Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Zamin Foundation

zaminfoundation

"Zamin" xalqaro jamoat fondi

Международный общественный фонд Zamin
__
Veb-sayt:
https://www.zaminfoundation.ngo/
Facebook:
www.facebook.com/zaminfoundation
Instagram:
www.instagram.com/accounts/login/?next=/zaminfoundation/

Subscribers
2 820
Post views
44 489
ER
1 572,06%
Posts
1 977
October 24, 12:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

2025-yilda havoning ifloslanishi va uning yer yuzidagi o‘limlarning asosiy sabablaridagi o‘rni to‘g‘risidagi yillik
hisobotida
O‘zbekistonda havo sifati va infratuzilmasini boshqarish tizimini kengaytirish va mustahkamlash haqida so‘z boradi.
Xalqaro hisobotda 2024-yilda mamlakat PM2,5 va PM10 uchun yangilangan milliy havo sifati standartlarini qabul qilgani hamda Markaziy Osiyoda birinchi marotaba o‘zining yillik PM2,5 (35 mkg/m³) limitini JSSTning oraliq maqsadli ko‘rsatkichiga moslashtirganligi qayd etiladi.
2022-yildan boshlab milliy monitoring tarmog‘i sezilarli darajada kengaydi va endilikda uning hajmi 26 ta shaharda 89 ta monitoring punkti, shu jumladan 23 ta zamonaviy avtomatik stansiya va bitta mobil stansiyani qamrab olgan. O‘zbekiston 347 dan ortiq mini-stansiyalar o‘rnatishni rejaga kiritgan. Barcha viloyat markazlari avtomatik monitoring bilan qamrab olingan, bu esa har soatda ma’lumotlarni yangilash va ularni ommaviy platformalarga integratsiya qilish imkonini beradi.
O‘zbekiston shuningdek sanoat va transport sohalarida havo sifatini boshqarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga mo‘ljallangan "Atmosfera havosini muhofaza qilish milliy strategiyasi — 2035" majmuasini ham ishlab chiqmoqda.

В ежегодном
докладе
о загрязнении воздуха и его роли в основных причинах смерти в мире — 2025 говорится о расширении и укреплении системы управления качеством воздуха и инфраструктуры в Узбекистане.
Авторами международного отчета отмечено принятие страной обновленных национальных стандартов качества воздуха для РМ2,5, а также впервые в Центральной Азии приведение своих годовых лимитов PM2,5 (35 мкг/м³) в соответствие с промежуточным целевым показателем ВОЗ.
С 2022 года национальная сеть мониторинга значительно расширилась и теперь включает 89 пунктов мониторинга в 26 городах, включая 23 современные автоматические станции и одну мобильную станцию. В планах Узбекистана установка более 347 мини-станций. Автоматическим мониторингом охвачены все областные центры, что позволяет ежечасно обновлять данные и интегрировать их в общедоступные платформы.
Узбекистан также разрабатывает комплексную «Национальную стратегию защиты атмосферного воздуха — 2035», направленную на объединение усилий по управлению качеством воздуха.
#AutomationOfAtmosphericAirPollutionMonitoring
#CleanAirNow
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

September 29, 04:00
Media unavailable
3
Show in Telegram

"Zamin" fondi tomonidan Ekologiya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Daraxtlar reyestri" loyihasi doirasida shahrimizdagi 400 mingdan ortiq daraxt yashil maydonlar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
green.tashkent.uz
onlayn platformasi elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi.
Daraxtlar raqamlashtirilgandan so‘ng, ular navi, holati, yoshi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha dendrolog mutaxassislar tomonidan tekshiriladi. Yashil maydonlarning raqamli xaritasi shahar aholisi turmush tarzini yaxshilash va Toshkentning tabiiy muhitini saqlab qolishga yordam beruvchi shaharsozlik, ekishni rejalashtirish va yashil ko‘chatlarni parvarishlash, yashil hududlarni muhofaza qilish hamda tiklash ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda samarali vositaga aylanishi lozim.

