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida yo‘lga chiqqan “Kitob karvoni” Yangibozor tumanidagi Axborot-resurs markazlariga yetkazildi.
📖
Loyiha yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularni ilm, ma’rifat va tafakkurga chorlashga xizmat qiladi
.
@yoshlarxorazm

October 29, 08:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Yoshlar_minbari

Tizimlilik, tashabbus va natija sari!
— Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining markazida turgan
mahalla tizimi
yoshlarning ijtimoiy hayotga faol kirib borishi, o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishida muhim tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda, — deydi
Yangibozor tumanidagi Xalqobod mahallasi yoshlar yetakchisi Aziza Abdurahimova
.

Yoshlar — kelajagimiz poydevori, ularning har bir tashabbusi esa taraqqiyotning ishonchli qadamidir!
@yoshlarxorazm

October 29, 07:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🗞
O‘zbekiston yoshlari uchun dolzarb mavzular
“Yoshlar ovozi” gazetasining
navbatdagi sonida:
🟢
Kitobxon yosh oilalar;
🟢
Iqlim uchun birlashuv;
🟢
Men Radikalizmga qarshiman;
🟢
Labirintda yo‘qolayotgan haqiqat;
🟢
“Yashil iqtisodiyot” bizga suv va havodek zarur;
🟢
Malika Amannisaxon;
🟢
7600 ochiq muloqot
📥
Yuklab olish
va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi
@yoshlarovozigazetasibot
manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
#yoshlarovozi
#Gazeta
#Yoshlar
#Yangiliklar
@yoshlarxorazm

October 28, 15:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Tayinlov
🇺🇿
Jumаniуоzоv Веhruzbek Bahtiyor o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi bosh yuriskonsult lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Behruzbek Jumaniyozov Xorazm viloyati Reabilitatsiya markazi yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.
🤝
Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi va barcha yoshlar nomidan Jumаniуоzоv Веhruzbekni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz!
#SotsialLift
@yoshlarxorazm