
XORAZM YOŞLARI
⚫️
MDH yoşlar forumi MY5 nigohida!
Xorazmda bölib ötgan MDH yoşlar forumi va unda taqdim etilgan “Yoşlar laboratoriyasi” loyihasi haqida MY5 telekanali batafsil lavha tayyorladi.
Videoni tomoşa qiling va xalqaro forum tafsilotlaridan xabardor böling!
🕊
Telegram
📱
Instagram
🔹
Facebook
📺
Youtube
🟢
Ba’zan bir lahzalik qaror hammasini o‘zgartirishi mumkin.
✔️
Har bir tanlov - mas’uliyat. Har bir qadam - kelajak sari yo‘l.
O‘zingizni va yoningizdagilarni asrang!
🕊
Telegram
📱
Instagram
🔹
Facebook
📺
Youtube
📍
Yetakçi hududlar bilan tanişing.
🥇
Xorazm- 1593 nafar
🥈
Qoraqalpoğiston- 1294 nafar
🥉
Surxondaryo- 974 nafar
✔️
Öquv markazlari —
2plus6.uz
orqali röyxatdan öting.
✔️
Öquvçilar — Yonda
ilovasini
yuklab olib, dasturga qöşiling.
🕊
Telegram
📱
Instagram
🔹
Facebook
📺
Youtube
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni
25-oktabr
–
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimiz xavfsizligini himoya qilish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli xizmatingiz yuksak hurmatga sazovor.
Ayniqsa, yoshlarning xavfsiz va osoyishta muhitda ta’lim olishi, o‘z qobiliyatini namoyon etishi, orzu-maqsadlari sari intilishi uchun qo‘shayotgan hissangiz beqiyos. Yoshlar bilan ishlash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasidagi hamkorligingizni yuksak qadrlaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli xizmatingizda kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
🕊
Telegram
📱
Instagram
🔹
Facebook
📺
Youtube
145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz!
Yaponiyadagi Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi.
45 ta
oltin,
49 ta
kumush,
51 ta
bronza! Jami
145 ta medal
bilan O‘zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada
3-o‘rinni
egalladi.
Para Osiyo o‘yinlari
tarixida ilk bor kuchli uchlikka
kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan
5-o‘rin
edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha ham
yangi rekord
o‘rnatdi.
Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz.
Barakalla, chempionlar!
@alisher_sadullaev
✅
MDH Yoshlar forumining ikki kunlik taassurotlari bir videoda!
🕊
Telegram
📱
Instagram
🔹
Facebook
📺
Youtube
✅
MDH Yoshlar forumining ikkinchi kuni doirasida ishtirokchilar Xiva shahrining tarixiy obidalaridan biri -
Ichan qal’a majmuasi
bilan tanishdilar.
🟢
Sayohat davomida xorijiy delegatsiya vakillari Xivaning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy me’moriy obidalari va milliy qadriyatlari haqida yaqindan ma’lumot oldilar.
✔️
Mazkur tashrif ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, O‘zbekistonning tarixiy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish hamda madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
🔹
Facebook
📺
Youtube
MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev Xiva Yoshlar forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev Xiva shahrida o‘tkazilayotgan MDH mamlakatlari Yoshlar forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ularning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni alohida e’tirof etdi.
U 2024-yilda Toshkent MDHning ilk Yoshlar poytaxti bo‘lganini eslatib, O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari yoshlari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikning muhim markaziga aylanayotganini ta’kidladi.
Sergey Lebedev Xiva forumida ilgari surilgan tashabbuslar, xususan, Yoshlar innovatsion laboratoriyasini tashkil etishga qaratilgan loyihalar davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Batafsil
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt
✅
Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Olimov tomonidan Urganch tumanidagi “Adolat”, “Oyoqbog‘” va “Yuroqi Jirmiz” mahallalarida yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar yetakchilarining faoliyati hamda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🟢
O‘rganish davomida bitiruvchi va ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarning muammolarini manzilli hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🟢
Shuningdek, yoshlar yetakchilari va mas’ul rahbarlarga yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, har bir yoshning muammosiga individual yondashish hamda bitiruvchi yoshlarni bandlikka jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
🔹
Facebook
📺
Youtube