В рамках проекта «Реестр деревьев», реализуемого Фондом Zamin совместно с Министерством экологии и хокимиятом г. Ташкента в электронную базу данных на онлайн платформе
green.tashkent.uz
, содержащей полную информацию о зелёных насаждениях, занесены более 400000 деревьев нашего города.
После оцифровки деревья проходят проверку данных специалистами-дендрологами по породе, состоянию, возрасту и другим характеристикам. Цифровая карта зелёных насаждений призвана стать эффективным инструментом при градостроительстве, планировании посадок, ухода за зелёными насаждениями, а также общественным контролем за охраной и восстановлением зелёных территорий, способствующим повышению качества жизни жителей города и сохранению природной среды Ташкента.
#DaraxtlarReyestri
#РеестрДеревьев
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

September 27, 11:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining nufuzli tadbirlar doirasida “Mehrli maktab” bitiruvchisi va volontyori Samira Idrisova nutq so‘zladi.
В рамках мероприятий Генеральной Ассамблеи Организации Объединённых Наций выступила выпускница и волонтёр “Mehrli maktab” Самира Идрисова.
#WHO
#StJude
#Zamin
#MehrliMaktab
#OrzugaHayotBaxshEtaylik
#GiveLifeToADream
#ДаримЖизньМечте

September 26, 13:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

#WHO
#StJude
#Zamin
#MehrliMaskan
#MehrliMaktab
#OrzugaHayotBaxshEtaylik
#GiveLifeToADream
#ДаримЖизньМечте
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

September 25, 03:30
Media unavailable
5
Show in Telegram

В Нью-Йорке, в рамках Недели высокого уровня 80-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН — Министерство Здравоохранения Республики Узбекистан, ВОЗ, Детская исследовательская больница St. Jude и Фонд Zamin провели совместное мероприятие «Глобальное движение за повышение выживаемости и уменьшение страданий детей с онкологическими и другими жизнеугрожающими заболеваниями», в котором приняла участие Зироат Мирзиёева.
В своём обращении к участникам мероприятия председатель Попечительского совета Фонда Zamin отметила: «В настоящее время более двух миллиардов детей во всем мире находятся в зоне риска или страдают от неинфекционных заболеваний. Это почти треть населения планеты. Миллионы из них борются с раком. Несмотря на достижения современной медицины, уровень выживаемости остаётся разным: в развитых странах он превышает 80%, в развивающихся — составляет менее 30%. Этот разрыв недопустимо велик. Мы обязаны предпринять шаги для предотвращения подобной трагедии».
В мероприятии приняли участие Первые леди Турции, Азербайджана, Анголы, Вьетнама, Гватемалы, Сербии, супруга Премьер-министра Ливана, Генеральный директор ВОЗ, Президент ЭКОСОС, Президент детской исследовательской больницы «Сент Джуд», министры здравоохранения Турции, Анголы, Армении, Бангладеш, Мозамбика, Доминиканской Республики, Нигерии, Казахстана, Катара, Республики Конго, Кыргызстана, Мальты, Монголии, ОАЭ, Перу, Таджикистана, Тимор-Леште, Тувалу, Чада, Ямайки; представители руководства структур здравоохранения Венгрии, Индонезии, России, Танзании, международных организаций, экспертного сообщества и гражданского сектора, дети, столкнувшиеся с серьёзными заболеваниями. Трогательную историю своей жизни рассказала юная выпускница и волонтёр школы Mehrli maktab Самира Идрисова.
Участники подтвердили свою приверженность достижению показателя в 60% выживаемости детей с онкологическими заболеваниями к 2030 году путем развития справедливых, интегрированных и основанных на местных ресурсах систем здравоохранения, обсудили вопросы поддержки дальнейшего прогресса в лечении детского рака и реализацию глобальной инициативы по борьбе с серповидноклеточной анемией.
#WHO
#StJude
#Zamin
#MehrliMaskan
#OrzugaHayotBaxshEtaylik
#GiveLifeToADream
#ДаримЖизньМечте
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

