
Abror Ahmedov
Yakunlangan media haftalik vohaliklarga qanday taassurot qoldirdi?
Qashqadaryo media haftalik loyihasining to‘rtinchi nuqtasiga aylandi. Bu yerda haftalik davomida o‘tilgan har bir media darsi o‘zining kulminatsion yechimini topdi.
Treninglarda fikr, reja, tanqid va xulosa bir xil darajada “ishladi”. Natijada xabarlar boshqacha tuzildi, kadrlar yangicha olindi, yondashuv esa tubdan o‘zgardi.
Vohalik soha vakillari va qiziquvchilari yangiliklar tezligini boshqarish, aynan shu tezlik orqali ishonchni qanday shakllantirish mumkinligini anglab yetdi. Axborotni yetkazish emas, balki ta’sir doirasini kengaytirish muhim ekani yanada aniqroq tushunildi.
Qashqadaryo media haftaligi o‘ziga xos jihatlari bilan voha media makoniga yangicha ruh olib kirdi.
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq XXV sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, qonunlar ijrosini ta’minlash hamda aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada viloyat tashkilot rahbarlari, shuningdek,
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
Qonun ijrosi yuzasidan
Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i ham ishtirokchilarga hisobot berdi.
Hisobotda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar alohida ta’kidlandi. Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
⚡️
“Ko‘mak” loyihasi haqida “Yangi O‘zbekiston yoshlari - 2030” strategiyasi taqdimotidan
Strategiyada
“Ko‘mak”
loyihasi doirasida
130 million
so‘m olib, o‘quv markazi tashkil etgan va yaxshi natija erishgan yoshlarga
yangi infratuzilmalar
ochish va ularni kengaytirish uchun yana
300 million so‘mgacha
(730 BHM)
foizsiz ssuda
berilishi
belgilab qo‘yilgan
.
“Ko‘mak” loyihasi
telegram kanalini kuzatib boring
👉
https://t.me/komak_loyihasi
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik diplomatiyasi tizimli va izchil tus olib, sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilmoqda.
⚡️
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining yirik taqdimoti bo'lib o'tdi
⚡️
Davlatimiz rahbari
tomonidan ilgari surilgan
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030”
strategiyasi mamlakatimizda yoshlarga oid qabul qilinayotgan
birinchi yaxlit strategiya
bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning o‘rni va salohiyatini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
✔️
Xususan, Qashqadaryolik faol yoshlar ham strategiyaning taqdimotida viloyat studiyasidan turib ishtirok etdilar. Ular mazkur strategiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bilan batafsil tanishdilar.
#Yoshlar2030
⚡️
Ta’lim, volontyorlik va yoshlar infratuzilmalari
⚡️
Strategiyada
2030-yilga qadar
o‘quv markazlari soni
90 mingtaga
yetkazish,
450 ming
nafar yoshning xorijiy tillar bo‘yicha bilimini B2 darajasiga olib chiqish va 900 ming yoshni
volontyorlik
harakatiga jalb etish maqsad qilingan.
Bunda olis va chekka hududlarda o‘quv markazlarini ochish uchun
300 million
so‘mgacha ssuda
, ijtimoiy faol yoshlarga esa volontyorlik jamg‘armasidan
100 million so‘mgacha grantlar
ajratiladi.
B2
darajadagi sertifikatga ega yoshlar uchun
xorijga chiqish
pasporti boji,
C1
darajasi va tadbirkorlik tashabbuslari uchun esa ayrim davlat xizmatlari to‘lovlari
50 foizgacha
kamaytiriladi.
Hududlarda kitob do‘konlari va “Book-kafe”larni o‘zida jamlagan maxsus
“Yoshlar ko‘chalari”
barpo etiladi. Shuningdek,
yoshlar infratuzilmasining
minimal standartlari belgilanib, har bir hududdan namuna sifatida
“Yoshlar tuman-shaharlari”
tanlab olinadi.
#Yoshlar2030
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
Yoshlar tadbirkorligi va startaplar uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratiladi?
⚡️
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030”
strategiyasida yosh tadbirkorlar safini
+30 foizga
oshirish, ularning
70 foizini
barqaror daromadga olib chiqish hamda bu orqali
20 000 dan ortiq
yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab qo‘yilgan.
