
Zamin Foundation
"Zamin creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv ijodiy studiyalarga sakkizinchi qabul boshlandi. Ishtirokchilar uchta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’atida o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo'ladi. Har bir yo‘nalishda muallimlar uchun ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlaydigan maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
Qanday qilib "Zamin creative" ishtirokchisiga aylanish mumkin?
14–18 yoshdagi o‘smirlar 15-sentyabrga qadar (jumladan shu sanada ham)
bu yerda
ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin creative" ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Kurslarga nomzodlar tanlovi 18-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
—
В рамках проекта Zamin Creative начинается восьмой набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. Участники смогут раскрыть свои таланты и развить профессиональные навыки в трёх направлениях: медиа, дизайн и театральное искусство. Для каждого направления были разработаны специальные учебно-методические пособия для педагогов, обеспечивающие высокое качество образовательного процесса.
Как стать участником Zamin Creative?
Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 15 сентября (включительно)
здесь
.
Отбор кандидатов на курсы пройдёт 18 сентября.
#ZaminCreative
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
"Zamin" fondi ko‘magida
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
tomonidan amalga oshirilayotgan Xalqaro inklyuziv xab loyihasi Yevropaning ijtimoiy sohadagi ilg‘or tajribalar va innovatsiyalarni e’tirof etuvchi eng nufuzli platformalaridan biri — "European Social Services Awards 2026" (Yevropaning ijtimoiy xizmatlar sohasidagi mukofoti)ning short-listiga kirdi.
Bu yil mukofot uchun 10 ta nominatsiya bo‘yicha qariyb 200 ta loyiha taqdim etildi. Xalqaro inklyuziv hab "Nogironligi bo‘lgan insonlar uchun ijtimoiy xizmatlarning inklyuzivligi va qulayligi" nominatsiyasida finalistlar qatoridan joy oldi. Ekspertlar Habning kasbiy ta’lim olish imkoniyatidan boshlab, mehnat bozoriga kirish va mustaqil hayotgacha bo‘lgan yaxlit yo‘lni yaratishga qaratilgan modelini alohida e’tirof etdilar.
Keyingi bosqich — oktabr oyida ochiq ovoz berish. European Social Services Awards 2026 g‘oliblari 19–20-noyabr kunlari Rim shahrida e’lon qilinadi.
—
Проект Международного инклюзивного хаба, реализуемый
Национальным агентством социальной защиты
при поддержке фонда Zamin, вошел в шорт-лист European Social Services Awards 2026 (Европейской премии в сфере социальных услуг) — одной из самых престижных европейских площадок, отмечающих лучшие практики и инновации в социальной сфере.
В этом году на премию было подано около 200 проектов в 10 номинациях. Международный инклюзивный хаб вошел в число финалистов в категории «Инклюзия и доступность социальных услуг для людей с инвалидностью». Эксперты отметили модель Хаба, создающую целостный путь от доступного профессионального образования до трудоустройства и самостоятельной жизни.
Следующий этап — открытое голосование в октябре. Победителей European Social Services Awards 2026 объявят 19–20 ноября в Риме.
#iiHUB
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ta’sis etilgan Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni munosabati bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mita hamda "Zamin" fondi tomonidan havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy harakatlarga ko‘maklashishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va jamoatchilik vakillarini havo ifloslanishining iqtisodiy oqibatlari va uni kamaytirish choralariga sarmoya kiritishning ahamiyatidan tortib, shu jumladan transchegaraviy havo ifloslanishi va chang bo‘ronlari masalalarini o‘z ichiga olgan xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish kabi kelajakning ustuvor vazifalarini muhokama qilish uchun birlashtirdi.
"Atmosfera havosining ifloslanishini monitoring qilishni avtomatlashtirish" loyihasi doirasida 28 ta avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalaridan iborat milliy tarmoq yaratilib,
monitoring.meteo.uz
ixtisoslashtirilgan onlayn platformasi orqali havo sifati haqidagi ma’lumotlar ommaga taqdim etildi va bu ekologik siyosatni shakllantirishga shaffof yondashuv uchun asos yaratdi.
—
В день Международного дня чистого воздуха для голубого неба, учреждённого Генеральной Ассамблеей ООН, Национальный комитет по экологии и изменению климата и Фонд Zamin провели круглый стол, призванный содействовать практическим действиям по улучшению качества воздуха.
Круглый стол объединил государственные учреждения, международные организации и экспертов и представителей общественности для обсуждения будущих приоритетов — от экономических последствий загрязнения воздуха и важности инвестиций в меры по его сокращению до расширения международного и регионального сотрудничества, в том числе по вопросам трансграничного загрязнения воздуха и пыльных бурь.
За время реализации проекта «Автоматизация мониторинга загрязнения атмосферного воздуха» была создана национальная сеть из 28 автоматизированных станций мониторинга, а данные о качестве воздуха стали публично доступны через специализированную онлайн-платформу
monitoring.meteo.uz
, что заложило основу для прозрачного подхода к формированию экологической политики.