September 25, 03:30
Media unavailable
5
Show in Telegram

Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining oliy darajadagi haftaligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, St.Jude bolalar tadqiqot shifoxonasi hamda "Zamin" fondi hamkorlikda "Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat" mavzusida tadbir o‘tkazdi. Unda Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etdi.
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi ishtirokchilarga murojaat qilar ekan, shunday dedi: "Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab ikki milliarddan ziyod bolalar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfi ostida yoki ulardan aziyat chekmoqda. Bu — sayyoramiz aholisining qariyb uchdan bir qismi demakdir. Millionlab bolalar saratonga qarshi kurashmoqda. Zamonaviy tibbiyot yutuqlariga qaramay, yashovchanlik darajasi turli mintaqalarda keskin farq qiladi: rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80 foizdan yuqori bo‘lsa, rivojlanayotganlarda 30 foizdan ham past. Bunday tafovut mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Bunday fojialarning oldini olish uchun chora ko‘rishimiz zarur".
Tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Angola, Vyetnam, Gvatemala, Serbiya birinchi xonimlari, Livan Bosh vazirining rafiqasi; JSST bosh direktori, EKOSOS prezidenti, "Sent Jud" bolalar tadqiqot shifoxonasi prezidenti, Turkiya, Angola, Armaniston, Bangladesh, Mozambik, Dominikan Respublikasi, Nigeriya, Qozog‘iston, Qatar, Kongo Respublikasi, Qirg‘iziston, Malta, Mo‘g‘uliston, BAA, Peru, Tojikiston, Timor-Leste, Tuvalu, Chad, Yamayka sog‘liqni saqlash vazirlari, Vengriya, Indoneziya, Rossiya, Tanzaniya sog‘liqni saqlash tuzilmalari rahbariyati, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamjamiyati va fuqarolik jamiyati vakillari, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalar ishtirok etdi. Ular orasida "Mehrli maktab" maktabining yosh bitiruvchisi va ko‘ngillisi Samira Idrisova o‘z hayoti haqida samimiy hikoya qilib berdi.
Ishtirokchilar adolatli, integratsiyalashgan va mahalliy resurslarga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish orqali 2030-yilga qadar saratonga chalingan bolalarning yashovchanlik ko‘rsatkichini 60 foizga yetkazish borasidagi qat’iy intilishlarini tasdiqladilar. Shuningdek, bolalarda saraton kasalliklarini davolashdagi yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘roqsimon hujayrali anemiyaga qarshi global tashabbusni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
#WHO
#StJude
#Zamin
#MehrliMaskan
#OrzugaHayotBaxshEtaylik
#GiveLifeToADream
#ДаримЖизньМечте
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

September 25, 03:00
Media unavailable
3
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori doktor Tedros Adxan Gebreyesus bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ziroat Mirziyoyeva JSST rahbariga tashkilotning dunyoda tibbiyot va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, O‘zbekiston bolalari saratonga qarshi dori vositalaridan bahramand bo’lishini ta’minlash bo‘yicha global platformani qo‘llab-quvvatlagani va kengaytirgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar hamkorlikni yanada faollashtirishga, xususan, bolalar saratonini erta aniqlash, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish, onkologiya va gematologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, bolalar va ularning oilalariga reabilitatsiya va ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta‘kidladilar.
JSST rahbari O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlariga hamda muhim ijtimoiy va ekologik loyihalarni amalga oshirayotgan "Zamin" fondi faoliyatiga yuksak baho berdi.

Первая леди Республики Узбекистан, Председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева провела встречу с Генеральным директором Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ) доктором Тедросом Адханом Гебрейесусом в Нью-Йорке на полях Генеральной Ассамблеи Организации Объединённых Наций.
Зироат Мирзиёева поблагодарила главу ВОЗ за масштабный вклад организации в развитие медицины и здравоохранения в мире, поддержку и расширение глобальной платформы по обеспечению доступа к противораковым препаратам для детей Узбекистана.
Стороны выразили готовность к дальнейшей активизации сотрудничества, в частности, в области раннего выявления детского рака, внедрения современных методов диагностики и лечения, подготовки и переподготовки специалистов в сфере онкологии и гематологии, а также расширения возможностей по оказанию реабилитационной и психосоциальной помощи детям и их семьям.
Глава ВОЗ высоко оценил деятельность Узбекистана в сфере здравоохранения и работу Фонда Zamin, реализующего значимые социальные и экологические проекты.
#WHO
#Zamin
#MehrliMaskan
#OrzugaHayotBaxshEtaylik
#GiveLifeToADream
#ДаримЖизньМечте
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

September 22, 05:10
Media unavailable
3
Show in Telegram

"Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" 33 ta loyiha maktabi va Buxoro suv ta’minoti AJ xodimlari uchun zamonaviy suv tozalash uskunalaridan foydalanish asoslari bo‘yicha o‘quv treningi o‘tkazildi.
Seminar qatnashchilari zamonaviy uskunalar, texnik jihozlarning ishlash tamoyillari va xizmat ko‘rsatish usullarini sifatli o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bu esa mintaqada suv zaxiralaridan foydalanishni yaxshilash va loyiha maktablarida yuqori darajadagi tozalik tartibi saqlanishiga imkon yaratadi.
Seminarlarda olingan bilimlar mutaxassislarga ta’lim muassasalarida sifatli suv bilan ta’minlashlarida yordam berib, bolalar va o‘smirlar turmush tarzini yaxshilagan hamda maktablarda umumiy gigiyena darajasini oshirishga xizmat qilgan holda ular salomatligiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday treninglarning muntazam ravishda o‘tkazilishi uskunalardan foydalanish muddatini uzaytirgan hamda umuman olganda loyihaning qat’iyligini saqlagan holda uning doimiy ishlashini ta’minlaydi.