Bu maqsadlarga
qanday erishiladi
?
“Yangi avlod tadbirkorlari”
dasturi orqali
Garvard, Yel, MIT, Stenford
va
London
biznes maktabi kabi nufuzli oliygohlar tajribasi asosida
20 ming yosh
o‘qitiladi. Ulardan
1 000 nafar
tadbirkor saralanib, loyihalari uchun
206 million
so‘m (500 BHM) gacha
imtiyozli ssuda
ajratiladi.
Yoshlarning
1 000 ta
istiqbolli startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, ularning kamida
400 tasi xalqaro bozorga
olib chiqiladi.
Oyiga 10 mingdan ortiq
kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard
so‘mgacha
imtiyozli ssuda
ajratiladi
(3 yil muddatga 6 oy imtiyozli davr)
.
“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi”
tomonidan yosh tadbirkorlarga elektr, suv, kanalizatsiyaga ulanish xarajatining
4 million (10 BHMgacha) so‘mgacha
bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
#Yoshlar2030
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi yoshlarga nima beradi?
⚡️
Davlatimiz rahbari
tomonidan ilgari surilgan
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030”
strategiyasi mamlakatimizda yoshlarga oid qabul qilinayotgan
birinchi yaxlit strategiya
bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning o‘rni va salohiyatini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
Bugungi kunda yurtimiz aholisining qariyb
25 foizini
(9,5 million nafar)
14–30 yoshdagi
yigit-qizlar tashkil etadi. Ana shu demografik omil yoshlar siyosatiga
uzoq muddatli va tizimli yondashuvni
talab etmoqda.
Strategiyada
yoshlar bandligini
taʼminlash va
tadbirkorligini
qo‘llab-quvvatlash,
sifatli ta’lim
hamda
xorijiy tillarni
ommalashtirish,
yosh oilalarni
qo‘llab-quvvatlash,
volontyorlikni
keng yoyish, shuningdek, yigit-qizlarning
salomatligini mustahkamlash
kabi eng asosiy ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan.
Mazkur strategiya o‘zida
8 ta ustuvor yo‘nalish, 32 ta yangi tashabbus va 44 ta maqsadli ko‘rsatkichni
jamlagan.
Xususan, yoshlar bandligini ta’minlashda
“Kelajak kasblari”
dasturi yo‘lga qo‘yilib, xususiy sektor bilan birgalikda har yili
20 ming nafar yosh zamonaviy kasblarga bepul
o‘qitiladi.
#Yoshlar2030
Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари ва Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов Мираки шаҳарчасида янги боққа асос солдилар
Бугун, 22 апрель куни эрта тонгда Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси,
муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар
ҳазратлари ва Қашқадарё вилояти ҳокими
Муротжон Азимов
миллий кураш мусобақаси иштирокчилари билан бирга Қашқадарё вилоятининг Шаҳрисабз тумани Мираки шаҳарчасидаги сўлим ҳудудда янги боққа асос солдилар.
Муфтий ҳазратлари Президентимиз ташаббуси билан “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси туфайли миллионлаб кўчатлар экилиб, юртимиз обод ва кўркам диёрга айланаётгани, яқинда боғ барпо этиш лойиҳаси йўлга қўйилгани, бу эзгу амал динимизда катта садақаи жория ҳисобланиши, шу боис халқимиз қадимдан бирор хайрли тадбир арафасида яхши ният ила кўчат ўтқазиб келгани, айни миллий кураш мусобақаси доирасида мўъжаз боққа асос солинаётганидан ҳам ана шундай эзгу мақсадлар кўзланганини баён этдилар.
Шунингдек, Муфтий ҳазратлари бошчилигидаги мусобақа иштирокчилари мазкур боғнинг гуллаб-яшнаши, бу каби хайрли ишлар бардавом бўлишини сўраб хайрли
дуолар қилдилар
.
Gov.uz
|
Telegram
|
YouTube
|
FB
|
Instagram
|
X
Prezidentiimiz Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasidagi milliy pavilyonlarni
borib koʻrdi.