#CleanAirForBlueSkiesDay2026
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
"Zamin" fondi barcha Yurtdoshlarimizni Mustaqillik kuni bilan tabriklaydi!
Jannatmakon yurtimizning har bir xonadonida baxt-soadat va quvonch hukm sursin.
Sizga va oilangizga porloq kunlar, ezgulik hamda farovonlik tilaymiz.
Yurtimiz tinchligi va obodligi abadiy bo‘lsin!
—
Фонд Zamin поздравляет всех узбекистанцев с Днём независимости!
Пусть наша родная земля будет полна силы и красоты, а небо — всегда мирным и чистым.
Пусть в каждом доме нашей родной земли царят счастье и радость.
Светлых дней, добра и благополучия вам и вашим семьям.
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
Zamin Education loyihasi doirasida har yili o‘tkaziladigan yozgi inklyuziv IT-oromgoh o‘z nihoyasiga yetdi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 150 nafar iqtidorli yoshlar axborot texnologiyalari, ijod va yangi kashfiyotlar olamiga sho‘ng‘idi. Yana 4100 nafar o‘quvchi mashg‘ulotlarga onlayn tarzda qo‘shildi.
Besh kun davomida ekspert-murabbiylar ishtirokchilarni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan tanishtirib, ularning veb-sayt yaratish, 3D-modellashtirish, robototexnika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashdilar.
Barcha ishtirokchilarni oromgohni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklaymiz! Olingan bilim va ko‘nikmalar yangi imkoniyatlar sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qilishini tilaymiz!
—
В рамках проекта Zamin Education прошёл ежегодный летний инклюзивный IT-лагерь.
150 талантливых ребят из разных уголков страны погрузились в мир информационных технологий, творчества и новых открытий, а ещё 4100 школьников присоединились к занятиям онлайн.
На протяжении пяти дней эксперты-преподаватели знакомили участников с возможностями искусственного интеллекта, развивали их технические навыки в создании сайтов, 3D-моделировании, робототехнике и цифровых технологиях.
Поздравляем ребят с успешным завершением лагеря и желаем, чтобы полученные знания стали драйвером для реализации новых возможностей!
#ZaminEducation
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 280 ta maktabda "Toza ichimlik suvi" loyihasi doirasida ichimlik suvi qurilmalarini o‘rnatish va
ularni oldindan o‘rnatilgan
suv tozalash uskunalariga ulash ishlari boshlandi.
Toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati sog‘lom va farovon bolalikning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, BMTning 4-BRM — Sifatli ta’lim va 6-BRM — Toza suv va sanitariya yo‘nalishidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga muhim hissa qo‘shadi.
Ichimlik suvi qurilmalari o‘quvchilarining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, ta’lim jarayonida qulay sharoitlar yaratadi va maktab o‘quvchilarining hayot sifatini oshiradi.
—
В рамках проекта «Чистая питьевая вода» в 280 школах Республики Каракалпакстан начался монтаж устройств для питья воды и подключения их к
раннее установленному оборудованию
по очистке воды.
Доступ к чистой питьевой воде — важная составляющая здорового и благополучного детства и значимый вклад в достижение Целей устойчивого развития ООН: ЦУР 4 — Качественное образование и ЦУР 6 — Чистая вода и санитария.
Устройства для питья расширяют доступ школьников к чистой питьевой воде, создавая комфортные условия в процессе обучения и повышая качество жизни школьников.
#TozaIchimlikSuvi
#ЧистаяПитьеваяВода
#BRM
#ЦУР
#SDG
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
St. Jude Children’s Research Hospital ekspertlari bilan "Mehrli maktab" loyihasi doirasida O‘zbekistondagi gospital maktablari ta’limini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan ta'lim seminarlari yakunlandi.
Xalqaro ekspertlar tibbiyot muassasalarida bolalar erta rivojlanishi, o‘yin va ta’lim faoliyatini tashkil etish borasidagi o‘z tajribalarini, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bemorlarning oilalariga hamrohlik qilishning zamonaviy yondashuvlarini taqdim etdilar.
Seminar jarayonida Mehrli Maktab va St. Jude Children’s Research Hospitalning maktabgacha gospital ta’limining sifatini mustahkamlashga yordam beruvchi professional yondashuvlarni qo‘llashga bag‘ishlangan amaliy keyslari muhokama qilindi.
—
В рамках проекта Mehrli Maktab завершился ряд образовательных семинаров с экспертами St. Jude Children’s Research Hospital, посвящённых вопросам организации образования госпитальных школ Узбекистана.
Международные эксперты представили свой опыт раннего развития детей, организации игровой и образовательной деятельности в медицинских учреждениях, а также современные подходы к сопровождению семей пациентов дошкольного возраста. Госпитальными педагогами Узбекистана была представлена национальная методология по раннему развитию детей Ilk qadam.