Для сотрудников 33 проектных школ «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах Бухарской области» и АО Buxoro suv ta'minot проведён обучающий тренинг по основам эксплуатации современного оборудования водоподготовки.
Участники семинара получили возможности для качественного изучения принципов работы современного оборудования, технического оснащения и методов обслуживания, что позволит оптимизировать использование водных ресурсов в регионе и поддерживать высокий уровень санитарии в проектных школах.
Знания, получаемые на семинарах, помогают специалистам обеспечивать качественную воду в учебных заведениях, что непосредственно влияет на здоровье детей и подростков, способствуя улучшению качества их жизни и повышая общий уровень гигиены в школах.
Подобные тренинги, проводимые на регулярной основе, помогают поддерживать как стабильную работу оборудования, продлевая сроки её эксплуатации, так и устойчивость проекта в целом.
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

September 19, 10:55
Media unavailable
3
Show in Telegram

University East London xalqaro ekspertlari ishtirokida inklyuziv guruhlarda International inclusive hub loyihasi doirasida AT sohasida kasbiy ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislar ishga joylashishga o‘tish mexanizmlari, ya’ni kompaniyalar bilan hamkorlik, bandlik dasturlari va o‘quvchilarga AT sohasida martabaga erishishda yordam beradigan boshqa tashabbuslarga alohida e’tibor qaratdilar.
Tadbirning
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
,
Hab
vakillari, "Axborot texnologiyalari" yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent, Samarqand, Farg‘onadan kelgan pedagoglardan iborat qatnashchilari maxsus ta’lim ehtuyojiga ega o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan asosiy pedagogik yondashuvlar, usullar va raqamli vositalarni muhokama qildilar.

В рамках проекта International inclusive hub прошёл семинар с участием международных экспертов University East London по выстраиванию профессионального обучения в сфере IT в инклюзивных группах.
Особое внимание эксперты уделили механизмам перехода к трудоустройству: партнёрства с компаниями, программы занятости и другие инициативы, помогающие учащимся строить карьеру в IT-индустрии.
Участники мероприятия — представители
Национального агентства социальной защиты
,
Хаба
, педагоги по направлению «Информационные технологии» из Ташкента, Самарканда, Ферганы — рассмотрели основные педагогические подходы, методы и цифровые инструменты, используемые для поддержки учащихся с особыми образовательными потребностями.
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube

September 12, 10:30
Media unavailable
5
Show in Telegram

"Mehrli maktab" loyihasi doirasida Myunxen universiteti (Germaniya) eksperti Lyudvig-Maksimilian gospital pedagogika va bolalarni gospital maktablardan umumta’lim maktablariga reintegratsiya qilish borasidagi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Tashrif davomida mutaxassis Toshkent va Samarqanddagi "Mehrli maktab" gospital maktablari, shuningdek, Milliy pedagogika universiteti va A.Avloniy nomidagi Milliy pedagogik mahorat institute kabi ta’lim muassasalarida bo‘ldi.
Uchrashuvlar va seminarlar jarayonida ishtirokchilar alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarni uzoq muddatli davolanishda o‘qitishni tashkil etishning zamonaviy Yevropa yondashuvlari, gospital ta’lim masalalari, o‘quv dasturlarini moslashtirishning amaliy jihatlari, pedagoglar va shifokorlarning fanlararo hamkorligi, oilalarga psixologik jihatdan ko‘mak berish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.

В рамках проекта Mehrli maktab своим опытом в области госпитальной педагогики и реинтеграции детей из госпитальных школ в общеобразовательные поделился эксперт Мюнхенского университета Людвига-Максимилиана (Германия).
В ходе визита специалист посетил госпитальные школы Mehrli maktab в Ташкенте и Самарканде, а также образовательные учреждения — Национальный педагогический университет и Национальный институт педагогического мастерства имени А. Авлони.
Во время встреч и семинаров участники обсудили современные европейские подходы к организации обучения детей с особыми образовательными потребностями во время длительного лечения, вопросы госпитального образования, практические аспекты адаптации учебных программ, междисциплинарное взаимодействие педагогов и врачей, психологическую поддержку семей.
#MehrliMaktab
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube