
Аbdushukur Xamzayev
O‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida
Bugun O‘zbekiston xalqaro maydonda ochiq va faol siyosat yuritayotgan, ishonchli hamkor sifatida e’tirof etilmoqda. Dunyo davlatlari yurtimiz bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga katta qiziqish bildirmoqda.
Shu kunlarda mamlakatimizda Xorvatiya Respublikasi Parlamentining Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi raisi Ivan Malenitsa boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi. Mehmonlar
Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi hamda Islom sivilizatsiyasi markazida
bo‘lib, amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdilar.
Uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, huquqiy islohotlar borasida tajriba almashish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirmoqdalar.
Delegatsiya a’zolari qadimiy Samarqand shahri obidalari bilan ham tanishib, yurtimizning boy tarixi va madaniy merosiga yuksak baho berishdi. Samarqand va Dubrovnik shaharlarini birodar shahar sifatida belgilash masalalari ham kelishib olindi.
Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
📹
You Tube
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Xorvatiya parlamenti Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi raisi Ivan Malenitsa bilan uchrashdi.
Senat.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Virtual murojaat
|
Mediateka
|
Yoshlar parlamenti
Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Adliya vazirligida Xorvatiya Respublikasi Parlamentining Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qo‘mitasi raisi Ivan Malenitsa ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi adliya hamda huquq sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro ishonch va ochiq muloqotga asoslangan aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev
ham ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni institusional asosda yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va qo‘shma tadbirlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Parlamentlararo hamkorlik –
O‘zbekiston va Xorvatiya
munosabatlarining muhim yo‘nalishi
___________
Межпарламентское сотрудничество – важное направление отношений между
Узбекистаном и Хорватией
Senat.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Virtual murojaat
|
Mediateka
|
Yoshlar parlamenti
Hamkorlikning istiqbolli yoʼnalishlari muhokama qilindi
Mamlakatimizda boʼlib turgan
Xorvatiya Parlamenti Konstitutsiya, reglament va siyosiy tizim qoʼmitasi raisi Ivan Malenitsa
boshchiligidagi delegatsiya 2026-yil 16-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi.
Muloqot avvalida
Qonunchilik palatasi Spikeri oʼrinbosari Rahimjon Hakimov mehmon tomoniga Oʼzbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar,
Qonunchilik palatasining tarkibiy tuzilishi, uning qonun ijodkorligi yoʼnalishidagi faoliyati haqida batafsil maʼlumot berib oʼtdi.
🚨
BATAFSIL
🏢
Veb-sayt
|
📱
Telegram
|
📱
Facebook|
📱
YouTube
|
📱
Instagram|
📱
X
|
🔄
ParlamentTV_RADIO
|
◽
Yoshlar parlamenti
Hujjatdan natijaga
Bugun Prezidentimizga 2026-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng ustuvor islohotlar dasturlari hamda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasidagi Davlat dasturi loyihalari taqdim etildi.
☝️
Mazkur hujjatlar ilg‘or xorijiy tajriba asosida, mutlaqo yangi yondashuv
"hujjatdan natijaga"
tamoyiliga tayanilgan holda ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir.
✅
Islohotlar dasturlarida ekologik muvozanatni ta’minlash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish ham alohida o‘rin olgan.
Alohida ta’kidlash joizki, har bir tashabbus bo‘yicha aniq ijro mexanizmlari, KPI ko‘rsatkichlari hamda shaxsiy javobgar rahbarlar belgilangan.
📌
"Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" Davlat dasturi esa 337 ta amaliy chora-tadbirni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 2026-yilda 70 dan ortiq muhim normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Xalqimiz farovonligi, ekologik barqarorlik va adolatli jamiyat qurish yo‘lida muhim qadam bo‘ladigan ushbu islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda hamjihatlikda ishlaymiz va parlament hamda jamoatchilik nazoratini olib boramiz.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
📹
You Tube
#Munosabat
ENERGIYA TEJASH – KELAJAK OLDIDAGI MAS’ULIYAT
Kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan
yig‘ilish
da tarmoqlar va hududlarda iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Unda kichik va o‘rta biznesda energiyadan samarali foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi aytildi. Bu tashabbuslar mamlakatimizning barqaror rivojlanishi uchun juda muhim.
Hozir kichik va o‘rta korxonalar yiliga 5 milliard kub metr gaz va 20 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlatmoqda. Shuncha katta energiya sarfi bor ekan, uni tejash nafaqat xarajatlarni kamaytiradi, balki atrof-muhitni asrashga ham xizmat qiladi.
Shu maqsadda uch yillik dastur ishlab chiqilishi va yana bir qator tashabbuslar ilgari surildi. Xususan har bir tumanda energiya ko‘p sarflaydigan korxonalarda energiya auditi o‘tkaziladi. Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish uchun 100 million dollar miqdorida arzon mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan. Bu esa "yashil iqtisodiyot"ga o‘tish yo‘lida muhim qadamdir.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi bu islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Energiyani tejash faqat iqtisodiy foyda emas, balki kelajak avlodlar oldidagi ekologik mas’uliyatdir.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
📹
You Tube
Ombudsman ekologik huquqlarga ham alohida e’tibor qaratgan
Bugun yalpi majlisda inson huquqlari bo‘yicha
Vakil (ombudsman)ning 2025-yildagi faoliyati
to‘g‘risidagi ma’ruza ko‘rib chiqildi.
Ombudsman davlat organlari hamda mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bilan bir qatorda murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida buzilgan huquqlarni tiklash borasida ham bir qator amaliy ishlar olib borilganligi qayd etish kerak.
Ekologik huquqlarga oid murojaatlar umumiy murojaatlarning 1,2 foizini tashkil etgan bo‘lsada, ularning har biriga e’tibor qaratilib, jiddiy shug‘ullanilganligini ta'kidlash lozim.
Xususan, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar asosida bir qator hududlarda monitoring ishlari amalga oshirilgan.
❗️
Natijada, 6 ta korxonaga nisbatan sud tartibida jarimalar qo‘llanilgan. 5 ta korxonaning faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan. 4 ta korxonada chang va gaz ushlash qurilmalari o‘rnatilishiga erishilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda ekologik huquqlarga alohida e’tibor qaratilgani, aniq choralar ko‘rilgani va amaliy natijalarga erishilgani Ombudsman faoliyatining yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining 2025-yildagi faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho bergan holda, mazkur ma’ruzani qo‘llab-quvvatlaydi hamda ushbu yo‘nalishda hamkorlikka doimo tayyor ekanligini bildiradi.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
📹
You Tube
#Fraksiya_yigilishi
Fraksiyamizning bu galgi yig‘ilishida ham muhim qonun loyihalari va dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube
Ilm-fan asosidagi qishloq xo‘jaligi — barqaror rivojlanish garovi
Davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda sohada ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha
takliflar taqdimoti
bilan tanishdilar.
Irrigatsiya, melioratsiya, yaylovlarni tiklash, “aqlli” qishloq xo‘jaligi va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida ish olib borishga qaratilgan tashabbuslar sohani yanada barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.
Davlat rahbarining ilm-fanni doimiy qo‘llab-quvvatlashlari, uzoqni ko‘zlab ish ko‘rayotganliklari qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish uchun mustahkam zamin yaratib kelmoqda.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yaylovlar holatini yaxshilash hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan bunday tizimli islohotlarni amalga oshirishda doimiy hamkorlikka tayyor.
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
📹
You Tube