В ходе семинара были рассмотрены практические кейсы Mehrli Maktab и St. Jude Children’s Research Hospital по применению профессиональных подходов, способствующих укреплению качества дошкольного госпитального образования.
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
Zamin Fondining loyiha faoliyati — bu rivojlanish va yakuniy maqsadni aniq ko‘rish vositasidir.
Ilk ijtimoiy loyihamiz — Zamin education ustida ish boshlaganimizga 5 yildan oshdi. Shu vaqt ichida yuzlab yoshlar ta’lim oldi, kasb-hunar egalladi va jamiyatga muvaffaqiyatli qo‘shildi. Va biz sezmagan holda Zamin education "Hech kim ortda qolmaydi" degan ijtimoiy manifestga aylandi.
Ushbu videoda loyiha hayotini o‘zgartirib, yangi hayotning boshlang‘ich nuqtasiga aylangan bir necha yigit-qizlarning hikoyasi keltirilgan.
Loyiha natijasi — statistika emas, balki o‘z kuchiga ishonch hosil qilishdir.
Baxtli va to‘laqonli hayot tilaymiz, do'stlar!
—
Проектная деятельность Фонда Zamin — инструмент развития и ясного видения конечной цели.
С начала работы над нашим первым социальным проектом — Zamin education — прошло более 5 лет. За это время сотни ребят прошли обучение, получили профессию и успешно интегрировались в общество. И незаметно для нас Zamin education стал социальным манифестом: «Никто не останется позади».
В этом видео — история нескольких ребят, жизнь которых изменил проект, став отправной точкой новой жизни.
Результат проекта — не статистика, это обретение веры в свои силы.
Счастливой и полноценной жизни, ребята!
#ZaminEducation
#LeavingNoOneBehind
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi va "Zamin" fondi bilan hamkorlikdagi "Yashil bog‘lar" loyihasi doirasida Angren shahrining Gulzor istirohat bog‘ini qayta tiklash ishlari boshlanmoqda.
Loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida bog‘ning 22 gektar hududini inventarizatsiya qilish, mavjud daraxtlar reyestrini tuzish hamda yakuniy loyiha va bog‘ning yangi qiyofasi dizaynini shahar aholisi bilan kelishish ko‘zda tutilgan.
Gulzorni shahar aholisining diqqatga sazovor maskaniga va barqaror, ekologik toza, yashil makonga aylantirish uchun bog‘ yangi daraxtlar va ko‘p yillik butalar bilan to‘ldiriladi; chuqur o‘ylangan infratuzilmaga ega sug‘orish tizimi, yoritish, sayr yo‘laklari va dam olish joylaridan iborat ajoyib muhit qad ko‘taradi.
—
В рамках совместного проекта Национального комитета по экологии и изменению климата, хокимията Ташкентской области и Фонда Zamin — Yashil bog‘lar начинаются работы по восстановлению городского парка Gulzor в г.Ангрене.
На начальном этапе реализации проекта предусмотрены инвентаризация 22 гектаров территории парка, реестр существующих деревьев и согласование с жителями города итогового проекта и дизайна нового облика парка.
Чтобы превратить Gulzor в место притяжения горожан и устойчивое, экологичное, зелёное пространство, парк пополнится новыми деревьями и многолетними кустарниками; появится инклюзивная среда с продуманной инфраструктурой: системой полива, освещением, прогулочными дорожками и местами для отдыха.
#YashilBoglar
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
"Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" loyihasi doirasida Chirchiq, Ohangaron, Olmaliq, Angren va Qibrayda o‘rnatilgan avtomatik havo monitoringi stansiyalari ishga tushirilib,
monitoring.meteo.uz
platformasiga ulandi.
Uzluksiz avtomatik monitoring ifloslanishning eng yuqori cho‘qqilarini o‘z vaqtida qayd etish, ob-havo sharoitlari va ifloslantiruvchi moddalarning transchegaraviy harakati ta’siriga qarab ularning konsentratsiyasi o‘zgarishini kuzatib borish imkonini beradi. Shuningdek, u zararli moddalar ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini samarali ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
Loyiha boshlanganidan buyon O‘zbekistonda milliy platformaning yagona ma’lumotlar bazasiga jami 28 ta havoni avtomatik monitoring qiluvchi stansiya ulandi.
—
В рамках проекта «Автоматизация мониторинга загрязнения атмосферного воздуха» запущены и подключены к платформе
monitoring.meteo.uz
автоматические станции мониторинга воздуха, установленные в Чирчике, Ахангаране, Алмалыке, Ангрене и Кибрае.
Непрерывный автоматический мониторинг позволяет своевременно фиксировать пики загрязнения, отслеживать изменение концентраций загрязняющих веществ в зависимости от погодных условий и влияния трансграничного переноса загрязняющих веществ, способствует эффективной разработке природоохранных мероприятий по снижению воздействия вредных веществ.
Всего с начала проекта в Узбекистане к единой базе данных национальной платформы подключены 28 автоматических станций мониторинга воздуха.
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube